O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga gaz importi 983,7 mln dollarni tashkil etgan, bu 2023-yil yetti oyiga nisbatan qariyb 5 barobar ko‘p. Yil boshidan buyon “ko‘k yoqilg‘i” eksporti 323 mln dollardan oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan biroz kamroq.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/gas/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida sudlar erkaklarni “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” soqol qo‘ygani uchun jarimaga tortdi. Bu modda bilan asosan yuzini to‘liq yopadigan kiyim kiygan ayollar javobgarlikka tortiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/beard/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev biznes ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda ham ishtirok etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/investments/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Endi Uklon bilan Toshkentni 50% chegirmada kashf qilish mumkin
Uklon xizmati yangi mijozlar — ilovani ilk bor yuklab olib ro‘yxatdan o‘tganlar uchun dastlabki uch safarga 50% chegirma taklif etmoqda.
Ukrainaning yirik IT kompaniyasi bir yildan beri O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda. Shu davr ichida ilovada "Komfort+" va "Biznes" tariflari, haydovchilar uchun esa foydali bonuslar tizimi joriy etildi.
Uklon`ning o‘ziga xos jihati shundaki, yo‘lovchi kutishga tayyor bo‘lsa, narxni pasaytirib, safar qiymatini o‘zi boshqarishi mumkin.
Reklama huquqlari asosida.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 2025-yilni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy kooperatsiya yili deb e’lon qilish hamda 20 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha dastur qabul qilishga kelishib oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/azr-uzb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator hujjatlar, jumladan, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejasi va boshqalar imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/uzb-azr/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat shanbada +34…+37, yakshanba kuni esa +30…+33 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/meteo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident yaqinda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazgan Nukus shahri “Oq qush” majmuasidagi o‘tov dunyodagi eng katta o‘tov sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning diametri 40,5 metrni tashkil qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/guinness/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni "ulkan xato" deb atadi. Uning aytishicha, u sanksiyalarga qarshi kurashishda davom etmoqda va sanksiyalarga uchragan oilasini himoya qilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/alisher-usmonov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablarini buzgani haqida xabar berdi. Korxonaning 2,8 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolari yuzasidan o‘rganish olib borilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/tyvqtz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
24-sentabrdan Toshkentdan Moskvaga temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qatnov 77 soatni tashkil qiladi, chiptalar reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin xarid qilinsa, chegirma qo‘llanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/moskva/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ostonada Qozog‘istondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha so‘nggi ommaviy eshituvlar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev AES bo‘yicha referendum kuzda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/kazakhstan-nuclear/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari kesishmasida 1,2 km uzunlikdagi gastronomik ko‘cha loyihasini taqdim etdi. Ustuvorlik piyodalarga beriladi, avtobuslar bo‘ladi, qulay mikroiqlim yaratiladi. “Ushbu ko‘cha misolida boshqa ko‘chalar ham tartibga keltiriladi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/sergeli-food-street/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
22-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🗳 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi.
✍️ Deputatlar davlat siri to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qildi.
💉 O‘zbekiston aholisining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjud — Sanepidqo‘mita.
🍗 Hindistonning Avee Broilers kompaniyasi 43 mln dollar evaziga O‘zbekistonda parranda go‘shti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
📈 Statagentlik iyul uchun energoresurslar ishlab chiqarish ma’lumotlarini e’lon qildi.
🎖 Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda maxsus unvon uchun xizmat qilish muddatlari o‘zgardi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘rta Chirchiqda fuqaro obodonlashtirish uchun ajratilgan 2 ga yerni 560 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Boshqa holatda Farg‘onada tuman hokimligining yeri 410 ming dollarga sotilishining oldi olindi. DXX jami 5 ta holatda noqonuniy yer savdosini to‘xtatib qoldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/land/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oltita yangi film premyerasi, ochiq havoda kino namoyishlari, Mocfest festivali, ko‘rgazmalar, kattalar va bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, Respublika bolalar kutubxonasidagi ma’rifiy dasturlar, teatr tomoshalari va boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/afisha/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oʻzbekistonda siyosiy partiyalar ilgari suradigan gʻoyalar:
— jamiyatda erkinlik tarafdori boʻlgan partiya;
— erkin bozor boʻlishini istayotganlar;
— soliqlarni oshirishni qo‘llab-quvvatlayotgan partiyalar.
Telegram: t.me/Saylov_2024
Reklama huquqlari asosida.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Uning tarkibida Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/uzenergoinspeksiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyati Zangiota tumanida ko‘chada niqob taqib yurgan ayolga nisbatan 1,7 mln so‘m jarima qo‘llanildi. Ayol sudda changga allergiyasi borligi va mebel sexida ishlashini, shu sabab niqob taqib yurishini aytgan. Ammo sud faqat jarimani kamaytirgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/niqob/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 26-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,04 soʻmga qimmatlab, 12 688,08 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shahrisabz shahrida hokim yordamchisi kompaniyalar rahbarlari bilan birga fuqarolar nomiga 1 mlrd 173,6 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/robbery/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/meeting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/olimpiadachilar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Poytaxtda asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlari, oliy, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash idoralarida ishlovchi shaxslar korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan. Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/korrupsiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dzyudo bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/diyora-keldiyorova/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zA axborot agentligi sun’iy intellektga asoslangan virtual suxandon Sobira Xoldarovani taqdim etdi. U yangiliklarni to‘qqizta tilda yetkazadi. Uni yaratish uchun jurnalist Dildora Abduxalilovaning prototipidan foydalanilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/uza-ai-correspondent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Pokrovsk shahrini — boshqa yirik shaharlarga yo‘l ochadigan muhim strategik maqsadni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi, deb yozadi Economist. Rasmiylar mahalliy aholini evakuatsiya qilishni boshladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/23/pokrovsk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Olimpiadada “kumush” olgan Akbar Joʻrayev bilan intervyu
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Tokio-2020 Olimpiadasida chempion bo‘lgandi. 2024-yil yozida Parij mezbonlik qilgan o‘yinlarda esa 2-o‘rinni egalladi. Akbarning o‘zi bunga musobaqagacha olgan jarohatlari va 7 kilo vazn tashlashdagi qiyinchiliklar sabab bo‘lganini aytdi.
“Gazeta.uz” sportchi bilan suhbatlashib, uning Parij Olimpiadasidan olgan taassurotlari, mukofot pullarini nimaga sarflashi va keyingi rejalari haqida so‘radi. U 2028-yilgi Los Anjeles va 2032-yilgi Brisben Olimpiadalarida ham O‘zbekiston uchun medallar qo‘lga kiritish niyatida.
Intervyuni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/j6RsWj6FLDc
Mushtariy Oqboyeva, Maʼmurjon Obrahmatov
@gazetauzmaxsus
Raqobat qo‘mitasining maxsus komissiyasi korzinka supermarketlar tarmog‘iga talablarini bajarish uchun muhlat berdi. “Korzinka” allaqachon ommaviy oferta va “Eng arzon narx” dasturining aloqa materiallariga o‘zgartirishlar kiritdi, shuningdek, jarima to‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/korzinka/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Statagentlik iyul uchun energoresurslar ishlab chiqarish ma’lumotlarini e’lon qildi. Gaz qazib olish 3,79 mlrd kub metrni tashkil etdi. Ko‘mir qazib olish yana rekord o‘rnatdi, dizel ishlab chiqarish ko‘paydi. Yirik korxonalarda elektr ishlab chiqarish 17 foizga, neft — 7 foizga, benzin — 13,7 foizga kamaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/22/production/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube