🇺🇿 Yurtimizda oʻtadigan mundialga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi — 🇬🇹 Gvatemalaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etadi.
🏟 Oʻyinlar 11, 12-iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadi.
💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 “Universal” sport majmuasi mundialning birinchi uchrashuvini qabul qilishga tayyorlanmoqda
Birinchi uchrashuvga oz qoldi…
📲 Telegram ✈️I Instagram 👚I YouTube 🎞I Twitter 🐤I Facebook📎
📋 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni ulugʻ ayyom — Qurbon hayiti bilan qutlaydi!
Siz va oila aʼzolaringizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, xonadoningizga esa fayz-u baraka tilaymiz.
Goʻzal va osoyishta Vatanimizning rivoji yoʻlidagi barcha sa’y-harakatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 “Universal” sport majmuasi mundialning birinchi uchrashuvini qabul qilishga tayyorlanmoqda
Birinchi uchrashuvga oz qoldi…
📱Instagram📺YouTube🕊Telegram
O’zbekiston kubogi. Final
🔵 OIL STAR 2:2 BMB 🔵
⚽️ Ilhom Hamroyev (21), Husniddin Nishonov (34) - Hebbert Bolt (14, 20)
Penaltilar seriyasi 3:4
🔵 ✅✅✅❌❌
🔵 ✅✅✅✅
📋 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:
✔️ 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;
✔️ 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.
Shuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika boʻylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida roʻyxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi. 2024-yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati oʻyinlariga chiptalari mavjud boʻlgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yoʻl chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
🗓 FIFA yurtimiz mezbonlik qiladigan Futzal boʻyicha Jahon chempionati oʻyinlarining taqvimini eʼlon qildi
👉 BATAFSIL
🤝 FIFA Futzal Jahon chempionati-2024 “A” guruhi jamoalarining bosh murabbiylari Toshkentda!
Chapdan o‘ngga: Migel Andres (Niderlandiya), Xose Venansio Lopes (O‘zbekiston), Aleks Ramos (Kosta-Rika), Karlos Chilavert (Paragvay)
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📹 Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi qanday oʻtdi?
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
⚡️ Xose Venansio Lopes sport tarixida oʻchmas iz qoldirgan mutaxassis — Ruben Sanches
📍 FIFA rasmiy saytida OKMK klubining ispaniyalik legioneri Ruben Sanches haqida maqola e'lon qilindi. Unda futbolchining Oʻzbekistondagi faoliyati, oʻzbek xalqining madaniyati va mamlakatimiz shaharlari haqidagi fikrlari oʻrin olgan.
Ruben Sanches, shuningdek, Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes haqida gapirar ekan ispaniyalik mutaxassisni dunyo sportida oʻchmas iz qoldirgan inson sifatida ta'rifladi.
“O‘zbekistonlik aksariyat futbol muxlislarining Ispaniyaga nisbatan mehri bo‘lakcha, chunki bu yerda Xose Venansio Lopesdek mutaxassis faoliyat yuritadi. Yaqinda u bilan suhbatlashdim. U menga O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi maqsadlari, shuningdek, Osiyo kubogidagi ajoyib ishtiroki haqida gapirib berdi, Jamoa qit'a turnirida 3-o‘rinni egalladi va juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Janob Venansioning ta'kidlashicha, mundialdagi eng kichik maqsad 1/8 finalga chiqish, va hattoki, Jahon chempionatida O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishdan iborat”.
Dilshod Irsaliyev — O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sobiq futzalchisi
Jahon chempionatida qatnashgan vaqtlarimdagi hissiyotlarni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. O‘zbek futzali tarixidagi birinchi Jahon chempionatida qatnashish orqali muxlislarga ajoyib lahzalarni hadya qilgan edik. Jahon chempionatidagi ishtirokimizni kutilmagan mag‘lubiyat bilan boshladik. 2-turda musobaqa mezboni Kolumbiyaga qarshi so‘nggi soniyalarda o‘tkazib yuborilgan gollar evaziga g‘alabani qo‘ldan chiqarganimiz alamli bo‘lgan. Balki o‘sha uchrashuvda g‘alaba qozonganimizda guruhdan chiqqan bo‘larmidik. Portugaliyaga qarshi bahsda yirik hisobda mag‘lub bo‘lganimizga qaramay o‘yinni yomon o‘tkazmagan edik.
Boshlanajak mundialda yigitlarga omad tilayman. O‘ylaymanki, muxlislar ko‘magi ostida ular kamida guruhdan chiqish vazifasini uddalaydi. Shaxsan o‘zim jamoamiz yarim finalga qadar yetib borishiga ishonaman.
👍 Toshkent shahrida FIFAning “Futsal instructors” kursi boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu kurs jarayonini O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi va FIFA instruktori Xose Venansio Lopes boshqarib bormoqda. Koordinator vazifasini esa Dilmuhammad Abdullayev bajarmoqda.
Ushbu kursda aksariyat qismi Oliy liga va milliy terma jamoalarida faoliyat yuritayotgan 16 nafar murabbiylar nazariy va amaliy koʻnikmalarini oshirib boryapti.
🧿 @murabbiy | @trener
Konstantin Sviridov — O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sobiq futzalchisi
2016-yilgi Osiyo kubogida Iroq terma jamoasini mag‘lub etganimizdan so‘ng Jahon chempionati yo‘llanmasini qo'lga kiritgan edik. Bu tarixiy natija bo‘lgan. Mundialdagi Gvatemalaga qarshi kechgan ilk bahsda kuchli hayajon bo‘lgan edi. Balki, shu omil sabab ham mag‘lub bo‘lgandirmiz. Keyingi bahsga qadar esa turnir tempiga tushib oldik. Mezbon Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvda tom ma’noda jang qilgan edik. So‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yubordik va g‘alabani qo‘ldan chiqardik. 3-turdagi raqimiz hamda tarkibida Rikardinyo va Kardinal kabi futzal yulduzlari bo‘lgan Portugaliya bizdan “klass” taraflama ustun kelgan edi.
Tez orada boshlanadigan Jahon chempionatida, albatta, yaxshi natija qayd etishimizni kutmoqdaman. Ayniqsa, bahslarning o‘z maydonimizda o‘tkazilishi bizga foyda keltirishi aniq. Taxminimcha, yigitlar eng kamida guruhdan chiqish vazifasini uddalashadi. Lekin raqiblarga mensimaslik ruhida qaramaslik lozim. Guruhdagi har bir jamoadan syurpriz kutish mumkin. O‘ylaymanki futzalchilarimiz muxlislar kutayotganidan-da yaxshiroq natija ko‘rsata olishadi.
🗓 FIFA yurtimiz mezbonlik qiladigan Futzal boʻyicha Jahon chempionati oʻyinlarining boshlanish vaqtlarini eʼlon qildi
👉 BATAFSIL
O’zbekiston kubogi. Final
🔵 OIL STAR 2:2 BMB 🔵
⚽️ Ilhom Hamroyev (21), Husniddin Nishonov (34) - Hebbert Bolt (14, 20)
Penaltilar seriyasi (post avtomatil yangilanib boradi)
🔵 ✅✅✅❌❌
🔵 ✅✅✅✅
📍 Jahon chempionati kundaligi
Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 24 jamoa guruhdagi raiqblarini bilib olishdi. FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan bu galgi turnir joriy yilning 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi.
🇱🇾 Tanishing: Liviya futzal terma jamoasi 🏆
Bosh murabbiy: Rikardu Iniges
Yetakchi futzalchilar: Mahmud Abdulvahob, Muhammad Said, Ali Shoshan
Jamoa laqabi: O‘rta Yer ritsarlari
🏆 Jahon chempionatlari tarixi
Ishtirok: 2 marta
Gʻalaba – 0
Durang – 1
Mag‘lubiyat – 6
Eng yirik mag‘lubiyat: Braziliya 13:0 Liviya (2012)
Eng yaxshi to‘purar: Muhammad Rahoma (5 gol)
Eng yaxshi natija: Guruh bosqichi
✅ JCH yo‘llanmasini qanday qo‘lga kiritgan: Futzal bo‘yicha Afrika millatlar kubogi-2024 3-o‘rin sohibi
Guruh bosqichi
🇪🇬 Misr 4:0 Liviya 🇱🇾
🇲🇷 Mavritaniya 4:5 Liviya 🇱🇾
🇱🇾 Liviya 11:5 Namibiya 🇳🇦
Yarim final
🇲🇦 Marokash 6:0 Liviya 🇱🇾
3-o‘rin uchun bahs
🇱🇾 Liviya 2:2 Misr 🇪🇬
Penaltilar seriyasi — 3:1
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 Jahon chempionati kundaligi
Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 24 jamoa nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan bu galgi turnir joriy yilning 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi.
🇰🇿 Tanishing: Qozog‘iston futzal terma jamoasi 🏆
Bosh murabbiy: Paulo Rikardu Figeyra Silva (Kaka)
Yetakchi futzalchilar: Duglas Junior, Leo Igita, Taynan
Jamoa laqabi: Lochinlar
🏆 Jahon chempionatlari tarixi
Ishtirok: 3 marta
Gʻalaba – 6
Durang – 2
Mag‘lubiyat – 6
Eng yirik g‘alaba: Qozog‘iston 10:0 Solomon Orollari (2016)
Eng yirik mag‘lubiyat: Braziliya 12:1 Qozog‘iston (2000)
Eng yaxshi to‘purar: Duglas Junior (7 gol)
Eng yaxshi natija: Yarim final (2021)
✅ JCH yo‘llanmasini qanday qo‘lga kiritgan: UEFA saralash raundi, “A” guruhi g‘olibi
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng jamoalar bosh murabbiylarining dastlabki taassurotlari qanday?
🇺🇿 Xose Venansio Lopes – O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Ajoyib, FIFA Futzal Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi qur’a. Ayniqsa, marosim o‘tkazilgan manzil hayratlanarli va unutilmas atmosferaga boy edi. Sport tomonlama aytadigan bo‘lsam, juda xursandman. Guruh bosqichida biz uchun oson bo‘lmasligi aniq. Barcha jamoalar teng darajada kuchga ega. Biz ushbu Jahon chempionatiga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz, ayniqsa mezbon davlat bo‘lganimiz uchun yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Bizning maqsadimiz, avvalo, guruh bosqichidan o‘tish.
Ushbu qur’adan so‘ng jahon chempionatini yanada orziqib kutyapman. Mundialning ochilish o‘yinini mezbon davlat jamoasiga qarshi o‘tkazish, albatta, ajoyib. lekin bu ham katta qiyinchilik. U yerda o‘zbekistonlik muxlislar ko‘p bo‘ladi, shuning uchun biz birinchi kundanoq 100 foiz tayyor bo‘lishimiz kerak. Shuningdek, guruhimizda Paragvay kabi qiyin raqib bilan bahs olib boramiz. Ular Yevropaning kuchli klublarida to‘p suradigan ko‘plab tajribali futbolchilarga ega jamoa. Kosta-Rika haqida biroz kamroq ma’lumotga egaman, lekin ularga qarshi uchrashuvga ham yaxshi tayyorgarlik ko’ramiz.
Juda murakkab shu bilan birga teng kuchli jamoalar joy olgan guruh. Agar biz keyingi bosqichga chiqib, dastlabki maqsadimizga erishmoqchi bo‘lsak, mundialga eng yaxshi holatda yetib borishimiz zarur.
Kosta-Rika raqobatlasha oladigan guruhga tushganimizdan juda xursandmiz. Guruhimizda uchta juda kuchli raqib bor. Eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, ularga qarshi munosib tarzda kurashishimiz kerakligini yaxshi tushunib turibmiz.
📷 Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchiga O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining libosi taqdim etildi.
🔔 Bizni kuzatishda davom eting. Tez kunlarda, yana bir yutuqli viktorina e'lon qilinadi va keyingi gʻolib aynan siz boʻlishingiz mumkin.
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 Bunyodkor stadioni kassalarida Superkubok o’yini chiptalarining sotuvi boshlandi.
🌟 Sizda shuningdek, chiptalarni onlayn sotib olish imkoniyati ham mavjud.
🎫 Chipta sotib olish
📲 @uzpfl
📍 2024-yilgi Futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati ochilish oʻyinida 🇺🇿Oʻzbekiston Niderlandiyaga🇳🇱 qarshi bahs olib boradi.
✅ Mamlakatimiz mezbonlik qiladigan mundialning ochilish uchrashuvida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining raqibini birinchi bo‘lib to‘g‘ri topgan Diyorbek ismli foydalanuvchimiz gʻolib boʻldi va unga jamoamizning original libosi taqdim etiladi.
🔔 Tez kunlarda, yana bir yutuqli viktorina e'lon qilinadi.
Barchaga omad!
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📹 Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi OAV nigohida
“O‘zbekiston 24” lavhasi
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan