O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Poytaxtning Bektemir, Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi jami 5786 ta xonadon va 37 ta ulgurji iste’molchi 6-avgust kuni tabiiy gaz ta’minotidan uziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/gaz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzbekistan Airways Mustaqilliy bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun chipta tariflaridan 30 foiz chegirma e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/uzbekistan-airways/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, ichki yo‘llar va ko‘priklar hokimiyatlar balansida ekani sababli ularning ko‘pi “ta'mirtalab holatda”. Shu bois endi hududiy obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil etiladi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/roads/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi. Energetika, aeroport xizmatlari va boshqa sohalardagi 17 turdagi davlat monopoliyalarini tugatish kutilmoqda. Ruxsatnomalar va litsenziyalar majburiy sug‘urtaga almashtiriladi, tabiiy monopoliyalar sohasida mustaqil regulyatorlar paydo bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/competition-concept/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ikkita UAZ to‘qnashuvida ulardan biri ag‘darildi. Oqibatda mashina salonidagi 6 kishi jarohatlandi. YTHga oid hujjatlar jinoiy sudga yuborildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Britaniya shaharlarida Sautportdagi bolalar raqs studiyasiga uyushtirilgan va uch qizchaning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumdan so‘ng migrantlarga qarshi namoyishlar va zo‘ravonliklar davom etmoqda. Bosh vazir Kir Starmer tartibsizliklarni “o‘ta o‘ng banditizm” deb atadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/uk-riots/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida nima uchun matni deyarli bir xil bo‘lgan konstitutsiyalar turli mamlakatlarda turlicha ishlashi haqida fikr bildirdi. “Agar elita xalq uchun konstitutsiya yozsa va o‘zi uchun istisno qilsa, demak, bu ishlamaydi”, — deya ta’kidladi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/constitution/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda hafta boshida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. 8−9-avgustda issiq kuchayadi va aksariyat hududlarda havo +40…+44 darajagacha isiydi. Ayrim kunlarda tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/ob-havo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish — yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yangi terminal va boshqa obyektlarni qurish hamda “Qurish, foydalanish, topshirish” ((Build-Operate-Transfer — BOT) modeli bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/urgench-airport-ppp/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Payariq tumani tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yongʻin sodir boʻldi. Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hodisa joyidagi Cobalt yongʻin taʼsirida zararlangan boʻlishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/kazakhstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Olimpiada uchun tarkibni shakllantirishda qiyinchiliklar bo‘lgani va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘lmaganini ta’kidladi. U hech bir futbolchiga e’tirozi yo‘qligini aytib, ta’tilga chiqish rejasini e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/football/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Renovatsiya toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokamadan oʻtkazildi. Biroq qonun mulkdorlarning huquqlarini yetarlicha himoya qilmasligi va boshqa sabablar tufayli jamoatchilik noroziligiga uchradi. Poytaxt hokimi qonun qabul qilinmasidan avval joylarda renovatsiya loyihalari amalga oshirish haqida qaror imzoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/renovatsiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Olimpiadadan qaytgan futbolchilar: Murabbiy Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani boshlandi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Olimpiya terma jamoasining Parij sari bosib oʻtgan yoʻli, tayyorgarlik va Olimpiadadagi ishtirok boʻyicha soʻz yuritadi.
Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qiling:
https://www.youtube.com/live/2Tcog2yxBCo
Dushanba kuni tongda Andijon tumanida haydovchisi uxlab qolgan yuk mashina temiryo‘l ko‘prigiga borib urildi. Oqibatda ko‘prik va mashinaga zarar yetdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/bridge/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent hokimligining ta’kidlashicha, renovatsiyaga tushgan hududlar mahalliy aholining murojaatlari asosida taklif etilgan. Uy-joylarning tahlili shaharsozlik me’yorlariga javob bermasligini tasdiqladi, deya qayd etdi hokimlik. Loyiha hududlarni yaxlit rivojlantirishni nazarda tutadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/renovation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
5-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
✍️ Prezident Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishdi. Asosiy ma’lumotlar.
🇯🇵 Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiyani chetlab, Yevropaga yo‘l ochish uchun moliyaviy yordam taklif qiladi — OAV.
🛫 Urganch aeroporti modernizatsiya qilinib, boshqaruvga o‘tkaziladi.
🏙 Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik noroziligiga uchradi.
🎆 “Dunyo sadolari”: 6 mlrd so‘mga tushgan festival va Andijon hokimining tanqidga uchragan nutqi.
⚡️ O‘zbekistonda “yashil” stansiyalar ishlab chiqaradigan elektr energiyasi ulushi 25−30 foizga yetdi — Energetika vazirligi.
⚖️ “Saidaziz medgorodok” 20 yilga qamaldi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
15 yildan beri hokimiyatda bo‘lib kelgan Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina ommaviy namoyishlar fonida iste’foga chiqdi va mamlakatdan qochib ketdi. Armiya muvaqqat hukumat tuzilganini e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/bangladesh/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yaponiya fond bozori 12,4 foizga tushib ketdi, bu 1987-yildagi “qora dushanba"dan beri eng katta qulash bo‘ldi. Iena kursining ko‘tarilishi, pul-kredit siyosatining keskinlashishi va AQShda iqtisodiy ma’lumotlarning yomonlashuvi tufayli investorlarning yapon fond bozoriga ishonchi pasaydi, deb yozdi Bloomberg.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/japan-stocks/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiyani chetlab o‘tib, mintaqa va Yevropani bog‘laydigan yangi savdo yo‘lini yaratish uchun iqtisodiy yordam taklif qiladi, deb xabar bermoqda Yaponiya OAV. Avvalroq AQShda ham shunga o‘xshash rejalar haqida gapirilgan edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/japan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Krasnoyarsk-Toshkent yo‘nalishida uchayotgan samolyot parvoz vaqtida “anomal meteorologik hodisa” — do‘lga duch keldi. Bortdagi 176 kishiga zarar yetmadi, ammo samolyotning old oynalari va meteolokator qismi shikastlandi. Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilyapti.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/hail/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o‘g‘liga o‘zbekistonlik murabbiy sekundantlik qildi. Sportchining shaxsiy murabbiyi akkreditatsiya muammolari sabab Parijga borolmagani uchun jangni o‘z uyida ekran qarshisida tomosha qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/munarbek-seyitbek-ugli/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 2024-yilda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25−30 foiz qismi “yashil” stansiyalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 3 yilda IESlar ishlab chiqargan elektr energiyasi ulushi 90 foizdan 70 foizgacha tushdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/green-energy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukraina prezidenti Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari birinchi partiyasini olganini tasdiqladi. Kiyevga ularni olish uchun ikki yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. 2024-yil oxirigacha mamlakatga 20 ta shunday samolyot kelishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/f-16-jets/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 6-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,99 soʻmga qimmatlab, 12 594,85 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
❗️“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/saidaziz-medgorodok/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev 10 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytdi. Joriy haftada davlat rahbari Qozog‘istonda bo‘lishi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/shavkat-mirziyoyev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xonobod shahrida 29−31-iyul kunlari “Dunyo sadolari” II xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi, unga jami 6 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Andijon viloyati hokimining jurnalistlarga “Qo‘llaringdan balo ham kelmaydi” deb murojaat qilgani aytildi. Biroq hokimlik buni rad etdi. Batafsil.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/05/dunyo-sadolari/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
🤼 Parij-2024: Olimpiya oʻyinlarida sport kurashlari boʻyicha bellashuvlar boshlandi
Unda Oʻzbekiston delegatsiyasidan yunon-rum kurashi ustasi Islom Bahromov -60 kg vazn toifasida qochoqlar jamoasidan Jamal Valizadega qarshi gilamga chiqadi. Bellashuv soat 18:00 dan soʻng start oladi.
Islomjon Bahromov 1995-yil 17-iyul kuni Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 2017-yil Ozarbayjonda oʻtgan Islom birdamligi oʻyinlarida kumush, Turkmanistondagi Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sohibi. Osiyo oʻyinlarida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan.
2023-yil Serbiyada oʻtgan jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritib Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega boʻlgan.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kadastr palatasining Pastdarg‘om tumani filiali xodimi 1,5 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. U fuqaroga yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/04/kadastr/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube