gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshiriladi. 1-oktabrdan esa budjet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga ko‘tariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/salaries/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Soliq qo‘mitasiga quyosh panellarini o‘rnatishda yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha cheklovni olib tashlash topshirig‘ini berdi. Hozirda imtiyoz faqat maydonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari o‘rnatilgan qismiga tegishli.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/solar-panels/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasidagi dor yo‘li 12-avgustdan 18-avgustga qadar ishlamaydi. Bu paytda yilda bir marta o‘tkaziladigan profilaktika ishlari olib boriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/zomin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati YouTube`dagi “Avtoritet” kanali tomonidan tarqatilgan Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) o‘limi haqidagi xabarni rad etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/salimbay/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati ilk bor uchta shahar — Toshkent, Buxoro va Andijonda bo‘lib o‘tadi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/fifa-futzal-world/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki munosabati bilan tabrikladi. “Tokio Olimpiadasidan keyin top-15 ga kiramiz deb, katta maqsad qo‘ygandik… Bu yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/president/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

12-avgust kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportining 3-terminalida tantanali kutib olinadi. Olimpiada chempionlari va sovrindorlari aeroportdan MOQ binosigacha avtobus kortejlarida harakatlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/paris-2024-athlets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda mahallalardagi yer uchastkalari sotiladigan va ijaraga beriladigan projects.toshkentinvest.uz platformasi ishga tushdi. Yig‘ilgan mablag‘lar mahalla va tuman rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi hokimlik. Shahar ma’muriyati sotuvga qo‘yilgan bolalar maydonchasiga ham izoh berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Adliya vazirligi Imom Termiziy nomidagi islom institutini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Unga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul 14-avgustdan 20-avgustgacha davom etadi. Mamlakatdagi oliy diniy ta’lim muassasalari soni 4 taga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/termiziy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijdagi Olimpiada O‘zbekiston uchun mamlakat mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatli o‘yin bo‘ldi. Respublika 13 ta medal (8−2−3) bilan 206 ta davlat orasida umumiy medallar hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyoda va MDHda 1-o‘rinni hamda Osiyoda 4-o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/historical-olympiad/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiyada 9 kundan buyon taqiqda bo‘lgan Instagram shanba kuni blokdan chiqarildi. Instagram mamlakat rasmiylari talablarini bajarishga va foydalanuvchilarga qo‘yilgan senzurani tartibga solishga rozi bo‘lgan. Bu yillar davomida platformaga qo‘yilgan eng uzoq muddatli taqiq bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/instagram/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘rta sinf tushunchasi “boylar boyiyveradi, kambag‘allar kambag‘allashaveradi” degan eskirgan qoidani barbod qiladi. O‘rta sinf nima, O‘zbekistonda u qancha daromad oladi, kimlar uning vakiliga aylanishi mumkin hamda biznes va davlat unga qanday taklif yaratishi kerak? — tahlilchi Denis Sokolov maqolasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/09/middle-class/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Parkent tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 65 km uzoqda joylashgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/earthquake/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij Olimpiadasida taekvondochi Svetlana Osipova finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiadada sovrindor bo‘lgan ilk ayol taekvondochiga aylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/paris-2024-svetlana-osipova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan kurashayotgan rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda u yaponiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 20 yil ichida erkin kurash bo‘yicha olgan ilk Olimpiya oltin medalidir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/razambek-jamalov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchilarini kutib olish marosimini yoritish uchun Toshkent aeroportiga kelgan OAV xodimlari ayni daqiqalarda ichkariga kirishga urinmoqda.

Video: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Click O‘zbekistonda qayta tiklanadigan manbalar elektr energiyasidan foydalanishni tasdiqlovchi I-REC yashil sertifikatini olgan birinchi to‘lov tizimi bo‘ldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/click/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pop tumanidagi 43-maktab direktori ta’til paytida o‘qituvchilarga o‘t-o‘lan yuldirdi. Uning aytishicha, “saylov jarayonlari nazorati uchun kelganlar obodonlashtirishni ko‘radi”. Bandlik vazirligining ma’lum qilishicha, direktor 17 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/majburiy-mehnat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 13-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,04 soʻmga arzonlab, 12 630,96 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham pasaydi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev deputatlarga OTMlarni bitirgan 214 ming nafar bitiruvchidan 126 ming nafari (59 foizi) hali ham ishsiz ekanini aytdi. Avgust-sentabr oylarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ularni joylashtirish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/bitiruvchilar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak — 3 qiz va 1 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/egizak/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan hafta oxirida pasaygan harorat yangi hafta davomida yana ko‘tariladi. Dushanbadan havo +37…+43 darajagacha isiydi. Payshanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga salqin havo kirib kela boshlaydi, juma kuni esa barcha hududlarga tarqaladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xiva shahrida 9−11-avgust kunlari “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. An’anaviy festivalda 60 ta pavilon tashkil qilinib, unda 125 ga yaqin qovun navi namoyish etildi. Yangibozor tumani Gran-priga loyiq ko‘rilib, Tracker avtomobili bilan taqdirlandi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/qovun-sayli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini (Beruniy metro bekati yonida) obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush ko‘rishi, qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini ko‘rsatishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/beruni/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning yurak xurujidan keyingi holatiga izoh berdi. “Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi”, — deya qayd etdi tashkilot.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/tulkin-kilichev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Odinsovo shahrida o‘tkazilgan reydlarda 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy mehnat olib borgan ushbu fuqarolar mamlakatdan deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/migrants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasini nishonlayotgan vaqtda yurak xurujiga uchradi. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi va defibrilator qo‘llagan holda Britaniya boks jamoasi mutaxassislari yordam berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/boxing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov finalda ispaniyalik raqibini mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokio-2020 dan keyin ikkinchi Olimpiada oltini bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/paris-2024-bahodir-jalolov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olimpiada finalida qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek o‘g‘liga qarshi jang qilgan bokschi Abdumalik Xalokov raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. U terma jamoaga 7-oltin medalni keltirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/11/paris-2024-abdumalik-xalokov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Har bir tizim boshida turganlarning o‘zi va jamoasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xohish bo‘lishi kerak”, — dedi SSV rahbari Asilbek Xudayarov. Aksariyat holatlarda porani bergan odam jazolanmay qolayotganini aytgan vazir v.b. uning jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashishga tayyor ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/10/asilbek-xudayarov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel