Namangan shahridagi omborxonada O‘zbekistonda saqlash va sotish taqiqlangan 821 mln so‘mlik 639 turdagi dori vositalari borligi aniqlandi. Tibbiy buyumlar olib qo‘yildi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/drugs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi Andijon boshqarmasi Vodiy Sanoat Faxri MCHJ 42,5 mlrd so‘mlik paxta tolasini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolaganini aniqladi. Korxona, shuningdek, narxlarni birja kotirovkalariga nisbatan arzon qo‘llab, narx manipulyatsiyasi sodir etgan. Unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/manipulation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chiroqchi tumanida qishloqlardan biriga adashib kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiqni rasmiylar “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirgandi. Ekovazirlik mas’uli hayvonning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovda jinoyat alomatlari aniqlanmagani va ish tegishli moddalar bilan yopilganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/animals/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 19-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,39 soʻmga qimmatlab, 12 739,95 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Norvegiyada elektromobillar soni (754,3 mingdan ziyod) birinchi marta benzinli avtomobillar sonidan oshib ketdi. Sotuv va chiqindi soliqlaridan ozod qilish, avtoturargoh to‘lovlarini kamaytirish va elektromobillar uchun avtobus yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat berilishi bunga turtki bo‘lgani qayd etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/norway/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “O‘zmilliybank” va Germaniyaning AKA Bank`i o‘rtasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million yevro miqdoridagi kredit liniyasi to‘g‘risida bitim imzolandi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/nbu/
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qarori bilan vino, konyak, aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining minimal sotish narxlari belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/alcohol/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Urganch davlat universiteti talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha o‘tkazgan tender savdolari qonunga zid deb topildi. Universitet obyektning toifasini noto‘g‘ri belgilashi oqibatida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/tender/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qamchiq dovonida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari yakunlandi. Dovonda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda — “Qamchiqavtoyoʻl”
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Hukumat fermerlar va klasterlar tomonidan paxta sotish bo‘yicha shartnomalar tuzadigan paxta xomashyosining boshlang‘ich narxlariga oid qarorni imzoladi. Hujjat paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilari orasida savollar tug‘dirdi. Iqtisodchi va blogerlar yangi qoidalar fermerlar zarariga qabul qilinganini aytmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/cotton/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Jarayon poytaxt FVB boshlig‘i nazoratida salkam 1,5 soatda bartaraf etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Faktlar siyosatni rejalashtirish uchun zarur — Feliks Elvert
Iyul oyida Yangi O‘zbekiston universitetida dunyoning bir qator yetakchi universitetlari professorlari ishtirokida iqtisodiyot bo‘yicha yozgi maktab tashkil etildi.
“Gazeta.uz” ana shu olimlardan biri, Viskonsin universitetining sotsiologiya bo‘yicha professori Feliks Elvert bilan oilalar dinamikasi, demografik muammolar va O‘zbekistondagi maʼlumotlar ochiqligi masalasi bo‘yicha qisqa suhbat uyushtirdi. Quyida suhbatni matn va video shaklida havola etamiz.
Video: https://youtu.be/G19Ulv-LvEQ
Matn koʻrinishida: https://www.gazeta.uz/uz/2024/09/17/felix-elwert/
Bahodir Abdullayev, Maʼmurjon Obrahmatov
@gazetauzmaxsus
17-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🗣 “O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev.
🏘 23-sentabrdan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.
🇩🇪 “Germaniya O‘zbekistondan 800 nafar hamshiralarni qabul qilmoqda, ulardagi ish haqi kamida 2200 yevro” — bandlik vaziri.
🚗 O‘zbekistonda avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi.
📱 O‘zbekistonda iste’molchilar aloqa kompaniyalari sifati va ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda.
🐄 O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
🇺🇸 O‘zbekiston va AQSh muhim foydali qazilmalar sohasida memorandum imzoladi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari bilan kesishmalari oralig‘ida yerosti kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Shu sabab 18-sentabrdan 5-oktabrga qadar ushbu hudud avtomobillar uchun yopiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/street/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt avtomashinasi katta tezlikda temir to‘siqqa borib urildi. IIBBning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan. Kameralar yo‘qligi haqidagi xabarlarga javoban ko‘chada ko‘chma radarlardan foydalanilayotgani aytildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Boysundagi “M-25” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘lishidan tashqari, yana 11 kishi jarohatlangan, deya Energovazirlik brifing ma’lumotlarini e’lon qildi. Vazir Jo‘rabek Mahmudov holatga “konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari”ni sabab qilib ko‘rsatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/m25/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab transportlar uchun yopilgandi. Shu munosabat bilan jami 12 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgardi. Ularning qatnov va oraliq vaqti uzayishi mumkin, deb ogohlantirdi Transport vazirligi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/buses/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Slovakiya o‘zbekistonlik kara haydovchilarini oylik maoshi 1200−1500 dollar bo‘lgan ishga taklif qilmoqda. Nomzodlar 45 yoshgacha, “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi hamda rus tilini bilishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/slovakia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir boʻlgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok boʻldi. Bu ma’lumotni prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz”ga tasdiqladi. Uning maʼlum qilishicha, prezident real vaqt rejimida vaziyat haqida maʼlumot olib turibdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/boysun/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
17-sentabr kuni butun Livanda bir vaqtning o‘zida “Hizbulloh” a’zolari foydalangan peyjerlar portladi. Kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch mingga yaqin kishi yaralandi. Guruh sodir bo‘lgan voqealarda Isroilni aybladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/hezbollah/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sariosiyo tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar boshqaruvidagi Nexia 2 va “Jiguli” mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan yo‘lovchilar shifoxonaga murojaat qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
⚡️M-25 konidan yana vodorod sulfid sizib chiqdi. 4 kishi halok boʻlgani maʼlum, jarohatlanganlar bor
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidan yana vodorod sulfid chiqdi. Maʼlum boʻlishicha, 4 kishi halok boʻlgan (rasmiy xabarga koʻra, 2 kishi) va jarohatlanganlar ham bor. Kechki payt Boysunda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirliklari rahbarlari brifing oʻtkazishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/m-25/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Mikrokreditbank”, “Biznesni rivojlantirish banki” va “Turonbank”dagi 148 nafar xodim 155 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik qilayotganini aniqladi. Xodimlarga ogohlantirish xatlari berilmoqda. Avvalroq agentlik 6 ta vazirlikda ham shunday holatlarni aniqlangandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/anticorruption/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Doktor Humam Baki Nano Medical Clinic`da tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan odamlarga konsultatsiya va operatsiyalar o‘tkazadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/nano-medical-clinic/
Chorshanba kuni soat 10:00 dan Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi. Yo‘lda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/qamchiq/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mobiuz mobil operatori barchani 17−20-sentabr kunlari AKT haftaligi, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tayotgan CAEx majmuasiga taklif qilmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/18/mobiuz/
O‘zbekiston termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Paragvayga yirik — 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundial pley-offga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Paragvaydan tashqari Tailand va Braziliya ham nimchorak finalga chiqib bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/futsal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
London meri Sodiq Xon shaharning asosiy savdo ko‘chasi hisoblanadigan Oksford-stritni piyodalar hududiga aylantirish rejasini e’lon qildi. Shu yo‘l bilan rasmiylar aholi va sayyohlar uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishni istamoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/oxford-street/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi to‘qimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va AKT sohalaridagi loyihalarni grantlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga doir loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/grants/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Viskonsin universiteti professori Feliks Elvert “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida oila dinamikasi, demografiya, ma’lumotlar ochiqligi masalasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. “Biz kabi tadqiqotchilar O‘zbekistonga kelib, oxir-oqibat Fransiya haqida tadqiqot qilishga majbur bo‘lishini istamaymiz”, deydi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/17/felix-elwert/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube