gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov yarim finalda tojikistonlik raqibini magʻlub etib, Olimpiya oʻyinlari finaliga chiqdi (video).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/mullojonov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij-2024 Olimpiadasining yarim final uchrashuvida oʻzbekistonlik bokschi Hasanboy Doʻsmatov Kabo-Verdelik raqibini magʻlub etdi. Oʻzbekiston vakili Olimpiya oʻyinlarining final bosqichiga chiqdi (video).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/dusmatov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Do‘stlik tumanida oilaviy bog‘chaning qarovsiz qolgan 3 yoshli tabriyalanuvchisi ariqqa tushib ketib, vafot etgandi. Sud bu ishda bog‘cha direktoriga 4 yil 1 oy, tarbiyachiga 4 yil va tuman SES boshlig‘iga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov professional ringdagi ilk magʻlubiyatini qabul qildi. Ikkita chempionlik kamari uchun kurashda u ikki karra mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordga yutqazdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/boxing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham yarim finalda

Boks boʻyicha jahon chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-71 kg) joriy Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun galdagi medalni naqd qildi. U chorak finalda daniyalik Nikolay Terteryanni yengdi va yarim finalchilar qatoriga qoʻshildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Uning faoliyatidan O‘zbekistonga yetkazilgan zarar 12 mlrd so‘m (salkam 1 million dollar)ga baholanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/03/interpol/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Diamond Business Center biznes markazidagi “A” toifali ofislarini 12 oylik muddatli to‘lov va 19 ming dollar boshlang‘ich summa bilan taklif etadi.

Biznes markazi Toshkentning parkka qaragan jozibali markaziy tumanlaridan birida birida joylashgan bo‘lib, quyidagi afzalliklarga ega:

— investitsiyangiz yillik 12% dan boshlab ishonchli o‘sishi;
— ofislar narxi — 59 ming dollar;
— 12 oylik foizsiz muddatli to‘lov;
— boshlang‘ich to‘lov — atigi 19 000 dollardan boshlab.

Hozirgi vaqtda sanoqli ofislar qolgan va ularga chegaralangan takliflar mavjud.

Ko‘rsatish vaqtini bron qilish uchun bugun telefon orqali bog‘lanish mumkin: (+998) 78-113-60-13.

Sayt | Instagram | Telegram

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi (8500$), Xorazmda DUK mutaxassisi (3500$) va Savdo-sanoat palatasi bo‘limi xodimi, Qashqadaryoda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.b. (1500$), Samarqandda MCHJ mutaxassisi (1100$) hamda bojxona posti boshlig‘i (200$) korrupsiya va firibgarlikda gumonlanib ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/03/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti huzurida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha davlat rahbari huzuridagi yuqori maslahat organi — Iqlim kengashi tuziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/03/climate-council/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekiston iqtisodiy ilm-fan xaritasida deyarli mavjud emas” — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz”dagi maqolalari, Telegram kanalidagi postlari, YouTube’dagi loyihalari orqali o‘zbekistonlik tarmoq foydalanuvchilariga ancha tanish. U yaqinda AQShning Viskonsin universitetida doktorlik ilmiy unvonini himoya qildi va Nyu York universitetining Abu Dabidagi kampusida professor sifatida faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Biz ilmiy faoliyatining navbatdagi muhim bosqichi oldidan Behzod Hoshimov bilan suhbatlashdik.

Nima uchun O‘zbekistonning mavjud savdo siyosati zararli? Nima sababdan o‘zbekistonliklar to‘ylarga ko‘p pul sarflaydi? Uganda konstitutsiyasi AQShniki bilan deyarli bir xil bo‘lsa-da, nima uchun Uganda ham AQShdek boy va farovon emas?

Iqtisodchi suhbat davomida shu va boshqa savollarga javob berishga harakat qildi. Intervyuni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin:

https://youtu.be/Kx4F1QDioCA

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📃 Qashqadaryodagi 4 ta tuman hokimlari qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan — Raqobat qo‘mitasi.

🚗 SSP rahbari elektromobillar importiga boj joriy etilishini “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodchilar bunga qarshi.

🚶‍♂️ Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda.

💼 Chiroqchi hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi, vilhokimlik u jazoga tortilganini aytdi.

🌲 Toshkentdagi Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida yosh daraxt qo‘porildi, boshqalarining ildizlariga zarar yetdi.

🥉 Dzyudochi Alisher Yusupov Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Gazeta.uzda e’lon qilingan maqola:

✍️ 100 yil avval Germaniyaga o‘qishga ketgan turkistonlik talabalar nimalar haqida xat yozgan?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/dayjest/

Telegram  |  Instagram  |  GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida 22 yoshli bokschi Sitora Turdibekova nimchorak finalda oʻz yurishini toʻxtatdi

U ikki karra jahon chempioni, Xitoy Taipeyi vakili Yu Ting Lin bilan mardonavor jang qilib, magʻlubiyatga uchradi. Mudofaa vazirligi uni qoʻllab-quvvatlash uchun mazkur videoni tayyorladi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dzyudochi Alisher Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag‘lub etdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida barchasi dzyudochilar tomonidan qo‘lga kiritilgan 1 ta oltin va 2 ta bronza medali mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/bronze/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiya rasmiylari kutilmaganda Instagram`ga kirishni blokladi. Regulyator blokirovkaning sabablari va muddatini aytmadi. Mamlakatda ushbu platformaning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/turkey-instagram/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakkasaroy tumanidagi uylarning birida 12 nafar xorijlik va 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelishda gumonlanib qo‘lga olindi. IIBBga ko‘ra, xonadonda uch oy davomida 900 ming dollar aylantirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/qimor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida nima uchun Singapur “mo‘’jizasi” sabablari xato talqin qilinishi haqida gapirdi. Li Kuan Yu va uning partiyasi ko‘p islohotlar qilgan, ammo kitobini o‘qisangiz, o‘sha iqtisodiy rivojlanish bosh vazirning stolida yaratilgandek tuyilishi mumkin, deydi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/economic-miracle/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avtomobil oldi-sotdisi sohasida firibgarlikda ayblanib, 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/crime/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakshanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov final uchun jang qiladi. Yengil atletikachi Anvar Anvarov o‘z ishtirokini boshlasa, Safina Sadullayeva finalda qatnashadi. Olga Zabelinskaya va Yanina Kuskova veloshosse bo‘yicha guruh bahslarida kurash olib boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/day-9/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bokschi Abdumalik Xalokov yarim finalga yoʻllanma oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi chorak finalda ispaniyalik Xose Kilesdan ustun kelib, oʻzi uchun Olimpiada medalini naqd qildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

World Justice Project xalqaro nodavlat tashkilotining 2023-yilgi Huquq ustuvorligi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 142 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi (2022-yilda ham shunday natija bo‘lgan).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/03/law-index/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi medallar uchun jangni davom ettirmoqda. 5 nafar bokschi esa musobaqadan chiqib ketdi. “Gazeta.uz” sportchilarning natijalari haqida ma’lumot beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/03/paris-2024-boxing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qanot Sharq aviakompaniyasi Vengriya poytaxtining noyob milliy taomlari bilan tanishish va boy gastronomik madaniyatidan bahramand bo‘lish uchun Budapeshtga tashrif buyurishga taklif qiladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/03/qanot-sharq-budapest/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij Olimpiadasining 8-kunida Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Navbahor Hamidova chorak final jangini o‘tkazadi. Velosportchi Nikita Svetkov guruh poygasida qatnashadi. Akademik eshkak eshishda Anna Prakaten B finalda o‘ynasa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekistonga nimchorak finalda Kanada raqib bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/03/day-8/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ovrupo va Amriqoga o‘quvchilar yuborishimiz lozim”, “Xalqimizni qanday bo‘lsa ham yorug‘liqqa chiqorish niyatidaman”, “Turkiston butunlik istaydi”. Bu — 1922-yilda Germaniyaga o‘qishga ketgan turkistonliklarning xatlaridan iqtiboslar. “Gazeta.uz” xatlarning ayrimlarini mushtariylar e’tiboriga havola qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/maktublar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Metan narxlari erkinlashtirilayotgani fonida Raqobat qo‘mitasi AGTKSHlardagi narxlarni monitoring qildi. Unga ko‘ra, narx cheklovi bekor qilingan bo‘lsa-da, ularning 71 foizi 3750 so‘m narxni saqlab qolgan, 25 foizi esa 200 so‘mgacha oshirgan. Narxlar keskin oshishiga sabab bo‘luvchi omillar yo‘q, deb yozdi qo‘mita.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/prices/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi vaziyat tufayli fuqarolarga bir qator tavsiyalar berdi. Elchixona Isroilning ayrim hududlariga bormaslik, rasmiy xabarlarni kuzatib borish, ommaviy yig‘ilish va jamoat joylariga tashrif buyurmaslikni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/israel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij-2024: Bokschi Bahodir Jalolov (+92 kg) chorak finalda avstraliyalik Teremoana Juniorni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo hokimligi Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videoga munosabat bildirdi — u “intizomiy jazoga tortilgan” va “qat'iy ogohlantirilgan”. Tayinloviga bir yil ham to‘lmagan hokim bundan avval ham topshiriqlar ijrosidagi kamchiliklari uchun hayfsan olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/hokim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Blackpink guruhi konserti haqidagi film va boshqa yana oltita premyera, “Teplo” mahalliy brendlar yarmarkasi, “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko’rgazmasi va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/02/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel