gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga bordi. Tashrifda savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazish, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish muhokama qilindi. Afg‘onistonlik tadbirkorlarni O‘zbekistonda faol ishlashi borasida kelishuv imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/uzb-afg/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqarib, o‘z faoliyati bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon — Mendeleyevning elementlar davriy jadvali boyishiga, fan va tibbiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mariya Sklodovskaya-Kyuri.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/marie-curie/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vaziri Toshkent davlat sirkini xususiy boshqaruvga berish va hayvonlarsiz ham tomosha ko‘rsata oladigan mexanizmni ishlab chiqish kerakligini aytdi. “Davlat uchun sirkdagi bitta hayvonni boqish bir insonni boqishdan qimmatga tushmoqda”, — degan Ozodbek Nazarbekov sirkka oid rejalarni sanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/sirk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18-avgustdan OTMning bakalavriat bosqichi kirish testlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Jarayon 10 kun davom etadi, shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa 22-avgustdan boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/apellatsiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda abonentlarning “o‘tgan yillar uchun elektrdan qarzi borligi” haqida shikoyatlar kelib tushdi, bu esa ularning ta’minotdan uzilishiga sabab bo‘ldi. “HET”ning xabar berishicha, bu eski tizimdan yangisiga arxiv ma’lumotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq. Kompaniya vaziyatga oydinlik kiritmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/17/debts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev “ulkan ishlar va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun” II darajali “Dostiq” ordeni bilan taqdirlandi. U 2018-yildan beri Ostonada elchilik qilayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/17/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iroq parlamenti, huquq himoyachilari fikricha, qizlar uchun nikoh yoshini 9 yoshga tushirish va diniy idoralarga nikoh masalalarini qaytadan tartibga solish imkonini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/17/iraq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parkentdagi “Fizika-Quyosh” instituti taʼmiri nega toʻxtatildi?

Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan geliokompleks – “Fizika-Quyosh” instituti binosi 2024-yil bahorida hukumat qarori bilan Madaniy meros obyektlari milliy reyestriga kiritilgan edi. Bundan avvalroq esa majmuada rekonstruksiya ishlari boshlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Iyul oyida institut binosida taʼmir ishlari allaqachon boshlanib ketgani maʼlum boʻldi.

“Alert Heritaj” hamjamiyati taʼmirlash jarayonida davlat muhofazasiga olingan meʼmoriy obidaning arxitektura elementlari yoʻq qilinayotgani, shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yaxshi monumental ishlardan biri hisoblangan Irena Lipenaning noyob shisha kompozitsiyalariga zarar yetishi ehtimoli keskin oshgani haqida ogohlantirdi.

“Gazeta.uz” jamoasi vaziyatni oʻrganish maqsadida Parkentga safar qilib, “Fizika-Quyosh” institutida boʻldi.

Maʼlum boʻlishicha, iyul oyining oʻrtalarida binodagi rekonstruksiya Madaniy meros agentligi tomonidan toʻxtatilgan. Institut xodimlari esa laboratoriya xonalari tezroq taʼmirdan chiqishi va ilmiy ishlarini davom ettirishni kutyapti.

Geliokompleksdan tayyorlangan reportajni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin:

https://youtu.be/VVTwAcgLL9w?si=XCCse6-f_AxZh8Rv

Ziyoda Ramazonova, Iskandar Mirzaxmedov, Maʼmurjon Obrahmatov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi Toshkentda avtobuslar 50 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlana olmaydi — tezlikni dastur darajasida cheklash boshlanadi. O‘tgan yili alohida yo‘l qatorlari joriy etilgandan so‘ng ayrim yo‘nalishlarda o‘rtacha tezlik 23 km/soatni (bungacha — 18 km/soat) tashkil etishi aytilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/bus-speed/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ko‘ra, “O‘zbekkino” (Kinematografiya agentligi) kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada siljish bo‘ladi. “„O‘zbekkino“ faqat buyurtmachi bo‘lib, xususiy shirkatlarni rivojlantirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak”, — degan vazir agentlik faoliyati ichidan o‘rganilayotganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/uzbekkino/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga o‘z manfaatlariga zarar keltirish orqali “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi”, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikkinchi darajali sanksiyalar ostida “qolmaslik” uchun qoidalarga amal qilishda davom etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beshta kinopremyera, “Toshkent suvenirlari” yarmarkasi, Tohir Sodiqov va Yulduz Usmonova konsertlari, hokkey o‘yinlari, ko‘rgazmalar, mahorat darslari hamda boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda 26−30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali yangi lokatsiya — “Boqiy shahar” majmuasida o‘tkazilishi aytilgandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov festivalning asl brendi Registon maydoni ekanini ta’kidlab, shu hududda o‘tkazish fikriga qaytilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/sharq-taronalari/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. OTM, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/crypto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Harorat kunduz kunlari +27…+36, kechalari +17…+22 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiyaning mashhur aktyorlaridan biri Alen Delon 88 yoshida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/alain-delon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi boʻldi. U 2017-yilda shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlarini haqoratlagani uchun jarimaga tortilgan, 2019-yilda esa ishdan olingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/andijon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SES boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Ikromov O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan, joylarga test sistemalari tarqatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/maymunchechak/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda chang bo‘roni

Shanba kunining ikkinchi yarmida Toshkentda chang bo‘roni ko‘tarildi. Shahar hozir shunday ko‘rinishda.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘chaga alohida zaruratsiz chiqmaslik va jamoat joylariga borishni cheklash, talabalarga esa onlayn ta’limga o‘tish tavsiya etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/17/embassy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” teleloyihasi uchun davlat budjetidan ajratilgan salkam 2 mlrd so‘m haqida yana fikr bildirib, loyiha O‘zbekiston imijiga xizmat qilayotganini aytdi. “Agar hadeb malomat qilaversalaringiz, shu pulni oxiri uyimni sotib bo‘lsa ham beraman”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/17/ovoz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️2024−2025 o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat bosqichi kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Ularni 4 usulda bilish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/17/mandat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📹 Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni qayta ishlash uchun qaytardi.

⚖️ Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 kishiga oid jinoyat ishi ochiq sudda ko‘riladi.

🚕 O‘zbekistonda taksi haydovchisi sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tganlar soni 576 mingga yetdi.

🏭 O‘zbekiston mazut importini 2 baravar, iyun-iyulda esa 20−22 baravar oshirdi.

💻 O‘zbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

🇰🇿 Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga o‘z manfaatlariga zarar keltiradigan tarzda “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/digest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways’ning Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi parvozi vaqtida chet el fuqarolari tomonidan o‘g‘rilik sodir etildi. Samolyot Malayziyaga qo‘ngach chaqirilgan politsiya xizmati yordamida barcha buyumlar topildi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/robbery/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18−19-avgust kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil boshidan buyon O‘zbekiston 843,6 ming tonna mazut import qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-iyul oylaridagi hajmdan ikki baravar ko‘p. Iyunda import 22 baravar (2023-yil iyuniga nisbatan), iyulda esa 19,6 baravar oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/mazut/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ayrim ota-onalar farzandi 6 yoshga to‘lishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi, biroq bola har qancha aqlli bo‘lmasin, fikrlash qobiliyati to‘liq shakllanib ulgurmaydi”, — deydi SSV. Vazirlik ularni nega 7 yoshga yetgach maktabga yuborish kerakligi haqida tushuntirish berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/school-age/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 19-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,95 soʻmga qimmatlab, 12 658,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib qayta saylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/kurash/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzinfocom kompaniyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalarni onlayn xarid qilish xizmatini taqdim etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/16/futsal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel