futsal_uzbekistan | Unsorted

Telegram-канал futsal_uzbekistan - O‘zbekiston futzali

11098

O‘zbekiston futzali federatsiyasi prezidenti - Bekzod Mamatqulov Bosh kotib - Bahodir Mamatnazarov Media va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – matbuot kotibi — To‘xtamirzayev Omonboy

Subscribe to a channel

O‘zbekiston futzali

O'FF prezidenti B.Mamatqulovning Surxondaryo viloyatiga tashrifi hamda viloyatda futzalni rivojlantirish bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishdagi ishtirokidan videolavha.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Oʻtish uchrashuvida gʻalaba qozonib, Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 🔴Qizilqum” hursandchiligini shu tariqa namoyon etdi…

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Izlanishlarimiz, mehnatlarimiz izsiz ketmadi...

Ravshan Ibragimov, “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi: - Nihoyat yil davomida qilingan mehnatlarimizning samarasi yuzaga chiqqanidan xursandman. O‘tish turnirining birinchi raundida omad bizdan yuz o‘girgandi. Kuchli futbolchilarni jamlagan SQB jamoasiga qarshi bahsda raqibga munosib qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsak-da, tajribasizligimiz evaziga mag‘lubiyatga uchragandik. O‘sha o‘yinlar bizga katta saboq bo‘ldi. O‘tish musobaqasining ikkinchi raundi – “Paxtakor”ga qarshi o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rdik. Xudoga shukur, ortga ijobiy natija bilan qaytayapmiz. Oldimizda esa juda mas’uliyatli mavsum bizni kutib turibdi. Jamoamiz tarkibi juda yosh futbolchilardan tashkil topgan. Kuchlilar safida munosib ishtirok etish, mavqeimizni saqlab qolishimiz uchun tarkibni tajribali o‘yinchilar bilan kuchaytirishimiz lozim. Hozir yigitlarga qisqa muddatli ta’til beramiz. Undan keyin Oliy liga bahslariga tayyorgarlikni boshlaymiz.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

ISHTIYOQ USTUN KЕLDI...

Oliy ligaga so‘nggi O‘tish uchrashuvi juda ham shiddatli kechdi. O‘yin debyuti paxtakorchilarning ustunligi ostida o‘tdi. “Sherlar”ning birinchi xavfli hujumiyoq darvozaning ishg‘ol etilishi bilan yakunlandi. Shomaqsud Shobaxromov hisobni ochdi. Navoiyliklar esa dastlabki daqiqalarda biroz cho‘chib harakat qilayotgandek tuyuldi. Bu holat 6-daqiqada hisob tenglashgandan keyin ham davom etdi. Markazdan boshlangan chiroyli kombinatsiyani Alayor Sodiqov golga aylantirgandi. Birinchi taym qahramoni esa Jamoliddin Normirzayev bo‘ldi. Uning dubli bois poytaxtliklar tanaffusga ikkita to‘p farqi bilan oldinda chiqib ketishdi – 3:1.
Tanaffusdan keyin ham o‘yin senariysi o‘zgarmadi. Hamon to‘p nazorati toshkentliklar tomonida, navoiyliklar esa qarshi hujumga tayanishdi. Go‘yoki, bu galgi o‘tish bahsida tajriba g‘alaba omili bo‘ladigandek taassurot qoldirdi. Ammo bu tuyg‘u aldamchi ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. “Oltin izlovchilar”ning so‘nggi “shturmi” ish berdi. Bir daqiqa ichida ikkita gol urgan “Qizilqum” bahsni over-taymga olib o‘tdi.
Ekstra-taymlar esa “yondi”. Ketma ket gollar almashinuvida omad navoiyliklarga kulib boqdi. 6:5 hisobida zafar quchgan “Qizilqum” Oliy liga yo‘llanmasini rasmiylashtirdi. “Paxtakor” esa birinchi ligaga tushib ketdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Qizilqum jamoasining uchrashuvdagi 6-golini tomosha qiling.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Qoʻshimcha boʻlimda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🏆  O‘zbekiston chempionati
            O’tish uchrashuvi

               12.07.2025-yil

🟡PAXTAKOR – QIZILQUM 🔴 – 3:3 🟢
Gollar: 1:0 – Shomaqsud Shobahromov 3’, 1:1 – Alayor Sodiqov 6', 2:1 – Jamoliddin Normirzayev 10', 3:1 – Jamoliddin Normirzayev 17', 3;2 – Egam Xakimov 33', 3;3 – Egam Xakimov 34',

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🏆  O‘zbekiston chempionati
            O’tish uchrashuvi

               12.07.2025-yil
2-taym
yakunlandi
🟡PAXTAKOR – QIZILQUM 🔴 – 3:3 🟢
Gollar: 1:0 – Shomaqsud Shobahromov 3’, 1:1 – Alayor Sodiqov 6', 2:1 – Jamoliddin Normirzayev 10', 3:1 – Jamoliddin Normirzayev 17', 3;2 – Egam Xakimov 33', 3;3 – Egam Xakimov 34',

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

O’ZBEKISTON FUTZAL FEDERATSIYASI TIBBIYOT MARKAZIDA NAVBATDAGI MUOLAJA

Yaqindagina O’zbekiston futzal federatsiyasi qoshida REABILITATSIYA markazi ishga tushirilgani haqida xabar bergandik.

Zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan markazda terma jamoaning jarohat olgan a`zolari hamda futzal klublari o’yinchilariga malakali shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko’rsatiladi va qisqa fursatlarda safga qaytishlari uchun kerakli muolajalar olib boriladi.

Tibbiyot departamenti tiklanish markazining navbatdagi mijozi O’zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi Elbek Toʻlqinov bo’ldi.

O’zbekiston futzal federatsiyasi terma jamoa a`zolarini doimo qo’llab-quvvatlashga tayyor.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 😎Telegram | 😎UFF-UZ">YouTube  | 😎Facebook  | 😎Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🆕 Rasman: Gustavo Mashado — SQB a’zosi

⭐️ Toshkentning SQB futzal klubi braziliyalik Gustavo Mashado bilan shartnoma imzoladi.

Klub bu haqida o‘zining "Instagram"dagi sahifasida rasman e’lon qildi.

"Faoliyatim davomida men Braziliya, Slovakiya va Portugaliyada to‘p tepganman. Bu mamlakatlar bilan bog‘liq ajoyib xotiralar saqlanib qolgan. Yangi mavsumda men uchun yangi mamlakat, yangi chaqiruv bo‘ladi. Bu mamlakat — O‘zbekiston. O‘ylaymanki, O‘zbekiston o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsata olaman.

SQB men uchun yangi chaqiruv. O‘ylaymanki, yangi mavsumda biz SQB bilan chempionlikni qo‘lga kiritamiz!", - dedi Mashado.


Klub va o'yinchi imzolagan shartnoma muddati va uning tafsilotlari ochiqlanmagan.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 😎Telegram | 😎UFF-UZ">YouTube  | 😎Facebook  | 😎Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

O'FF prezidenti B.Mamatqulovning Jizzax viloyatiga tashrifi hamda viloyatda futzalni rivojlantirish bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishdagi ishtirokidan videolavha.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

⚡️ Futzal o‘smirlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni: Navbatdagi manzil — Farg‘ona

O‘zbekiston futzal federatsiyasi yosh avlodning iqtidorini kashf etish va ularni katta sport sari yetaklash yo‘lida tizimli maqsadlarni rejalashtirgan. Endilikda futzal – bu shunchaki o‘yin emas, balki orzular sari boshlanadigan haqiqiy yo‘lga aylanmoqda.

Shu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan seleksiya mashg‘ulotlarining navbatdagisi Farg‘ona shahridagi "Samo" sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. O'nlab yosh iqtidor egalari sinovlarda oʻz mahoratlarini namoyish qilish uchun maydonga tushishdi. Jarayonni nafaqat Oʻzbekiston o‘smirlar futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov, shuningdek O‘zbekiston ayollar terma jamoasi hamda "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Farrux Zakirov, Xitoyning "Xatire" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirayotgan To‘ychi Berdiyev va mahalliy murabbiylar diqqat bilan kuzatishdi.

Federatsiya tashabbusi oddiy bir seleksiya emas — bu butun respublika miqyosida yoshlar uchun ochilgan yangi imkoniyat eshigi. Har bir iste’dod egasi uchun milliy jamoa darajasi endi uzoq orzu emas, balki aniq maqsadga aylanmoqda. Yigʻin davomida respublikamizning har bir oʻsmiri teng huquqli ekanligi va ularga birdek imkoniyat berilishi ta’kidlab oʻtildi.

📌 Qiziqarli jihati shundaki, 2026-yilda Senegalning Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston ilk bor futzal sport turi boʻyicha ishtirok etishi mumkin. Ushbu nufuzli musobaqaga yo‘l hozirlanmoqda — balki aynan bugun kashf etilgan iste’dodlar ertaga mamlakatimiz sharafini himoya qilishi yoki milliy chempionatimiz klublari uchun yangi oʻrinbosarlar boʻlib xizmat qilishi mumkin.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Futzal federatsiyasi rahbariyati Samarqand viloyati mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazdi

O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi ishchi guruh sohaga doir amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish, futzal jamoatchiligi va viloyat rahbariyati bilan mazkur masalalarni muhokama qilish maqsadida Samarqand viloyatiga yetib keldi.

Muhokamalarda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, viloyat hokimi o’rinbosari Rustam Qobilov, Samarqand viloyati DXX boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jamoliddin Irisqulov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Nurmonov, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Nodir Mardonov, “Dinamo” futzal klubi rahbariyati, futzal faxriylari hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.

B.Mamatqulov mamlakat futzali taraqqiyotida Samarqand viloyatining o‘rni beqiyos ekanligini alohida taʼkidladi. “Termo”, “Nafis” nomi bilan qatnashgan jamoa mamlakat chempioni, O‘zbekiston kubogi sohibi, sovrindori bo‘lganligini, muntazam ravishda mamlakat milliy, yoshlar terma jamoalariga iqtidorli, mahoratli o‘yinchilar yetkazib berib kelayotgani, futzalda erishilgan ijobiy natijalar o‘z navbatida viloyat yoshlarining ruhan va jismonan barkamol, sog‘lom voyaga yetishida katta ahamiyat kasb etganligini eʼtirof etdi.

"Dinamo" futzal maktabi tarbiyalanuvchilari xizmatidan foydalanmagan jamoa mamlakatimizda yo‘q hisobi. Bugun ham bu anʼana davom etmoqda. Ammo jamoa oldida bir qator muammolar borki, uni imkon darajasida tezkorlik bilan bartaraf etish dolzarb bo’lib turibdi. Birinchi navbatda jamoa o‘quv mashg‘ulot maskani – bazasini yaratishdir. Samarqand shahri markazida mavjud bo‘lgan zal ikki marta buzilib, boshqa manzilda qaytadan qurildi. Ko’p yillar viloyatda futsal bo’yicha ichki chempionat o’tkazilishi yo’lga qo’yilgan. Ammo sport zallarining yetishmasligi, borlari boshqa sport turlari bilan band bo’lib qolishi bu jarayonga ham salbiy ta`sir o’tkazmoqda. Ayni paytda yangidan qurilayotgan “So’g’diyona” sport majmuasida qurilish bunyodkorlik ishlari yakuniga yetkazilishi uchun homiylik yordami zarur. Futzal akademiyasini ochish fursati allaqachon yetgan. O‘FF prezidenti mavjud muammolarni bartaraf etish borasida o‘z ko‘rsatma va takliflarini bildirdi.
Xususan "Dinamo" futzal jamoasining sovrindorlar safiga qaytarish, viloyatda futzal infratuzulmasini rivojlantirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash jarayoniga xususiy sektorni jalb etish zarurligini taʼkidladi.

O'z navbatida, A.Boboyev O‘zbekiston futzal federatsiyasi mamlakat futzalini yangi bosqichga olib chiqish, joylarda futzalga bo‘lgan eʼtibor hamda uning ommaviyligini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar uchun O‘FF prezidentiga minnatdorchilik bildirar ekan, viloyat futzalining holati borasidagi eʼtiroz va takliflar o‘rinli bo‘lganligini qayd etdi. Bugunning o’zidayoq viloyat hokomligida futsal murabbiylari, mutaxassislari ishtirokida kompleks muammolarni bartaraf etishga bag’ishlangan amaliy yig’ilish o’tkazish borasida kerakli tashkilot rahbarlariga topshiriq berdi.

Tadbir so‘ngida tomonlar bir birlariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi, esdalik uchun suratga tushishdi. O‘FF prezidenti boshchiligidagi ishchi guruh tadbir yakunlangach, Jizzax viloyatiga jo'nab ketishdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

O'FF prezidenti B.Mamatqulovning Navoiy viloyatiga tashrifi hamda viloyatda futzalni rivojlantirish bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishdagi ishtirokidan videolavha.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

O'FF ishchi guruhi Navoiy viloyati sport boshqarmasiga yetib keldi va viloyat futzali rivojiga bag‘ishlangan tadbir tadorigini boshlab yubordi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Surxondaryoning har jabhada o’z o'rni bor!

Futzal federatsiyasi rahbariyati Surxondaryo viloyati mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazdi.


O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Surxondaryo viloyati futzalining bugungi holati bilan tanishish, viloyatda sportning futzal turini rivojlantirish istiqbollari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat rahbarlari, futzal jamoatchiligi bilan uchrashish va muloqot o‘tkazish uchun Termiz shahriga yetib keldi.

Muhokamalarda Surxondaryo viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ulug’bek Qosimov, viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Saparov, Surxondaryo viloyati DXX boshqarma boshlig‘i, viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Aliyor Eshmatov, TerDU rektori Abduqodir Toshqulov, Surxondaryo viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Sanjar Shomurodov, “Surxon” futbol klubi, futzal jamoasi vakillari, futzal faxriylari hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.

B.Mamatqulov Surxondaryo viloyati futzali taraqqiyoti mamlakatimizda nisbatan kech boshlagan bo’lsa-da juda tez, jadal rivojlanayotgani, o’z o’rniga ega bo’layotganligini taʼkidladi. “Surxon” jamoasi qisqa fursat ichida birinchi ligadan Oliy liga jamoalari safiga qo’shildi, elitadagi mavqeini saqlab kelayapti. Bu esa viloyat yoshlarining ruhan hamda jismonan barkamol, sog‘lom voyaga yetishi, sportning futzal turining keng ommalashishiga xizmat qilayotganini eʼtirof etdi.

Ammo ayni paytda viloyat futzalida yetarlicha kamchilik, muammolar mavjudligi, shu sabab yosh, istiqbolli o‘yinchilarni tarbiyalash ishlari sustligi, malakali murabbiylar, mutaxassislarning yetishmasligini qayd etdi. Mavjud muammolarni bartaraf etish borasida O‘FF prezidenti o‘z ko‘rsatma va takliflarini bildirdi.

O'z navbatida, U.Qosimov O‘zbekiston futzal federatsiyasi mamlakat futzalini yangi bosqichga olib chiqish, joylarda futzalga bo‘lgan eʼtibor hamda uning ommaviyligini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar uchun O‘FF prezidentiga minnatdorchilik bildirar ekan, viloyat futzalining holati borasidagi eʼtiroz va takliflar o‘rinli bo‘lganligini qayd etdi. Mavjud kamchilik, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Tadbir so‘ngida O’FF prezidenti viloyat hokimiga esdalik sovg‘alarini topshirdi, yig’ilish ishtirokchilari esdalik uchun suratga tushishdi. O'FF ishchi guruhi Surxondaryo viloyatidagi yig‘ilishni yakunlab, Qashqadaryoga jo’nab ketdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

⚽️Oliy liga yoʻllanmasi”gacha yoʻl…

Navoiyning 🔴Qizilqum” futzal klubi Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish yoʻlida joriy mavsum jami 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Dastlab Jizzax shahrida oʻtkazilgan “Oliy ligaga oʻtish turniri”da ishtirok etdi. U turnirda “Pantera”, “Neftchi”, “Guliston” kabi jamoalar ustidan gʻalaba qozondi va soʻngi raqib SQB jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jizzaxdagi bahslarda jami 14 ta gol kiritib, oʻz darvozasidan 6 ta toʻp olib chiqdi. Bu esa ularning turnir jadvalida 2-oʻrinni egallashini ta’minladi. Shu tariqa "Qizilqum" navbatdagi bosqichga yoʻl oldi.
Oʻtgan mavsum Oliy ligani soʻngi oʻrin bilan yakunlagan “Paxtakor” jamoasiga qarshi bahs dramatik tus olib, asosiy vaqtda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi. Soʻngra qoʻshimcha boʻlimlarga murojaat qilindi. Navoiyliklar qoʻshimcha boʻlimlarda 3:2, umumiy 6:5 hisobida gʻalaba qozonib, uzoq yillar kutilgan Oliy liga yoʻllanmasini rasmiylashtirishdi. Shu tariqa "Qizilqum" Oliy liga - 2025/2026 ishtirokchisiga aylandi. Navoiylik futzal ixlosmandlarini ushbu natija bilan yana bir bor tabriklaymiz.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Poytaxtga katta umidlar bilan kelgandik...

Egam Xakimov, “Paxtakor” – “Qizilqum” (5:6) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi: - Navoiydan Toshkentga katta umidlar bilan kelgandik. Orzu-niyatlarimiz ushaldi, Allohga shukur. Yigitlar so‘nggi soniyalargacha kurashdi va biz Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Buning uchun jamoadoshlarimdan minnatdorman. Shuningdek, to‘g‘ri ko‘rsatmalar bergan murabbiylar shtabimizga katta rahmat. Bevosita o‘zimga keladigan bo‘lsam, jamoamiz g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan baxtiyorman. Kiritilgan gollar jamoadoshlarimning sa’yi harakati va mehnati, deb bilaman. Nasib bo‘lsa, Oliy ligada munosib ishtirok etamiz va muxlislarimizni uyaltirib qo‘ymaymiz.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🏆  O‘zbekiston chempionati
            O’tish uchrashuvi

               12.07.2025-yil
  UCHRASHUV
YAKUNLANDI

🟡PAXTAKOR – QIZILQUM 🔴 – 5:6
Gollar: 1:0 – Shomaqsud Shobahromov 3’, 1:1 – Alayor Sodiqov 6', 2:1 – Jamoliddin Normirzayev 10', 3:1 – Jamoliddin Normirzayev 17', 3;2 – Egam Xakimov 33', 3;3 – Egam Xakimov 34', 4:3 – Jamoliddin Normirzayev 42', 4:4 –Asadbek Yuldashev 43', 5:4 – Abdurahmon To'xtayev 44', 5:5 –Alayor Sodiqov 44', 5;6 – Egam Xakimov 47'

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🏆  O‘zbekiston chempionati
            O’tish uchrashuvi

               12.07.2025-yil
 

🟡PAXTAKOR – QIZILQUM 🔴 – 5:6 🟢
Gollar: 1:0 – Shomaqsud Shobahromov 3’, 1:1 – Alayor Sodiqov 6', 2:1 – Jamoliddin Normirzayev 10', 3:1 – Jamoliddin Normirzayev 17', 3;2 – Egam Xakimov 33', 3;3 – Egam Xakimov 34', 4:3 – Jamoliddin Normirzayev 42', 4:4 –Asadbek Yuldashev 43', 5:4 – Abdurahmon To'xtayev 44', 5:5 –Alayor Sodiqov 44', 5;6 – Egam Xakimov 47'

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🏆  O‘zbekiston chempionati
            O’tish uchrashuvi

               12.07.2025-yil
 

🟡PAXTAKOR – QIZILQUM 🔴 – 5:5 🟢
Gollar: 1:0 – Shomaqsud Shobahromov 3’, 1:1 – Alayor Sodiqov 6', 2:1 – Jamoliddin Normirzayev 10', 3:1 – Jamoliddin Normirzayev 17', 3;2 – Egam Xakimov 33', 3;3 – Egam Xakimov 34', 4:3 – Jamoliddin Normirzayev 42', 4:4 –Asadbek Yuldashev 43', 5:4 – Abdurahmon To'xtayev 44', 5:5 –Alayor Sodiqov 44'

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🔴Qizilqum jamoasi tomonidan ijro etilgan penalti!

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

O‘zbekiston Superkubogi uchun bahs qachon bo‘lib o‘tishi ma`lum

2025/26-yilgi yangi mavsum joriy yilning avgust oyi so‘ngida mamlakat Superkubogi uchun bahs bilan ochiladi.

Unda o‘tgan mavsum chempioni BMB PFK hamda mamlakat kubogining finalchisi "Oil Star" PFK o‘zaro kuch sinashadi.

Mazkur bellashuv 26-avgust sanasida Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi bor Superkubok uchun bahsda BMB klubi Olmaliqning OKMK jamoasiga qarshi bahs olib borgan. Qiziqarli bellashuvda "oq yo‘lbarslar"ning qo‘li baland kelgan edi.

Futzal ishqibozlarini arenaga chorlab qolamiz.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 😎Telegram | 😎UFF-UZ">YouTube  | 😎Facebook  | 😎Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

🟡"Paxtakor" – "Qizilqum"🔴 o‘rtasidagi Oliy ligaga o‘tish uchrashuviga 5 kun qoldi

Xabaringiz bor, avvalroq Jizzax shahrida Oliy ligaga o‘tish musobaqasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Beshta jamoa ishtirok etgan turnirda Toshkentning SQB jamoasi yuz foizlik natija ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egalladi va kelgusi mavsum faoliyatini yakunlagan Bekobodning "Metallurg" jamoasining Oliy ligadagi o‘rnini egallaydigan bo‘ldi.

O‘tish musobaqasida 9 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallagan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi esa o‘tish musobaqasining ikkinchi raundida kurashni davom ettiradi. Navoiyliklar o‘tgan mavsumda Oliy liganing oxirgi o‘rinini egallagan Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuv Toshkentdagi TATU (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) yangi zalida 12-iyul kuni soat 17:00da start oladi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 😎Telegram | 😎UFF-UZ">YouTube  | 😎Facebook  | 😎Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

⚡️ O‘smirlar futzali yangi maqsadlar yoʻlida! Navbatdagi manzil — Namangan

O‘zbekiston futzal federatsiyasi yosh avlodni sportga jalb etish, ularning salohiyatini ochish va istiqbolli yo‘nalishlar yaratish bo‘yicha izchil hamda tizimli ishlab kelmoqda. Bugun futzal — bu nafaqat sport turi, balki ko‘plab orzular uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanmoqda.

Shu maqsadda yo‘lga qo‘yilgan seleksiya mashg‘ulotlarining navbatdagi bosqichi Namangan shahrida tashkil etildi. Mashgʻulotlar davomida iqtidorli o‘smirlar o‘zini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi. Jarayonni oʻsmirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov va bir nechta mahalliy mutaxassislar bevosita kuzatib bordilar.

Federatsiya tashabbusi faqatgina seleksiya o‘tkazish bilan cheklanmaydi — bu butun respublika miqyosida iqtidorli oʻsmirlar uchun yangi eshiklarning ochilishi demakdir. Har bir yosh futzalchi uchun milliy jamoada o‘ynash — endilikda erishib bo‘lmaydigan orzu emas, balki amalga oshishi mumkin bo‘lgan haqiqiy yo‘ldir. Shuningdek ular seleksiya orqali mahalliy futzal jamoalari murabbiylari e’tiborini qozonishi ham mumkin. Bu seleksiya davomida barcha ishtirokchilarga teng imkoniyatlar taqdim etildi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Futzal federasiyasi rahbariyati Jizzax viloyati mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi ishchi guruh sohaga doir amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, futzal jamoatchiligi va viloyat rahbariyati bilan mazkur masalalarni muhokama qilish maqsadida Jizzax viloyatiga yetib keldi.

Muhokamalarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Zafar Azimov, viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Jaloliddin O‘ktamov, viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Shuhrat Yuldashev, Jizzax viloyati futbol assosiasiyasi texnik direktori Jasur Haydarov, “So‘g‘diyona” futbol klubi, BMB, “Dizak” futzal klubi rahbariyati, futzal faxriylari hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.

B.Mamatqulov mamlakat futzali taraqqiyotida Jizzax viloyati ham alohida o‘rin tutishi ta'kidlab o‘tdi. Jizzax viloyati jamoalari (“Jizzax-Soliqchi”, “Jizzax-Kenteks”) muqaddam ikki marta mamlakat chempioni, O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lganligi, yangi tashkil etilgan BMB jamoasi esa ketma ket uch mavsumdan buyon mamlakat chempionati va Kubogi bahslarida zafar quchganligi, ushbu viloyat futzalchilari muntazam ravishda mamlakat terma jamoalariga jalb etib kelingani, futzalda erishilgan yutuqlar viloyat yoshlarining bu turga munosabatini keskin o‘zgartirganligi, ommaviyligining oshishiga xizmat qilayotganini e'tirof etdi.

O‘FF prezidenti Jizzax viloyatida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar barobarida kamchiliklar, muammolar ham mavjudligini, ularni imkon darajasida tezlik bilan bartaraf qilish chorasini ko‘rish lozimligini qayd etdi. Jumladan, viloyat jamoalari, o‘sib kelayotgan yosh, istiqbolli o‘yinchilar uchun Reglament talablariga javob beradigan zallar barpo etish, mavjudlarini ta'mirlash, jamoalar o‘quv mashg‘ulot bazasini yaratish, "Dizak" futzal jamoasi rahbariyati tomonidan murabbiylar hamda o'yinchilar oldidagi majburiyatlarini to’laqonli bajarish, futzal akademiyasini ochish kabi ko‘rsatma va takliflarni ilgari surdi.

O‘z navbatida, Z.Azimov O‘zbekiston futzal federasiyasi mamlakat futzalini yangi bosqichga ko‘tarish, joylarda futzalga bo‘lgan e'tibor hamda uning ommaviyligini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar uchun O‘FF prezidentiga minnatdorchilik bildirdi. Jizzax viloyati futzalining bugungi holati borasidagi e'tiroz va takliflar o‘rinli bo‘lganligini qayd etdi.

Tadbir so‘ngida tomonlar bir birlariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi, esdalik uchun suratga tushishdi. O‘FF prezidenti boshchiligidagi ishchi guruh tadbir yakunlangach, poytaxtga qaytib ketdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

O'FF prezidenti B.Mamatqulovning Samarqand viloyatiga tashrifi hamda viloyatda futzalni rivojlantirish bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishdagi ishtirokidan videolavha.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

⚡️ Futzal o‘smirlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni: Navbatdagi manzil — Andijon

O‘zbekiston futzal federatsiyasi yosh avlodning iqtidorini kashf etish va ularni katta sport sari yetaklash yo‘lida tizimli maqsadlarni rejalashtirgan. Endilikda futzal – bu shunchaki o‘yin emas, balki orzular sari boshlanadigan haqiqiy yo‘lga aylanmoqda.

Shu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan seleksiya mashg‘ulotlarining navbatdagisi Andijon shahri va Xo'jaobod tumanlarida bo‘lib o‘tdi. O'nlab yosh iqtidor egalari sinovlarda oʻz mahoratlarini namoyish qilish uchun maydonga tushishdi. Ularning harakatlarini Oʻzbekiston o‘smirlar futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov diqqat bilan kuzatdi va mahalliy mutaxassislar bilan fikr almashgan holda istiqbolli nomzodlarni belgilab oldi.

Federatsiya tashabbusi oddiy bir seleksiya emas — bu butun respublika miqyosida yoshlar uchun ochilgan yangi imkoniyat eshigi. Har bir iste’dod egasi uchun milliy jamoa darajasi endi uzoq orzu emas, balki aniq maqsadga aylanmoqda. Yigʻin davomida respublikamizning har bir oʻsmiri teng huquqli ekanligi va ularga birdek imkoniyat berilishi ta’kidlab oʻtildi. Shu asnoda bosh murabbiy barcha oʻsmirlarga omad tiladi.

📌 Qiziqarli jihati shundaki, 2026-yilda Senegalning Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston ilk bor futzal sport turi boʻyicha ishtirok etishi mumkin. Ushbu nufuzli musobaqaga yo‘l hozirlanmoqda — balki aynan bugun kashf etilgan iste’dodlar ertaga mamlakatimiz sharafini himoya qilishi yoki milliy chempionatimiz klublari uchun yangi oʻrinbosarlar boʻlib xizmat qilishi mumkin.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

Futzal federatsiyasi rahbariyati Navoiy viloyati mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazdi

O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi ishchi guruh sohaga doir amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish, futzal jamoatchiligi va viloyat rahbariyati bilan mazkur masalalarni muhokama qilish maqsadida Navoiy viloyatiga yetib keldi.

Muhokamalarda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Navoiy viloyati DXX boshqarma boshlig‘i Urunov Elbek, Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati bosh direktori o‘rinbosari Kurbanmurot Taparov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Murtozayev, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Dilmurod Davronov, “Qizilqum” futzal klubi rahbariyati, futzal faxriylari hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.

B.Mamatqulov mamlakat futzali taraqqiyotida Navoiy futzalining o‘rni beqiyos bo‘lganligini alohida taʼkidlab o‘tdi. “Stroitel-Zarafshon”, “Uchquduq” jamoalari mamlakat chempioni, “Bukinay NGMK” bronza medali sovrindori bo‘lganligini, bu esa viloyat yoshlarining ruhan hamda jismonan barkamol, sog‘lom voyaga yetishida katta ahamiyat kasb etganligini eʼtirof etdi.

Ammo ayni paytda viloyat futzalida yetarlicha kamchiliklar mavjudligi va buning sababi yosh, istiqbolli o‘yinchilarni tarbiyalashga eʼtibor sustligi, malakali murabbiylar, mutaxassislarning yetishmasligida ekanligini ta'kidlandi. Mavjud muammolarni bartaraf etish borasida O‘FF prezidenti o‘z ko‘rsatma va takliflarini bildirdi.

O'z navbatida, J.Xodjayev O‘zbekiston futzal federatsiyasi mamlakat futzalini yangi bosqichga olib chiqish, joylarda futzalga bo‘lgan eʼtibor hamda uning ommaviyligini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar uchun O‘FF prezidentiga minnatdorchilik bildirar ekan, viloyat futzalining holati borasidagi eʼtiroz va takliflar o‘rinli bo‘lganligini qayd etdi.

Mazkur viloyatda ham futzalni yuqori darajaga olib chiqish, “Qizilqum” futzal klubini mavqeyini ko’tarish, yosh, istiqbolli futzalchilarning  mashg'ulotlari uchun zamonaviy inshootlar bunyod etish, borlarini joriy taʼmirdan chiqarish yuzasidan kerakli tashkilot va mas'ullarga topshiriqlar berdi.

Tadbir so‘ngida tomonlar bir birlariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi, esdalik uchun suratga tushishdi.

O'FF ishchi guruhi Navoiy viloyatidagi yig‘ilshni yakunlab, Samarqand viloyati sari yo‘lga chiqib ketdi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston futzali

O'FF prezidenti B.Mamatqulovning Buxoro viloyatiga tashrifi hamda viloyatda futzalni rivojlantirish bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishdagi ishtirokidan videolavha.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB 

🥸 Orient Ceramic

👉 📝Telegram | 🎞UFF-UZ">YouTube  | 📝Facebook  | 💻Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel