feruzaxayrullayeva | Unsorted

Telegram-канал feruzaxayrullayeva - Feruza Xayrullayeva

334

She’rlar, kechinmalar...

Subscribe to a channel

Feruza Xayrullayeva

Qahraton qishda "Bahorni quvib" filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

18-dekabr kuni soat 16:00 da "Milliy kino sanʼati saroyi"ning kichik zalida rejissyor Ayub Shahobiddinovning yangi filmi namoyish qilinadi.

Aytgancha, ssenariy muallifi – Erkin A'zam. Kutamiz!

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Albatta.
Albatta, unutmoq lozim.
O‘lganday ketmoq shart. Mutlaqo.
Abad.
Yonmasin.
Yonmasin endi ovozim.
Kul bo‘lsin.
Sovrulsin.
O‘chsin. Beadad.

Albatta.
Albatta, kerakmas gap–so‘z.
Yo‘qlikka ketmoq shart. Lahzada botib.
Muhimi, albatta, quruq tursin ko‘z,
Fojea borarkan yurakni yorib.

Bu dunyo ko‘rmadi bizni yonma–yon,
Dilma–dil yashadik ammo, Sog‘inib.
Faqat menga bergin, menga, yorijon,
Taqiq muhabbatning so‘ngsiz dog‘ini.

Albatta.
Albatta, g‘amda so‘lasan,
Qo‘shiqlar bitasan – yurakday nafis.
Yig‘lama.
Albatta, unut bo‘lasan –
Xotirda neki bor – baridan aziz.

Albatta.
Bu ma’shum qarorda haqsan.
O‘lganday ketmoq shart. Beayov. Halol.
Yig‘lama, sen shunday g‘am bo‘lajaksan –
Ismin hadya etar Layli. Bemalol.

Albatta.
Shu hol ham ertakdagiday.
Osmonning nechasi quladi boshga?
Azizim, ortimga nechun qaramay,
Azizim, ne uchun aylanmay toshga?

Usmon Azim

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

📢 Yilning eng kutilgan kechasi - "Qo'rboshilar qo'shig'i" she'riyat spektakliga marhamat!

🎙️ She’riyat va adabiyotga oshufta qalblar uchun, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” teatrlashtirilgan kechasini taqdim etadi.

➡️ Dastur bosh qahramoni: yosh va iste'dodli shoir Najmiddin Ermatov

➡️ Dastur mehmoni: taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov

🔖 So‘z va adabiyot muxlislarini 12-dekabr (kuni) soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

👇 Ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/JXuWztq9yywF8wbNA

👤 Yilning eng eksklyuziv tadbirini aslo o'tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | Mutolaaxona/">YouTube

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

O’zbek kino tarixidagi eng samimiy filmlardan biri - “Maktub”.

Inson taqdirida u bosib o’tishi kerak bo’lgan sahrosi bo’ladi…

Menga maktub yoz…

https://youtu.be/OQk6A5E4svw?si=1j9I2GA6BHLIjx2D

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

​​Menga nimadir yoz.
Hamon tirikman
va yashab yuribman bir ilinj bilan.
Kunlarimni asrab oʻtaman bilsang
Sen jilmayib turgan xotiralardan.
Bebaxt lahzalarning kechishi mushkul
Intiho izlayman kun-u oy osha.
Balki baxtning umri qisqaroq edi
Men yetmagan manzil — peshonanggacha.
O, kimning koʻzida koʻrindim bekam,
Yashash osonmidi ich-etimni yeb?!
Yaxshiman, deb oʻzni aldashim uchun
Menga nimadir yoz
omonmisan, deb.

© Hilola Joʻraqulova

Rasm: "SMS", Alexandro del Valle.

🎨 ZakovArt

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Kimnidir kutasan intizor,
To ertalab qadar,
To kechga qadar.
Yig‘lab kutasan,
Kulib kutasan,
Kitob o‘qiyotib,
Kitob olayotib kutasan.
Yo‘q, u kitob pulini berishi shart emas sira.
Ammo kitob pulini beryotib xo‘rsinasan.
Kafega kirsang senga qo‘shilib xo‘rsinar horg‘in devorlar.
Uyga kirsang ham.
Xatomi umr...

Kimnidir kutasan,
Go‘shak narisida
Goh unga o‘xshar odamlar,
Gohi o‘xshamas.
Lablaring qonar,
Kesilgan barmog‘ing azobi kabi
Kunlaring o‘tar.
Yolg‘onmi umr...

Kimnidir kutasan kaftingga boqib,
Sajdaning so‘ngida pichirlab,
Chalingan qo‘ng‘iroq ortida,
Qismatga chap bermoq qasdida,
Sendan baxtli,
Sendan baxtli odamlar ortida
Kutasan odam.
Armonmi umr...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sen befarq turasan bu tosh qoshida
Uning og‘irligi cho‘chitmas seni.
Gullab berishini kutmaysan ham hech
sokin yetaklaysan nariga meni.

Biroq bir nazar sol yoriqlariga
Kaftlaringni qo‘ygin odam singari.
Issiqmi, sovuqmi chidagin bir oz,
Eshitgin, borliqqa faryod singadi.

Bu faryod yillarga bitilgan qarg‘ish,
Charxi kajraftorning buzilgan sozi.
Bu faryod ming yillar zaminda yashab
Odam bo‘lolmagan toshning ovozi!..

Sen befarq turasan bu tosh qoshida.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Noyabr - umrimning eng go‘zal oyi
Noyabr - eng go‘zal yig‘ilarimsan.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yordamingiz kerak.

QO’LNI QO’LGA BERGANDA degan to’plamni qidirayotgandik. Ichidan YOG’OCH OTLAR degan hikoya kerak edi, muallifi Fyedor Abramov. Shu to’plamning ichida chiqqan bo’lishi mumkin. 40 yilcha oldin chiqqan.

Kimdadir bo’lsa yo qayerdan topishni bilsangiz, izohga yozing.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Shivirlar o‘tmishga aylangan barglar,
Ingraydi borlig'i kesilgan hilol.
Ismingni o‘chirib yuborganman-u,
Ismsiz yig'lamoq yanayam malol.

Shaharda kezinar izg'irin dardlar,
Isinib olishni istaydi ko‘ngil.
Hammasi o‘tkinchi, bilasan, ammo
Baribir yomg'irga aylanadi dil.

Deraza ortida qoladi kuzak,
Deraza ortida yig‘laydi yomg'ir.
Sening nigohingni unutdim,  ammo,
Ayriliq baribir,  baribir og'ir.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ba'zan iste'dodnining o'zini o'zidan ham asrash kerak...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Syomka davomida amin bo’ldim. Ich-ichidan vatanni yaxshi ko’radi odamlarimiz.

Iloho, shu tuyg’u o’lmasin! Bayram muborak bo’lsin hammamizga!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Tarjimai hol

Og'rinib keltirdim buloqdan suvni,
Og'rinib yashadim malollar aro.
Simirib ichilgan ko'zyoshlarimdan
Chechaklar undirdi ko'klamda Xudo.

Og'rinib o'yladim yulduzlar haqda -
Hiloldan ulkanroq, baxtsiz qizchalar.
Mening o'ylarimni o'g'irlab shamol
Har kecha savdoyi kuylarni chalar.

Boshimni devorga urdim og'rinib,
Yuzimdan qon sizdi, nochor, simillab.
Alam olay desam biror kimsa yo'q,
Faqat vaqt yuribdi, holsiz, g'imirlab...

Og'rinib keltirdim buloqdan suvni.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Takror-takror eshitadigan ashulam

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sevgilingizni mahkamroq quching,
Chunki bir kuz kechasi
Kulib turgancha
Xushdan ketib yiqilar
Va uyg‘onmas abadga.
Xayrlasharkansiz,
Uning sovuq lablaridan
Yig‘iga to‘la ko‘zlarining
Ta'mi kelar:
Kuzak yaproqlarining mazasidek
Achqimtil,
Namchil
Va
Nim yoqar negadir.

Sevgilingiz kunlarida baxtli yashar,
Orzulari mo‘l.
Uy, mashina,  sayohatlar,
Har kunlik shopping.
Ammo ishoning bir kun u
Yo‘lda ketarkan,
Baridan voz kechar
Va qayg‘uni quchgancha
Yig‘lay boshlar yosh bola misol.
Bu uning emas
Armonli hayotning yoshlari bo‘lar,
Hech qachon boqiyga do‘nmas hayotning,
qismatiga bir umr fanolik yozilgan Va
Yerga mahkum qilingan hayotning.

Titrab turar mag‘lub bo‘lgan kurashchi misol
Sochlari moviy Sevgilingiz,
Siz uni "sochlari dengizim" deysiz,
U esa o‘zini atar:
"Osmonrang maysa".
Va bir kuni quvray boshlar
Shafaq rangida.

Mahkamroq quching Sevgilingizni
Kuz yaproqlarin shitirlatib o‘tar kechada...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ertalabdan nostalji🎧

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

“Izlam” nasrida nimalarni o’qiymiz?

https://oyina.uz/uz/article/3275

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Qonunni yaxshi bilsangiz, sovg’ali bo’lasiz.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Doim Elnur akaning tasavvuriga, yaratiqlariga hayrat bilan qaraganman. Bugun ana shu hayratni karrasiga oshirish imkoni bor bizda. Albatta, keling!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

“Izlam II” taqdimotini kutyotganlar bormi?

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hayotingda ko’z tegadi, deb o’ylaydigan narsalaring bo’lishi yaxshi…

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yashamagandek tuyilyapman. Ko’zingdan pushti ko’zoynakni olib, haqiqat ko’zgusida qaraganing sari atrofingdan ham, dunyodan ham ko’ngling sovib ketadi. Bu sovuqlikni ko’tarib yurish og’ir. O'zingga qaraysan, o'zim ham shunaqa rasvo bo'lib ketmadimmikan, deysan. Bularni o'ylamaslik, e'tibor bermaslik uchun tosh bo’lishing kerak. Mening tosh bo’lgim kelmayapti. Lekin bu manzaraga qarash, yaqinlaringni, o’zingni bu holda ko’rish shu qadar og’irki!..

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Menimcha hokimlikdan ketganida viloyatliklar xafa bo'ladigan kam sonli hokimlardan Erkinjon Turdimov.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Turk adabiyotining eng yaxshi 10 hikoyasi ro'yxatiga kiritilgan hikoya. Chindan yaxshi ekan... Kimdir tarjima qilsa bo'larkan, o'zim o'girishga dangasalik qilyapman rosti)

https://blog.ufuk.io/sabahattin-ali-sirca-kosk/

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ассалому алайкум яхшилар! Раҳимжон Раҳмат аканинг уйи ёниб кетибди. Инсонлар бундай пайтда бир бирини қўллаши керак. Имкони борлар, имкон даражасида қўллашингиз мумкин. Карта рақами кўрсатилган

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Jontemirning gapi to‘g‘ri, hech kim o‘sha vaziyatni yashamaguncha, his qilmaydi! Uzooooqdan jim, kulib, mazax qilib, kesatib qaraab turaveradi...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ayrim davlat teatrlarida repertuar o’n yillab o’zgarmaydigan zamonimzida xususiy studiya, teatrlarda oyiga premyeralar bo’layotgani quvonarli.

Art House Hamsadan yana bir premyera. Hali ko’rmagan bo’lsam ham tavsiya qilaman borishni. Chunki zo’r jamoa yig’ilgan va yaxshi asarlar sahnalashtirilyapti.

Aytgancha, ba’zi uzunquloq gaplarga ko’ra, bu spektakl 6-7 martagina qo’yilishi mumkin ekan. Shuchun imkoningiz bo’lsa, albatta boring.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

premyera!

16-17-noyabr 19:00 da!

Biletlar uchun: (93) 145 80 80

Kimlar boryapmiz?)

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Shunday bir joydamanki, huddi boshqa hech kim ranjitolmaydigan, ammo biror kimsa baxtli ham qilolmaydigandek.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

🔥TEZ KUNDA!

"Rayhon isi taratgan ayol"

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…
Subscribe to a channel