O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan uch bola (17, 12 va 2 yoshda) O‘zbekistonga qaytarildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/children/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, FVV, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari jalb etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/security/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdagi “Jahon savdo markazi” konsepsiyasiga ega Terminal biznes markazida ofis maydonlarini sotish boshlandi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/terminal/
Sirdaryo viloyatining Guliston shahri O‘zbekistonda Yandex Go taksi xizmati ishga tushgan 14-shahar bo‘ldi. Sayohatning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/guliston/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish rejasini tayyorladi va AQShga taqdim etadi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. U bir necha banddan iborat, ulardan biri — Kursk viloyatidagi operatsiya.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/ukraine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
27-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🚁 Afg‘onistondan o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qoladi — AQSh elchisi.
💻 Deputatlar raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida.
🇰🇿 Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini qo‘lga kiritmoqchi.
🗳 35 ta holatda o‘qituvchi va shifokorlar “Tashabbusli budjet”ga ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkin — IMV.
📊 OTB O‘zbekiston bilan yangi 5 yillik hamkorlik strategiyasini boshladi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi OAV va internetda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga jarimalar joriy etishni taklif qildi. Vazirlikning fikricha, bu “internet-kontent iste’molida tanqidiy fikrlash zarurligi yuzasidan aholi xabardorligini oshiradi”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/kyrgyzstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Metropolitenning “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi. Holat 4 daqiqada bartaraf etildi va harakat tiklandi. Yong‘inda hech kimga jarohat yetmadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qonunchilik palatasi deputatlari jamiyat hayotida yuqori natijalarga erishgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini yaratish uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etmoqchi. Ular bu yoshlarning tadbirkorlik va biznesga qiziqishini oshiradi, degan fikrda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/title/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
TBC Bank ota-onalarga bolani minimal xarajatlar bilan maktabga tayyorlash bo‘yicha amaliy maslahatlar berib, kutilmagan xarajatlarni qoplash bo‘yicha yechimlar bilan o‘rtoqlashdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/tbc/
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki davlatda qiymati 520 mln dollar bo‘lgan 7 ta loyihani ishga tushirdi. Ritz-Carlton mehmonxonasi, turar joy majmuasi, Qashqadaryodagi gips mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi, to‘qimachilik korxonalari, Ozarbayjondagi do‘stlik bog‘i shular jumlasidan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/uzb-azerbaijan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
OTBning O‘zbekiston bo‘yicha yangi strategiyasi mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bank energetika, davlat sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik sohalarida loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/otb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 28-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,46 soʻmga arzonlab, 12 652,19 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl esa tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. U bungacha Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/isroil/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishni va “ushbu mamlakatda texnologiyalarni rivojlantirishga katta sarmoya kiritishni” rejalashtirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/kaspi-humo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi CE guvohnomasiga ega furachilar Latviyaga ishga taklif etilayotganini ma’lum qildi. Oylik ish haqi — 1100 yevro. Belgiyada esa avtomexanik va avtotexniklar uchun vakansiya mavjud, ish haqi — 2100 yevro.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/vacancy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi etib jamg‘arma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish va jamg‘arma aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/fond/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Registon maydonida o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivalida 80 ga yaqin davlatdan 300 dan ziyod vakil qatnashmoqda. 27-avgust kuni 14 ta mamlakat ishtirokchilari ko‘rik-tanlov doirasida chiqish qildi. “Gazeta.uz” tadbirning ikkinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/sharq-taronalari/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Fevral oyidan buyon Makka shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan va viza muddati tugagan fuqaroning O‘zbekistonga qaytishiga yordam ko‘rsatildi. U va uning o‘g‘li shifokor hamrohligida Toshkentga olib kelindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/makka/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Kutubxona”: Qozoqboy Yoʻldoshevning shaxsiy kutubxonasiga sayohat
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targʻib qiluvchi “Kutubxona” loyihasini davom ettiradi. Uning navbatdagi mehmoni — pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldoshev.
Intervyuni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/TT9gGXx7a7Q
Texas sudi prezident Jo Baydenning amerikaliklar bilan turmush qurgan migrantlarga qonuniy maqomga ega bo‘lish imkonini beradigan dasturini to‘xtatishga qaror qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/us-migration/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodi bilan bog‘liq tekshiruvni yakunladi. Kompaniya birja savdolarida demping va raqobatni cheklagani uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/cement/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish jarayonida respublika bo‘ylab ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha 39 ta shikoyat kelib tushdi, deb yozdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ularning 35 tasi o‘qituvchi va shifokorlar bilan bog‘liq. Agar ular o‘z tasdig‘ini topsa, loyihalar jarayondan chetlatiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/open-budget/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
ANORBANK o‘zining to‘rt yilligi munosabati bilan an’anaga ko‘ra bolalar uchun xayriya bayramini tashkil etdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/anorbank/
Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren reytingini VV- darajasida qoldirdi. Agentlik davlat qarzining past darajasi, YAIMning yuqori o‘sishi va islohotlardagi taraqqiyotni qayd etdi. Bu YAIM pastligi, davlat boshqaruvi zaifligi, lekin yaxshilanayotgani, iqtisodiyotda davlat ulushi yuqoriligi bilan muvozanatlashadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/fitch/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Sherali Qosimov hokim etib tayinlandi. U mazkur lavozimga qadar Pop tumani hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/sherali-kosimov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. “Bokuda o‘zbek tuprog‘i, Toshkentda Ozarbayjon tuprog‘i bo‘ladi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/uz-az/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va AQSh 2021-yilning avgustida Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlar taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishdi. Amerika elchisi Jonatan Henik ular O‘zbekistonga o‘tkazilishini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/aircraft/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida turar joy majmuasi va mehmonxona qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Loyiha qiymati 133 mln dollarga baholanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/agalarov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/27/mirzaobod/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube