futsal_uzbekistan | Unsorted

Telegram-канал futsal_uzbekistan - O‘zbekiston futzali

11098

O‘zbekiston futzali federatsiyasi prezidenti - Bekzod Mamatqulov Bosh kotib - Bahodir Mamatnazarov Media va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – matbuot kotibi — To‘xtamirzayev Omonboy

Subscribe to a channel

O‘zbekiston futzali

O'FF prezidenti B.Mamatqulovning Buxoro viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi va ishchi guruhi Navoiy viloyati sari yo'lga chiqib ketdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Buxoro viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi raisi B.Zaripov Oʻzbekiston futzal federasiyasi prezidenti B.Mamatqulov tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Muloqot jarayonida Buxoro viloyati sport, futbol hamda futzal mutasaddilari, mutaxassislari va murabbiylari ham faol ishtirok etishdi. Jumladan, «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ direktori A.Fozilov, Buxoro Davlat Universiteti rektori O.Hamidov, viloyat sport ishlari boshqarmasi boshligʻi Nadjimidinov, futzali faxriysi, OFK instruktori F.Xayrullaev Buxoro bundan keyin ham Oʻzbekiston futzali bayroqdorlaridan boʻlib qolishiga, bu yoʻlda mavjud barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishga ishonch bildirishdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

OʻFF prezidenti Bekzod Mamatqulov mamlakatimizning qadimiy va navqiron shahri Buxoroga tashrifidan mamnuniyat his etishini ta'kidlar ekan, bu viloyat mamlakatimiz futzalida yetakchi oʻrinlarda borayotganligini alohida e'tirof etdi. Butun dunyo sayyohlari diqqat markazida turuvchi koʻhna Buxoro shahrida futzal boʻyicha 2024-yili oʻtkazilgan jahon chempionati munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida jahon andozalariga javob beruvchi muhtasham sport zali qurib foydalanishga topshirilganini buxorolik muxlislar va mutaxassislarga ajoyib tuhfa bo‘lganligini taʼkidladi.

Futzal boʻyicha viloyat bosh jamoasi «Oil Star» esa soʻnggi yillarda mamlakat milliy chempionati – Oliy liga musobaqasida chempionlik uchun kurashib kelayotganligi, sovrindorlar qatorida borayotganligi, ketma ket ikki mavsum Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqqanligi bilan Buxoro viloyati hokimligi, futboli hamda futzali jamoatchiligini samimiy tabrikladi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🟡"Paxtakor" – "Qizilqum"🔴 o‘rtasidagi o‘tish uchrashuvi sanasi ma’lum

Xabaringiz bor, kuni-kecha Jizzax shahrida Oliy ligaga o‘tish musobaqasining birinchi bosqichi yakuniga yetdi.

Beshta jamoa ishtirok etgan turnirda Toshkentning SQB jamoasi yuz foizlik natija ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egalladi va kelgusi mavsum faoliyatini yakunlagan Bekobodning “Metallurg” jamoasining Oliy ligadagi o‘rnini egallaydigan bo‘ldi.

O‘tish musobaqasida 9 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallagan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi esa o‘tish musobaqasining ikkinchi raundida kurashni davom ettiradi. Navoiyliklar o‘tgan mavsum kuchlilar safida oxirgi o‘rinni egallagan “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuv Toshkentdagi TATU (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) zalida 12-iyul soat 17:00da start oladi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Kamola Usmonovani tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyi Kamola Usmonova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Hayotini futzalga bag'ishlagan Kamola yurtimizda ayollar futzali rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati, xodimlari va futzal jamoatchiligi nomidan Kamola Usmonovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz! Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik hamda faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri yakuniga yetdi

Jizzax shahrida Oliy ligaga o‘tish turniri tashkillashtirildi.

Natijada, barcha o‘yinda g‘alaba qozongan SQB birinchi, "Qizilqum" - ikkinchi, "Neftchi" esa 6 ochko bilan uchinchi pog‘onani band etdi.

Yakuniy jadval quyidagicha ko'rinish oldi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. "Guliston" 0:16 SQB ▶️

Ikkinchi boʻlimda kiritilgan gollar: Cristian Berrio (xet-trik), Abdulboriy Ilyosov, Baxromov (avt), G‘ulomov (dubl), Jonni (xet-trik), Suxrob Ro'zmetbayev, Doniyor Seydaxmedov (dubl), Dilmurod Shavkatov, Fransisko Mateus, Akbar Usmonov.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. "Guliston" 0:7 SQB ▶️

Birinchi boʻlimda kiritilgan gollar: Cristian Berrio, Abdulboriy Ilyosov, Baxromov (avt), G‘ulomov (dubl), Jonni (dubl).

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. "Guliston" - SQB uchrashuvini YouTube📹 sahifamizda tomosha qiling

Bahs Toshkent vaqti bilan 14:00da start oladi.

HAVOLA
: https://www.youtube.com/watch?v=yrLpPrcUtwU

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. "Guliston" - SQB: Mezbonlar tarkibi ma`lum

Oliy ligaga o‘tish turnirining oxirgi turida "Guliston" jamoasi SQBga qarshi bahs olib boradi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. Bugun oxirgi kun!

Jizzax shahrida tashkillashtirilgan oliy ligaga o‘tish turnirining oxirgi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Kunning birinchi uchrashuvida "Guliston" va SQB o‘zaro bahslashadi. Uchrashuv 14:00da start oladi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Namangan viloyati futzalini tiklash yo'lida muhim qadam tashlandi

Bugun Namangan viloyati sport boshqarmasi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov raisligida viloyatda futzalni rivojlantirish chora tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Shavkatjon Abdurazzoqov yig’ilishni ochar ekan, yaqinda O’FF prezidenti Bekzod Mamatqulov hamda federatsiya ishchi guruhi bilan Namangan viloyati futzal jamoatchiligining kengaytirilgan muloqotidan kelib chiqqan xulosalari, Namangan viloyatida futzal turini rivojlantirish uchun barcha shart sharoitlar mavjudligi, ichki resurs va imkoniyatlarni yuzaga chiqarish vaqti yetganligini ta`kidlab o’tdi. Yig’ilishda "Lochin PFK" nomli yangi futzal klubini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. "Lochin PFK" klubi prezidentiligiga Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, jamoa bosh murabbiyligiga Xurshid Tojiboyevlar nomzodi tavsiya etildi. Namangan viloyatida futzalni rivojlantirishga ma`sul etib Umidjon Xolmatov nomzodi tasdiqlandi.

Yig‘ilishda Namangan viloyatida futzalni ommalashtirish, professional futzalchilarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda munosib ishtirok etishda yangidan tashkil etilayotgan klubning roli va ahamiyatiga baho berildi. Bundan tashqari klubning moddiy-texnik bazasini belgilash va mustahkamlash, zarur infratuzilmani yaratish hamda klub faoliyatini tartibga soluvchi boshqa tashkiliy masalalar ham muhokama qilindi.

Ushbu tashabbus viloyatda futzal taraqqiyotiga yangicha sur’at va jadallik olib kirishi, yoshlar orasida ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish kutilmoqda.

Yig‘ilishda sport mutasaddilari, murabbiylar, mahalliy hokimlik vakillari hamda sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.


🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Bugungi uchrashuvlardan keyin jadvaldagi holat

SQB jamoasi muddatidan avval guruhda birinchi o'rinni naqd qildi va oliy liga yo'llanmasiga ega chiqdi.

O'z navbatida, bugun SQBga mag'lub bo'lgan bo'lsa ham "Qizilqum" ikkinchi pog'onadan pastga tushmaydi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. "Pantera" — "Guliston" uchrashuvi fotogalereyasi 📸 📸

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oʻzbekiston futzal federasiyasi Ijroiya qoʻmitasining yigʻilishi boshlandi. Yigʻilishni OʻFF prezidenti, Ijroiya qoʻmitasi raisi B.Mamatqulov olib bormoqda.

Yigʻilishda quyidagi masalalar muhokama etilayapti:

🏆 2025/2026 yil mavsum yakunlariga koʻra chempionat gʻolibi hamda sovrindorlarini moddiy ragʻbatlantirish;

✅ futzal boʻyicha 2025/2026 yilgi mavsum uchun Oliy liga musobaqasi ishtirokchilari tarkibini tasdiqlash;

✍️ mamlakat birinchiligi musobaqasi tartibi va muddatiga aniqlik kiritish;

🗒 Oliy ligaga oʻtish turniri tartibi va qoʻshimchalar.

OʻFF Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi yakuni va qabul qilingan qarorlar haqidagi ma'lumotlarni telegramm sahifamizda kuzatib boring.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Ishchanlik ruhida oʻtgan muloqot yakunida tomonlar esdalik sovg’alarini almashishdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Bekzod Akmalovich, Buxoro viloyatida futzalning umumiy ahvoli qoniqarli ekanligini e'tirof etish barobarida, uni yanada rivojlantirish yuzasidan ba'zi ishlarni amalga oshirish lozimligini ta'kidladi. Jumladan, Buxoro shahrida mamlakat chempionatl hamda Oʻzbekiston kubogi bahslarini qabul qiluvchi inshootlar mavjudligi, ammo ularni Reglament talablari asosida jihozlash, muxlislarga zarur shart sharoitlarni yaratib berish, teletranslyasiyalar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish kabi masalalar hal etilishi kerakligini ta'kidladi. Jumladan Oliy liga hamda O’zbekiston kubogi tur o’yinlarini “Universal” sport majmuasida tashkil etish,"Oil Star" futzal akademiiyasini barpo etish, klub qoshida ayollar futzali jamoasini tashkil etish takliflarini ilgari surdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🚨 Yosh iqtidorlarga futzal eshiklari ochiq

Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan mamlakatimiz bo‘ylab ommaviy sportni rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotgani hech kimga sir emas.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi ham yoshlarni sportga chorlash bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, iqtidorli o‘smirlarni saralab, futzal klublariga jalb qilish, shu orqali O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzodlarni yanada ko‘paytirish maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ko‘rik tashkillashtirildi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov shaxsan o‘zi mazkur jarayonda faol ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil Senegal poytaxti Dakar shahrida IV yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etishi mumkin.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🔄 Rasman. O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochildi

Bugundan O‘zbekistonda futzal klublari yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkin.

Jamoalar 20-avgustga qadar o‘zlari uchun ma’qul bo‘lgan futzalchilarni tarkiblariga qo‘shib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

⭐️ SQB — Oliy liga-2025/26 ishtirokchisi

Oliy ligaga o‘tish turnirida ishonchli qatnashib, g‘olib bo‘lgan SQB jamoasi oliy liga yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

"Pantera" jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi!

Xabaringiz bor, Jizzax shahrida Oliy ligaga o‘tish turniri tashkillashtirildi.

Musobaqaning oxirgi turi ikkinchi uchrashuvida "Neftchi" - "Pantera" o‘zaro ro‘baro‘ kelishi kerak edi.

Biroq Qoraqalpog‘iston jamoasi mazkur uchrashuvga yetib kelmadi.
📌 Musobaqa reglamentining 9.4 bandida qayd etilganidek, qaydnomaga kiritilmagan yoki diskvalifikatsiyasi bor futzalchi uchrashuvda qatnashgani uchun, shuningdek, biror jamoaning asosli sabablarsiz uchrashuvda ishtirok etmagani uchun o'sha klubga 0:5 hisobida texnik mag'lubiyat, raqib jamoaga 5:0 hisobida texnik g'alaba yoziladi.

Shunga ko'ra, musobaqaning oxirgi o'yinida "Pantera" jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. SQB "Guliston" darvozasiga javobsiz 16 ta to‘p kiritdi

Oliy liga yo‘llanmasini qolga kiritib ulgurgan SQB jamoasi oxirgi turda "Guliston" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

1-daqiqayoq hisobni ochgan "bankchilar" yakunda 16:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Oliy ligaga o‘tish turniri. "Guliston" 0:16 SQB

Gollar: Cristian Berrio (xet-trik), Abdulboriy Ilyosov, Baxromov (avt), G‘ulomov (dubl), Jonni (xet-trik), Suxrob Ro'zmetbayev, Doniyor Seydaxmedov (dubl), Dilmurod Shavkatov, Fransisko Mateus, Akbar Usmonov.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. "Guliston" 0:7 SQB ▶️
Gollar: Cristian Berrio, Abdulboriy Ilyosov, Baxromov (avt), G‘ulomov (dubl), Jonni (dubl).

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. "Guliston" - SQB: Mehmonlar tarkibi ma`lum

Oliy ligaga o‘tish turnirining oxirgi turida "Guliston" jamoasi SQBga qarshi bahs olib boradi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. Bugun oxirgi kun!

Jizzax shahrida tashkillashtirilgan oliy ligaga o‘tish turnirining oxirgi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Kunning ikkinchi o‘yinida "Neftchi" va "Pantera" o‘zaro kurash olib boradi. Uchrashuv 16:00da start oladi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🎙Konstantin Sviridov: "Transfer bozorida ishimiz tugagani yo‘q"

"Nazarimda, avvalgi ikki o‘yindagi yirik hisobdagi oson g‘alabalardan keyin bizning yigitlar bu bahsda ham oson bo‘ladi, deb o‘ylashdi chog‘i. Aynan shu jihat meni jahlimni chiqishiga sabab bo‘ldi.

Umuman olganda yakuniy natijadan va oliy liga yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganidan xursandman.

Oliy ligaga ham puxta tayyorgarlik ko‘rishni niyat qilganmiz. Bizni ikkita xalqaro musobaqaga taklif qilishgan, chempionat startigacha shu turnirlar orqali o‘yinimizni yanada yaxshilab boramiz.

Tarkib borasida gapirsam, yana 2-3 ta transferni amalga oshirmoqchimiz. Ular kimligini hozircha oshkor etmayman".

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🎙Ravshan Ibragimov: "SQBdek kuchli jamoaga munosib qarshilik ko'rsata oldik"

Oliy ligaga o‘tish turniri navbatdagi tur doirasida SQB - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng, navoiyliklar ustozi Ravshan Ibragimov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"SQBdek kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsata oldik. Buning uchun shogirdlarimga rahmat deyman. Qur'a natijasiga ko'ra raqibimiz kecha dam olgandi. Ularning kuchi, hozirgi holatiga baho berish uchun ular yaqinda xalqaro musobaqada ham g'olib bo'lib qaytganini aytish mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham raqibni Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman.

Yangilikdan xabardormiz, bir necha kundan keyin "Paxtakor"ga qarshi oliy liga yo'llanmasi uchun maydonga tushamiz. Hozir 2-3 kun dam olib, aynan shu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz".


🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. SQB 3:2 "Qizilqum" ▶️

Ikkinchi boʻlimda kiritilgan gollar: Abdulboriy Ilyosov, Ramirez Jonni, Suxrob Rozmetbayev — Egam Xakimov, Izzatillo Gulomov (avt);

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oliy ligaga o‘tish turniri. SQB — "Qizilqum" uchrashuvi fotogalereyasi 📸

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Tezkor: OʻFF Ijroiya qoʻmitasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Bugun, soat 14:00da Oʻzbekiston futzal federasiyasi Ijroiya qoʻmitasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtadi.


Unda Futzal boʻyicha 2025/2026-yil mavsumi uchun OʻFF musobaqalarini oʻtkazish Reglamentiga muvofiq OFK talablaridan kelib chiqqan holda Oliy liga musobaqasini o'tkazish va unda qatnashuvchi futzal klublari tarkibi masalasi koʻrib chiqiladi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel