O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahriga hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim prezident yig‘ilishida faoliyatidagi tizimli kamchiliklar uchun ishdan olingandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/hokim/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris Minnesota gubernatori Tim Uolsni AQSh prezidentligi saylovlarida sherik sifatida tanladi. Uols — AQSh Milliy gvardiyasining sobiq a’zosi, u, shuningdek, maktabda ijtimoiy fanlardan dars bergan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/tim-walz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev amerikalik Omar Jonsni mag‘lub etib, Olimpiada oltini uchun jang qiladigan uchinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘ldi. Shu kuni yana uch nafar o‘zbekistonlik kurashchi ham bahslarini o‘tkazdi, ulardan ikki nafari bronza medali uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/muydin/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
6-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
💼 Doniyor Gʻaniyev deputatlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
🏗 Renovatsiyaga tushgan hududlar aholi murojaatlari asosida taklif etilgan — Toshkent hokimligi.
✍️ O‘zbekistonda qalbaki markirovkali mahsulotlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etish reja qilinmoqda.
💵 O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mga yetdi.
🇰🇬 Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi.
🚗 Avtokredit berish ikki baravar qisqardi, mikroqarzga talab keskin oshdi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh sudi Google monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgan, deb qaror qildi. Kompaniya smartfonlarda standart qidiruv tizimi bo‘lish uchun shartnomalar tuzgan. “Google — monopolist”, — dedi sudya va IT gigantining harakatlari “monopoliyasini saqlab qolish"ga qaratilganini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/google/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda birinchi yarimyillikda avtokreditlar berish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa — 18,5 trln so‘mdan 8,9 trln so‘mga, shuningdek, uning kreditlash umumiy hajmidagi ulushi 40,2% dan 19,7% ga qisqardi. Buning fonida mikroqarz va mikrokredit berish 1,5 barobar oshdi. Ipoteka kreditlash sekinlasha boshladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/credits/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Janubiy Koreyaning ko‘p tarmoqli Fast Food oshxonalariga ega Goooood Chicken kompaniyasi O‘zbekistonga kirib kelmoqda.
O‘zbekistondagi Freshmove korporatsiyasining bosh boshqarmasi Janubiy Koreyada joylashgan va 11 ta franshiza brendlariga ega, bu brendlar Janubiy Koreya, AQSh, Tailand, Vyetnam va Yaponiyada 1000 dan ortiq Fast Food oshxonalariga faoliyat ko‘rsatmoqda.
Menyuda Koreya stilida tayyorlanadigan taomlar mavjud, masalan:
— tovuqli burger;
— qovurilgan tovuq;
— har xil sousli tovuqlar.
Fast Food oshxonalari sentabr oyida ochilishi kutilmoqda.
Reklama huquqlari asosida.
O‘zbekistonda kontrafakt yoki qalbaki markirovkalangan mahsulotlarni sotganlik uchun jinoiy javobgarlik, shuningdek, markirovka qoidalarini buzganlik uchun jarima jazosini joriy etish reja qilinmoqda. Belgilangan tovarlarning ulgurji savdosi naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/marking/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Express24 barchani “Milliy bazm”ga taklif qiladi.
Express24 bilan har kuni lazzatli o‘zbek taomlari — palov, manti, lag‘mon va somsadan bahramand bo‘lish mumkin.
Hozir Express24`da juda hamyonbop takliflar amalda: 50% chegirma, “1+1” yoki “2+1” takliflar va 120 ming so‘mdan boshlanuvchi buyurtmalarga bepul yetkazib berish mavjud.
Takliflar 15-avgustgacha Toshkent shahrida to‘plamdagi barcha restoranlar uchun amal qiladi.
Hoziroq havola orqali buyurtma qilish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.
Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi. U svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parij-2024: Yana bir kurashchi chorak finalda
Yunon-rum kurashchisi Rustam Assakolov (-97 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining 1/8 finalida gonduraslik Kevin Mexiyani magʻlub etdi. Chorak finalda unga armanistonlik Artur Aleksanyan raqiblik qiladi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Saidaziz medgorodok” sudi yakuni: kimga qanday hukm oʻqildi? (toʻliq roʻyxat)
“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Saidaziz Saidaliyev 20 yilga qamaldi. Sudlanuvchilarning baʼzilari 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, ayrimlariga axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosi berildi. Bir sudlanuvchi jazodan ozod etildi. Batafsil.
Matn — https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/verdict/
Video — https://www.youtube.com/watch?v=74tKo4QP6jc
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi tanlov takliflarini baholash mezonlarining nisbiy qiymati ishlab chiqilmagani uchun Termiz davlat pedagogika institutining 2 mlrd so‘mlik tenderi bekor qilinganini ma’lum qildi. Institutga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/tdpi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
DXX Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Uchko‘prik tumanida 56 yoshli shaxs o‘ziniki bo‘lmagan 12 sotix yerni 130 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Qashqadaryoda esa hokimlik xodimi 25 gektar yerni 5 ming dollarga pullayotganda qo‘lga tushdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/dxx/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parij Olimpiadasining 11-kunida Aram Vardanyan va Rustam Assakalov Yunon-rum kurashi bo‘yicha, Aktenge Keunimjayeva esa erkin kurash bo‘yicha gilamga chiqadi. 7-avgustga o‘tar kechasi bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev amerikalik raqibiga qarshi yarim finalda jang qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/paris-2024/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chilonzorda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsning uyidan qariyb 240 ming dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/dollar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
14-avgustga qadar xohlovchilar AQShning Vebster universitetining O‘zbekistondagi hamkor universitetlar bilan yo‘lga qo‘ygan qo‘shma dasturlariga hujjat topshirishi mumkin (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/webster/
Prezident o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. O‘zbekistonda 3,6 milliondan ortiq bunday uchastkalar mavjudligi taxmin qilinmoqda. Qonun 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/lands/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Jahon savdo tashkiloti O‘zbekistonga o‘zini o‘zidan himoya qilish uchun kerakligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, tashkilotga a’zolik davlat eng katta ishlab chiqaruvchi bo‘lgan sharoitda hukumatning mahalliy korxonalar bosimiga qarshi himoya qobig‘i kabi ishlaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/wto-uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Joriy yilning yetti oyida O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mni (taxminan $2,88 mlrd) tashkil etdi. Iyulda defitsitning o‘sish sur’ati pasayib, 2,5 trln so‘mni ko‘rsatdi. Sobiq deputat Doniyor G‘aniyev iyun o‘rtalarida nega birinchi yarimyillikda xarajatlar daromaddan oshib ketganini tushuntirgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/budget-deficit/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Urganch aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagining kapital ta’miridan so‘ng birinchi samolyotni qabul qildi. Toshkentdan uchib kelgan Uzbekistan Airways layneri havo arkasi bilan kutib olindi, yo‘lovchilarga Xorazm nonlari uzatildi. Foto.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/urgench-airport-opening/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqandda 26−30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi. Bu gal tadbirlar Registon maydonida emas, “Boqiy shahar” majmuasida tashkil etiladi. Unda 70 ga yaqin mamlakatdan vakillar qatnashishi kutilmoqda. Festival oxirgi marta 2019-yilda o‘tkazilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/sharq-taronalari/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Demokratik partiya delegatlarining 99 foiz ovozini oldi va prezidentlik sayloviga uning nomzodi ko‘rsatildi. U 6-avgust kuni vitse-prezident nomini aytishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/kamala-harris/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Salimboy” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi. U uyushgan jinoiy guruh faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/salimbay/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 7-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,12 soʻmga qimmatlab, 12 615,97 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi biroz koʻtarildi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parij-2024: Yunon-rum kurashchisi Aram Vardanyan Olimpiadadagi yurishini omadli boshladi
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi (-77 kg) Aram Vardanyan ilk bahsda misrlik Mahmud Abdulrahmondni 9:0 hisobida magʻlub etdi.
U chorak finalda yaponiyalik Nao Kusakaga bilan kurashadi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining bosh inspektori 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U kompaniyalarning soliq qarzlarini bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berish evaziga 4 ming dollar olayotganida ushlangandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/soliqchi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
IT Park University`da IT sohasida o‘qishni istagan abituriyentlar uchun ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/it-park-university/
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024-yilning birinchi yarmidagi sof foydasi 269 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 5,4 barobarga ko‘pdir.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/uzbekistan-airways/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Doniyor G‘aniyev deputatlik faoliyatini muddatidan avval yakunlaganini e’lon qildi. “Bu faoliyatda davom etish o‘zim uchun ham, saylovchilar uchun ham manfaatli bo‘lmasligini tushunib yetdim”, — deb yozdi u. G‘aniyev ishini Vazirlar Mahkamasida davom ettiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/doniyor-ganiyev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube