23-sentabr kuni soat 09:00 dan maqsadli parametrlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Shuningdek, endi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/mortgage-subsidy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“G‘ishtko‘prik” chegara postida 22 dona qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini tegishli hujjatlarsiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Qushlar holatga aniqlik kiritilguncha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/illegal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avgust oyida yengil elektromobillar bozorida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam. Umumiy pasayishning 90 foizdan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri keldi, Toshkentda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Umumiy avtomobil bozorida yillik pasayish davom etmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/auto-market/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Qayd etilishicha, ushbu hujjat geologiya-qidiruv va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yo‘lida ikki davlat muloqotini davom ettirishda muhim qadamdir.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/uzbekistan-aqsh/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Deputatlar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish ko‘zda tutilgan qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/animals/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Anestpharma kompaniyasi kontrafakt Nest Imudon dori vositasini ishlab chiqargani aniqlandi. Uning nomi va qadoqlanishi asl Imudon`ga o‘xshaydi. Avvalroq kompaniya soxta Magne B6 ishlab chiqargani uchun javobgarlikka tortilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/pharmacy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ombudsman lavozimi nomzodiga qo‘yiladigan yuksak axloqiy sifatlarga, oliy ma’lumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lish haqidagi talablar bekor qilinmoqda. Deputatlar ushbu norma aks etgan qonunni qabul qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/ombudsman/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sirdaryo viloyatida maishiy chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Toza hudud” korxonasi salkam 150 ming iste’molchiga nisbatan 528,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha to‘lovlar hisoblagani aniqlandi. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/toza-hudud/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya kansleri bilan uchrashuvda Braziliya va Xitoyning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, urushning yanada avj olishi “tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga” olib keladi, “qo‘shni xalqlar esa tinch-totuv yashashi kerak”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/ukraine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston hukumati Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va bunday tadbirlar vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/mass-events/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
16-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇩🇪 “O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor” — Germaniya kansleri.
🏨 O‘zbekistonda modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi.
🇺🇸 O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim imzoladi.
🏘 Avgustda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining faolligi pasaydi, ikkilamchi bozorda narx biroz oshdi.
⚖️ Sotuvchiga nisbatan mayda bezorilik sodir etgan Inbazar ishchilari qamaldi.
🏃♂️ Foto: Qoraqalpog‘istonning Borsakelmas hududida ekomarafon o‘tkazildi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
11-sentabr kuni 10 yildan ortiq vaqt davomida Peru prezidenti bo‘lgan Alberto Fuximori vafot etdi. U yangi zamon diktatorlari haqidagi “Manipulyativ diktatorlar” kitobining asosiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. “Gazeta.uz” mazkur asardagi Fuximori bilan bog‘liq parchani taqdim etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/fujimori/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ushbu haftada havo issiq va asosan quruq bo‘ladi, kunduzi harorat +30 darajagacha yetadi. Seshanba va payshanba kunlari ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/weather/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Prezident u yerda “Markaziy Osiyo — Germaniya” ikkinchi sammitida qatnashadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/astana/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dehqonobod tumanida “KamAZ”ning tirkamasi harakat vaqtida asosdan chiqib ketdi. Boshqaruvsiz qolgan tirkama 3 ta transportga urildi. Hodisada haydovchilardan biri jarohatlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/tirkama/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi 2,5 yillik keng masshtabli urush davomida frontda halok bo‘lgan yoki yaralanganlar soni million kishiga yetdi, deb ma’lum qildi The Wall Street Journal.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/russia-ukraine-war/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 18-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 3,08 soʻmga qimmatlab, 12 732,56 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Respublika bo‘ylab iste’molchilar Uzmobile, Ucell, Mobiuz, Beeline va Humans aloqa kompaniyalari sifati hamda ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda, deya ma’lum qildi Raqobat qo‘mitasi. Idora o‘rganishlar o‘tkazib, fuqarolarning 8 oy davomidagi 91,5 mln so‘mga yaqin mablag‘ini qayta hisob-kitob qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/aloqa/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/summit-germany/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bandlik vaziri Behzod Musayev O‘zbekiston va Germaniya temir yo‘l transporti, avtobuslar uchun haydovchilarni, shuningdek, hamshiralarni tayyorlab berishga kelishib olgani haqida so‘zladi. Uning ta’kidlashicha, bu yil Germaniyaga 800 nafar o‘zbekistonlik hamshiralar yuborilmoqda, ularning ish haqi kamida 2200 yevrodir.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/migration/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Budapeshtdagi Olimpiadaning oltinchi turida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroilni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. Endi ular Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Gollandiya bilan durang o‘ynadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/chess-olympiad-6/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Urganchlik 41 yoshli shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 2,9 mlrd so‘mlik 64 452 dona noqonuniy dori vositalarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda. Uning aybi tasdiqlansa, fuqaro 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/urganch/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining ijara asosida ajratilgan 2 ga yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda noqonuniy yer sotish jinoyatlarini fosh qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/land/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
UzAuto Motors bosh direktori, shvetsiyalik Bu Andersson tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/bu-andersson/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rahbarning xodimga zoʻravonligi haqida odamlar nima deydi?
“Gazeta.uz” poytaxtning ayrim hududlarida boʻlib, ushbu mavzu boʻyicha odamlar fikri bilan qiziqdi.
https://youtu.be/kUEQ_5FG6h4
Futzal bo‘yicha mundialda O‘zbekistonga qo‘shni uchinchi mamlakat — Tojikiston ham o‘z yurishini boshladi. Ammo tojiklarning jahon chempionatidagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi — jamoa Marokashga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘rttala o‘yinning birortasida oltitadan kam gol urilmadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/futsal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Inbazar kiyim do‘konining qorovuli sotuvchini so‘kib, kaltaklagani uchun 7 sutkaga qamaldi. Holatni “qolgan xodimlarga o‘rnak bo‘lishi uchun” videoga olgan katta menejerga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/case/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni oy davomida 3,5 foizga, yil davomida esa 20,8 foizga kamaydi. Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari ikki oylik pasayishdan keyin o‘sishni boshladi. Poytaxtda ikkilamchi xonadon narxi o‘rtacha 1 kv metr uchun 1128 dollarni tashkil qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/real-estate/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Boris” bo‘roni tufayli kuchli yomg‘irlar Markaziy Yevropada suv toshqinini keltirib chiqardi: kamida 15 kishi halok bo‘ldi, minglab uylar suv ostida qoldi. Polshada tabiiy ofat rejimi joriy etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/europe-flooding/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sentabr oxiridan poytaxtdagi daraxtlarning reyestrini shakllantirish boshlanadi. Ekologiya vaziriga ko‘ra, jarayon 2,5 yil davom etadi. “Bunga 100 nafar volontyor jalb etilib, har biriga planshet beriladi. Elektron bazaga daraxtlarning turi, holati va boshqa jihatlari kiritiladi”, — dedi Aziz Abduhakimov.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/16/trees/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube