O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Termiz shahrida 26 yoshli yigit Telegram’da guruh ochib, 37 kishiga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/termiz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda norasmiy ishlab kelgan yarim milliondan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Yil boshidan beri daromadi 100 mln so‘mdan oshgan haydovchilarning soni 171 nafarga yetgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/taxi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uchtepa tumanida yong‘in bo‘layotgan uydan 5 va 7 yoshli bola qutqarib qolindi. Xonadon egalari ularni yolg‘iz qoldirib, eshikni qulflab ketgan. FVBga ko‘ra, bolalarning ahvoli yaxshi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oʻzbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obroʻsizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni ma’qullamadi. Qonun loyihasini takomillashtirish va yakunlash uchun Senat va Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasi tuziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/discredit/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
15-avgustga o‘tar kechasi Hindistonning Kalkutta shahrida o‘n minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi tungi marshga chiqdi. Aksiyaga shahar shifoxonalaridan birida ishlagan stajyor hamshiraning uzun ish vaqtidan so‘ng zo‘rlangani va o‘ldirilgani sabab bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/kolkata/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
JSST ikki yil ichida ikkinchi bor maymunchechak epidemiyasini sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi. Qaror Kongo Demokratik Respublikasida infeksiya avj olgani va kasallik qo‘shni davlatlarga ham tarqalgani fonida qabul qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/mpox/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Rossiyaning Ukraina armiyasi nazorati ostiga o‘tgan Kursk viloyati hududida “tartibni saqlash va aholi ehtiyojlarni qondirish maqsadida” harbiy komendatura tashkil etilganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/kursk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
YHXX hududiy boshqarmalari “innovatsion” yechimlari bilan muntazam hayron qoldiradi. Bu safar poytaxt YHXB hayron qoldirdi. Ular piyodalarga tartibga solinmagan o‘tish joyidan o‘tayotganda qo‘llarini ko‘tarishni tavsiya qildi. Muammo shundaki, bu harakat ko‘chalarni hech qanaqasiga xavfsizroq qilib qo‘ymaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/road-safety/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qarshida faoliyat yurituvchi AYQSh elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan alishtirib, 1 mlrd 85 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi, hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/karshi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Cotton Club va Korzinka NRG’dan kvartira o‘ynamoqda” aksiyasi doirasida Korzinka supermarketlar tarmog‘i mehmonlari NRG Jomiy’dan kvartira yoki 1 mln so‘mlik xarid sertifikatiga ega bo‘lishi mumkin (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/korzinka/
IT Park universiteti amaliyotga e’tibor qaratgan holda gibrid ta’limni va jahon IT-kompaniyalari bilan hamkorlikni taklif qilib, UZBMB (DTM) testi natijalari asosida imtihonsiz talabalikka qabul qiladi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/it-park-university-uz/
Zo‘ravonlikka uchragan bolalar bo‘yicha muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin zo‘ravonlik qilgan shaxslar bilan ishlashda muammo bor, deya o‘z fikrlarini bildirdi Tanzila Narbayeva bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashda. “Ish faqatgina bir tomonlama bo‘lishi kerak emas”, — deydi Senat raisi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/narbayeva/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot, budjet, moliya, soliq, ijtimoiy soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/vm/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatorlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bullingni ham kiritish, shuningdek, bolalarni himoyalash tartibini joriy etish va tarbiya jarayonida jismoniy jazolashni taqiqlash taklif etilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/protecting-children-from-violence/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatorlar 100 dan ortiq hujjatni, jumladan, 9 ta qonunni o‘zida jamlagan Tadbirkorlik kodeksini ma’qulladi. U tadbirkorlikni uchta toifaga bo‘ladi, davlat tomonidan tartibga solishning chegara va shakllarini, yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullana olmaydigan faoliyat turlarini va boshqalarni belgilaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/business-code/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Surxondaryo viloyati Denov tumanida bog‘cha tarbiyachisi beodoblik qilgan bolani “tarbiyalash maqsadida” chizg‘ich bilan urgani aniqlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/child-abuse/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senat ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/diniy-talim/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ochiq sudda ko‘rib chiqish 5-sentabrda boshlanadi. Ular JKning o‘zlashtirish, firibgarlik, vakolatni suiiste’mol qilish, pora va boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchilarning 29 nafari qamoqqa olingan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/aziz-voitov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Olimpiadaga tayyorgarlik uchun davlat budjetidan 3 yil ichida 600 mlrd so‘mdan ortiq (taxminan 50 mln dollar) ajratdi. “Gazeta.uz” o‘rgangan ma’lumotlarga ko‘ra, bir medal o‘rtacha 3,89 mln dollarga, mukofot puli va avtomobil qo‘shilganda 4,14 mln dollarga tushdi. Qozog‘iston va Buyuk Britaniyada-chi?
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/olympics-finances/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/children/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit o‘zi tengi qiz tanishini katta daromad topishga ishontirib, Dubayga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgani aniqlandi. U Toshkent aeroportida qo‘lga olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/case/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
15-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
✍️ Senat “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.
📞 Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi.
💵 1-sentabrdan boshqa turdagi pensiya va nafaqalar miqdori qanday o‘zgaradi?
🗣 Zo‘ravonlikka uchragan shaxs bilan ishlashadi, lekin zo‘ravon bilan hech kim ishlamaydi — Tanzila Narbayeva.
💊 Onkobemor bolalar endi tabletka shaklida og‘riq qoldiruvchi dori olishi mumkin. Bu nega muhim?
👦🏻 YUNISEF Markaziy Osiyoda barcha yirik internatlarni yopishga qaratilgan 7 ta tavsiyani e’lon qildi.
🚡 Piyodalar yerusti yo‘lida lift va eskalatorlar o‘rnatishni moliyalashtirish masalasi bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi — Toshkent hokimligi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlarning kredit olish uchun arizasini belgilangan muddatda ko‘rib chiqmagani aniqlandi. Xususan, murojaatlardan birini ko‘rib chiqish 60 kunga kechikkan. Ular ma’muriy javobgarlikka tortildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/hokim-yordamchilari/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Transport vazirligi 5 ta yo‘nalishda yangi muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Avtobuslar Toshkentdan Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo hududlariga qatnaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/bus/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1-sentabrdan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori hamda boshqa nafaqa va to‘lovlar 15 foizga oshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/pensions/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbari va Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi vazifalarida ishlagan Muzaffar Saliyev 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi jinoyatlarida aybli deb topilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/muzaffar-saliev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatda poytaxtdagi uchta piyodalar yerusti yo‘liga 10 ta lift va 6 ta eskalator o‘rnatish muhokama qilindi. Hokimning birinchi o‘rinbosari buni moliyalashtirish kengash tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich ko‘rilishini aytdi. “Gazeta.uz” piyodalar o‘tish joylari bilan nima noto‘g‘riligini tushuntiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/uncomfortable-city/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni kengaytirish, strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirishni ko‘rib chiqdi. Kremlga ko‘ra, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari Rossiyaning BRIKSga amaldagi raisligini hisobga olgan holda muhokama qilindi”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/russia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 16 yoshli yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi. U qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/murder/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mart oyida Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanidagi sayilda gaz balloni portlab, 1 kishi vafot etgan, 14 kishi esa jarohat olgandi. Sud bu ishda ballon egasi, sayilga baliq sotish uchun borgan 22 yoshli yigitni aybdor deb topdi. Unga nisbatan 2,5 yil qamoq va 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/15/verdict/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube