gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Taskin” hospisi bemorlari tabletka ko‘rinishida morfin oladigan bo‘ldi. Avvallari og‘riqni qoldirish og‘riqli edi, chunki preparat in’eksiya orqali yuborilardi. Hospis rahbari “Gazeta.uz"ga bu nega muhimligi va onkobemorlar hayotini yengillatish uchun yana nimalar qilish kerakligi haqida so‘zlab berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/cancer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Adliya vazirligi Google’ni majburan bir necha qismlarga bo‘lish hamda Android operatsion tizimi va Chrome brauzeridan mahrum qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq sud kompaniyani qidiruv tizimlari bozorida monopolist deb topgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/google/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tailand konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settha Thavisinni axloq qoidalarini buzgani sababli lavozimidan chetlatish uchun ovoz berdi. U o‘z idorasiga o‘tmishda korrupsiya ishi bo‘yicha sudlangan advokatni tayinlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/thailand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗣 O‘zbekiston Markaziy Osiyoning kelajagi uchun alohida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan — Abdulaziz Komilov.

💼 Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi mutasaddilar ishini tanqid qildi.

📹 Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqadi.

✍️ Kambag‘allik darajasini 3 yil ichida 7 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Chora-tadbirlar rejasi.

🏦 Omonatlarning kafolatlangan miqdorini 200 mln so‘mgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu nima uchun kerak?

📃 Orient Group Management va UzOman kompaniyalariga nisbatan monopoliyaga qarshi ish ochildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Janubiy Koreyadan oltita tezyurar Hyundai Rotem elektropoyezdini xarid qilish loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqladi. Koreyaning Eksimbanki 40 yil muddatga 185,18 mln yevro miqdorida ancha qulayroq kredit ajratadi. Loyihaning o‘zini oqlash muddati 25 yilga baholanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/electric-trains/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyatida 160 ta davlat muassasasida 5 ming nafar rahbar xodim ishlaydi, ularning ish haqi uchun har yili budjetdan 455 mlrd so‘m (har bir xodimga o‘rtacha 7,58 mln so‘m) ajratiladi, dedi prezidenti. Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimiga ular uchun KPI belgilashni topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/buxoro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab sumkalarini tanlashda nimalarga e’tiborli bo‘lish va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. “Noto‘g‘ri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar umurtqa pog‘onasi va mushaklar uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi, bu skolioz rivojlanishi xavfini oshiradi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/school-bag/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi. U 1982-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi ham bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/sayfiddin-ermatov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirish ham ko‘rib chiqiladi. Yuqori palata mazkur hujjatni haligacha ko‘rib chiqmagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/yalpi-majlis/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 15-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 2,81 soʻmga qimmatlab, 12 622,77 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident topshirig‘iga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish maqsadida shu yo‘nalishdagi federatsiyalarni o‘z ichiga olgan Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. IHMA direktorining o‘rinbosarlari tashkilot tuzilmalaridagi mas’ul lavozimlarga saylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/adaptive-sports/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 2024-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan hukmron partiya raisi saylovlarida ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatmaydi va shu tariqa hukumat rahbari lavozimini tark etadi. Bunday qarorni u qator siyosiy mojarolar fonida qabul qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/fumio-kishida/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshi tumanida 18 yoshli yigitni suzish havzasi hududida tok urdi. Oqibatda u shifoxonaga yetmasdan vafot etdi. Ochilganiga 2 oy bo‘lgan basseyn faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/tok-urishi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini, jumladan, 37 kishini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Ularga “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari va “Kelajak bunyodkori” hamda “Shuhrat” medallari berildi (ro‘yxat).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/entrepreneurs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni oldidan 104 nafar ishbilarmonni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha farmoyish chiqardi (ro‘yxat).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/faol-tadbirkor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Osiyoning beshta davlatida 0−17 yoshdagi 60 mingga yaqin bola, buning salbiy ta’siriga qaramay, internat muassasalarida qolmoqda. YUNISEF 2030-yilga qadar barcha yirik internat turidagi muassasalarni yopishga qaratilgan yettita tavsiyani e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/internat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida Monza, Cobalt, Spark va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jarohat olmadi. Avtomobillar texnik shikastlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi “L-Parkentskiy-1” elektr tarmog‘i va “Lafarga” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida ikkita tumandagi 3 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Hudud aholisi 4−5 soatdan buyon chiroq yonmayotganidan shikoyat qilmoqda. Energetika vazirligi noqulaylik uchun uzr so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/electricity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namanganda aholi tinchligini buzib, bezorilik qilayotgan fuqaro holatning oldini olishga kelgan ikki nafar IIB xodimini pichoq va yog‘och bilan jarohatladi. U qo‘lga olindi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/namangan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asakadagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilingani, ish jarayonida o‘qituvchilardan biri jarohatlangani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchilar dars soatlari qisqarib ketishidan qo‘rqib, majburiy mehnatga rozi bo‘lgan. Maktab direktori 35 mln so‘m jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/teachers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Shuningdek, bu hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylanadi. Ehtiyojmandlarni ishga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/poverty/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorijiy va xususiy oliygohlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19−20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Sinovlar 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/exam/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston dunyoda 100 foiz omonat kafolati hali ham amal qiladigan kam sonli davlatlardan biridir. Markaziy bank kafolat chegarasini 200 mln so‘m etib belgilashni, kompensatsiya berish muddatini qisqartirishni va boshqalarni taklif qilmoqda. To‘liq kafolat avval ochilgan depozitlar uchun saqlanib qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/deposit-guarantee/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga oid farmon imzoladi. 2025-yildan kredit tashkilotlari faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sota (refaktoring) oladi, mijoz kontragenti norezident bo‘lsa, operatsiyalarni xorijiy valyutada qilishga ruxsat etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/factoring/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi Orient Group Management va O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasiga (UzOman) qarshi ish qo‘zg‘atdi, ularning har biri Highway Logistics Center aksiyalarining 45 foizdan ortig‘iga egalik qilishi aniqlandi. Kompaniyalar monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/highway-logistics-center/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Andijon” futbol klubi a’zosi Marlen Chobanov “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi talabiga bo‘ysunmay, u bilan janjallashdi. Futbolchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/futbolchi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan bokschi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi. Hokimlikning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, xonadon tadbirkor tomonidan berilgan. Sportchi jinsi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan tayvanlik bokschi Lin Yu Ting bilan jang qilib, yutqazgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/sitora-turdibekova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Markaziy Osiyo kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan, deyiladi prezident maxsus vakili Abdulaziz Komilovning maqolasida. O‘zbekiston taraqqiyotining barcha hayotiy masalalari chegaradoshlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan munosabatlarga bog‘liq, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/abdulaziz-kamilov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya hukumati og‘ir yo‘qotishlar fonida askarlar yetishmasligi sababli joriy yilning oxirlaridayoq yangi safarbarlik o‘tkazishi mumkin, deb yozdi Bloomberg. Armiyaga qo‘shilganlik uchun bonuslarni oshirish yordam bermayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/14/russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel