Senat ko‘rib chiqishi kutilayotgan qonun bilan YPX xodimlarining yo‘l harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda haydovchiga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati bekor qilinmoqda. Shuningdek, skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/ypx/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avgust oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlanganlari uchun esa 0,3 foizga oshdi, deya xabar berdi MHTI. Narxlarning ko‘tarilishiga universitetlarda yangi o‘quv yili boshlanishi bo‘yicha kutilmalar asosiy sabab bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/rent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Buxoroning Romitan tumanidagi 18-maktabda direktor o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlagani aniqlandi. Unga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida jarima qo‘llandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/open-budget/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bosh vazir Abdulla Aripov Parijda tarixiy natijaga erishgan Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tabriklab, ularning muvaffaqiyatida davlat rahbarining hissasini ta’kidladi. “Olimpiadada 13-o‘rin, Paralimpiadada 13-o‘rin! Balki kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/abdulla-aripov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
BAAda o‘tgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-16 jamoasidan 23 nafar sportchi qatnashib, ularning barchasi medallarga ega chiqdi: 14 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza. 14 yoshgacha bo‘lgan bokschilar esa 10 ta medalni qo‘lga kiritdi: yarmi kumush, qolgan yarmi bronza.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/boxing/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikka doim tayyor, dedi bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shma komissiya yig‘ilishida. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin polimerlar, fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish va temiryo‘l mashinasozligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/commission/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parijdan qaytgan paralimpiyachilar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi va ularga sovg‘alar topshirildi. Jarayon qanday o‘tgani — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf obyektivida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/welcome/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Turayevni qariyb 10 mlrd so‘mlik 1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish ishi bo‘yicha talon-toroj qilish va mansab soxtakorligida ayblab, 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Uning yetkazib beruvchi kompaniyada ishlagan qiziga 5 yil 1 oy qamoq jazosi tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/court/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi iyul va avgust oylarida qariyb 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganini aniqladi. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, noqonuniy xaridlar bekor qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/state-procurements/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga ularning odil sudlovdan teng foydalanish, davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish, shuningdek, saylash va saylanish huquqini belgilovchi qo‘shimchalar kiritildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/law/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Jizzaxda tergov jarayonlarida gumondordan qo‘shib yozish holatlarini ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi. Qashqadaryoda esa noqonuniy ravishda qum qazib olishga ko‘z yumish evaziga pul talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/pora/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasida jahon paxta sanoatidagi 50 yillik o‘zgarishlar haqida fikr yuritildi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/conference/
Toshkent shahridagi 298-maktabning birinchi qavati va hovlisi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun moslashtirildi. U yerda ko‘zi ojizlar uchun panduslar, lift, panjara va taktil plitkalar o‘rnatilgan. Ovqatlanish xonasi va sanuzel ham tashkillangan. Bu O‘zbekistonda inklyuziv infratuzilmaga ega birinchi maktabdir.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/school/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda o‘tgan Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumida 15 ta davlatdan 27 haykaltarosh ishtirok etdi. Bir oy davomida ular global ekologik muammolarni aks ettiruvchi 20 dan ortiq haykalni yaratdi. Ular Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari va sayyohlik markazlariga o‘rnatiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/sculpture/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Coca-Cola O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA Jahon kubogini qo‘llab-quvvatlaydi, muxlislar uchun qulaylikni ta’minlaydi va plastikni qayta ishlash orqali atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/coca-cola/
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 11-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,92 soʻmga qimmatlab, 12 686,71 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Mishustin, shuningdek, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim hamda mehnat migratsiyasi bo‘yicha suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/mishustin/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
10−13-sentabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/meteo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda advokat va yurist jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning ayblovidan bir moddani olib tashlash evaziga 75 ming AQSh dollari talab qildi. Ular pulni olish vaqtida ushlandi va 14 yilga qamaldi. Advokat avval sudya bo‘lib ishlagani, yurist esa muqaddam sudlangani ma’lum bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/pora/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi. Bu borada Oliy ta’lim vazirligi va Qatarning Education above all fondi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha xarajatlarining katta qismini Qatar tomoni qoplaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/afghan-women/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida poyezd 36 yoshli ayolni urib ketdi. U tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/poyezd/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi. Shu paytgacha bunday vakolatxona Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/konsulxona/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
9-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🎁 Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga mukofotlar topshirildi.
💵 O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollardan oshdi. Tafsilotlar.
🚞 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” — eskirgan poyezdlar, chipta yetishmovchiligi va yangi xaridlar haqida.
📈 O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab, 39 mlrd dollardan oshdi.
♿️ O‘zbekistonda nogironligi bor bolalar uchun mo‘ljallangan ilk maktabdan fotoreportaj.
💼 O‘zbekistondagi qariyb 400 nafar davlat xizmatchisi bir vaqtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Musobaqa sovrindorlariga pul, mashina va uy ko‘rinishidagi “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/gifts/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand shahrida turar joy binosining 3-qavatidagi xonadonlardan birida portlash yuz berdi va ikki nafar fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat oqibatida yong‘in sodir bo‘lmadi. FVB surishtiruv ishlari boshlanganini aytdi, portlash sababi haqida ma’lumot yo‘q.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/samarkand/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy” va yana 7 sudlanuvchining advokatlari sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Ish Toshkent shahri sudida ko‘rib chiqilmoqda. Shikoyatda, jumladan, hukmning Baxtiyor Qudratullayevni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qismini bekor qilish so‘ralyapti.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/appeal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 10-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 18,31 soʻmga arzonlab, 12 681,79 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklaridagi 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi. Agentlik tomonidan qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/davlat-xizmatchisi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avgust oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin qimmatlashgani fonida yana rekordni yangiladi va 39,1 milliard dollarga yetdi. Yil boshidan buyon oltin zaxirasining qiymati 5,77 milliard dollarga oshdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/reserves/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo urban-forumida xorijlik me’mor, urbanist va dizaynerlar yig‘iladi. Ular shaharlarni kengaytirish va u bilan bog‘liq ekologik muammolarni muhokama qiladi. Ushbu masalalardagi takliflar davlat organlariga taqdim etiladi. Forumda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/urban-forum/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube