gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning qator tumanlarida 5-sentabr-3-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/suv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aleksandr Lukashenko MDHning ba’zi davlatlari Rossiyadan faqat foyda olishga intilayotgani haqida gapirgandi. U misol sifatida KXSHTning Qozog‘istondagi yanvar voqealaridagi harakatini eslatdi. Bayonotdan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi va Ostona pozitsiyasini xolisona baholash so‘raldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/belarus-kz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 23-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 32,03 soʻmga qimmatlab, 12 677,04 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi 1993-yilda qabul qilingan amaldagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga “Davlat siri to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Hujjatda maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/state-secrets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parlament quyi palatasi davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq davlat mudofaa buyurtmasi masalalari bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/defense/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston yil boshidan buyon 168,6 mln dollarlik 206,9 ming tonna dizel import qilgan. Bu esa 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 22 foizga va 2022-yilning shu davriga nisbatan 7,3 barobarga ko‘pdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/diesel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston aholisining 1980-yildan avval tug‘ilgan qismi chin chechak kasalligiga qarshi to‘liq emlangan. Sanepidqo‘mitaning ta’kidlashicha, chin chechakka qarshi emlashdan keyin hosil bo‘lgan immunitet maymunchechakka qarshi ham ishlaydi va kasallikning keng tarqalish xavfini pasaytiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/maymunchechak/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

21-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚧 O‘zbekistonda 2023-yilda haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslar 707 ta YTH sodir etdi, ularda 212 kishi vafot etdi.

🗣 Prezident tadbirkorlar bilan muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

🗳 O‘zbekistondagi barcha siyosiy partiyaga parlament saylovlarida qatnashish uchun ruxsat berildi.

🏭 Air Products 140 mln dollarga FNQIZ ishlab chiqarish aktivlarining bir qismini sotib oladi.

🚗 Senat qo‘mitasi va YHXX yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni muhokama qildi.

🚞 Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ga yo‘lovchilardan undirilgan ortiqcha haq bo‘yicha jarima qo‘lladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

May oyida halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti noqulay ob-havo sharoiti va ortiqcha yuk — me’yordan ko‘p yo‘lovchilar tufayli qulagani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/ebrahim-raisi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 22−23-avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Toshkentda davlatlararo oliy kengash birinchi majlisini, shuningdek, ikki mamlakat biznes vakillari uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/azerbaijan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maymunchechakning Oʻzbekistonga kirib kelish ehtimoli qanday?

JSST Afrikadagi maymunchechak epidemiyasini global favqulodda holat deb eʼlon qildi. Qaror Kongo Demokratik Respublikasida infeksiya avj olgani va kasallik qoʻshni davlatlarga ham tarqalgani fonida 14-avgust kuni qabul qilindi. Qoʻshni Qozogʻiston maymunchechak tufayli chegarada nazorat choralarini kuchaytirdi.

Xoʻsh, maymunchechak oʻzi nima? Uning birlamchi alomatlari qanday? Oʻzbekistondagi vaziyat-chi?

“Gazeta.uz” shu kabi savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi boshqarmasi boshligʻi Rustamjon Ikromovga yuzlandi.

Videoni quyidagi havola orqali toʻliq koʻrishingiz mumkin:

https://youtu.be/pLG7J1wUgVU

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanida fuqaro 1 tup mojjevelnik (archa) kesgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 8,8 mln so‘m zarar yetgan. Huquqbuzar jami 17 mln 340 ming so‘m tovon to‘lashi belgilandi. Kompensatsiya tarzida esa 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/tree/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholanishi kerak. YTHlar vaqtida tahlil qilinmayapti, aholi gavjum joylarda svetoforlar yo‘q, hokimliklar zarur choralarni ko‘rmayapti. Senatda YHXX yangi rahbari bilan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/road-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ITIMning lingvistik tahliliga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Nukusda o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda salkam 5000 ta so‘zdan foydalandi. Eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “tadbirkor”, “korxona”, “xizmat”, “eksport”, “bozor”, “yer”, “bank” va boshqalar bo‘ldi. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/linguistic-analysis/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi yo‘lovchilarning chiptalaridan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha haq undirgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi unga va xuddi shu holat bo‘yicha “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasiga moliyaviy jarima qo‘lladi, pullar iste’molchilarga qaytariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/jarima/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyati Baliqchi tumanida hokim o‘rinbosari va tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi qamoqqa olindi. Ular tuman hokimligi zaxirasidagi yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/baliqchi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/ilhom-aliyev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindistonning Avee Broilers genetik kompaniyasi Jizzax va Samarqand viloyatlarida parrandachilik korxonasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxona ishga tushirilgach, O‘zbekiston go‘sht importidan voz kechib, uni eksport qila boshlashi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/poultry-farming/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona postida Sankt-Peterburgdan uchib kelgan shaxs pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/pistol/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilgacha uzaytirish mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etib, bunday taklif yoki qo‘shimchalar ko‘zda tutilmaganini bildirdi. Hozirda bu muddat 20 yilni tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/iiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan, IIO, bojxona, milliy gvardiya va harbiy xizmatdagi maxsus unvonlar uchun xizmat qilish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/unvon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2024-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Jarayon 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/open-budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali vositachilik yig‘imi sabab yo‘lovchilardan 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha mablag‘ undirganini, shu sababli jarima jazosi qo‘llanishini aytgandi. Temiryo‘l kompaniyasi qaror yuzasidan apellyatsiya beradi, chunki “yig‘im tashuvchi tomonidan mustaqil belgilangan”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/uztemiryolyolovchi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saneg Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi ikkita vodorod ishlab chiqarish blokini AQShning Air Products kompaniyasiga 140 mln dollarga sotmoqda. Shartnoma hali to‘liq xususiylashtirilmagan zavod ulushini o‘tkazishni nazarda tutmaydi, deya aniqlik kiritdi Saneg mas’ullari.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/saneg-air-products/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zomin tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari yerni nasos orqali sug‘orish mobaynida uskunalarni o‘zgartirib, qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/electricity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025-yildan O‘zbekistonda yer uchastkalari va kapital qurilish loyihalari yagona klassifikatorini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu bilan asosiy faoliyat turini qaysilariga almashtirish mumkinligi, qanday yordamchi inshootlarni joylashtira olish aniq belgilab beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/classifier/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 22-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 19,80 soʻmga qimmatlab, 12 645,01 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi esa pasaydi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Demokratik partiya Kamala Harrisni prezidentlikka nomzod sifatida rasman tasdiqladi. U Amerika yetakchi partiyalaridan birining davlat rahbari lavozimiga nomzodi ilgari surilgan birinchi qora tanli ayol va birinchi osiyolik ayolga aylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/kamala-harris/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi yo‘lkira to‘lovlarining avtomatlashtirilgan tizimi operatorlari ATTO va Tulpar integratsiya qilinadi. Jarayon tugagach, Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonda Tulpar kartalari orqali, O‘zbekiston fuqarolari esa Bishkekda ATTO orqali to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/atto-tulpar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy saylov komissiyasi barcha siyosiy partiyaga Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida qatnashish uchun ruxsat berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/21/partiyalar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel