gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda pulli avtoturargohlar paydo bo‘lishi bilan ko‘plab joylarda mashinalarni tartibsiz qoldirib ketish holatlari kamaydi. Tizim allaqachon ishga tushgan. Uning qanday tuzilgani, to‘xtash joylaridan to‘g‘ri foydalanish haydovchilarga qanday o‘rgatilishi va tizimning istiqboli — Gazeta materialida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/parking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Davlat departamenti amerikalik diplomatlarga xorijiy davlatlardagi saylovlarning qanday o‘tayotgani bo‘yicha fikr bildirishdan tiyilishni buyurdi, deb yozmoqda Reuters. Shuningdek, departament bundan buyon saylov bilan bog‘liq bayonotlar bermaydi va ijtimoiy tarmoqlarda postlar e’lon qilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/us-diplomats/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputat Javlon Abdullayev Murod Nazarovning “daraxtlar banki” tashkil etish taklifiga munosabat bildirar ekan, buni ekologik jinoyat deb atadi. Ekopartiya vakili moratoriy sabab yil boshidan beri 453 mingdan ziyod daraxt kesilishi oldi olinganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/moratoriy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda 136,5 mingta xonadon sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 10,6 foizga ko‘p. Eng yuqori o‘sish Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi. Ikkilamchi uy-joy narxlari yiliga 4,8 foizga, yangi uylar uchun esa 1,6 foizga kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Metro vagonlarida havoning issiqligi yuzasidan yo‘lovchilardan biri shikoyat bilan chiqdi. Metropoliten matbuot xizmati ko‘p yillik foydalanilayotgan eski turdagi harakat tarkibi sovitish tizimisiz ishlangani va ularni sovitish qurilmalari bilan jihozlash imkonsizligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/metro-issiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi zavod ammiak bug‘ini havoga chiqarmay ishlash tizimiga o‘tdi. Bu Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘llanilmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/tmk/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent prokuraturasiga Anvar O‘rmonov rahbar etib tayinlandi. U bu lavozimda Prezident administratsiyasi huzuridagi Komplayens xizmati boshlig‘i etib tayinlangan Erkin Yo‘ldoshevning o‘rnini egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/prokuror/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Donald Trampga oyoq va qo‘llarida namoyon bo‘lgan shishlardan so‘ng surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Oq uyga ko‘ra, bu “xavfsiz va 70 yoshdan oshgan odamlarda keng tarqalgan” kasallikdir. Bu kamdan-kam hollarda prezidentning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarning ochiqlanishidir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/trump/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kobulda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston “Termiz — Mozori-Sharif — Kobul — Peshovar” Transafg‘on temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/trans-afghan-railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mobiuz jamoasi texnologik imkoniyatlar va raqamli xizmatlarni yanada kengaytirish bo‘yicha strategik yo‘nalishni izchil davom ettirmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/mobiuz/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025-yilning birinchi yarmida o‘zbekistonliklar xorijiy valyutani sotib olishi va sotishi hajmlari o‘rtasidagi farq sezilarli darajada oshdi. Banklar aholidan 9,1 mlrd dollarlik valyutani sotib oldi (27 foizga o‘sish). Aholiga sotilgan xorijiy valyuta hajmi esa 18 foizga oshib, 5,39 mlrd dollarni tashkil etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/valyuta/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

17-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Prezident administratsiyasi faoliyati qanday tashkil etilgan? Reglament.

💸 O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 8,2 mlrd dollarga yetdi. Tafsilotlar.

🕊 O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 25-o‘rinni egalladi.

🚡 O‘zbekistonda liftlarga holatiga qarab rangli stikerlar yopishtiriladi.

🚶🏻‍♂️ Jazoni ijro etib ozodlikka chiqqanlar uchun bir martalik nafaqa tayinlash tartibi belgilandi.

🪪 Toshkent temiryo‘l vokzallariga kirishda UzFace shaxsni aniqlash tizimi ishga tushishi mumkin.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan individual tuzatish dasturidan o‘tadi. Profilaktika inspektori tajovuzkorning bunday dasturdan o‘tishini ta’minlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/correctional-program/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxatini tasdiqladi. Jami 86 ta loyiha, jumladan, dori bozorini tahlil qilish, SIga asoslangan raqamli tibbiy yordamchi, Toshkent temiryo‘l vokzallarida UzFace tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/ai-technologies/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslar uchun so‘mdagi omonatlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalar ketma-ket uchinchi oy kamaymoqda. Shu bilan birga, milliy valyutadagi kreditlar keskin qimmatlashdi — iyun oyida kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 23,2 foizga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/deposits-credits/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ulushli qurilish uchun eskrou hisoblarini joriy etish taklif hajmining kamayishi sababli uy-joy narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Quruvchilarga banklardagi eskrou hisoblarida saqlanayotgan ulushchilarning mablag‘lari hisobidan foizsiz yoki past foizli stavka bilan mablag‘ berish taklif qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/escrow/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Belgorod va Bryansk viloyatlaridan 99 nafar bola Toshkent viloyatidagi “Anor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olish uchun keldi. Bunday aksiya Rossiya bilan birinchi marta o‘tkazilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/children/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 21-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 79,98 soʻmga arzonlab, 12 578,98 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyatida “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti inspektori mobil qurilmalarni noqonuniy ro‘yxatga o‘tkazib berishni va’da qilib pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari boshlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/bojxona-inspektori/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tabrizga ketayotgan Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning kortejidagi uch avtomobil yo‘lda to‘xtab qoldi. Bunga mashinalarga suv qo‘shilgan benzin quyilgani sabab bo‘ldi. Prezident yo‘lini davom ettirish uchun taksidan foydalandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/iran-pezeshkian/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vladimir Zelenskiy O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerovni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi etib tayinladi. U 2023-yil sentabridan beri Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/rustem-umerov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 nafar talabani yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan firibgarlik va pora berish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/bribe/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tadbirkor Murod Nazarovning “daraxtlar banki” taklifi bahslar keltirib chiqardi. Faollarning biri taklif noo‘rin ekani, kichik daraxtlar katta daraxtning funksiyasini yetarli darajada bajara olmasligini qayd etsa, boshqalar qurilishlarni ko‘paytirish kerak, lekin yashillik hisobiga emas, degan fikrda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/daraxtlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident soliq masalasidagi nizolarni tadbirkorlar uchun osonroq va arzonroq hal etish maqsadida yangi tartib joriy etdi. Unga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etilib, soliq organlari qaroridan norozi tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/tax-disputes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dam olish kunlari ham jazirama ob-havo saqlanib qoladi. Harorat kunduzi +40…+43, janubda va cho‘l hududlarda +44, +45 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda issiq biroz pasayishi — +35…+38 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqlim o‘zgarishi muammolariga moslashgan holda, O‘zbekiston pomidor yetishtiruvchilari yopiq tuproq texnologiyalari va tog‘oldi hududlarni yozgi mavsumda sifatli pomidor yetkazib berishning asosiy usullariga aylantirmoqda. EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, YTT iqlim muammolari fonida asosiy muqobilga aylangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/pomidor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida Kichik halqa avtoyo‘lining Beshqayrag‘och va Beruniy kesishmalari o‘rtasidagi bir tomonlama yo‘nalish qismi 18−21-iyul kunlari yopiladi. Qurilish-montaj ishlari sababli 6 ta avtobus shu vaqt davomida muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/closed/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kadastr agentligi vakili ko‘p qavatli uylarga tutash yerlarni o‘zboshimchalik bilan o‘rab olish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi. “U yer barcha fuqaroga tegishli. Uni kimdir o‘rab olishi yoki undan foydalanishi qat’iyan man qilinadi”, — dedi kadastr vakili.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/hovli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda, dedi tadbirkor Murod Nazarov. Bu haqda Qurilish vazirligi vakili ham gapirgandi. Nazarov daraxtlarni kesish cheklovlarini olib tashlash va kompensatsiya uchun “daraxtlar banki” tashkil etishni ham taklif qildi. Deputat Bobur Bekmurodov taklifni tanqid qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/murad-buildings/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga transchegaraviy o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27% oshib, 8,2 mlrd dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank. Tushumlarning asosiy qismi Rossiyadan kelgan, ammo YeI, AQSh va Buyuk Britaniyadan o‘tkazmalar ham faol o‘sib bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/transfers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel