gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida 2004-yil yopilgan “Gulparshin” sanatoriysini qayta ishga tushirish taklif etildi. Buning natijasida har bir davolangan bemordan o‘rtacha 600−700 ming so‘m tushum ta’minlanadi. 50 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, budjetga 1,3 mlrd so‘mlik qo‘shimcha tushum manbasi yaratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/20/chimboy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 24−25-avgust (shanba va yakshanba) kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. “Gazeta.uz” hashar o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni eslatib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/20/hashar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda FMCG distribyutsiyasi bozorining yetakchi ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Balton Trading Asia vakillari samarali logistika qurish sirlari bilan o‘rtoqlashib, logistika va saqlash xizmatlari kimlar uchun muhimligi haqida so‘zlab berdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/20/balton-trading-asia/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va davlat rahbari maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovga yuklatildi. Prezident Kegeyli tumanida o‘tgan yig‘ilishda hududni rivojlantirish bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlarni sanab o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/control/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank ikkinchi chorak uchun 0,7 punktga pasaygan iste’mol kayfiyati indeksini e’lon qildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, uy-joy sotib olganlar ulushi 6,2 foizdan 5,8 foizga kamaydi, avtomobil xaridi esa — 12,3 foizdan 10,5 foizga. Kelgusi oylarda ham uy-joy sotib olishni xohlovchilar kamroq.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/consumer-sentiment-index/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi. Bu mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda “noldan” qurilgan birinchi ko‘p tarmoqli shifoxona, deb ta’kidladi davlat rahbari matbuot xizmati.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/emergency-ambulance-center/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov 7 yil 6 oyga qamaldi. U juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish, talon-toroj, shuningdek, firibgarlikda aybdor deb topildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/saidahmad-sultonov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024/2025 o‘quv yili uchun 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Xususan, 41 153 nafari davlat granti, 145 718 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Grantda o‘rtacha o‘tish balli — 121,7, kontraktda esa 94,7 bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/talaba/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2−4-sentabr kunlari Muxtor Auezov nomidagi Qozoq milliy drama teatri Toshkentdagi Davlat musiqali komediya teatrida (operetta) chiqish qiladi. 6-sentabrdan 8-sentabrgacha esa ular Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida gastrol safarlari bilan ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/theatre/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Qoraqalpog‘istonda Xitoy va Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. Shuningdek, yangi inshootlarning qurilishi va faoliyati boshlab berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/karakalpakstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deya tanishtirgan shaxs mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan serial suratga olish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 20 ming dollar olganda ushlandi. Toshkent viloyatida esa chet tili bo‘yicha soxta sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan konsalting firma rahbari $3500 ustida qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zomin milliy tabiat bogʻida oʻrnatilgan fotoqopqonga qoʻngʻir ayiq muhrlandi

Qoʻngʻir ayiq brakonyerlik, yashash joylarining qisqarib borayotganligi va boshqa tashqi omillar tufayli kamayib ketgan. Zomin milliy tabiat bogʻida 25-30 tacha uchraydi. Shuningdek, Chotqol qoʻriqxonasida 40-45 ta, Hisor qoʻriqxonasida oʻrtacha 157 tani tashkil qilishi qayd etilgan.

Qoʻngʻir ayiq zaif, kam tarqalgan kenja tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi, CITESning I Ilovasiga kiritilgan.

Video Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan eʼlon qilindi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan 25-avgust-3-sentabr kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/poyezd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal 19−30-avgust oralig‘ida O‘zbekistonda bo‘ladi. U Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoroga tashrifi davomida uy-joy arzonligi va yaroqliligini o‘rganadi. U talabalar turar joylari va boshpanasiz qolganlarning manzillariga ham boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/balakrishnan-rajagopal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonda avgust oyining uchinchi yakshanbasida (bugun) Havo floti kuni nishonlanadi

“Gazeta.uz” havo kemalarini osmonga koʻtarayotgan va ularga texnik xizmat koʻrsatayotgan, mamlakat sarhadlari va osuda osmonini qoʻriqlayotgan, shuningdek, aviatsiya bilan u yoki bu jihatdan bogʻliq boʻlgan barchani tabriklaydi. Bu yil harbiy samolyotlar, vertolyotlar hamda desantchilar ishtirokida anʼanaviy aviashou oʻtkazilmadi. Ushbu havolaga oʻtib, uning oʻtgan yili qanday boʻlganini koʻrishingiz mumkin.

Video: @UZADAF, foto: “Gazeta.uz”, @UZADAF, @in4avia

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/20/un-projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch shahrida fuqaro yosh sher bolasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan jarima jazosi tayinlandi, yovvoyi jonzot esa vaqtincha Nukus hayvonot bog‘iga topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/20/lion/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident 2024-yil oktabr oyida Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlashga doir qarorni imzoladi. Shu munosabat bilan uning ikkita asarini akademik tarjima qilish va sharhini tayyorlash, “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzusida konferensiya o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/al-tirmidhi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi ayollarga nisbatan o‘taketgan nafrat — mizoginiyani ekstremizmga tenglashtirish rejalarini e’lon qildi. IIV rahbari ekstremizmning ortib borishi Britaniya demokratiyasiga tahdid solayotganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/misogyny/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qilish organi xodimiga hujum qilingani aks etgan video tarqaldi — Toshkentda avtomobil haydovchisi mashinasini boshqa joyga qo‘yishdan bosh tortdi va PPX xodimini urdi. Toshkent shahri IIBB holatga izoh berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/ppx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi bog‘chada 2 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Tekshiruv ishlari boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/food-poisoning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi reja qilingan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Saudiya Arabistoni bilan Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya bilan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish hamda Germaniya bilan misni qayta ishlash loyihalari rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/investments/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzaobod tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat bilan berkilib qolgani oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/bola/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 20-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,07 soʻmga arzonlab, 12 640,93 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi esa pasaydi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand tumanidagi Mironqul-Ohalik tog‘ida adashib qolgan 18 yoshli yigit qutqarildi. U tog‘ning 1000 metr balandligidan soat 01:30 da topilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/fvb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanbadan harorat asta-sekin ko‘tariladi, lekin nisbatan qulay bo‘ladi. Kunduzi havo +30…+35, ba’zi joylarda +37 darajagacha isiydi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi. Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan. 20-avgust kuni davlat rahbari Nukusda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/mirziyoyev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. Vazirlik endemik mamlakatlarga boruvchi fuqarolarga tavsiyalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/19/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nima oʻqiymiz? Ssenariynavis va yozuvchi Madina Moʻminova tavsiya qiladi

Gazeta.uz” kitobxonlikni targʻib etishga qaratilgan “Nima oʻqiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, oʻqilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar roʻyxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

“Nima oʻqiymiz?” loyihasining bu galgi mehmoni — ssenariynavis, rejissyor va yozuvchi Madina Moʻminova. Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joiz, soʻnggi uch yil davomida uning bolalar uchun moʻljallangan “Plastikakl kim?”, “Doktor Chixaxl va uning mudhish siri” va “Anubis Maymunus va hayvonlarning arvohlari” kitoblari nashrdan chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/mutolaa-madina-muminova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zsuvta’minot” ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekistondagi 5 mln xonadonning 50 foizga yaqinida qarzdorlik mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/18/ichimlik-suvi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel