📸 Futzal bo’yicha jahon chempionatining “B” guruhi ishtirokchisi Braziliya terma jamoasi Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida rasmiy mashg’ulot o’tkazdi!
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📋 OAV vakillari diqqatiga!
Joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari yurtimizda FIFA Futzal Jahon chempionati o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Bugun Portugaliya, Tojikiston va Marokash futzal terma jamoalari “Humo arena”da rasmiy mashgʻulot oʻtkazadi.
16:30 | Portugaliya terma jamoasi rasmiy mashg‘uloti (“Humo arena”)
18:00 | Tojikiston terma jamoasi rasmiy mashg‘uloti (“Humo arena”)
19:30 | Marokash terma jamoasi rasmiy mashg‘uloti (“Humo arena”)
Mashgʻulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq va unda futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati uchun akkreditatsiyadan oʻtgan OAV xodimlari ishtirok etishlari mumkin.
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
🏆 Futzal bo‘yicha JCH–2024 chiptalarini xarid qilishni istagan muxlislar uchun eslatma!
Ertaga, 14-sentyabr kuni yurtimizda futzal bo‘yicha Jahon chempionati boshlanadi. Hozirda chiptalar sotuvini amalga oshirish maqsadida barcha mezbon shaharlarda maxsus kassalar ishga tushirilgan. Shuningdek, musobaqa uchun chiptalarni maxsus futsal2024.uz rasmiy sayti orqali xarid qilish ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ishtirokidagi guruh bosqichi uchrashuvlarning barchasi “Humo arena”da o‘tkaziladi.
Futzal jamoamizni arenadan turib qoʻllab-quvvatlang. Chunki #BizBirJamoamiz
Chiptalarni xarid qilish uchun yuqorida keltirilgan rasmiy va ishonchli platformalardan foydalaning.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati startiga 1️⃣ kun qoldi!
Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida oʻtadigan futzal boʻyicha 2024-yilgi mundialda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Muxlislarni unutilmas lahzalar kutib turibdi! FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa boshlanishiga esa 1 kun qoldi.
🏆 FIFA Futsal World Cup Uzbekistan 2024™
🗓 14-sentyabr — 6-oktyabr
📍 Toshkent, Andijon va Buxoro
1️⃣ t.me/FAUzbekistan
📸 Futzal. Qozog'iston terma jamoasi Toshkentga yetib keldi
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 10-sentyabr kuni 🇰🇿 Qozog'iston milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.
OʻFA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Qozog'iston milliy terma jamoasi delegatsiyani kutib oldi hamda odatga koʻra mehmonlarga esdalik sovgʻasi sifatida milliy doʻppimiz sovgʻa qilindi.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
📸 Futzal. Eron milliy terma jamoasi Buxoroga yetib keldi!
Futzal bo’yicha Jahon chempionatining “B” va “F” guruh uchrashuvlarini o’zida qabul qiladigan Buxoro shahriga jamoalar tashrifi davom etadi!
Jahon chempionati favoritlaridan biri Eron 🇮🇷 terma jamoasi delegatsiyasi mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari tomonidan kutib olinib, odatga ko’ra mehmonlarga esdalik sovgʻasi sifatida milliy doʻppimiz sovgʻa qilindi!
⚡️ t.me/FAUzbekistan
📸 Futzal. Tailand terma jamoasi Buxoroga yetib keldi
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 10-sentyabr kuni 🇹🇭 Tailand milliy terma jamoasi Buxoroga yetib keldi.
OʻFA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Tailand milliy terma jamoasi delegatsiyasini kutib oldi hamda odatga koʻra mehmonlarga esdalik sovgʻasi sifatida milliy doʻppimiz sovgʻa qilindi.
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📸 Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi FIFA Jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi
Bugun, 10-sentyabr kuni FIFA tomonidan Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ham boshqa jamoalar singari Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasiga joylashtirildi.
OʻFA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi delegatsiyasini tantanali tarzda kutib oldi va odatga koʻra esdalik sovgʻasi sifatida milliy doʻppimiz sovgʻa qilindi.
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
🇺🇿 Bugun buyuk va shonli sana – Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami yurtimizda katta shod-u xurramlik bilan nishonlanmoqda.
Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi barchani mustaqillik ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!
Siz va oila aʼzolaringizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat tilaymiz. Goʻzal Vatanimizning rivoji yoʻlidagi barcha saʼy-harakatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!
⚡️ t.me/FAUzbekistan
📹 FIFA hamda Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan “Futzal instruktorlarini tayyorlash” o’quv-seminaridan videolavha
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati startiga 1️⃣5️⃣ kun qoldi!
Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida oʻtadigan futzal boʻyicha 2024-yilgi mundialda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Muxlislarni unutilmas lahzalar kutib turibdi! FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa boshlanishiga esa 15 kun qoldi.
🏆 FIFA Futsal World Cup Uzbekistan 2024™
🗓 14-sentyabr — 6-oktyabr
📍 Oʻzbekiston
💳 Uzcard | 1️⃣ t.me/FAUzbekistan
📸Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasining mashg’ulotlaridan fotogalereya
Manba: championat.asia
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📸Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashg’ulotlaridan fotogalereya
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zosi Sunnat Jo’rayev Portugaliyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Tekshiruv natijalariga koʻra, futzalchimizning xochsimon payi lat yegan va endilikda u operatsiya qilinadi.
Afsuski, futzalchimiz bir qancha muddatga safdan chiqdi va yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi.
Sunnatning tezroq sogʻayishini tilab, uni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz.
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionati-2024 rasmiy toʻpini ommaga tanishtirdi ⚽️
“Orzu” deya nomlangan ushbu toʻp yurtimizdagi har bir sport ishqibozi, har bir sportchining xalqaro turnirga mezbonlik qilish orzusining timsoli hisoblanadi.
Zamonaviy chiziqlar va an’anaviy sharqona naqshlarni oʻzida mujassam etgan, chempionat oʻtkaziladigan yurtimizning madaniy va tarixiy qadriyatlarini aks ettiradigan ushbu yorqin toʻp 14-sentyabr kuni rasman maydonga chiqadi!
Bo‘lajak Mundialga chiptalarni https://futsal2024.uz/ havolasi orqali xarid qiling.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
📸 Amaldagi Jahon chempionlari – Portugaliya futzal terma jamoasi “Humo Arena”da rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Seni ishga kechikib kelgan do’sting😀
Futzal terma jamoamizning kayfiyati yuqori darajada 🔝
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📋 OAV vakillari diqqatiga!
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari soat 19:45 da “Yunusobod” sport majmuasida start oladi.
Mashgʻulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq va unda futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati uchun akkreditatsiyadan oʻtgan OAV xodimlari ishtirok etishlari mumkin.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
#FIFAWorldCup ➡️ #FutzalWC 🇺🇿 Futbolning eng mashhur yulduzlarini rivojlantirishga yordam bergan futzal O'zbekistonda diqqat markazida!
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📍 FIFA prezidenti Janni Infantino oʻzining rasmiy sahifasida mamlakatimiz mezbonlik qiladigan Futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati ishtirokchilariga omad tiladi va bu Mundial eng zoʻri boʻlishiga ishonch bildirdi:
“ 🇦🇫🇦🇴🇦🇷🇧🇷🇨🇷🇭🇷🇨🇺🇫🇷🇬🇹🇮🇷🇰🇿🇱🇾🇲🇦🇳🇱🇳🇿🇵🇦🇵🇾🇵🇹🇪🇸🇹🇯🇹🇭🇺🇦🇺🇿🇻🇪
🇺🇿 Oʻzbekistonda oʻtadigan FIFA Futzal Jahon chempionati boshlanishiga atigi toʻrt kun qoldi. Ushbu buyuk mamlakat ilk bor Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan FIFA musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.
Futzal boʻyicha avvalgi Jahon chempionati koʻplab esda qolarli oʻyinlar hamda voqealarga boy boʻldi. Ishonchim komilki, yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati eng zoʻri boʻladi. Ishtirokchi 24 jamoaga esa eng yaxshi tilaklarimni bildiraman va barchangiz bilan tez orada koʻrishishni orziqib kutmoqdaman! 👏
#FootballUnitesTheWorld ⚽❤️🌏”
⚡️ t.me/FAUzbekistan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi 195-sonli “2024-yilgi Futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati muxlislari uchun jamoat transporti bepul boʻladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Shuningdek, Jahon chempionati uchun akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, mundial o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy etiladi.
Jumladan, jahon chempionatiga akkreditatsiyadan o‘tgan va o‘yinlarga chipta sotib olgan fuqarolar shahar jamoat transportidan bepul foydalanishlari mumkin. Buning uchun siz akkreditatsiya kartalari yoki chiptalarni taqdim etishingiz kerak.
Shuningdek, 10-sentyabrdan 10-oktyabrga qadar “Toshkent – Buxoro”, “Toshkent – Andijon – Toshkent”, “Andijon – Buxoro – Xiva – Andijon”, “Andijon – Buxoro – Qo‘ng‘irot” – Andijon” va “Andijon – Termiz – Andijon” yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha 4 tadan yo‘lovchi vagonlari ulanadi.
FIFA Futzal Jahon chempionati chiptalarini futsal2024.uz/ saytidan istalgan toʻlov usullari orqali xarid qilishingiz mumkin.
______
В соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан №195 от 28 мая 2024 года «О мерах по подготовке и проведению чемпионата мира по футзалу 2024 года», болельщики чемпионата мира по футзалу FIFA, который пройдет с 14 сентября по 6 октября в городах Ташкент, Андижан и Бухара, смогут бесплатно пользоваться общественным транспортом. Об этом сообщает пресс-служба Министерства транспорта Узбекистана.
Кроме того, для аккредитованных на чемпионат лиц, а также иностранных и местных болельщиков, имеющих билеты на матчи чемпионата мира, будут введены скидки в размере 50 процентов на железнодорожные билеты.
Таким образом, граждане, аккредитованные на чемпионат мира и купившие билеты на матчи, смогут бесплатно пользоваться городским общественным транспортом. Для этого необходимо предъявить аккредитационные карты или билеты.
Кроме того, с 10 сентября по 10 октября к пассажирским поездам, курсирующим по маршрутам «Ташкент – Бухара», «Ташкент – Андижан – Ташкент», «Андижан – Бухара – Хива – Андижан», «Андижан – Бухара – Кунград – Андижан» и «Андижан – Термез – Андижан», будут добавлены по четыре дополнительных пассажирских вагона.
Билеты на чемпионат мира по футзалу FIFA можно приобрести любым удобным способом на сайте futsal2024.uz.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
📸 Futzal. Gvatemala terma jamoasi Buxoroga yetib keldi
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 10-sentyabr kuni 🇬🇹 Gvatemala milliy terma jamoasi Buxoroga yetib keldi.
OʻFA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Gvatemala milliy terma jamoasi delegatsiyasini kutib oldi hamda odatga koʻra mehmonlarga esdalik sovgʻasi sifatida milliy doʻppimiz sovgʻa qilindi.
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
🇵🇦Panama futzal terma jamoasi Toshkentga yetib keldi
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan 🇵🇦Panama terma jamoasi bugun, 1-sentyabr kuni Toshkentga yetib keldi.
O'FA vakillari ushbu delegatsiyani kutib oldi hamda esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
🎥 Futzal terma jamoamiz mashg’ulotlari OAV nigohida
📺 Sport TV
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Bugun futzal bo’yicha O’zbekiston milliy hamda U-20 yoshlar jamoasi oʻrtasida nazorat uchrashuvi oʻtkazildi. Unda milliy terma jamoamiz javobsiz 6 ta gol kiritdi. Uchrashuvda, asosan, taktik rejalar va standartlardan foydalanishdagi kamchiliklar ustida ishlandi.
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
📸Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashg’ulotlaridan fotogalereya
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Futzal bo’yicha 🇫🇷 Fransiya terma jamoasi 🇪🇸 Ispaniyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va unda durang natija qayd etildi.
E’tiborlisi fransiyaliklar 15 o’yindan beri mag’lubiyatga uchramay kelmoqda.
Elsatib o’tamiz 🇫🇷 Fransiya Jahon chempionatida “F” guruhidan joy olgan bo’lib, 🇮🇷 Eron,🇻🇪 Venesuela va 🇬🇹Guatemalaga qarshi o’z o’yinlarini Buxoro shahrida o’tkazsa, 🇪🇸 Ispaniya mundialni “D” guruhida 🇰🇿Qozog’iston, 🇳🇿Yangi Zenlandiya va 🇱🇾 Liviyaga qarshi Andijon shahrida o’tkazadi.
📹 Uchrashuv videosharhi
💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan