gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parkent tumanidagi yo‘l qurilishi davomida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi. Qolaversa, bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda muhr chiqdi. Hozirda ular laboratoriyaga yuborilgan va hududda arxeologik qazishma ishlari davom etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/qabr/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi. Grafik metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida darslarga yetib borishi uchun qulaylik yaratish maqsadida tuzilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/university/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi hududlarda dori vositalarining belgilangan referent narxlaridan oshirib sotilgan holatlarni aniqladi. Dorixonalar salkam 50 mingta holatda iste’molchilardan 5,4 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad olgan. Pullar fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/dorixona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunidan so‘ng O‘zbekiston 2 ta medal bilan 18-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi kunda esa mamlakatdan 19 nafar vakil sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirokini boshlaydi. Sportchilar ro‘yxati va o‘yinlar taqvimi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/paralympic-2/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova Parij Paralimpiadasi finalida perulik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga ega chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/ziyodakhon-isokova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbek boksida yangi tarix yozgan Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov bilan intervyu

57 kilogramm vazn toifasida jang qiladigan bokschi Abdumalik Xalokov Parij Olimpiadasidagi barcha janglarida mutlaq gʻalabalarni qoʻlga kiritib, havaskor boks olamida erishish mumkin boʻlgan hamma musobaqalardan oltin olgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichevning taʼbiri bilan aytganda, universal bokschi hisoblangan Abdumalik Xalokov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida bayroqdor boʻlish sharafi, janglarini qanday qilib yengil oʻtkazishi, oʻzbekistonlik murabbiy sekundantlik qilgan qirgʻizistonlik Munarbek Seyitbek oʻgʻli bilan final jangi, Olimpiadadagi bosimlar, oʻzbek boksining muvaffaqiyati sirlari va boshqalar haqida soʻzlab berdi.

Boksni oʻzi uchun sanʼat deb biluvchi chempionning shu vaqtga qadar bosib oʻtgan yoʻli bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://youtu.be/stPsibxXECY

Ziyoda Ramazonova, Maʼmurjon Obrahmatov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinib, kengaytirilgan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Prezident ko‘chaga tashrif buyurib, “yangi yo‘l va inshootlar Mustaqillik bayramiga tuhfa” ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/road/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston avtotransportda benzin va dizel olib chiqishga 2022-yil iyul oyida joriy etilgan taqiqni yana uzaytiradi, shuningdek, mamlakat ichidagi yaxshi hosil tufayli olma importi cheklanadi. Yil boshidan buyon O‘zbekiston Qozog‘iston bozoriga 2,8 mln dollardan ortiq olma yetkazib berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/petrol-apples/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov AQShda o‘tkazilgan Sinkfild kubogi nufuzli turnirida 3−4-o‘rinlarni egallab, 40 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Oxirgi turda u 27 ta harakatda Yan Nepomnyashiydan ustun keldi. Alireza Firuzja birinchi, Fabiano Karuana ikkinchi o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/sinquefield-cup/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel sayyohlik kompaniyasi turistlarga Saudiya Arabistonining noyob tabiiy va madaniy kashfiyotlar kutayotgan xazinasi Al-Ulaga tashrif buyurishni taklif qiladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/asialuxe-travel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Termiz xalqaro savdo markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston bosh vaziri v.b. Abdul G‘ani Barodar, Ozarbayjon bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafayev qatnashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/termiz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IT Park University tez o‘zgaruvchan IT dunyosida talabgir bo‘lish uchun qay tarzda ixtisoslikni tanlash va ko‘nikmalarni rivojlantirish haqida so‘zlab berdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/it-park-university/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda endilikda yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha my.gov.uz portali orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/my-gov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Onix turar joy majmuasi foydali to‘lov dasturi bo‘yicha tayyor kadastrli kottejlarni sotib olish uchun moslashuvchan sharoitlarni taklif etadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/onix/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligi muborak boʻlsin

Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bayram mohiyati va tarixiy ahamiyatiga bagʻishlangan maxsus video lavha tayyorladi.

Oʻzbekistonning birinchi xalqaro universiteti TXVU tashkil etilganidan buyon, u milliy va jahon taʼlim tizimi rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelmoqda.

Mazkur video lavha TXVUning yuqori sifatli taʼlimni tashkil etishi va mamlakatning porloq kelajagini yaratishga intilayotganini oʻzida aks ettiradi.

Sayt | Telegram

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Parij Olimpiadasida yurak xurujiga uchragani va ingliz shifokorlar unga yordam bergani haqida gapirdi. U tayvanlik bokschi va sportchilarga beriladigan mukofot pullari haqida ham fikr bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/tulkin-kilichev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namibiya hukumati 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil, begemot va zebralarni o‘ldirish rejasini tasdiqladi. Ularning go‘shti mamlakatda yuz bergan so‘nggi 100 yildagi eng yomon qurg‘oqchilik fonida oziq-ovqat tanqisligiga duchor bo‘lgan jamoalarga tarqatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/namibia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga qarshi da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi. Da’vogarlar Gruziya prezidenti, nodavlat tashkilotlar, muxolifat deputatlari va mediatashkilotlar hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik parasuzuvchi Muslima Odilova Parij Paralimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U faoliyatida ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilmoqda. Uning medali O‘zbekiston delegatsiyasi uchun turnirdagi birinchisi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/muslima-odilova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📄 Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.

🇰🇿 Qozog‘iston Tojikistondan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilishni rejalashtirmoqda.

🏥 “Onkologik bemorlar navbatda turib qiynalmasin”. Prezident yangi qurilgan Respublika onkologiya markazini borib ko‘rdi.

🎓 OTMlardagi super kontrakt miqdori e’lon qilindi.

🛣 Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan YIDXPga shikoyat yo‘llash mumkin bo‘ldi.

🇫🇷 Foto: Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi. Bu yerda bir nechta o‘quv muassasalarini birlashtirgan harbiy ta’lim tizimi yaratilgan. Prezident ofitserlar bilan suhbatlashib, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/public-safety-university/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabidagi ochiq turnirda biror mag‘lubiyatsiz g‘olib chiqdi. U 30 ming dollar mukofot puli oldi. Shamsiddin Vohidov ham xuddi shuncha ochko jamg‘ardi, ammo uchinchi o‘rinni egalladi. Ladies guruhida Afruza Hamdamova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/chess-abu-dhabi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Toshkent tibbiyot akademiyasi yonida qurilgan Respublika onkologiya markazining yangi majmuasini borib ko‘rdi. Loyiha Janubiy Koreya tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Qurilish ishlariga 1,2 trillion so‘m ajratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/hospital/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev kecha vafot etgan Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadoniga bordi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini yodga oldi, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/behzod-yuldoshev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 30-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 48,93 soʻmga arzonlab, 12 625,01 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya janubi-g‘arbida “Shanshan” tayfuni kuzatildi, 200 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Toyota va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar zavodlarda ishni to‘xtatdi, yuzlab reyslar bekor qilindi. Hukumat mamlakat bo‘ylab 5,2 milliondan ortiq aholini evakuatsiya qilish topshirig‘ini berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/japan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiyaning Ushoq shahrida 2020-yildan beri tutqunlikda ushlab turilgan qashqadaryolik ayol qutqarildi. Uni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangan. Ayolni tutqunlikda saqlagan turk fuqarosiga jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/istanbul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ning 4,8 mlrd so‘mga yaqin savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi buzilganiga oid alomatlarni aniqlandi. AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/uzbekneftgaz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunida o‘zbekistonlik 5 sportchi para suzish bahslarida qatnashadi. Parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova (-47 kg) ishtirokini chorak finaldan boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/29/paralympics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel