Марказий банк молиявий таҳлилчиларни ва таваккалчилик бўйича мутахассисларни ишга таклиф этади
❗️Номзодларга қўйиладиган талаблар:⬇️
✓катта ҳажмдаги маълумотларни таҳлил қилиш қобилияти;
✓банкнинг ички назорат ва таваккалчиликларни бошқариш тизими сифатини баҳолаш қобилияти;
✓бухгалтерия ҳисоби ва банкларнинг молиявий ҳолатини баҳолаш соҳасида чуқур билимга эга бўлиши.
Қўшимча устунлик берилади:⬇️
✓ACCA / CFA сертификатларнинг мавжудлиги;
✓Big Data дастурлари билан ишлай олиши;
✓инглиз тилини В2 даражасида билиш.
🔸Ўзингиз ҳақингизда маълумотнома (объективка)ни @cbucv_supervision Telegram манзилига юборишингиз, қўшимча маълумотларни 71-212-73-15 телефон рақами орқали олишингиз мумкин.
———
Центральный банк приглашает на работу финансовых аналитиков и риск-менеджеров
❗️Требования к кандидатам:⬇️
✓умение анализировать большие объемы данных;
✓умение проводить оценку качества системы внутреннего контроля и управления рисками банка;
✓обладать знаниями в области бухгалтерского учета и оценки финансового состояния банков.
Дополнительное преимущество предоставляется при: ⬇️
✓наличии сертификатов ACCA / CFA;
✓умении работать с программами обработки больших данных (Big Data);
✓знании английского языка на уровне В2.
🔸Вы можете отправить данные (объективку) о себе на адрес @cbucv_supervision в Telegram, а также получить дополнительную информацию по телефону 71-212-73-15.
#вакансия
Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin
🧑💻 YOSHLARNI VILOYAT FILIALLARIGA ISHGA JALB QILAMIZ!
🏦 Ipoteka-bank YOSHLARNI VILOYAT FILIALLARIGA ishga jalb qilmoqda.
🎓 Agarda siz Oliy ta’lim muassasasining iqtisodiyot, moliya va bank ishi yo’nalishi bitiruvchisi bo’lsangiz bizga o’z rezyumengizni cv@ipotekabank.uz elektron manzili orqali yuboring!
🔹🗄🔹🗄🔹🗄🔹
🧑💻 ПРИГЛАШАЕМ МОЛОДЁЖЬ НА РАБОТУ В РЕГИОНАЛЬНЫЕ ФИЛИАЛЫ
🏦 Ипотека-банк приглашает на работу МОЛОДЫХ специалистов В РЕГИОНАЛЬНЫЕ ФИЛИАЛЫ банка.
🎓 Если ты окончил ВУЗ по направлению экономика, финансы и банковское дело присылай свое резюме на почту cv@ipotekabank.uz.
📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
📌 Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun oliy ta'lim bilan bog'liq jarayonlarni qamrab oluvchi maxsus qo'llanma (me'yoriy-huquqiy hujjatlar to'plami)
Ushbu qo'llanma yordamida:
✅ Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi;
✅ O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi;
✅ Ta’lim kreditlarini olish tartibi;
✅ Talabalar turar joyida yashashning umumiy qoidalari;
✅ Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi;
✅ Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibi;
✅ Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi haqida bilib olishingiz mumkin.
♾ Hurmatli talabalar ushbu qo'llanma bilan tanishib chiqib, o'z huquq va majburiyatlaringizni bilib oling!
Manba: @TKTIUZ
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
#Konstitutsiyamiz30yoshda
🇺🇿 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Shu munosabat bilan, Toshkent moliya instituti barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan muborakbod etadi!
👨💻TMI axborot xizmati
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Iqtisodiyot Fakultetining barcha professor-o’qituvchilari va talabalarini “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” deb nomlangan fakultetlararo koʼrik-tanlov va Milliy liboslar bayramiga taklif etamiz.
O`tkazish vaqti 26-noyabr.
Soat: 11:00
Manzil: Obi-hayot, Anjumanlar zali.
✅ Iqtisodiyot Fakulteti axborot xizmati.
🇺🇿 Hukumat Kubogi
🇺🇿 “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat kubogi uchun vazirliklar, yuqori turuvchi respublika tashkilotlari apparatlari xodimlari oʻrtasida futbol musobaqasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi yigʻilishining” 251-sonli bayoniga asosan joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkent shahrida Hukumat Kubogining final bosqichi “JAR” sport sogʻlomlashtirish markaziga qarashli futbol stadionida oʻtkazildi.
🎓 Ushbu Final bellashuvda Toshkent Moliya Instituti Iqtisodiyot Fakulteti vakillari talabala-yoshlar, Tyutorlar hamda Talabalar kengashi ham tomoshabin sifatida dam olish kunini yuqori saviyada maroqli o`tkazishdi.
✅ Iqtisodiyot Fakultet axborot xizmati
Instagram Email
18-noyabr – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun.
Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston davlat suverenitetining ramzidir.
Davlatimiz bayrog`ining qabul qilinganligini 31-yilligi barchamizga muborak bo`lsin
Mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.
Bayrog‘imizni sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsoli sifatida hamisha boshimiz uzra baland ko‘taraylik!
✅Iqtisodiyot Fakulteti axborot xizmati
#HappyStudentsDay #14th
Atmosfera sunchaki🔥🔥🔥
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
#InternationalStudentsDay
Bugun 17-noyabr xalqaro Talabalar kuni munosabati bilan Iqtisodiyot Fakultetining barcha talabalarini bayram bilan chin qalbimizdan tabriklimiz
Bayramingiz Muborak Bo`lsin.
✅Iqtisodiyot Fakulteti axborot xizmati
Kitob o'qishning eng qiziqarli faktlari:
1️⃣ Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o'qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz.
(F. Voltaire)
2️⃣ Madaniyat - o'qigan kitoblarning soni emas, balki tushunganlarning sonidir.
(Fazil Iskander)
3️⃣ Kitob o'qigan odamlar doimo televizor tomosha qilganlarni boshqaradilar.
(F. Janlis)
4️⃣ Qancha ko'p o'qisangiz, shuncha kamroq taqlid qilasiz.
(Jules Renard)
5️⃣ Odamlar ikki toifaga bo'linadi: Kitob o'qigan va o'qiganlarni tinglaydiganlar.
(Werber Bernard)
6️⃣ Tomchilar yig'ilib ko'l bo'lgani kabi, o'qish orqali bilim daryosi hosil bo'ladi.
(V. Dahl)
7️⃣ Tana uchun mashq kerak bo'lgandek, ong uchun o'qish kerak.
(Jozef Addison)
8️⃣ O'tgan 90 kun davomida kitoblarga tegmaslikdan ko'ra, faqat bitta yomon narsa bor; oxirgi 90 kun o'qishga teginmaslik va hech narsa sodir bo'lmagan deb o'ylash.
(Jim Rohn)
Kanalga ulanish:
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
📖 /channel/moliya_kutub 📚
✿°•┈••ৡ❀ৡ•┈┈•°✿
Telegram
TMI "Axborot-resurs markazi"💻📚
t.me/Buyurtma_Taklif_Shikoyat
Toshkent moliya instituti Talabalar Kengashi prezidenti va vitse-prezidentligiga o‘tkaziladigan saylovlarda faol ishtirok eting. ✅
Nomzodingizni quyidagi lavozimlar bo'yicha berishingiz mumkin:
👑 Institut Talabalar Kengashi prezidenti;
📌-vitse-prezident (tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash);
📌-vitse-prezident (sport, tanlovlar, festivallar, bayram v.b. ko‘ngilochar tadbirlar uyishtirish);
📌-vitse-prezident (volontyorlar, homiy va hamkorlar bilan ishlash, tashqi aloqalar o‘rnatish va iqtidorli, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlar bilan ishlash);
📌-vitse-prezident (matbuot kotibi).
Quyidagi link orqali kirib o'z nomzodingizni bering!:
https://forms.gle/9g6dxcN159oes3Xx7
Telegram: @moliyauz_official
📢⚡️TMI 2-3 KURS TALABALARI DIQQATIGA⚡️
Toshkent moliya institutining xorijiy hamkor universitetlar bilan talabalar almashinuv dasturiga muvofiq quyidagi xorijiy universitetlarda 2022/2023 o‘quv yili 2-semestrida tahsil olish uchun arizalar qabuli boshlanganligini ma’lum qilamiz. Ushbu almashinuv dasturida institutning 2 va 3 kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin:
🔰Kansai universiteti (Yaponiya) - 2 ta o'rin
🔰Woosong universiteti (Janubiy Koreya) - 4 ta o'rin
🔰Manipal universiteti - Jaypur (Hindiston) - 3 ta o'rin
🔰Rim Sapienza universiteti (Italiya) - 3 ta o'rin
🔰Mikolas Romeris universiteti (Litva) - 2 ta o'rin
🔰Buxarest iqtisodiy fanlar universiteti (Ruminiya) - 2 ta o'rin
Аrizalarni qabul qilish 2022-yilning 15-oktabriga qadar quyidagi havola orqali amalga oshiriladi. 👉🗞Onlayn ro'yxatdan o'tish
⏱Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1️⃣ Insho (almashinuv dasturida ishtirok etish bo‘yicha), - Motivation letter
2️⃣O‘qish davomidagi o‘zlashtirish natijalari – Transcript of Academic Records
3️⃣ Ingliz tilini bilish darajasi bo’yicha xalqaro sertifikat - IELTS (min 6.5).
📌Eslatma
Xorijiy universitetda o‘qish bepul bo‘lib, yashash bilan bog‘liq barcha xarajatlar talabalar tomonidan qoplanadi. Tanlovda ishtirok etish bo'yicha ro'yxatdan o'tgan talabalar uchun tanlov o'tkazilish vaqtlari elektron pochta manzili orqali 17 oktabr kuni xabar yuboriladi.
Xalqaro hamkorlik bo'limi
📞Qo'shimcha ma'lumot: +99871 234 46 87
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
АХБОРОТ ХАТИ
Наманган муҳандислик-қурилиш институти “Ахборот тизимлари ва технологияларининг замонавий жамиятдаги ўрни” мавзусида Республика илмий-амалий конференцияси
Илмий-амалий анжуманда қуйидаги масалаларни муҳокама қилиш назарда тутилган:
🔹Рақамли иқтисодиёт, электрон хукумат, интернет ва булутли технологиялар, ахборот хавфсизлиги масалалари;
🔹Моделлаштириш, ахборотларга ишлов бериш, сунъий интеллект технологияларини ривожлантириш;
🔹Электроника, робототехника, мобил технологиялар, замонавий дастурлаш тиллари ва воситаларидан фойдаланиш ҳамда уларнинг самарадорлиги;
🔹Техник йўналишдаги масалаларни ечишда замонавий ахборот технологияларининг ўрни, масофавий таълим масалалари.
🔆 Мақола ўзбек, рус ва инглиз тилида 2021 йил 25 мартгача қабул қилинади.
🗓Ўтказиш вақти: 2021 йил 31-март
📋Анжуман тиллари: ўзбек, рус, инглиз.
Алоқа учун:
📩 nammqi.ilmiy@gmail.com
📞Ф.Ирисқулов, тел.: (69) 234-14-85, +99893 400 44 24.
#Diqqat E’lon‼️
Iqtisodiyot fakulteti basketbol terma jamoasiga o'yinchilar yig'ilmoqda. Terma jamoa a’zosi bo’lish istagida bo'lganlar haftaning Dushanba va Chorshanba kunlari Oliy O’quv Yurtlararo Sport Kompleksiga soat 16:30da tashrif buyurishlari lozim.
Qo’shimcha savol va ma’lumotlar uchun Jamoa sardori IM-50 guruhi talabasi Xoliqov Muzaffarga murojaat qilishingiz mumkin.
Tel: +998915946783
Biz sizni o'z jamoamizda kutib qolamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
📬 @fin_economy_uz
🏆Talabalar uchun moliyaviy savodxonlik chempionati
💰“Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) doirasida oʻtkazilayotgan navbatdagi Moliyaviy savodxonlik chempionatini ochiq deb e'lon qilamiz!
👩🏻🎓Chempionat oliy ta'lim muassasalarining 1-4 bosqich talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Chempionatda ishtirok etish uchun khiso.uz platformasida roʻyxatdan oʻting.
📌Chempionatning uchala bosqichida gʻalaba qozonish uchun kurashing:
⏺ Saralash bosqichi - www.khiso.uz platformasida 15-mart kuni
⏺ Yarimfinal (saralash bosqichi ishtirokchilaridan eng yaxshi 20 nafari oʻrtasida) - khiso.uz saytida 20-mart kuni
⏺ Final (yarimfinal ishtirokchilaridan eng yaxshi 6 nafari oʻrtasida) – Markaziy bankda 26-mart kuni
✅ Qoidalar
🤝Tanlov axborot hamkori - @bankirkundaligi telegram kanali
✊Sizni Chempionatda kutib qolamiz!
⛔️Chempionatning saralash bosqichini oʻtkazib yubormang!
👉 @khiso
🤝 Nomzodlarni ishga taklif qilamiz!
🏦 “Ipoteka-bank” ATIB Respublikamizning eng ilg’or banklaridan birida ishlash va rivojlanish istagida bo’lgan yoshlarni Kontakt markazining kechki va kunduzgi ish smenasiga ishga jalb qilmoqda.
Agarda siz rus va o’zbek tilida erkin gaplasha olsangiz va bank tizimida faoliyat yuritish istagida bo’lsangiz bizga o’z rezyumeingizni cv@ipotekabank.uz electron manziliga jo’nating va kontakt markazimiz operatorlari ahil jamoasi qatoridan joy oling!
Ish joyi manzili: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri.
👌 Batafsil: https://www.ipotekabank.uz/uz/news/news140323/
✍️ 🗄 ✍️ 🗄 ✍️ 🗄 ✍️
🤝 Приглашаем кандидатов на работу!
🏦 АКИБ «Ипотека-банк» приглашает коммуникабельных молодых специалистов, желающих работать и развиваться в одном из самых передовых банков нашей Республики на вечернюю и дневную смену в Контакт-центр.
Если вы свободно владеете русским и узбекским языками и хотите работать в банковской системе, присылайте нам свое резюме на почту cv@ipotekabank.uz и присоединяйтесь к нашей дружной команде операторов контакт-центра!
Локация рабочего места: Ташкентская область, город Нурафшан.
👌 Подробно: https://www.ipotekabank.uz/news/news140323/
📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.
Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.
Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.
Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.
Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.
Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.
Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Toshkent moliya instituti "Iqtisodiyot" fakulteti 4-bosqich talabasi Raimberdiyev Samandar Sherzod oʻgʻli 2022/2023-oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor bo'ldi.
✅TMI axborot xizmati
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Hurmatli Iqtisodiyot Fakulteti talabalari ayrim sabablarga ko'ra Fakultet Yangiliklari kanalimiz yopilmoqda, ammo siz bizni
/channel/economics_tif
kanalimizda kuzatib borishingiz mumkin
Endi Iqtisodiyot Fakulteti hayoti shu kanalimizda yoritilib boriladi.
E`tiboringiz uchun rahmat
✅ Iqtisodiyot Fakulteti axborot xizmati
“Yongʻin xavfsizligi oyligi”
Joriy yilning 23-noyabr kuni Toshkent moliya institutida Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining joriy yil 10-noyabrdagi yigʻilish bayoni ijrosi hamda 15-noyabr - 15-dekabr kunlari oʻtkazilayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi”ni uyushqoqlik bilan oʻtkazishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida talabalar yongin xavfsizlik qoidalarini va ular sodir bo
lgan paytda qanday harakat qilish kerakligini ko`rib bilib olishdi.
✅ Iqtisodiyot fakulteti axborot xizmati.
📣Diqqat, e'lon!!!
🎤Toshkent moliya institutining barcha professor-o’qituvchilari va talabalarini “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” deb nomlangan fakultetlararo koʼrik-tanlov va Milliy liboslar bayramiga taklif etamiz.
📆O'tkazish vaqti: 2022-yil, 26-noyabr, soat 11.00
📌Manzil: "Obi-hayot" binosi, Anjumanlar zali©️Institut Xotin-qizlar kengashi
Telegram: @moliyauz_official
Talabalar Kengashi
17-noyabr Xalqaro Talabalar Kunida har bir fakultetning talabalar kengashi institut rahbarlari tomonidan rasmiy tarzda tanishtirildi. Shu jumladan Iqtisodiyot Fakulteti talabalar kengashi ham tanishtirildi.
Iqtisodiyot Fakulteti Talabalar Kengashi Prezidenti: AKRAMOVA AZIZA ABDUVOHIDOVNA (1-KURS IM-70/22 GURUH TALABASI)
Vitse-prezident (Volontyorlar, homiy va hamkorlar bilan ishlash, tashqi aloqalar o‘rnatish va iqtidorli, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba - yoshlar bilan ishlash): JABBOROVA SEVINCH XUSANOVNA (1-KURS IM-70/22 GURUH TALABASI)
Vitse-prezident (Sport, tanlovlar, festivallar, bayram va ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirish): MIZROBOV FAYZIBEK MAXMUD O'G'LI (1-KURS IM-74/22 GURUH TALABASI)
Vitse-prezident (Tashkiliy nazorat va kadrlar bilan ishlash): UZOQOV BEKZOD BOZOR O'G'LI (3-KURS I-82 (i) GURUH TALABASI)
Vitse-prezident (Matbuot kotibi): RAUFJONOV SIDDIQ SOIBJON O'G'LI (3-KURS IM-82 (i) GURUH TALABASI)
✅ Iqtisodiyot Fakulteti axborot xizmati
📱Instagram 📧 Email
#HappyStudentsDay #14th
Atmosfera sunchaki🔥🔥🔥
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
#Talabalar_kuni
Talabalar diqqatiga♾
Hurmatli talabalar, "17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan institutning sport majmuasida eksklyuziv bayramona tadbir tashkillashtirilmoqda💯
🥳Barcha talabalarni ushbu tadbirda ishtirok etishlariga taklif qilib qolamiz!
🗄Manzil: Institut sport majmuasi
🔔Vaqti: 17-noyabr, 17:00
✅TMI axborot xizmati
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
#Talabaga_yengillik
DIQQAT! MUHIM‼️
⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi
🔰 Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
↪️Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📣Hurmatli iqtidorli talabalar!
🏢O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovi o’tkazilmoqda.
✅Tanlovda ishtirok uchun quyidagi hujjatlar to’plami taqdim etilishi lozim:
📌 Ma'lumotnoma (obyektivka), pasport nusxasi
📌 Reyting daftarchasi nusxasi (Baholar inobatga olinadi, 100% a'lo bo'lsin deb talab etilmagan)
📌 Dekanat taqdimnomasi (2 betdan oshmasin)
📌 Kafedra, ilmiy rahbar yoki guruh rahbaridan tavsiyanoma
📌 Yoshlar ittifoqi BT yetakchisidan fikrnoma
📌 Tanlov va turli loyihalarda erishgan yutuqlari (sertifikat, diplom, faxriy yorliq va boshqalar...)
📌 Nashr ettirilgan maqola, tezis yoki usubiy qo'llanmalar va patent, ixtiro... (agar bo'lsa)
📆Xujjatlar 2022-yilning 20-oktabrgacha qabul qilinadi.
📤Murojaat uchun:
/channel/Kuldashev_Farid
+9989 (71) 235-69-49
Telegram | Instagram | Facebook
#MARKAZIY#BANK
🔥Markaziy bank stipendiyasi natijalari e'lon qilindi!
🎖21-sentyabrda 15 nafar iqtidorli talabalarimiz Markaziy Bank tomonidan tashkil etilgan suhbatga tashrif buyurdi. Suhbat natijalariga ko’ra 7 nafar iqtidorli talabalarimiz “Markaziy bank” stipendiyasi g’oliblariga aylandi.Bular:
1.Kelanov.N. “Moliya” fakulteti 4-kurs talabasi
2. Raimberdiyev.S. “Iqtisodiyot” fakulteti 4-kurs talabasi
3. Anvarova.M. “Iqtisodiyot” fakulteti 4-kurs talabasi
4. Urazova.D. “Iqtisodiyot” fakulteti 4-kurs talabasi
5. Shaymatov.E. 1-kurs magistranti
6. Maqsudov.Sh. “Moliya” fakulteti 4-kurs talabasi
7. Qo’qonov.A .“Iqtisodiyot” fakulteti 4-kurs talabasi
🏆G’oliblarimizni tabriklaymiz kelgusi ishlariga rivojlar tilab qolamiz!
Telegram | Instagram | Facebook
"Yil talabasi" tanlovi, "Talabalar festivali"da ishtirok etganmisiz? Balki ushbu loyihalar bo'yicha taklif va g'oyalaringiz bordir?
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Talabalar festivali” hamda “Yil talabasi tanlovi”ni mutlaqo yangicha formatda, siz yoshlar bilan bamaslahat o'tkazishni reja qilgan.
🔸 Loyihalarni yangi darajaga olib chiqish, yuqori saviya hamda shaffoflik tamoyillari asosida o'tkazilishini ta'minlash uchun yoshlarning fikr va takliflari juda muhim. Shu sababli, 17-mart, soat 15:00 da, loyihalar nizomini tayyorlash yuzasidan mas'ullar bilan batafsil suhbat tashkil etiladi.
✅ Muhokamada ishtirok eting, o'z taklif va g'oyalaringizni bildiring!
🔗 Suhbatda ishtirok etish uchun havola
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🔎 OʻQITUVCHILAR QIDIRILMOQDA!
Khan Academy Oʻzbek loyihasiga videodars yaratish uchun quyidagi fanlardan oʻqituvchilar kerak:
⬡ Ko‘p o‘zgaruvchili hisob (multivariable calculus)
⬡ Statistika va ehtimollar nazariyasi
⬡ Mikroiqtisodiyot
⬡ Moliya va kapital bozorlar
⬡ Tibbiyot
TALABLAR:
– Sohadagi chuqur bilim va malaka;
– Oʻzbek tilida ravon nutq va ingliz tilini (yaxshi darajada) bilish;
– Qiziqarli va interaktiv dars oʻta olish va kompyuterda ishlash;
– Shijoat, masʼuliyat va intizom.
❗️Darslar Toshkentdagi ofisimizda yozilishi sababli nomzodlar Toshkent shahrida yoki viloyatida istiqomat qilishlari maqsadga muvofiq.
ISH SHAROITI:
– Nollari koʻp ish haqi 😅;
– Moslashuvchan ish jadvali;
– Shahar markazida qulay ofis;
– Koʻk choy va shirinliklar 😊.
❗️Darslarni asosiy ishingizdan uzluksiz ravishda haftada 7 kun soat ertalab 06:00 dan 00:00 oraligʻida yozishingiz mumkin. Videodarslarni yozish boʻyicha 1,5-2 haftalik treninglar tashkillashtiriladi va ular uchun ham nomzodlarga haq toʻlanadi.
🎬 Namuna videolar: @kau_kurslar
📌 Ariza topshirish: bit.ly/2shumG0
📞 97 262-4030 | 97 246-9050
✏️ @khanacademyuzbek_teachers
📩 team@bilimonlayn.uz
🎁 Oʻqituvchilarni topishda koʻmaklashganlarga sovgʻalarimiz bor ;)
Telegram // Youtube // Facebook
Dangasamisiz? Biror ishni boshlay olmayapsizmi? Kitob o’qiysiz, lekin hech nima esingizda qolmaydimi?🤷♂️
🧠 2 oyda SUPER Xotira
Mnemonika mashg'ulotlari - bu qiyinchiliksiz yod olish san'ati.
1️⃣ Sizga mnemonikaning qanday ishlashi ko'rsatiladi
2️⃣ Tez yodlash usullari o’rgatiladi
3️⃣ Ixtiyoriy ma’lumotlar, raqamlar, matnlar va chet el so'zlarini qiynalmasdan yodlash bo’yicha kurs taqdimoti bo’lib o’tadi
🗓 14-mart yakshanba soat 17:00 da (offline)
📍 Amir Temur shoh ko'chasi, 46a, GeniusX o’quv markazi (mo’ljal: Toshkent Moliya instituti)
📱 (90) 000-66-76
Kirish mutlaqo bepul, lekin joylar soni cheklangan, avval ro’yxatdan o’ting!
👇👇👇
@GeniusXUzbMnemonika_bot