Kitobxonlar, yaqinroq keling! #Tez kunda, uzoq kuttirgan bu kitoblar sotuvda boʻladi, inshaalloh.
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
Kitobxonlar, bormisiz?
"Bormisan?" ni qachon o‘qiymiz?
Kitobni mutolaa qilganlar, taassurotlaringiz qanday?
📚"Bormisan?" - 70 ming soʻm
-Oʻqigan sari oʻqiging keladi-ya)
Asar sarguzasht shaklida yozilgan. Katta-yu kichik - barchaga xush yoqadi. Kitob haqida qiziqib koʻrsangiz, uni dunyoning bestseller kitoblari qatoridan topasiz.
Quyida esa mazkur kitobdan parcha keltirdik:
"Biz oldingidan koʻra yaxshi boʻlishga intilar ekanmiz, tevarak- atrofimiz ham yaxshilanib boraveradi."
📚 "Alkimyogar" - 25 ming soʻm
"Yashamoq" da yashaysiz
Qadrli kitobxon, bu kitob Sizga tanishmi? Bu oʼsha mashhur, 20 dan ortiq tillarga tarjima etilgan ijod namunasi.
Asar asosida film ham suratga olingan.
"Yashamoq" kitobxon tanlamaydi, millat ham tanlamaydi. Oʼzini insoniyatning, tiriklikning bir boʻlagiman deb hisoblagan barcha uchun.
Siz qachon oʻqimoqchisiz?
Koʻz yoshlarga gʼarq boʻlishga tayyor emasmisiz yoki?
📚 "Yashamoq" - 55 ming soʻm
“Yashamoq” qanchalar qiyin boʻlmasin doimo umid borligini oʻrgatadigan asar.
Koʻp gapirmoqchi emasman. Ushbu kitobni oʻqing, videoni koʻring. Hammasini oʻzingiz tushunib olasiz.
"Yashamoq" romani
Narx: 55 000 so‘m
😊 Zavqli mutolaa tilaymiz!
📦 Buyurtma berish uchun:
➡️@furqonkitob
📞+998(90)807-40-80
🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
📍 Barcha viloyat markazlariga yetkazib berish besh ming so‘m.
🕊Telegram 📱Instagram
Hamma oʻqishi kerak boʻlgan kitob
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ushbu tafsirlari oʻzining sodda va ravon tili bilan ajralib turadi. Teran va daqiq uslubi bilan esa barchaga xush yoqadi.
Ushbu tafsir xalqimiz ardogʼidagi sevimli asarlar sirasiga kiradi.
Har bir musulmon oilasida boʻlishi kerak boʻlgan kitoblardan biri.
Asar Sizni Qur'oni Karim ma'nolarining bitmas-tuganmas hikmatlariga oshno etadi.
Mutolaani bugundan boshlang)
📚 "Tafsiri Hilol" - 805 ming soʻm
«Rasulimiz alayhissalom aytadilarki, qaysi bir musulmon bu dunyoda bir insonni dunyoviy qiyinchiligiga yordam berib qoʻysa, dunyo qiyinchiligini aritib qoʻysa, oʻsha insonni Alloh qiyomatdagi qiyinchiligiga yordam beradi, qiyomat azobini undan aritadi». dedilar.
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
Жойнамоз баланд нарса эмас, аммо уни устига ҳамма ҳам чиқа олмайди.
💡@furqonkitoblar- Ziyo maskani!
Kitoblar sotiladi narxini o‘zlaridan so‘raysiz kitoblarni egasini manzili; @qwerty1345
Читать полностью…Baxtli hayot uchun yana bir qadam
Dunyo uchun bo‘lgan mahzunlik qalbni va shijoatni zaiflashtiradi, umidlarni so‘ndiradi.
Shaytonning yaxshi ko‘rgan holati mo‘min insonning mahzun va umidsiz bo‘lganidir.
Ushbu kitobda siz Qur'oni Karim oyatlari, ibratli hikmatlar va hadislardan keltirilgan iqtiboslarni ko‘rishingiz mumkin.
📚 Jozibali va go‘zal uslubda yozilgan kitobni siz aziz kitobxonimiz uchun taqdim qilmoqdamiz.
✨ Eng buyuk Zot ikki dunyo hayotida ham qalbingizga mahzun bo‘lmaslik baxti ila siylasin.
Muqovasi: qattiq
Narxi: 55.000
Sahifasi:237 bet
📦 Buyurtma berish uchun:
➡️@furqonkitob
📞+998(90)807-40-80
🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
📍 Barcha viloyat markazlariga yetkazib berish bepul.
💡@furqonkitoblar- Ziyo maskani!
Temuriylar keldi
Boburiylar keldi
Bizni do‘konimizga Men kitobi keldi 😄
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
Tez kunda…
Navnihol qizlar!
Zamona zayli bilan har qanday maʼlumotni qoʻlga kiritish oson boʻlib qolgan bir paytda...
Texnologiyalar bizni virtual olam qaʼriga shiddat bilan tortib ketayotgan bir paytda...
Bizni asl mohiyatimiz bilan bogʻlab turgan qadriyatlarimiz xuddi arqon tolalari kabi kun sayin yupqalashib, uzilay deb turgan bir paytda...
Siz yoʻqotib qoʻygan, unutgan yo-da tashlab yuborgan ziynatlaringizni qoʻlingizga yana tutqazmoqdaman.
Bu ziynatlar ruhingizga tegishlidir...
Bu ziynatlar ichingizda doim boʻlgan, lekin oʻksitib tashlab ketilgan fazilatlaringiz bilan qayta topishtirib qoʻyadi. Maʼnaviy ziynatlar shisha idishga solinib, dengizga tashlab yuborilgan maktublar kabi oʻz egasini qidirmoqda.
Ular sizni qidirmoqda!
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
Tez kunda…
Samarqand...
Turli madaniyatlar chorrahasida joylashgan bu buyuk shaharni Sharqning javhari deyish mumkin. Uning mintaqa uchun ahamiyati Rim yoki Afinaning Yevropa uchun ahamiyatidan kam emas. Oʻz tarixi davomida shahar koʻplab yuksalish va tanazzul davrlarini boshidan kechirgan. Goh uning atrofida buyuk davlatlar barpo etilgan boʻlsa, goh toju taxt uchun kurashlar oqibatida vayron boʻlgan. Goh ilm- fan gullab-yashnagan boʻlsa, goh madaniyat tanazzuli kuzatilgan. Bir soʻz bilan aytganda, bu azim shaharning har bir boʻlagida oʻtmish voqealari aks sado beradi.
Ushbu salmoqli kitobda shahar tarixining eng muhim davrlaridan biri — mintaqa aholisining Islom dinini qabul qilib musulmon boʻlishidan to somoniylar hukmronligining oxirigacha boʻlgan payt bayon etiladi. Tarixiy geografiya, etnik jarayonlarga oid maʼlumotlar, siyosiy voqealar, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot ancha batafsil yoritiladi.
Kitobni mutolaa qilgan oʻquvchi oʻzini oʻylantirgan koʻplab savollarga javob topishiga, tarixiy bilimlari mustahkamlanishiga ishonchimiz komil.
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
"Ey Allohning Rasuli! Qanday ayollar yaxshi?" deyildi.
"Nazar solsa, uni xursand qiladigan. Amr qilsa, unga itoat qiladigani va oʻz jonida va molida (eri) yoqtirmaydigan narsa ila unga xilof qilmaydigani", dedilar.
<<Sunan>> egalari rivoyat qilganlar.
Sharx: Ushbu hadisi sharifda er uchun eng yaxshi xotinning baʼzi sifatlari haqida soʻz ketmoqda:
1."Nazar solsa uni xursand qiladigan".
Demak, er nazar solsa, xursand qiladigan ayol eng yaxshi ayollarda boʻladigan sifatlarga ega boʻlar ekan.
Bu ayolning tashqi qiyofasi, kiyinishi, oʻzining tutishi va axloq - odobi kabi narsalarni oʻz ichiga oladi.
2. "Amr qilsa itoat qiladigani".
Erga itoatkor boʻlish ayollarning eng goʻzal, eng yaxshi sifatlaridan biridir. Albatta bu yerda sharʼiy ruxsat berilgan ishlar doirasida itoatkorlik haqida soʻz ketmoqda. Gunox ishlarda itoat qilish mumkin emas.
Chunki Xoliqqa maʼsiyat ishlarda maxluqqa itoat qilinmaydi.
Er oila boshligʻi boʻlganidan keyin oila aʼzolari, jumladan ayol unga itoat qilishi kerak.
Eriga itoatkor ayol eng yaxshi sifatlardan biriga ega ayoldir.
Eriga itoat qilmaydigan ayolni mutlaqo yaxshi ayollar qatoriga qoʻshib boʻlmaydi.
3." Oʻz jonida va molida (eri) yoqtirmaydigan narsa ila unga xilof qilmaydigani".
Boshqacha qilib aytganda, eng yaxshi ayol sifatiga sohiba boʻlmoqchi boʻlgan ayol eriga yoqmaydigan ishlarni qilmasligi kerak.
Chunki shu tufayli oilada urush - janjal chiqishi, oʻzining halovati yoʻqolishi, hatto oila buzilib ketishi ham mumkin.
Yana ayol kishi oʻz molini eri yomon koʻradigan narsalarga sarflamasligi lozim. Ana shunda u eng yaxshi ayolning yana bir sifatiga ega boʻladi.
Ushbu hadisda zikr qilingan uch sifatni oʻzida mujassam qilgan ayol eng yaxshi ayollardan boʻlishiga shubha yoʻq.
"Hadis va hayot" kitobidan olindi.
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
Omad ketidan quvmang
Hayot qisqa. Hadeb omadni quvgan bilan imkoniyat eshiklari ochilib qolmaydi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, omadli insonlarning aksar qismigina ilmli. Ilm ahlining esa ko‘pchiligini omadi chopgan.
Tanlov o‘z qo‘limizda.
Hozir omad emas, ilm talabida bo‘lsangiz, vaqti kelib ostoningizda omadni ko‘rasiz.
Bizni ilm cho‘qqisiga eltuvchi kitoblardan bir nechtasi:
📚"Ey qizim" - 50 ming soʻm
"Obidlar yo‘li" - 45 ming so‘m
"Hayotingni yangila" - 45 ming so‘m
"Mezon ul-amal" - 45 ming so‘m
Qalblarimiz shifolansin
Kitobda Qur'oni Karimni o‘qish va eshitish fazilatlari bayon etilgan.
Uni qalbga jo aylash haqida so‘z yuritilgan.
Asarda quyidagilar haqida gaplashamiz:
💙Xatm qilish qoidalari;
💙Yodlash usullari;
💙Qiroat odoblari;
💙Suralarning fazilatlari;
💙Ibratli rivoyatlar va boshqalar.
Ruhiy komillikka, ko‘ngil xotirjamligiga erishish yo‘llari ham Unda.
📕"Qur'on-qalblar shifosi" - 65 ming soʻm
Talablarga binoan, "Taxtlar oʻyini"
Mazkur asar “Muz va olov qoʻshigʻi” romanlar turkumiga kiruvchi dastlabki qism hisoblanadi.
👑 Kitobda zodagon oilalarning hokimiyat va taxt uchun kurashlari haqida gaplashamiz.
U oʻzining boy personajlari, izchilligi va kutilmagan sahnalari bilan barchani hayratlantirib kelmoqda.
Keskin burilishlar, jumladan, nazoratsizlik va xiyonat oqibati nimaga olib keladi?
📎Barchasi mutolaa davomida ayon boʻladi.
📖"Taxtlar oʻyini" - 190 ming soʻm
Zararli narsalardan voz kechishni istaysizmi?
📒 Gay Finlining “Voz kecha olmoq” kitobdan oʻrin olgan foydali suhbatlar, mulohazaga undovchi savol-javoblar, hayotiy haqiqatlar yordamida siz uchun foydasiz boʻlgan narsalardan birma-bir voz kecha boshlaysiz.
• Muqovasi — yumshoq;
• Sahifasi — 347 bet;
• Narxi – 70.000 soʻm.
📚 Kitobni xarid qilish uchun hoziroq muroja'at qiling: @furqonkitob
+998908074080
📌 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish hizmati mavjud.
🎗@furqonkitoblar - Ziyo maskani
#Xushxabar
Oʻzbekistonda ilk bora “Qurʼoni Karim maʼnolarining soʻzma-soʻz tarjimasi” chop etildi. Turkiya respublikasi Kavkaz davlat universiteti islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, filolog va islomshunos olim, Sardorxon Jahongir tomonidan birinchi marta Qurʼoni Karim maʼnolari oʻzbek tiliga soʻzma soʻz tarjima qilindi. Ushbu kitobni tayyorlashda Qurʼoni Karim tafsiriga doir koʻplab asarlarga murojaat qilingan. Kitob taniqli olimlar, jumladan, dunyoga mashhur Shayx Muhammad Avvoma, Oʻzbekistonlik ulamo Shayx Abdulaziz Mansur hamda islomshunos olimlar Muhammadxon Jahongirov va Anvar Ahmad kabi olimlar taqrizidan oʻtgan. Qurʼoni Karim maʼnolarining soʻzma-soʻz tarjimasi ilm toliblariga, Qurʼoni Karim lugʻati boʻyicha ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarga hamda barcha kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.
📁 Muqovasi : qattiq
💳 Narxi : 250.000 soʻm
📚 Kitobni xarid qilish uchun hoziroq murojaat qiling: @furqonkitob
+998908074080
📌 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud❗
🎗@furqonkitoblar - Ziyo maskani
Kadir Akel — «Dard etma, Alloh yetar»
«Dard etma, Alloh yetar» — hayotning eng og‘ir sinovlarida ham umidni yo‘qotmaslikka, har qanday qiyinchilikka sabr bilan qarshi turishga undaydigan asar.
Muallif ushbu kitob orqali inson hayotidagi barcha musibatlarni yengishning yagona yo‘li Alloh taologa bo‘lgan cheksiz ishonch ekanligini ta’kidlaydi.
Asarning bosh qahramoni — Dagʻxan. U yoshligida noto‘g‘ri yo‘lni tanlab, oʻgʻirlik, qimor kabi botqoqliklar girdobiga tushib qoladi. Oqibatda, nafaqat o‘z umrini, balki ota-onasining hayotini ham izdan chiqarib yuboradi. U tufayli yaqinlari hatto yashab turgan uylarini ham tashlab ketishga majbur bo‘ladi va «Koshki, tug‘ilmaganingda edi!» deya afsus chekishadi. Ammo qanchalik pastga tushishidan qat’i nazar, Alloh insonni yuksaklarga ko‘tarishga qodir.
Dagʻxan ham hayotining eng tuban nuqtasida Yaratganning inoyati bilan butkul o‘zgaradi. Uning oldida ikki yo‘l turardi: qing‘ir yo‘lda davom etish yoki tavba qilib, yangi hayot boshlash. U, Haq taoloning marhamati bilan, to‘g‘ri yo‘lni tanlaydi va novvoy bo‘lib ishlay boshlaydi. Shu tariqa halol mehnat, chin tavba orqali o‘z hayotini tiklashga qaror qiladi.
Taqdir uni Iso ismli mehribon inson bilan uchrashtiradi va bu uchrashuv uning hayotini tamomila o‘zgartirib yuboradi. Dagʻxan o‘tmishda yo‘l qo‘ygan barcha xatolarini to‘g‘rilashga intiladi va bunga muvaffaq bo‘ladi.
Asar chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, inson qanchalik yanglish yo‘lni tanlamasin, tavba qilishga va yangi hayot boshlashga hech qachon kech emasligini eslatadi. Umid so‘ngan paytda ham barcha muammolarga yechim topish mumkinligini ta’kidlaydi. O‘quvchini har qanday vaziyatda Allohga ishonishga va faqat Uning marhamatiga suyanishga undaydi.
Hayotda shunday lahzalar bo‘ladiki, hamma bizdan yuz o‘giradi. Mana shunday og‘ir paytlarda faqat Allohgina biz bilan qoladi. Kitob o‘quvchini Yaratganning cheksiz rahmati va inoyatiga bo‘lgan ishonch bilan to‘ldiradi.
©️Durdona Mamadaliyeva
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
#Yangi_kitob
Bolajonlarimiz uchun ajoyib tuhfa. "Dunyodagi hamma narsani bilgim keladi" ensiklopediyasi ilk bora italiya nashriyoti bilan hamkorlikda o‘zbek tilida nashr etildi. Ushbu kitobda bolajonlar beradigan juda ko‘p savollarga javoblar bor: Quyosh, Oy, Yer, osmondagi yulduzlar, tabiatdagi mo‘jizalar, dengizlar, ummonlar, tog‘lar, vulqonlar, mashinalar, kemalar, koinotga uchadigan raketalar, kosmik kemalar, osmono‘par binolar – xullas, ko'p narsalar haqida ma’lumotlar qiziqarli qilib, rasmlar bilan bolajonlar tilida tushuntirib berilgan...Ular nimani bishni hohlasalar shu kitobdan izlab ko‘raveradilar...
📗Kitob nomi — Bilgim Keladi.
✍Muallifi — Ilaria Barsotti.
🇺🇿Tarjimon — Mirnosir Hasan
📔Muqovasi — Qattiq.
📃Sahifasi — 91 bet.
📝Tili — Lotin.
Mehringizni qozonishga munosib boʻlgan kitoblardan yana biri 😊
Murojaat uchun admin:
@furqonkitob
📞+998(90)807-40-80
📦O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
💡@Furqonkitoblar - Ziyo maskani
Solihlar gulshaniga marhabo
Shunday asarlar borki, necha-necha asrlar oʻtsa-da, oʻz qiymatini yoʻqotmaydi. Hamisha e'zozda va qimmatli.
Ana shunday kitoblardan biri "Riyozus solihiyn". Asar yozilganiga 800 yil boʻldi.
U oʻzining sahihligi va Qur'oni Karim asosida islom ahlini hidoyatga chorlashga katta xizmat qilib kelmoqda.
Paygʻambarimiz sollallahu alayhi vasallamni tushda koʻrish uchun nima qilish kerak?, - degan savolga javob aynan shu kitob boʻladi.(Ulamolar tajribasiga koʻra)
Salovat aytib yurish, kitobdagi hadislarga amal qilish orqali niyatimizga yetsak, ajab emas)
📖"Riyozus solihiyn" -
3 ta juzligi 205 ming soʻm
🚛 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beramiz!
☎️ Buyurtma uchun:
@furqonkitob | +998908074080
/channel/furqonkitoblar
“Men” qayta sotuvda!
🤩 Yillar davomida minglab kitobxonlar qalbidan joy olishga ulgurgan sevimli kitob yana sotuvda!
📚 “Bas qil, ey nafs” deya xitob qiladigan, hayotni toʻxtatib oʻqiladigan ushbu kitob ajab emaski siz uchun yozilgan boʻlsa.
Fotih Dumanning “Men” kitobi.
• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifa - 320 bet;
•Narxi - 60.000 soʻm.
🚗 O’zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud!
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
#Tezkunda
Ibn Xoldun umrining yigirma besh yili mobaynida (hijriy 751 yildan 776 yilga qadar) hukumat vazifalari va siyosiy voqealardan katta nasibaga ega boʻldi.
Biroq shu narsa ayon boʻladiki, bu ishlar uning bironta ham orzu-umidlari va haqiqiy isteʼdodini yuzaga chiqara olmadi. U bu sohaga ragʻbatsiz, majburlikdan qoʻl urgandi.
Shuning uchun ham ichidagi yashirin ragʻbatni qanoatlantirish maqsadida oʻqish, ilm olish, dars berish kabi ilmiy faoliyatga qaytish fursatini qoʻldan boy bermadi. Bu uning haqiqiy shaxsiyatini koʻrsatib turadigan chuqur hirs edi. Uning isteʼdodidan insoniy meros katta foyda oldi va nomini abadiyat olami sahifalariga yozib qoʻydi.
Ibn Xoldun Muqaddima 1-juz
Tez kunda…
Iymonni asrash qoʻlda choʻgʻni tutish bilan barobar boʻlishi bashorat qilingan edi bir paytlar. Ana shunday davrda yashayotgandekmiz goʻyo. Nega desangiz, gunoh qilish shu darajada osonlashdiki, buning uchun odam koʻpam oʻzini urintirishi shart boʻlmay qoldi. Jamiyatlar tashqaridan sokin koʻrinsa-da, ichkarida iymon va iymonsizlik, ezgulik va yovuzlik, gunoh va savob jangi avjga chiqqan. Ertaga davlat va millatning jahon mamlakatlari oʻrtasidagi oʻrni qayerda boʻlishi ana shu jangda yorugʻ kuchlarning gʻalaba qozonishiga bevosita bogʻliq. Yozuvchi Ulugʻbek Nasriddin oʻgʻli qalamiga mansub qissada, feysbuk sahifasida eʼlon qilingan maqolalarda ana shu shiddatli kurashlarning mohiyati, ularning negizlari koʻrsatib beriladi, hali oʻzligini tanib ulgurmagan yoshlarga haqiqatlar bayon etiladi. Kitobda jamlangan maʼlumotlar koʻplab bahsli masalalarga oydinlik kiritib, chorrahada nima qilishni bilmay turgan odamlarga mayoq vazifasini bajarsa ajab emas.
Sizga maroqli mutolaa tilaymiz, aziz kitobxon!
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
Tez kunda…
Nazan Bekiroʻgʻlu qalamiga mansub va Trabzon-Tabriz-Tblisi- Batumi-Istanbul yoʻnalishida sodir boʻlgan ajoyib bir
qissa. Bolqon urushi davrida boshlanib, Birinchi jahon urushi davrigacha yetib borgan bir hikoya... Biri Trabzon, biri esa Tabrizda olamga kelib, bir-biriga talpingan ikki umr, avvaliga telbadek pishqirib oqqan, keyin esa sokinlashib qolgan ikki irmoq... Aslida, ikki emas, koʻp irmoqlar... Tabriz shahrining eng katta va aslzoda savdogarining hech narsadan tap tortmaydigan oʻgʻli Sattorxon va Trabzon shahrining sara durdonasi Zahro...
Ikki katta urush sochib tashlab, keyin qaytadan shakllantirgan umrlar, muhojirlik, koʻchishga urinish, kurashlar, taqdir... Turli eʼtiqodlar toʻlib-toshgan yagona hudud, uch mamlakat
va uch muhabbat Nazan Bekiroʻgʻluning muhabbat siyohi bilan bitilgan qissasidan joy olgan. “Anor daraxti” asari sharqona ertak kabi jozibali, xayoliy olam kabi maftunkor, hayotning oʻzi kabi haqiqiy qissadir... Mahorati ila tasvirlangan qahramonlar va oʻsha davr muhiti tufayli anchagacha yodingizdan koʻtarilmaydigan bir kitobdir...
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
Tez kunda…
Bu kecha bir tush koʻrdim. Mening tilimga oʻxshamagan tilda gapiradigan lablar qulogʻimga bir necha harf shivirladi. Avvaliga tushunmadim, bu harflarning maʼnosini tushuna olmadim. Moviy va qizgʻish rang oʻrtasidagi ranglar koʻzimga tashlana boshladi. Boshqa ranglar birma-bir koʻz oʻngimdan oʻchib borayotgan bir payt qizgʻish ranglar aro bir odamni koʻrib qoldim. — Sen shoirsan! — dedim. — Nega ogʻzingdan chiqayotgan soʻzlar bunchalar kamyob? Mana bu harflar-chi, nima degani? Tushunmayapman! U nigohini koʻzlarimga tikdi va:
— Sen oʻqimagin, faqat tinglagin! — dedi.Tinglash uchun esa sukut saqlash kerak ekan. Men jim qoldim, xolos. Qani, oʻzim eshitgan narsalarni yoza olganimda edi... Tinglaganlarimni tushuntirib bera olsam edi! Xotiramda faqatgina uchta tovush qoldi. Uchta yoʻqolgan harf... Shu tunda shoirlar tush koʻrish uchun uxladilar. Har bir shoirga bittadan harf nasib boʻldi. Bu tushda ulardan biriga sukut, boshqasiga visol, yana biriga esa kuyib-yonish nasib etdi. Shoirlar “Ishq” deb aytgilari keldi. Bu soʻzni ayta olmadilar. Har bir shoir kaftimga bittadan harf bitdi. Qizgʻish-moviy tovlanadigan siyoh ila koʻz qorachigʻimga mana shu uchta harfni bitdilar... Shu tunda men uchta harf eshitdim. Uch harf — “ayn”, “shin” va “qof”.…
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani
Asl onalar kitobi!
Ona va qiz farzand oʼrtasidagi munosabatlarda juda ham asqotadigan asar bilan tanishing.
Demak, "Furqon" jamoasidan bugungi tavsiya:
📚 "Qulogʼim senda, qizim!" - 85 ming soʻm
📚 E’tibor, kitobxonlar! 📚
Telegram kanalimizda endilikda, o'z kitoblaringizni sotish imkoni mavjud! 💼✍️
📣 Biz bilan hamkorlik qiling!
- ✨ Siz o'z kitobingizni reklama qilib, keng auditoriyaga taqdim etishingiz mumkin.
- 🤝 Biz sizga reklama qilishda yordam berishga tayyormiz.
📩 Bizning kanalimizda hamkorlik qilish uchun admin:
👉@furqonkitob
📞+998(90)807-40-80
💡@Furqonkitoblar – Ziyo maskani