O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Namangan viloyati Pop tumanida mulkiy nizo kelib chiqqan janjalda qarindosh ayol va uning ikki nafar yosh bolasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/pop/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yo‘lga qo‘yilishini aytdi. U mutasaddilarga “xizmat ipotekasi"ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlashni topshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/service-ipotek/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi — u Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/shahnoza-mirziyoyeva/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga olib kirilgan taqdimotda sun’iy intellekt bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish taklif qilindi. SI texnologiyalari markazini tashkil qilish, bank-moliya sohasida SIni qo‘llashni kengaytirish, bu bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/ai/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sud muntazam zo‘ravonlik orqali xotinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan erkakka hukm o‘qidi. Ayol mart oyida Bekobod shahridagi turar joy binosining beshinchi qavatidan sakragandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/violence/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyatida kuniga 1 mln kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega inshoot quriladi. Bu orqali 100 mingdan ortiq aholi va 100 dan ortiq korxona markazlashgan oqova suv xizmatidan foydalanadi. Loyiha BAA, Fransiya va Yaponiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/waste-water/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 14-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,00 soʻmga arzonlab, 12 619,96 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham pasaydi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol jurnalisti Fabritsio Romano “Atlanta Yunayted” klubi “Roma”ga Eldor Shomurodovni sotib olish taklifi bilan murojaat qilganini ma’lum qildi. “Muzokaralar davom etmoqda va ularni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud”, — deya qo‘shimcha qilgan Romano.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/shomurodov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, firibgarlikda ayblanayotgan Barno Inotova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rganlardan Bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/turkiye/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun xususiy sektorni jalb etish rejalashtirilmoqda. Prezident bu masalani o‘rganib, takliflar kiritishni topshirdi. Bugungi kunda aholining qariyb 47 foizi suyultirilgan gaz oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/propan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik va demokratiyani saqlab qolish uchun bo‘lajak saylovlardan voz kechgani haqida gapirdi. “Prezidentlik katta sharaf bo‘lsa ham, eng muhimi — biz Trampni mag‘lub etishimiz kerak, kerak, kerak”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/biden-trump/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
To‘qimachi bekatidagi modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha ishlashi to‘xtatilgan Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali 16-avgustdan faoliyatini qayta boshlaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/railway/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Asaka tumanidagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilindi. Xabar berilishicha, ish jarayonida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yiqilib, qo‘li singan. Ular ishga maktab direktorining topshirig‘i bilan chiqqan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/andijon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi. U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabilarda gumonlanmoqda. Ishda ikki tadbirkor ham ayblanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/aziz-voitov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
12-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
💻 Toshkent shahri hokimligi — mahallalarda yer uchastkalarini sotish platformasi ishga tushgani haqida.
⚡️ Quyosh paneli o‘rnatilganda soliq imtiyozlarini qo‘llashga cheklov olib tashlandi.
☪️ Termizda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi.
🏞 Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda.
🌤 Hafta davomida harorat ko‘tariladi, lekin oxirida yana pasayadi.
🎓 O‘zbekistonda bitiruvchilarning deyarli 60 foizi hali ish topolgani yo‘q — bandlik vaziri.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mars sathidan pastda (11,5 dan 20 kilometrgacha) juda katta suyuq suv zaxirasi bo‘lishi mumkin. Amerikalik olimlar NASA’ning InSight Lander zondi tahlili asosida shunday xulosaga keldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/water-on-mars/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp milliarder Ilon Maskka intervyu berdi. Suhbat Maskning X platformasida bo‘lib o‘tdi va texnik muammolar tufayli 40 daqiqa kechikish bilan boshlandi. Siyosatchi va biznesmen turli mavzularni muhokama qildi, shuningdek, “bir-birlariga maqtov yog‘dirdi”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/trump-musk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/tv-ads/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident kollej va texnikumlardagi to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga bevosita ijaraga berilishini aytdi. Tushgan mablag‘lar binolarni ta’mirlash va jihozlar sotib olishga sarflanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/professional-staff/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tayvanlik bokschi Lin Yuy-Tin Olimpiada g‘olibi bo‘ldi. U oltin medal yo‘lida o‘zbekistonlik Sitora Turdibekovani ham mag‘lub etdi. Biroq internetda hanuz uning jinsi haqidagi bahs-munozaralar davom etmoqda. “Gazeta.uz” XOQ va Tayvan yonini olgan bokschi bilan bog‘liq janjal tafsilotlarini o‘rgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/boxing/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyatidagi Mehribonlik uyi oromgohida Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan o‘smirlar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Holat videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan. Viloyat IIB tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/teen/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘ldi. 28-avgustdan 8-sentabrga qadar o‘tkaziladigan o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan jami 113 ta litsenziya oldi. Qatnashchilar haqida batafsil.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/paralympic-games/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShning Sierra Nevada Corporation kompaniyasi Oʻzbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini ta’mirlash boʻyicha shartnoma imzoladi. Loyiha qiymati 64,2 million dollarni tashkil etadi. Ishlarni 2027-yil avgustida yakunlash rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/pc-12/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi va bu qonunga zid. Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazildi. Hibsxona mansabdorlariga qattiq hayfsan jazosi qo‘llandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/ombudsman/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Denov tumanida 32 yoshli erkak qo‘shnisining 10 yoshli qiziga uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyatsiz qiliqlar qilganlikda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/under-16/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parijda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilarning murabbiylari 50 ming dollar, kumush olganlarning murabbiylari 25 ming dollar, bronza medalini olganlarniki esa 12 500 dollardan mukofotlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/coaches/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga 50 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pul mukofotlari, Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari, shuningdek, ikki qavatli kottejlar va kvartiralar berildi. “Prezident sovg‘asi” deb yozilgan mukofotlarni bosh vazir va Senat raisi topshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/gifts/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parij Olimpiadasidan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilarni tantanali kutib olish jarayonlari “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportajida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/13/olimpiadachilar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumidan ko‘zlangan yakuniy maqsad noma’lumligicha qolmoqda. Rossiya Federatsiyasi frontning boshqa hududlaridan qo‘shinlarini Ukraina xohlaganchalik tez olib chiqmayapti. Ammo operatsiya ukrainaliklarning ruhiyatini allaqachon ko‘targan, deb yozadi The Economist.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/ukraine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parijdan qaytgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi. Aeroportda sportchilarni Senat raisi, bosh vazir va boshqa rasmiylar kutib oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/meeting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube