🇺🇿 O‘zbekiston - Eron 🇮🇷 Vakillarimiz oq rangli liboslarda harakat qilishadi
Avval xabar berganimizdek, 9 — 16-fevral kunlari Dushanbe shahrida ayollar futzali bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyalari — 🥅 CAFA turniri bo‘lib o‘tadi.
Turning ilk turida O‘zbekiston terma jamoasi Eron termasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda qizlarimiz to‘liq oq rangli liboslarda harakat qilishadi. Darvozabonimiz - yashil rangli libosda.
Eron terma jamoasi a’zolari esa to‘liq qizil rangdagi liboslarda maydonga tushishadi.
O‘yin mahalliy vaqt bilan 17:00 start oladi.
9-fevral, yakshanba
14:00. Turkmaniston - Qirg‘iz Respublikasi
17:00. O‘zbekiston – Eron
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
🥅 Bugun CAFA musobaqasiga start beriladi!
Avval xabar berganimizdek, 9 — 16-fevral kunlari Dushanbe shahrida ayollar futzali bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyalari — 🥅 CAFA turniri bo‘lib o‘tadi.
Bugun terma jamoamiz musobqadagi ilk uchrashuvda Eron termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 17:00 start oladi.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
🇺🇿🇹🇷 O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Turkiya futbol federatsiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Turkiya futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Majnun Otyakmaz bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida har ikki federatsiya o‘rtasida ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash borasida kelishib olindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylari Turkiyada malakasini oshirishi hamda u yerdagi hamkasblari bilan tajriba almashishi uchun imkoniyat yaratib berish, O‘zbekiston va Turkiya futzal terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish borasida qaror qabul qilindi.
Ma`lumot uchun, iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi, turkiyalik ishbilarmon Majnun Otyakmaz Turkiyaning "Sivasspor" futbol klubi sobiq prezidenti hisoblanadi. Klub aynan Otyakmaz prezidentligi davrida ilk bor mamlakat Superligasi ishtirokchisiga aylangan.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
🏆 CAFA musobaqasini Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaymiz
Yana bir haftadan so‘ng, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ayollar futzali bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyalari — CAFA turniri start oladi.
Unda Eron, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi va Turkmaniston ayollar futzal terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Ushbu musobaqaga qur’a tashlandi va Farruh Zokirov boshchiligidagi terma jamoamiz turnirni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydigan bo‘ldi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz uchrashuvlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish oldi:
9-fevral, yakshanba
Turkmaniston - Qirg‘iz Respublikasi
O‘zbekiston – Eron
10-fevral, dushanba
Turkmaniston – O‘zbekiston
Qirg‘iz Respublikasi - Tojikiston
12-fevral, chorshanba
Eron - Qirg‘iz Respublikasi
Tojikiston - Turkmaniston
14-fevral, juma
Eron - Turkmaniston
O‘zbekiston – Tojikiston
16-fevral, yakshanba
Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston
Tojikiston - Eron
To‘rtinchi marotaba tashkil etilayotgan mazkur musobaqaga 2022, 2024-yillari Tojikiston, 2023-yilda esa O‘zbekiston mezbonlik qilgan. Eron barcha mavsumlarning g‘olibi hisoblansa,, hamyurtlarimiz uchalasida ham kumush medallarni qo‘lga kiritishgan. Qirg‘iz Respublikasi vakillari ikki marotaba, tojikistonliklar esa bir marta bronza medali bilan taqdirlangan.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
🇺🇿🇱🇻 O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Latviya futbol federatsiyasi prezidenti bilan uchrashdi
Bugun, 30-yanvar sanasida O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Latviya futbol federatsiyasi prezidenti Vadim Lashenko bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi Timur Rahmonov hamrohligida o‘tgan uchrashuv davomida har ikki davlat futzal federatsiyalari o‘rtasida qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, do‘stona aloqalarini mustahkamlash borasida kelishib olindi. Shuningdek, Vadim Lashenko mehmonlarni Latviya futbol federatsiyasi infratuzilmasi va sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylari Latviyada malakasini oshirishi hamda u yerdagi hamkasblari bilan tajriba almashishi uchun imkoniyat yaratib berish, shu yilning birinchi yarmida O‘zbekiston va Latviya futzal terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish borasida qaror qabul qilindi.
Ta`kidlash lozim, 2023-yil iyul oyida Vadim Lashenko qit`ada futzal va sohil futbolini rivojlantirishga javobgar bo‘lgan UEFAning futzal va sohil futboli bo‘yicha Qo‘mitasi rahbarligiga tayinlangan. Natijada, u UEFA qo‘mitasi raisligiga tayinlangan birinchi latviyalikka aylangan.
Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha "Yevro-2026" musobaqasiga Litva va Latviya mezbonlik qiladi.
🇺🇿🇱🇻 Президент федерации футзала Узбекистана Бекзод Маматкулов встретился с президентом федерации футбола Латвии
Сегодня, 30 января президент Федерации футзала Узбекистана Бекзод Маматкулов встретился с президентом федерации футбола Латвии Вадимом Лашенко.
Сопровождал членов узбекской делегации чрезвычайный и полномочный посол Узбекистана в Латвии Тимур Рахмонов. В ходе встречи была достигнута договоренность о налаживании сотрудничества между федерациями футзала двух стран по ряду направлений и укреплении дружественных отношений. Кроме того, Вадим Лашенко ознакомил гостей инфраструктурой федерации футбола Латвии и условиями, созданными для спортсменов.
Также стороны приняли решение создать для главных тренеров сборных Узбекистана возможность стажировки в Латвии, где они смогут обменяться опытом с латвийскими коллегами, а также в первой половине этого года организовать товарищеские встречи между сборными Узбекистана и Латвии по футзалу.
В июле 2023 года Вадим Лашенко был избран в Комитет УЕФА по футзалу и пляжному футболу, который отвечает за развитие этих видов спорта в Европе. Это первый случай избрания представителя Латвии председателем комитета УЕФА.
Напомним, что Чемпионат Европы по футзалу 2026 года пройдет в Литве и Латвии.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
🇺🇿 BMB Holding — O‘zbekiston futzal federatsiyasi titul homiysi
O‘zbekiston futzal federatsiyasi va BMB Holding hamkorlik bitimini imzolashdi.
Kelishuvga ko‘ra, BMB Holding 2025/2026-yilgi mavsumda O‘zbekiston futzal federatsiyasi titul homiysiga aylandi.
Federatsiya titul homiylik masalasida qator kompaniyalar bilan muzokara olib bordi va yakunda aynan BMB Holding bilan hamkorlik qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi sportning bu turini yurtimizda keng targ‘ib qilish, mamlakat chempionati darajasini yanada oshirish, ayollar futzalini rivojlantirish, terma jamoalarimiz xalqaro arenalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishi uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, bu yo‘lda homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishonamizki, bu yo‘lda BMB Holding bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
O‘zbekiston futzal federatsiyasi Prezidenti "Milan" klubi rahbariyati bilan uchrashdi
Bugun Italiyaning "Milan" futbol klubi bosh qarorgohida O‘zbekiston Futzal Federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov klub vitse-prezidenti Mauro Taola va 2006-yilgi Jahon chempionatida Italiya milliy termasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, "Milan" afsonalaridan biri, bugungi kunda FIFA agenti hisoblangan, gruziyalik mashhur jahon futboli yulduzi Xvicha Kvaratsxeliyaning vakili Kristian Zakkardo bilan uchrashdi.
⚽️ Oliy liga. Taqdirlash marosimi
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. Taqdirlash marosimi
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. Mavsum ramziy terma jamoasi
🔵 Abbosbek O’lmasbekov
🔵 Behruz Samiyev
⚽️ Davlat Ibragimov
🔴 Ahmadxon Jalolov
🔵 Muzaffar Ahadjonov
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚡️Joriy mavsumning oxirgi uchrashuvlari bo'lib o'tdi
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. 5-tur. So'nggi kun
🟢 🔵 NASAF — BMB 🔵
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. Bugun 5-tur uchrashuvlari davom ettirildi
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. 5-tur. Uchinchi kun
🔵 OIL STAR 3:7 OKMK ⚽️
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. 5-tur. Uchinchi kun
🔴LIVE OIL STAR — OKMK
DINAMO — MAKSAM CHIRCHIQ
PAXTAKOR 0:5 SURXON
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
Dilshod Rahmatov professional faoliyatini yakunladi
2024-yil Osiyoning eng yaxshi futzalchisi nominanti Dilshod Rahmatov professional sportchilik faoliyatini yakunladi.
Bir necha karra O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari (2021-yil), Xitoy chempionati g‘olibi Dilshod Rahmatov 2010 — 2024-yillar davomida O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Mamlakat jamoasi safida ikki marta Jahon chempionati ishtirokchisi, 6 marta Osiyo chempionati ishtirokchisi va 2 karra musobaqaning kumush hamda 4 karra bronza medali sohibi hisoblanadi.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
💊 Abror Pirriyev O‘zbekiston futzal federatsiyasi tibbiyot departamenti direktori etib tayinlandi
Sport jamoatchiligiga yaxshi tanish bo‘lgan shifokor Abror Pirriyev O‘zbekiston futzal federatsiyasi tibbiyot departamenti direktori etib tayinlandi.
Asos solinganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan O‘zbekiston futzal federatsiyasi o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Buning uchun federatsiya tizimni tubdan isloh qilish bo‘yicha jadal ishlar olib bormoqda. Jumladan, avvalroq qator yo‘nalishlarda katta tajribaga ega kadrlar federatsiyada ish boshlagani xabar qilingandi.
Endilikda federatsiyada yangi tibbiyot departamenti direktori ham faoliyatini boshladi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi Abror Pirriyevga faoliyatida omad tilab qoladi.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
Asos solinganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan O‘zbekiston futzal federatsiyasi o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Buning uchun federatsiya tizimni tubdan isloh qilish bo‘yicha jadal ishlar olib bormoqda.
Jumladan, federatsiya rahbariyati bu yo‘lda mamlakatda faoliyat olib borayotgan klublar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazishni, butun respublika bo‘yicha vaziyatni chuqur o‘rganishni rejalashtirgan.
Avvalroq, federatsiya futzalni ommalashtirish, professional darajada uni yanada rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish maqsad qilinganini hamda jarayonda sportning bu turiga befarq bo‘lmagan mutaxassis va muxlislar fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini eshitishga tayyorligi borasida xabar bergandi.
Bir oydan kamroq muddat ichida federatsiyaga yuzlab taklif va tavsiyalar kelib tushdi. Tabiiyki, bu O‘zbekistonda futzalga qiziquvchilar ko‘pligining yaqqol isboti va quvonarli hol albatta.
Taʼkidlash lozim, strategiyani ishlab chiqishda mutaxassislardan kelib tushgan fikr-mulohazazalar, takliflar ko‘rib chiqilishi bilan bir qatorda futzali rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi ham sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi.
Bu boradagi ishlar yakuniy bosqichda va O‘zbekiston futzal federatsiya yaqin kunlarda OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkillashtirishni va unda ishlab chiqilgan strategiyani keng ommaga eʼlon qilishni rejalashtirmoqda.
O‘z navbatida, federatsiya mazkur loyihani yanada mukammallashtirish maqsadida sizda qo‘shimcha taklif yoki mulohazalar bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyorligini maʼlum qiladi. Taklifingizni bizga yuboring — vaqt juda kam qoldi.
Aynan sizning taklifingiz vatanimiz futzali rivoji va ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi mumkin.
Murojaat uchun telefon: +99895 8162299
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
🏆 O‘zbekiston kubogi mart oyida start oladi
Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi shafeligida birinchi bor O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.
Kubok bellashuvlarining yangi mavsumiga mart oyida start berish rejalashtirilmoqda.
Mamlakat kubogi uchun kurashda oliy va birinchi liga jamoalari ishtirok etishi belgilangan, shuningdek, O’FFning musobaqalar o’tkazish Reglamenti talablariga javob bergan havaskor jamoalar ham ishtirok etish imkoniyatiga ega. Bunda talabgorlar soni 16 tadan oshib ketsa, jamoalar ortasida saralash o’yinlari tashkillashtiriladi.
Musobaqada ishtirok etish uchun jamoalar o‘z arizalarini 20-fevralga qadar O‘zbekiston futzal federatsiyasiga taqdim etishlari talab qilinadi.
Murojaat uchun:
Tel: +99895 8162299
Elektron pochta: uzbekistanfutsalfederation@gmail.com
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⭐️ “O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston futzal federatsiyasi bosh homiysiga aylandi
O‘zbekiston futzal federatsiyasi va uzoq yillardan buyon mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan "O‘zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki hamkorlik borasida kelishuvga erishdi.
Bitimga ko‘ra, "O‘zsanoatqurilishbank" ATB yangi tashkil etilgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi bosh homiysiga aylandi.
Federatsiya bosh homiylik masalasida bir nechta kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazdi va yakunda "O‘zsanoatqurilishbank" bilan hamkorlik qilish borasida qaror qabul qildi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi sportning bu turini yurtimizda keng targ‘ib qilish, mamlakat chempionati darajasini yanada oshirish, yurtimizda ayollar futzalini rivojlantirish, terma jamoalarimiz xalqaro arenalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishi uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratib berishni asosiy maqsadi deb biladi, bu yo‘lda homiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishonib qolamizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan imzolangan bitim mamlakat futzali uchun xayrli bo‘ladi.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
O‘zbekiston futzal federatsiyasi Prezidenti Polsha futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Adam Kazmerchyak bilan uchrashdi
Bugun O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Varshava shahrida Polsha futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Adam Kazmerchyak bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Polshadagi favqulodda va muxtor elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev hamrohlik qilgan uchrashuv davomida har ikki mamlakat futboli va futzali rahbarlari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda mamlakatimiz futzal federatsiyasi va Polsha futbol federatsiyasi o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish, ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olishdi.
Shuningdek, Bekzod Mamatqulov va Adam Kazmerchyak har ikki mamlakat U-18 va U-20 yosh toifasidagi terma jamoalarni hamda O‘zbekistonda ayollar futzalini rivojlantirish bo‘yicha samarali hamkorlik qilish borasida kelishib olishdi. Jumladan, kuz faslida O‘zbekiston va Polshaning ham erkaklar, ham ayollar terma jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish borasida qaror qabul qilindi.
Uchrashuv so‘ngida Adam Kazmerchyak mehmonlarga jahon futboli yulduzi, Polsha milliy terma jamoasi sardori Robert Levandovskiyning dastxati tushirilgan maxsus futbolkani taqdim etdi.
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. Taqdirlash marosimi
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. Taqdirlash marosimi
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. Mavsumning eng yaxshi murabbiyi – Nodir Eliboyev (BMB)
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga-2024/25 yakuniy musobaqa jadvali
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. 5-tur. So'nggi kun
🔵 NASAF 2:7 BMB 🔵
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. Bugun 5-tur uchrashuvlari davom ettirildi
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. 5-tur. Uchinchi kun
🔵 DINAMO 6:1 MAKSAM CHIRCHIQ 🟢
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. 5-tur. Uchinchi kun
🟢 OIL STAR — OKMK
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan
⚽️ Oliy liga. 5-tur. Uchinchi kun
15:00 OIL STAR — OKMK
Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan