gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasi uchun fuqarolardan imtihon oluvchi markaz ishga tushdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va YHXXning yangi boshlig‘i Sherzod Ibragimov qatnashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/samarqand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iyul oyidagi o‘sishga qaramay, O‘zbekistonda avtomobil savdosi yillik ko‘rsatkichlarda, ayniqsa, xorijiy yengil avtomobillar segmentida (-46,5 foiz) pasayishda davom etmoqda. Ikkilamchi bozorda tuzilgan shartnomalar soni oshdi, ammo umumiy tendensiya savdo hajmining kamayganini ko‘rsatmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/auto-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3-sentabrdan Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/tezjet/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida O‘zbekistonning 10 nafar atleti sportning 7 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bo‘yicha chiqish qiladi. Yana ikki bokschi va erkin kurashchimiz oltin medal uchun final bahslarini o‘tkazadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/day-15/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istonda mahallalar 48 ta holatda qariyb 10 mlrd so‘mlik tenderlarni qonun talablariga nomuvofiq o‘tkazgan, deb topdi Raqobat qo‘mitasi. Xarid natijalari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/tenders/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/asadkhudja/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇺🇿 “Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlarimizga bog‘liq” — Shavkat Mirziyoyev.

🇰🇿 “Og‘ir geosiyosiy va iqtisodiy sharoitda hamkorlikning yuqori dinamikasini saqlab qolish nihoyatda muhim” — Qozog‘iston prezidenti.

🇹🇯 “Markaziy Osiyo kelajagi bo‘yicha umumiy pozitsiyani shakllantirish zarur” — Tojikiston prezidenti.

🇹🇲 “Strategik maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish” — Turkmaniston prezidenti.

🇰🇬 Qirg‘iziston MOda suv-energetik hamkorlik mexanizmini yaratish tarafdori.

📃 Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi. Boshqa takliflar.

🇯🇵 Yaponiya bosh vaziri mamlakatdagi kuchli zilzila xavfi tufayli O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/president-dusmatov-rashitov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedov MO davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida besh davlat mintaqani global energiya bozoridagi salbiy ssenariylardan himoya qila oladigan tizim va kutilmagan holatlarda milliy energiya tizimlari uchun xavfsizlik zaxirasini yaratishi kerakligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/turkmenistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MO davlatlari sammitida “global tahdid va xavflarning kuchayishi fonida” xavfsizlik sohasida hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, shuningdek, huquq-tartibot idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlik mexanizmlarini yaratishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/tadjikistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash — Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi?

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/proposals/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi. U mamlakatda kutilayotgan sunami yuzasidan xavotir bildirdi va Yaponiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifini kechiktirish qarorini “to‘liq tushunishini” bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/fumio-kishida/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Bu davlat rahbariga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/faxriy-nishon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gurlan tumanida g‘isht ishlab chiqarish zavodida 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Kompaniya rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va u protsessual tartibda ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/electr/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshi shahridagi shifoxonaning lift shaxtasidan 36 yoshli ayolning jasadi topildi. Orastabon bo‘lib ishlovchi ayol, taxminlarga ko‘ra, lift nosozligi sababli shaxtaga tushib ketgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/lift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Akbar Jo‘rayev Parij Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha kumush medal oldi. U dast (185 kg) va siltab ko‘tarishda (219) umumiy 404 kg to‘plab ikkinchi o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/akbar-jurayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi do‘konlarning birida yong‘in yuz berdi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 21 daqiqada o‘chirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyatida umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxsga hukm o‘qildi. Ulardan biri 5 yilga, ikkinchi esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/drugs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyul oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/youtube-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda kelib chiqishi kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/lazizbek-mullojonov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/gulomjon-abdullayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi va besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning pushaymonligi va muqaddam sudlanmaganini inobatga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/erlan-turgumbaev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va delegatsiyalar a’zolari qator hujjatlarni, jumladan, “Markaziy Osiyo — 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/documents/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Borderlends” va yana uchta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi filmlar namoyishi, kutubxonadagi ma’rifiy dasturlar, yarmarkalar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun spektakllar, mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MO davlatlari rahbarlari sammitida mintaqada suv-energetika sohasidagi hamkorlikning iqtisodiy mexanizmini joriy etish, shuningdek, MO davlatlari orqali yangi multimodal yo‘nalishlar va transport yo‘laklarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti MO davlatlari rahbarlari uchrashuvida infratuzilma va transport loyihalari iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalari bo‘lishini ta’kidladi. U Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lining istiqbollari, suv hisobini raqamlashtirish va uning kosmik monitoringini joriy etish haqida gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 12-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,98 soʻmga arzonlab, 12 643,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham pasaydi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ukraina va Yaqin Sharqdagi voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlari sammitida. Uning aytishicha, Markaziy Osiyoning “buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlar va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surish”ga tayyorlikka bog‘liq.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/speech/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi: harorat kunduzi +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida O‘zbekistonning 13 nafar atleti sportning 5 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo va suvga sakrash bo‘yicha chiqish qiladi. Ikki bokschi oltin medal uchun ringga chiqsa, ikki kurashchi bronza medali uchun bahsga kirishadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/day-14/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel