O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov prezidentga viloyat va tumanlardagi sanoat bilan «korxonabay» ishlash boshlangani, ularga aylanma mablag‘, elektr va gaz ta’minoti, soliq masalalari bo‘yicha ko‘maklashilayotgani haqida hisobot berdi. Prezident korxonalarga mas’ullarni biriktirish bo‘yicha topshiriq berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/industry/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Fotojurnalist Husniddin Ato jarayondan olingan suratlarni “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/opening-ceremony/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Endi “Xavfsiz Wi-Fi” va Samsung Internet vositalari foydalanuvchi qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, maxfiylikni ta’minlaydi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/samsung/
Alisher Abdusalomov O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi bo‘ldi. U bunga qadar Oliy Majlis Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/koreya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/podpolkovnik/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
⚡️ Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/magistratura/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
MMTV rahbari Hilola Umarova o‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetishi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda 6000 dan ortiq o‘qituvchi (1,1%) bonuslar bilan qo‘shganda shunday maosh oladi. Vazir o‘rinbosari Temurjon Komilov barcha o‘qituvchilar bir vaqtda 1000 dollar olishining iloji yo‘qligini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/teachers-wage/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
YTTB Markaziy Osiyodagi birinchi qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. 20 MVt quvvatga ega elektroliz uskanasi va 52 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi ammiakli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda qo‘llanadigan kulrang vodorodni qayta tiklanadiganiga almashtirishga yordam beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/erdb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/metro/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Madaniyat vaziri “Maqom”, “Baxshichilik”, “Sharq taronalari” kabi festivallarning ahamiyatiga to‘xtalib, inson madaniyatiga tahdid bostirib kelayotganini aytdi. “Bu muammoga qarshi kurashish bitta ko‘chani asfalt qilgandan muhimroq. Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/festival/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yuldashev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)da ilmiy maslahatchi bo‘lib ham ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/behzod-yuldashev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat mukofotlari topshirildi. Prezident sportchi va murabbiylarga minnatdorlik bildirib, qaysi sport turlari bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish kerakligini aytdi. Kelgusida sportchilarni tayyorlash dasturlari qabul qilinib, xorijlik mutaxassislar jalb etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/athletes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy bank aholining o‘rtacha ish haqi va uy-joy narxlarini taqqosladi. Eng qimmat uy-joylar Samarqand viloyati va Toshkentga to‘g‘ri keldi. Xarid qobiliyati deyarli barcha hududlarda yomonlashdi. “Gazeta.uz” 50 kvadrat metrli kvartirani sotib olish uchun necha yillik ish haqi kerakligini hisoblab chiqdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/wages-real-estate/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/pensiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi. Kengashlar faoliyati samaradorligi esa har yili baholab boriladi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni yangi mexanizm va shakllar bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/public-council/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Maxsus prokuror Jek Smit Donald Trampning 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishi bo‘yicha yangi ayblov xulosasini sudga berdi. Hujjat Oliy sudning AQSh sobiq prezidentlarining qisman jinoiy immunitetga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi qarorini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/donald-trump/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqib, 1,5 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabba yondi. Uni o‘chiirishga 3 ta ekipaj, 30 nafar qutqaruvchi va xo‘jalikning 20 nafar xodimi jalb qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston davlat OTMlaridagi super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Tabaqalashtirilgan kontraktni to‘plagan ballari qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan talabalar to‘lagan holda o‘qishga kirishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/super-kontrakt/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Endilikda o‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bunday norma mavjud bo‘lmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/firearm/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
28-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇦🇫 Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi.
🥇 “Kelgusi Olimpiadada kuchli 10 likka kirish bosh maqsad bo‘lishi kerak” — prezident.
🏘 O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqiga nisbatan eng qimmat uylar qayerda?
👮♂️ Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30,7 ming xodim jalb qilinadi.
🗣 “Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq“ — Ozodbek Nazarbekov.
🎵 Foto: Samarqandda o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivali.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij olimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuvda Financial Times kolumnisti Saymon Kuperning “Olimpiya medallari jadvali bizga nimalar haqida hikoya qiladi?” nomli maqolasidan iqtibos keltirdi. “Gazeta.uz” ushbu maqolaning tarjimasini havola etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/olympic-games/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident aholidan elektr energiyasi va gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ilgari qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlar tufayli 7700 dan ortiq qarzdor fuqaro tarmoqdan majburiy ravishda uzilmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/gas-energy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Hukumat zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderi berish tartibini yangiladi. Endi u profilaktika inspektori tomonidan zo‘ravonlik aniqlangan va davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirilgan paytdan boshlab 24 soat ichida beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/order/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’qidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/afghanistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi KXDR va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi. Shimoliy koreyaliklar bilan o‘yin 5-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/football/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Olimpiada g‘oliblari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi. “Kelgusi Olimpiadada kuchli 10 likka kirish bosh maqsad bo‘lishi kerak”, — dedi prezident ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi vazifalarni belgilab berarkan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/olympics-2028/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 29-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,75 soʻmga qimmatlab, 12 673,94 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa koʻtarildi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident muqobil energiya manbalarini o‘rnatishni davlat siyosati deb atadi. O‘zbekistondagi 1 mln xonadonning isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish, aholi va tadbirkorlarga 973 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/energy-saving/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi omonat turlari reklamasida muhim ma’lumotlar to‘liq berilmagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga moliyaviy jarima qo‘lladi. Bankka qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/28/ipak-yuli-bank/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ko‘pchilik ota-onasi uchun dam olishni tashkil qilishni istaydi
Dala hovli — bu dam olish uchun ideal joy. Foizsiz pul o‘tkazmalaridan foydalangan holda yaqinlarni dam olishga jo‘natish mumkin.
Agrobank Mobile orqali qancha kerak bo‘lsa, shuncha yuborish mumkin. Pul o‘tkazmalari limiti — 20 million so‘mgacha.
Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.