8844
Qadrdon doʻkon 😇 ⛳️ Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qoʻyliq 1-mavzesi, "Korzinka" doʻkoni ichida. Moʻljal: 8-Matonat metro bekati roʻparasi.
📗 “Laylo” SOTUVDA!
— Hech kitob o‘qib yig‘laganmisiz?
— Ha…
— Qaysi kitob?
— Mana endi aytmasam bo‘lmaydi: “Laylo”.
Doʻstlar, Aleksandra Kaveliusning butun dunyoni larzaga solgan asari “Laylo” bugundan sotuvda!
• Muqovasi – yumshoq
• Sahifa – 330 bet
• Narxi – 70 000 soʻm
💯 Kafolat beramiz: uni qo‘lga olib, tashlab qo‘ya olmaysiz!
📦 Yetkazib berish: 🚚 Barcha viloyat markazlariga – 15 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Yangi kitoblar taqdimoti!
Aziz kitobxonlar, Furqonkitoblar do‘koni sizlarga ilmiy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatli asarlarni taqdim etadi.
📗 Anvar qori Tursunov – Zamondoshlari xotirasida
Bu kitob mashhur domlaning hayoti va faoliyati, u kishini yaqindan bilgan zamondoshlari xotiralari asosida yozilgan. Ustozning ibratli hayot yo‘lidan o‘rnak olish uchun bebaho manba.
📗 Jasurbek domla Raupov – Ulаmo g‘ayratli bo‘lsa
Muallif o‘zining ilmiy va hayotiy tajribasidan kelib chiqib yozgan bu asarda ulamolarning jamiyatdagi o‘rni, ilm va ma’rifat yo‘lidagi g‘ayrati haqida so‘z yuritadi.
📗 Abu Bakr Muhammad ibn Abu Is’hoq Kalobodiy Buxoriy – At-Ta’arruf li mazhabi ahli-t-tasavvuf
(Tasavvuf ahlining yo‘li bilan tanishuv)
Tasavvuf tarixidagi eng mashhur manbalardan biri. Alloma Kalobodiy Buxoriy rahmatullohi alayh qalamiga mansub ushbu asar tasavvuf ahlining e’tiqodi va yo‘lini tushunishda asosiy manbalardan hisoblanadi.
📦 Yetkazib berish: 🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Kim Allohga yaqinlashsa, nafsidan uzoqlashadi
Kurashlarning eng qiyini insonning oʻz nafsiga qarshi kurashidir. Kishi nafsni yengdim deb o‘ylab adashadi, u ma’lum muddat jim turgani bilan, qalbni bir zumga ham tark etmaydi, uni hamisha ta’qib qiladi. Zero, nafs o‘lmaydi, o‘zini uxlaganga soladi.
Nafs va kibrni yengish, ilohiy ishqqa yetishish hikoya qilingan ushbu qissani o‘qib, ichingizdagi eng katta dushmaningizga qarshi kurashda bir on ham to‘xtamaslik kerakligini anglaysiz.
📖 Men (qattiq muqova)
📦 Yetkazib berish:
Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha – 15 000 so‘m
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 “KOʻRLIK” kitobining yangi nashri sotuvda!
📒 Portugaliyalik mashhur yozuvchi, Nobel sovrindori Jose Saramago qalamiga mansub va "Soʻnggi yuz yillikning eng yaxshi romanlari" roʻyxatiga kiritilgan “Koʻrlik” asarining yangi nashri endi sotuvda!
• Muqovasi – yumshoq
• Hajmi – 396 bet
• Narxi – 70 000 soʻm
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 15000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 17 yoshli Ra’noning savodi
Ba’zilar: “Ruslar kelib, ayol-qizlarimiz o‘qiydigan bo‘ldi, undan avval omi edilar” — deya da’vo qilishadi.
Lekin Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”da 17 yoshli Ra’noning savodini shunday tasvirlaydi:
👉 U otasidan o‘qib, 14 yoshida ibtidoiy maktab dasturidagi barcha darslarni bitirgan.
👉 Diniy kitoblar: Haftiyak, Qur’on, Chahor kitob, So‘fi Olloyor, Maslaki muttaqin.
👉 Adabiyotdan: Navoiy asarlari, Fuzuliy devoni va Layli-Majnun, Amiri, Fazliy va boshqa Chig‘atoy-ozbek shoirlari.
👉 Forsiydan: Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil.
👉 Shuningdek, husnixat, insho, badiiy majmualar tuzish.
👉 Hozirda esa otasidan arab nahvi va sarfi, Sa’diy “Guliston”idan dars olar edi.
❗ Qarang, 17 yoshli Ra’noning ilmi bugungi kunda Zulfiyaga beriladigan mukofot sohibalaridan-da yuqori edi.
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Aziz kitobsevar do‘stlar!
Bugun biz uchun nafaqat bayram, balki erkin o‘ylash, erkin so‘zlash va erkin o‘qish huquqini qadrlash kuni.
34 yil avval boshlangan mustaqillik yo‘li — avvalo, ma’rifat va bilimga ochilgan yo‘ldir.
Kitob varaklarini erkin ochish, har qanday ilmni izlab o‘rganish va o‘z fikrimizni bildirish — mustaqilligimizning eng katta ne’mati.
Shu qutlug‘ sana barchamizga yangi ilhom bersin: ko‘proq o‘qiylik, ko‘proq o‘rganaylik va ko‘proq ezgu ishlar qilaylik!
🇺🇿 34 yillik Mustaqilligimiz muborak!
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 «Mergan» – Steven King
Zamonamizning eng mashhur amerikalik yozuvchilaridan biri, «Shu’la», «O‘lik hudud», «Yashil yo‘lak», «Rita Heyvord yoxud Shoushenkodan qochish», «Chekishni tashlang korporatsiyasi» singari bir-biridan ajoyibu g‘aroyib roman va qissalar, betakror hikoyalar muallifi — Steven King allaqachon G‘arbda o‘z o‘quvchilarini topib ulgurgan.
Adibning o‘zbek kitobxonlariga taqdim etilayotgan «Qora mingora» turkumining birinchi kitobi hisoblanmish «Mergan» romanining bosh qahramoni — Roland, joyidan siljigan dunyodagi so‘nggi oliyjanob mergan.
U nima bo‘lganida ham kuch-qudrat o‘chog‘i, koinotning poydevor toshi — Qora mingorani topadi. Lekin hozircha uning hissasiga sehrgarlik ila boshqarilmagan, ba’zan bizning olamimizga ham eshik ochilib turadigan dunyo bo‘ylab sayohatga chiqish yuki tushgan…
📖 «Mergan» romani
💰 Narxi: 50 000 so‘m
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga –1 500 so‘m
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +998-90-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Rimlik ayol – Alberto Moravia
✨ Rimlik ayol – mashhur italyan yozuvchisi Alberto Moravianing eng nodir asarlaridan biri. Asarda oddiy rimlik qiz Adriana hayoti orqali urush va fashizm davridagi Italiya jamiyati tasvirlanadi.
👩🦰 Adriana go‘zalligi sababli sevgi va moddiyat o‘rtasida murakkab tanlovlarga duch keladi. Har safar hayot sinovlari uni qiynasa-da, u qalban pok qolishga intiladi. Moravia bu asarda ayollarning orzulari, jamiyat bosimi va sevgi yo‘lidagi kurashini mahorat bilan ochib bergan.
📖 Agar siz hali bu asarni o‘qimagan bo‘lsangiz, albatta kitoblar ro‘yxatingizga qo‘shib qo‘ying.
✍️ Tarjimon: Erkin Nosirov
📔 Muqova: Qattiq
💸 Narx: 100 000 soʻm
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 15 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Eng koʻp va eng kam kitob oʻqiydigan davlatlar
📖 Tadqiqotlarga koʻra, dunyo aholisining kitobxonlik darajasi juda turlicha. Baʼzi mamlakatlar aholisi haftasiga 10 soatdan ortiq vaqtini kitob oʻqishga sarflasa, ayrim joylarda aholining katta qismi umuman kitob oʻqimas ekan.
🌍 Eng koʻp kitob oʻqiydigan davlatlar TOP-10:
1️⃣ Hindiston – haftasiga 10,7 soat
2️⃣ Tailand – haftasiga 9,4 soat
3️⃣ Xitoy – haftasiga 8 soat
4️⃣ Filippin – haftasiga 7,6 soat
5️⃣ Misr – haftasiga 7,5 soat
6️⃣ Chexiya – haftasiga 7,4 soat
7️⃣ Rossiya – haftasiga 7,1 soat
8️⃣ Shvetsiya – haftasiga 6,9 soat
9️⃣ Fransiya – haftasiga 6,9 soat
🔟 Vengriya – haftasiga 6,8 soat
⚡️ Qizigʻi shundaki, koʻpchilik Hindistonliklarni faqat kino tomosha qiladi, deb oʻylaydi. Ammo ular dunyoda eng koʻp kitob oʻqiydigan xalq ҳисобланади.
📉 Eng kam kitob oʻqiydigan davlatlar:
Niderlandiya ва Janubiy Koreyada oʻtkazilgan soʻrovnomada aholining 16 foizi “umuman kitob oʻqimayman” degan javobni bergan.
Janubiy Koreyada bunday javobni erkaklar ham, ayollar ham birdek koʻp bildirgan.
👉 Bu esa shuni koʻrsatadiki, xalqning intellektual taraqqiyoti, madaniyati ва taʼlim sifati kitobxonlik darajasi bilan chambarchas bogʻliq.
📚 Siz ham oʻz haftalik rejangizда kitob oʻqishga qancha vaqt ajratasiz?
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Bilasizmi?
Amerikalik tarixchi Maykl Hart o‘zining mashhur "O‘lmas yuzlik" kitobini yozish uchun 28 yil umrini bag‘ishlagan.
Ushbu asarida insoniyat tarixidagi eng buyuk shaxs sifatida — Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tanlagan.
📍 Londondagi ma’ruzasida ayrim odamlar unga e’tiroz bildirib, baqirishdi...
Lekin Maykl qat’iy javob berdi:
🕋 "O‘ylab ko‘ring, Risolatini Makkada boshlagan bir kishi...
O‘sha paytda u bilan faqat xotini, bitta do‘sti va ikki bola bor edi xolos.
Bugun esa ikki milliardga yaqin inson unga ergashmoqda.
Ularning qalblari uning muborak ismi bilan hayqiradi, u uchun jonlarini fido qiladilar.
Axir yolg‘on 1400 yil yashamaydi va shuncha odamni alday olmaydi!"
⏩️ Sevdirib tarbiyalang
Har bir bola huddi oq varoq kabi biz nimani yozsak, albatta, unda yozganlarimizni o’qiymiz. Qisqacha qilib aytganda: “Ekkanimizni - o’ramiz”!
Dunyoda hech bir bola yaxshi yoki yomon xulq-atvorli, iqtidorli yoki iqtidorsiz bo’lib tug’ilmaydi. Agar biz yaxshi xulqqa ega, iqtidorli bolani ko’rsak, albatta, bu - ota-onasining to’g’ri tarbiyasi, bolaning mas’uliyatliligi va yaxshi atrof-muhit natijasidir.
Har bir bola xuddiki bir nihol misoli, uni chiroyli shaklga kirib o’sishini xohlasak, shoxlanib ketishini oldini olishimiz, begona o’tlardan tozalashimiz, vaqtida suvini, o’g’itini berishimiz va sabr bilan meva berishini kutishimiz darkor. Ishonchim komilki, yaxshi bog’bonning nihollari mas’uliyat bilan parvarish qilgani uchun, albatta, katta va serhosil daraxtlarga aylanadi.
Hammamizga ma’lumki, raqamli texnologiyalar asrida bolalarga to’g’ri tarbiya berish mushkul va dolzarb masala. Yangi biror elektron jihoz sotib olsak, uni ishlatilish yo’riqnomasiga qaraymiz. Nega endi farzandli bo’lgandan keyin uni qanday tarbiyalash haqida “yo’riqnomalarni” o’qimasligimiz kerak? Balki, ota-onamiz qanday tarbiyalasa shunday tarbiyalaymiz dersiz. Ammo hozir zamon boshqa, bolalarni “jazolab, urib, tazyiqlar ostida katta qilish xatoligini tushunib yetish vaqti kelmadimikan?”
Bolalarni o’z zamoniga ko’ra tarbiyalay olish mahoratiga ega bo’lishimiz kerak! Bu kitob mana shunday yo’lda bizga oqilona, to’g’ri maslahatlar majmuyi sifatida taqdim etilgan. Bu asar ota-onalarga “oyna tutgandek” bo’ladi, ya’ni tarbiyada yo’l qo’yish mumkin bo’lgan kamchiliklar, buning natijasida kelib chiqadigan oqibatlar haqida so’z yuritiladi.
©️ Sadaf
📕 Mantiq ut-tayr, Ilohiynoma
✍️Shayx Fariduddin Attor
📗 Qattiq muqova
💵 250 000 soʻm
🖇 453 bet, 490 bet
🗃 Nashriyot: Yangi asr avlodi
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Chunki Sen Allohsan...
(1-qism, 2-qism va 3-qism – to‘liq to‘plam)
Alloh taoloning go‘zal ismlari, ulardagi chuqur ma’nolar va bandaga ta’siri haqida yozilgan diniy-ma’rifiy uch jildlik risola!
Har bir qism yurakni uyg‘otadi, tafakkurni kengaytiradi, Allohga muhabbatni ziyoda qiladi. Ism va sifatlarning bayoni sodda, tushunarli va ruhiy oziqa bo‘ladigan tarzda yozilgan.
📖 1-qism – 240 bet | Narxi: 55 000 so‘m
📖 2-qism – 224 bet | Narxi: 55 000 so‘m
📖 3-qism: Chunki U Allohdir – 216 bet | Narxi: 50 000 so‘m
🖋 Muallif: Ali Jobir Fayfiy
📚 Tarjimonlar: I. Nurulloh, Z. Begmatov, Yu. Isroil o‘g‘li, J. Juraev
💰 To‘liq to‘plam narxi: 160 000 so‘m
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Farzand tarbiyasida mehr va sabr izlari bor!
⚫ Farzandingizga mehr va sabr bilan toʻgʻri tarbiya berishni istaysizmi?
Unda bu kitoblar aynan siz uchun!
📒 Ushbu asarlar sizga oʻrgatadi:
⚫ farzand bilan til topishishni
⚫ sabrli va oqilona yondashishni
⚫ ishonchli aloqani mustahkamlashni
⚫ va eng muhimi – tarbiyani ota-onaning oʻzini oʻzgartirishidan boshlashni
📖 ⚫ Farzandingizga «Kitob oʻqi» deyishdan avval, oʻzingiz oʻqing.
⚫ Tarbiyada mehr bilan qanday yondashishni shu kitoblardan oʻrganинг!
📚 Sotuvda:
▪️ Farzand tarbiyasida 700 saboq – 1-qism – 65 000 soʻm
▪️ Farzand tarbiyasida 700 saboq – 2-qism – 65 000 soʻm
▪️ Farzand mas’uliyatini oshirishda 100 ta amaliy tavsiya –50 000 soʻm
✍️ Muallif: Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 "12 haftalik yil" – bestseller endi O‘zbekistonda!
New York Times va Amazon'da bestseller bo‘lgan Brayan Moran va Maykl Lenningtonning mashhur asari:
📖 "12 haftalik yil"
Shaxsiy rivojlanish sohasidagi eng samarali, amaliy va ta’sirli kitoblardan biri! Ushbu kitob minglab insonlarga maqsadlariga 12 oyda emas, atigi 12 haftada erishishni o‘rgatgan.
📌 Mualliflar: Brayan Moran, Maykl Lennington
📄 Hajmi: 239 bet
📘 Muqovasi: Yumshoq
💵 Narxi: 45 000 so‘m
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 so‘m
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 «Sovchilikdan turmushga qadar» kitobi sotuvda!
🌸 Bu kitob shunchaki oilaviy maslahatlar toʻplami emas, balki sogʻlom va bardavom oila qurishni xohlaganlar uchun amaliy qoʻllanma boʻladi.
🪶 Muallif: Doktor Muhammad Josim – dunyo nafaqat uni diniy ulamo, balki qalami oʻtkir yozuvchi sifatida ham yaxshi taniydi.
📖 Kitob mutolaasi davomida siz quyidagilarni bilib olasiz:
▶️ Unashtiruvni bekor qilishga 9 ta sabab
▶️ Sovchilikda sezilmaydigan 10 ta yolgʻon
▶️ Oilaviy baxtni uzaytiradigan 9 ta koʻnikma
▶️ Turmushga raxna soladigan 10 ta vaziyat
… va yana koʻplab muhim maʼlumotlar
🤍 Turmushingizni aql va yurak uygʻunligida quring!
📌 Tafsilotlar:
Muqovasi – yumshoq
Sahifa – 288 bet
Narxi – 80 000 soʻm
📦 Yetkazib berish: 🚚 Barcha viloyat markazlariga – 15000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Kitoblaringizni yolgʻizlikka mahkum etmang
Ularga sherik kerak. Qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi 🌷
🌷 Ayniqsa, Fotih Dumanning asarlari bir-birini toʻldiradi. Har biri nafaqat kitob javoningizdan, balki qalbingizdan ham joy oladi deb oʻylaymiz.
Fotih Dumanning siz uchun eng sevimli asari qaysi? Izohlarda yozib qoldiring 🌷
📚 Kitoblar roʻyxati:
1. "Pir" – 70 000 soʻm
2. "Ohi" – 70 000 soʻm
3. "A'mo" – 60 000 soʻm
4. "Aso" – 70 000 soʻm
5. "Dam" – 50 000 soʻm
6. "Sir" – 60 000 soʻm
7. "Lol" – 60 000 soʻm
8. "Men" (qattiq muqova) – 70 000 soʻm
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 15 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
⚖️ Ijtimoiy qonunlar va axloq me'yorlari inson huquqlarining poymol etilishiga yo'l qo'yib berishi, uning hayotini do'zaxga aylantirishi hamda taqdiriga halokatli ta'sir etishiga chek qo'yilmaguncha, asrimizning uch asosiy muammosi: yo'qsilga zulm o'tkazish, ayollarning ochlik sababli axloqan buzilishi hamda boshpanasiz qolishi oqibatida bolalarning halok bo'lishi masalalari uzil-kesil hal etilmaguncha, ko'pgina mamlakatlarda mudhish ijtimoiy zulm tugatilmaguncha, boshqacha aytganda, sayyoramizda jaholat va qashshoqlikka barham berilmaguncha — bunga o'xshash kitob-larga ehtiyoj saqlanib qolaveradi.
Viktor Gyugo
Qattiq muqova, 848 sahifa.
Buyurtma berish @furqonkitob
kitobxonlarga ulashing
@furqonkitoblar
📗 Saodatga yetaklovchi hikmatlar toʻplami – nihoyat sotuvda! ✨
📗 Muallif: Anvar Ahmad
📗 Janr: Diniy
📗 Muqovasi: Yumshoq
📗 Toʻplam: 4 ta kitob
📗 Narxi: 180 000 soʻm
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 15 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Yoz oylarida kitob savdosi
Yoz faslida kitob savdosi juda pasayib ketadi. Har yili shu hol takrorlanadi. Kuz kelsa, ozgina bag‘rimizga shamol tekkanday bo‘ladi.
Otahonning bu aytgan so‘zlari kitobchilarga aytilgandek tuyuladi.
Alloh rahmatiga olsin.
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📖 Kitobdan parcha
«Amir Temur — buyuk davlat arbobi va ulug‘ sarkarda»
✍️ Muallif: Jumaboy Rahimov
JABR-ZULMDAN INGRAGAN YURT
XIII asrning 20-yillaridan 30-yillari boshlariga qadar yurt o‘gloni Xorazmshoh Anushteginlar sulolasining so‘nggi buyuk vakili Jaloliddin Manguberdi ko‘targan ozodlik va mustaqillik bayrog‘i g‘animlar yuragiga dahshat va qo‘rquv solib, o‘n bir yil mag‘rur hilpirab turdi. Bu Sharq va jahon tarixidagi buyuk bir qarshilik harakati bo‘ldi.
Mo‘g‘ullar tomonidan qariyb tanazzulga uchratilgan Xorazmshohlar saltanati endi Turondan tashqarida Eron, Hindiston, Ozarbayjon, Janubiy Kavkaz, Iroq va Kichik Osiyoning ayrim hududlarini qamroviga olib, Sulton Jaloliddin tobeligiga o‘ta boshlagach, undan hafsiragan Arab xalifaligi, Kichik Osiyo hukmdorlari, Misr Sultonligi — barchasi mo‘g‘ullar xoqoni tarafida turib, Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdini tamomila yo‘q qilish uchun qudratli ittifoqqa birlashdilar. Bunga katta qiyinchilik bilan erishdilar ham.
Shu tariqa Markaziy Osiyo xalqlarining asosiy qismi, jumladan, Turonzaminga ham mustamlakachilik va qullik kishanlari kiydirilib, roppa-rosa bir yarim asr uning azob-uqubatlari ostida kun kechirdi, zulmat hukmronligining ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan jabr-u jafolarini chekdi.
Natijada, imon-e’tiqod hukmron, taraqqiyot gullab-yashnagan, fan-madaniyat ravnaq topgan, dunyoga olimu ulamolar, fozillar, san’atning buyuk vakillarini yetishtirib, dunyo tamadduniga poydevor bo‘lgan yurt boyqushlar, vayronalar hukmronligi tantana qilgan, xalqni qirib tashlanganligi bois tuman va viloyatlar hududlarida ekinzor, bog‘-rog‘lardan ko‘ra qabristonlari yirik maydonlarni egallagan, mahzun va motamsaro libosga burkangan zaminga aylantirildi.
Bir vaqtlar sayyohlaru olimlarni o‘ziga maftun qilgan va Buyuk ipak yo‘li o‘tgan Markaziy Osiyoning jahonni lol qoldirgan “Qubbat ul-islom” yoki “Buxoroi Sharif”, dunyo sayqalini o‘zida mujassam etgan zamin chiroyi — Samarqand, dunyoning kelinchak shahri — Ko‘hna Urganch, Sharqda dong taratgan, sayyidlarni voyaga yetkazgan Termiz shaharlar vayronaga aylandi.
Termiz va Ko‘hna Urganchda esa hayot shami butunlay o‘chdi. Buxoro esa uzoq yillar vayrona va xarobalik ostida sukunat hukm surgan makonga aylandi.
Turonzamin uzoq yillar huquqsizlik, adolatsizlik va xunrezlik chegara bilmagan, olimu fozillari, hunar sohiblari zolim va johil mo‘g‘ul mansabdoriga otboqar qul, imon bulofiga cho‘milgan, sharm-hayo libosiga burkangan ayollari, qizlari esa g‘animlarga chori qilib berilgan yurtga aylantirildi.
Bunga qarshi ozodlik shami bir yondi-yu, darhol o‘chirildi. Bu Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni edi. “Yasoқ” deb ataluvchi vahshiyona tartib-qonunlar erk, ozodlikni qo‘msagan insonlarni afsonalarda ta’riflangan odamxo‘r devlardek lahzalarda jodiga tortib, jismonan yo‘q qilib toptadi.
O‘limsevar, qon istovchi xoqon boshida turgan jallodxonalar kechayu kunduz tinim bilmay ishladi. Yo‘qotishlar hadsiz-hisobsiz bo‘ldi. Vatan, Turonzamin bahodir sherlaridan, pahlavonlaridan ajraldi, misoli kuni bitgan kasalmand chol kabi munkillab qoldi.
Qudrati sindirildi. Bosqinchi mo‘g‘ullarning asriy g‘oliblik tantanasi hukmronligi boshlandi. Natijada, yovuzlikdan xor, erkinlikka zor Vatan faryodi yeru zaminni titratgan edi.
Bu ofat va zulmatdan qachon, kim kelib el-ulusni qutqaradi — buni Yaratgandan o‘zga hech kim bilmasdi.
Davomi bor...
📚 @furqonkitoblar
#tarix #JaloliddinManguberdi #AmirTemur
📗 Abu Homid Gʻazzoliy rohimahulloh “Mukoshafatul-qulub” asarida keltiradi:
Bir yigit bogʻini sugʻorib turganida Iso alayhissalom oldidan oʻtib qoldilar. Yigit fursatni gʻanimat bilib, Iso kalimullohdan duo soʻradi:
— Robbingizdan soʻrab bering, menga zarra-misqol muhabbatini qalbimga joʻ qilsin.
Iso alayhissalom aytdilar:
— Yoʻq, sen bunga toqat qilolmaysan.
Yigit yalunib:
— U holda, yarim zarrasini soʻrab bering, — dedi.
Shunda Iso alayhissalom duo qildilar:
— Ey Alloh, shu bandaga muhabbatingdan yarim zarra bergin.
Oradan vaqt oʻtdi. Iso alayhissalom yana oʻsha bogʻdan oʻtganlarida yigit haqida soʻradilar.
— U majnun boʻlib qoldi, togʻ-tashlarga ketib qoldi, — deyishdi.
Iso alayhissalom Allohdan uni topishni soʻrab, togʻlar sari yoʻlga tushdilar va yigitni soch-saqqoli oʻsgan, oʻzida yoʻq, samoga termulib turgan holda topdilar.
Iso alayhissalom uning oldiga borib salom berdilar. Lekin yigit alik olmadi, parvo ham qilmadi.
— Bu men Isoman, taniysanmi!? — deb soʻraganlarida, Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qildi:
"Ey Iso! Bu odam seni eshitmaydi. Axir qalbida Menga yarim zarra muhabbat bor kishi qanday qilib odamlarning gapini eshitsin!? Izzatim va Jalolimga qasamki, agar buni arra bilan ikkiga boʻlib tashlansa ham, hech narsani bilmaydi!"
📖 (Arabchadan A. Ataxanov tarjimasi)
📗 “Sovchilikdan turmushga qadar”
Bu kitob turmush qurish arafasida turgan yoshlar va oila qurganlarga moʻljallangan hayotiy maslahatlar toʻplamidir.
📖 Muallif – tajribali islomiy tadqiqotchi va psixolog, unda:
munosib turmush qurish,
toʻgʻri tanlov qilish,
nikohga tayyorgarlik,
nikohdan keyingi hayotni sogʻlom, barqaror va muhabbatli davom ettirish bo‘yicha samimiy tavsiyalar berilgan.
Har bir boʻlimda haqiqiy hayotiy muammolarga yechimlar, er-xotin munosabatlarini mustahkamlash yoʻllari va aql bilan yurak uygʻunligi siri yotadi.
🔖 “Sovchilikdan turmushga qadar” – bu shunchaki maslahatlar emas, balki sogʻlom va bardavom oila qurishni istaganlar uchun amaliy qoʻllanma.
📌 Kitob haqida:
• Muqova – yumshoq
• Sahifa – 288 bet
• Narxi – 80 000 soʻm
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 15 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 «Musulmonning axloqi» – odob va maʼnaviyatning asosiy qoʻllanmasi
✍️ Muallif: Dr. Vahba Zuhayliy
✨ «Musulmonning Axloqi» kitobi musulmon odob-axloqining asosiy qoidalarini yorituvchi muhim asarlardan biridir. 📖
Mazkur kitobda inson hayoti davomida uchraydigan barcha asosiy vaziyatlarga e’tibor qaratilgan. Unda musulmon kishi o‘zini qanday tutishi lozimligi, atrofdagi odamlarga qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi haqida keng va aniq ma’lumotlar keltirilgan.
🏡 Mehmondo‘stlik, 🤝 qo‘shnichilik odoblari, 👨👩👧👦 oila qurish va boshqarish mas’uliyati, 💎 halollik va poklik tamoyillari каби масалалар dalил ва манбаларга асосланган ҳолда баён қилинган.
📕 Muqovasi: qattiq
📄 Hajmi: 528 bet
💰 Narxi: 155 000 soʻm
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 15 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Sovchilikdan turmushga qadar
🩷 Ushbu kitob — turmush qurish arafasida turgan yoshlar va oila qurganlar uchun hayotiy maslahatlar toʻplami.
📖 Muallif — tajribali islomiy tadqiqotchi va psixolog. Asarda:
munosib turmush qurish,
toʻgʻri tanlov qilish,
nikohga tayyorgarlik,
nikohdan keyingi hayotni muhabbatli va barqaror davom ettirish haqida muhim tavsiyalar берилади.
Har bir boʻlimda:
✅ hayotda uchraydigan muammolarga yechimlar,
✅ er-xotin munosabatlarini mustahkamlash yoʻllari,
✅ aql билан yurakni uygʻunlashtirish сирлари жой олган.
🔖 “Sovchilikdan turmushga qadar” — bu shunchaki maslahatlar emas, sogʻlom ва bardavom oila qurishni xohlaganlar uchun haqiqiy amaliy qoʻllanma.
• Muqovasi – yumshoq
• Sahifa – 288 bet
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 "Bir kitob sahifasi — hayotingizni o‘zgartirishi mumkin."
O‘sha sahifa Furqonkitoblar do‘konida sizni kutmoqda.
Do‘konimizga qachon kelasiz?
Agar o‘zingiz kela olmasangiz — kitoblarimiz sizning oldingizga bora oladi.
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📞 +99890-807-40-80
📗 Suhbatlashish qobiliyati — Jeyms Borg
💬 Siz gapiryapsiz, ammo eshityaptimi?
Ko‘pchilik suhbat davomida qanday taassurot qoldirayotganini anglamaydi. Jeyms Borg ushbu kitobda samarali muloqotning oddiy, ammo kuchli sirlarini ochib beradi.
📖 Ushbu kitobda:
Ishonchli muloqot asoslari
Tana tili orqali ta’sir o‘tkazish
Kuchli tinglash qobiliyatini shakllantirish
Suhbatdoshni tushunish va o‘z fikringizni aniq ifoda etish
🎯 Suhbat faqat so‘z emas — u san’at. Bu kitob sizga ana shu san’atni o‘rgatadi.
💰 Narxi: 60 000 so‘m
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 so‘m
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Yigʻlamaydigan insonni ham yuragigacha yetib boradigan asar!
Kitob shunchaki yozilmaganini mutolaa davomida his qilasiz.
Koʻz oldingizda jonlanayotgan sahnalar yuragingizni ezadi, sizni chuqur oʻyga toldiradi...
“Falastin. Agar o‘lishim lozim bo‘lsa…”
💰 Narxi:70 000 soʻm
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
#Sotuvda!
✨ Tavsiyalarni qoʻllay boshlasangiz, demak kitob oʻz kuchini koʻrsata boshlabdi…
Samarali muloqot, boshqalarga ta’sir qilish va oʻz fikringizni oʻtkazish sanʼati siz uchun muhimmi?
Unda bu kitob aynan sizga kerak!
📕 "Ta’sir psixologiyasi"
🎯 Siyosatchilar, tadbirkorlar, oʻqituvchilar, psixologlar, menejerlar – bir soʻz bilan aytganda, gap bilan ishlaydigan, inson ongiga ta’sir qiluvchi har bir kishi uchun bebaho qoʻllanma.
✍️ Muallif: Robert Chaldini — amerikalik taniqli psixolog, Arizona universiteti professori.
📦 Kitob haqida: • Muqovasi – qattiq;
• Hajmi – 478 bet;
• Narxi – 90 000 soʻm
📦 Yetkazib berish:
🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar
📗 Allohning qilichi — Xolid ibn Valid
📖 Ushbu asar 100 ga yaqin jangda gʻalaba qozongan, Rim va Vizantiyani tiz choʻktirgan buyuk sarkarda Xolid ibn Valid haqida hikoya qiladi.
🇸🇦 Islomga kechroq kirgan boʻlsa-da, imoni mustahkam edi. Paygʻambarimiz ﷺ uni "Allohning qilichi" deb ulugʻlaganlar. Bu laqab — Alloh yoʻlida hech kimdan, hech narsadan choʻchimaydigan, mardonavor jangchiga berilgan yuksak unvon edi.
📚 Asar orqali siz islom dini yoʻlida jonini fido qilgan, jasorati bilan tarixda iz qoldirgan bu zot bilan yaqindan tanishasiz!
▫ Muqova: Qattiq
▫ Hajmi: 285 bet
▫ Narxi: 80 000 soʻm
📦 Yetkazib berish: 🚚 Barcha viloyat markazlariga – 7 000 soʻm
📞 Buyurtma uchun:
👉 @furqonkitob
📲 +99890-807-40-80
📌 Rasmiy kanalimiz: @furqonkitoblar