gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yubordi. YHXBga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/08/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Anvar Baymuratov Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumaniga hokim etib tayinlandi. Bungacha u ayni shu hudud hokimiga o‘rinbosar edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/08/karauzak/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Toshkent” xalqaro aeroporti uchish zalining “steril” hududi 2000 kvadrat metrga kengaytirildi. Bu umumiy zalni B5-B6-B7 chiqish yo‘laklari bilan ulash imkonini beradi. Ushbu hududda Hardee’s, Pizza Hut, La Croissanterie va Pinkberry brendlari mavjud fudkort ochiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/08/departure-lounge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Parij Olimpiadasi finaliga yo‘l oldi. U Olimpiada o‘yinlarida “oltin” uchun jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘lmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/08/jalolov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 To‘rtta tumanga yangi hokimlar tayinlandi.

⚖️ 90 ming dollar pora bilan ushlangan Kogon tumani prokurori 15 yilga qamaldi.

🇰🇿 Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi. Uni Qozog‘iston prezidenti kutib oldi.

📄 Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi.

🏠 Uy qamog‘idagi ayrim shaxslar elektron braslet orqali nazorat qilinadi.

👩‍🦰 “Ayollar ovqat pishirib, uyda o‘tirishi kerak, degan gaplar menga doim motivatsiya bergan” — Diyora Keldiyorova.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida kechasi jamoat tartibini buzgani uchun IIB xodimlari tomonidan hushyorxonaga olib ketilayotgan fuqaro qochish maqsadida o‘zini mashinadan tashladi. U jarrohlik amaliyotiga qaramay vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, xodimlarga tekshiruv tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTTD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii 2025-yilda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichini boshlash va “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha ikkita kelishuv imzoladi. Orolbo‘yiga 2 mlrd so‘mlik texnik jihozlar olib kelindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/undp/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniyaning o‘rniga Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari bo‘ladi. Isroil hukumati uni HAMASning 7-oktabrdagi hujumlariga boshchilik qilganlardan deb biladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/yahya-sinwar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qo‘llaniladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/braslet/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Click vakillari kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga ilhomlantiradigan narsalar bilan o‘rtoqlashdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/click/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Sergeli tumanida 15 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, uning nogironligi bo‘lgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/boy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mazkur 4 ta tumanga yangi hokimlar tayinlandi: Taxiatosh — Kamiljan Aytbayev, Mingbuloq — Axror Mansurov, Furqat — Elyorbek Asronkulov, Toshkent tumani — Sardorbek Ergashev.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/hokimlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij Olimpiadasida oltin medal olgan Diyora Keldiyorova va uning murabbiyi Marko Shpitka Xalqaro dzyudo federatsiyasiga intervyu berdi. Murabbiy uzoq yillik mashg‘ulotlar, yaponiyalik Abega qarshi jang haqida so‘zladi. Diyora esa turmush o‘rtog‘ining qo‘llovi, kelgusi rejalari va boshqalar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/interview/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deyarli barcha onalarda chaqaloqlari uchun yetarli miqdorda sut bo‘ladi, bu dastlabki 6 oyda oziq-ovqat va suv o‘rnini bosadi. Biroq emizish vaqt va ko‘nikma talab qiladi, shu bois ularni uyda va ishda qo‘llab-quvvatlash muhim. YUNISEF keng tarqalgan yanglish qarashlarga infografikalar orqali aniqlik kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/breastfeeding/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij Olimpiadasining 12-kunida o‘zbekistonliklar 3 ta sport turida qatnashadi. Unda eshkak eshuvchilar Yekaterina Shubina va Shaxriyor Mahkamov startga chiqadi. Bokschi Bahodir Jalolov yarim finalda jang qiladi. Yunon-Rum kurashchilari esa bronza medali uchun harakatini boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/paris-2024-athlets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olimpiadaning 13-kunida bokschi Hasanboy Do‘smatov finalda, Abdumalik Xalokov yarim finalda jang qiladi. Taxmina Ikromova badiiy gimnastika, Ulug‘bek Rashitov esa taekvondo bahslariga kirishadi. Zamonaviy beshkurashda Alise Faxrutdinova, erkin kurashda G‘ulomjon Abdullayev va Javrail Shapiyev bahs olib boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/08/day-13/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta avtomobil, Chilonzor tumanida esa 5 ta avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi. Rasmiylar to‘qnashuvlarda jarohat olganlar yo‘qligini aytmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina qo‘shinlari 6-avgust kuni ertalab Rossiyaning Kursk viloyatiga kirdi va, ehtimol, 10 kilometr oldinga siljidi. Rossiya Mudofaa vazirligi yurish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vladimir Zelenskiy esa “Rossiyaga qanchalik ko‘p bosim o‘tkazilsa, tinchlik shunchalik yaqin bo‘lishini” aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/08/kursk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Parij Olimpiadasini medalsiz yakunladi. 40 yoshli Rustam Assakalov (-97 kg) bronza uchun jangda yelkasidan jarohat olib, bahsni muddatidan avval to‘xtatdi. Aram Vardanyan (-77 kg) ham 3-o‘rin uchun bellashuvda mag‘lub bo‘ldi. Islom Bahromov (-60 kg) esa ¼ finalgacha yetib bordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/08/paris-2024-wrestling/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 100 kv. metr ochiq maydonda qurigan o‘tlar sabab yong‘in yuzaga keldi. Oqibatda hududda mavjud daraxtlar jiddiy zararlandi. Tergov boshlandi, zarar miqdori aniqlanmoqda, deb yozdi tuman hokimligi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonaga yetib bordi. Uni aeroportda prezident Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi. Rahbarlar 8-avgust kuni Oliy davlatlararo kengash majlisini o‘tkazadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/arrive/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlaridan ancha uzoq bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Oy oxirida maksimal harorat +41, janubda +46 darajaga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/iyul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy taqdirlandi. Akmal Hasanovga bu ishi uchun qo‘shni mamlakatning xalqaro jamoat birlashmasi tomonidan “Chingiz Aytmatov” medali berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/trener/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 8-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 24,04 soʻmga qimmatlab, 12 640,01 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi pasaydi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Aram Vardanyan va Rustam Assakalov o‘tish bahslarida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, bronza medallari uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi (video, foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/wrestlers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

FIFA Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekiston mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati rasmiy timsoli bo‘lganini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/xon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 200 ming dollar pora talab qilib, 90 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgandi. Sud hukmi bilan unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning sheriklari ham uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/prokuror/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani hokimliklarining normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/karakalpakstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori xizmat xonadonida turmush o‘rtog‘i va 7 oylik chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi. Voqeaga er-xotinning o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/07/qotillik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentga temiryo‘l sohasidagi rejalar taqdimot qilindi. Jumladan, yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga 50 mln dollar, lokomativlar olib kelish va elektrovozlarni modernizatsiya qilishga 181 mln dollar ajratish rejalashtirilmoqda. Sohada xizmatlar sifati va eksportini oshirish ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/06/railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel