gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi xizmatlarini reklama qilishda qonunchilik talablarini buzgani uchun Universalbank’ni jarimaga tortdi. Bu “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni buzayotgan 2 oy ichidagi 5-bank.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/universalbank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 14 nafar a’zosi sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/paralympic-3/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Para yengil atletikaning yadro uloqtirish dasturida Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev oltin, Tolibboy Yo‘ldashev esa bronza medalini oldi. O‘zbekiston medallar jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/shot-put/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Madaniy boyliklarni asrash va tiklash xalqaro tadqiqot markazining (IKKROM) 138-a'zosi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/iccrom/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Zarchob-1A” kichik GESi foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati — 3,3 mln dollar. Stansiya yiliga 13 mln kVt soat elektr ishlab chiqaradi va 4750 ta xonadonni ta’minlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/zarchob-1a/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar Mustaqillik bayrami munosabati bilan sayillar va bayram tomoshalari o‘tkaziladi. Bog‘lar ro‘yxati.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/events/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mudofaa vaziri Parij Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan dzyudochi Diyora Keldiyorovani “katta leytenant”, taekvondochilar Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovani esa “leytenant” unvonlari bilan taqdirladi. Qizlarga, shuningdek, “To‘maris” ko‘krak nishoni ham berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/titles/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Parda podcast loyihasiga bergan intervyusida ayol sportchi bo‘lish qiyinchiliklari, jamiyatdagi stereotiplar va shaxsiy chegara haqida gapirdi. U, shuningdek, o‘zining qizlik va kelinlik oilasidan birdek qo‘llab-quvvatlov olganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/diyora-keldiyorova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mamlakatda qo‘shimcha maktablar qurilishi prioritetdaligini ta’kidladi. Rejaga ko‘ra, bu yil 180 mingdan ziyod o‘quvchi o‘rni uchun maktab qurib bitkaziladi. Bu uchun 11 taga yaqin loyiha bor. Shuningdek, vazirlik bitta yangi maktab qurilishiga qancha mablag‘ ketishini ochiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/schools/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/orden/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kubaro Hakimova para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal oldi. U yadroni 10,36 metrga uloqtirib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/kubaro-hakimova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

"Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz"

"O‘zagrosug‘urta" AJ barchani aziz va ulug‘ bayram — O‘zbekiston mustaqilligining 33-yilligi bilan samimiy tabriklaydi.

Kompaniya O‘zbekistonning ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lidagi xayrli ishlarda ulkan zafarlar tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident poytaxtning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rarkan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham shunday yo‘l o‘tkazgichlar qurishni buyurdi, deya ma’lum qildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunov.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/road/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025-yil yakunigacha maktablarning yagona taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari va DTS takomillashtiriladi — vazirlik

O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/education/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onada 6 mingdan ortiq xonadonga issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlari natijasida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan mablag‘lar bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/asossiz-qarzdorlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiylar Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi xiyobonida o‘tgan xotira marosimida ishtirok etdi. “Adolat sinmaydi, haqiqat baribir tantana qiladi”, — dedi u bir necha siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomi oqlanganini eslab.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/victims-of-repressions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Germaniya hukumati uch yildan so‘ng afg‘onistonlik mahkumlarni vataniga deportatsiya qilishni tikladi. Avvalroq OAV Berlin O‘zbekiston va Kobulning boshqa qo‘shnilari bilan afg‘onistonliklarni ular orqali deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/deportation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

30-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🛣 THAY bo‘ylab boshqa chorrahalarda ham yo‘l o‘tkazgichlar qurish reja qilinmoqda — Avtoyo‘l rahbari.

🌳 O‘zbekistonda “yashil” shaharlar reytingi paydo bo‘ldi. Toshkent — reytingning quyi qismida.

⛽️ Rossiya O‘zbekistonga gazni “mumkin qadar maksimal” yetkazib bermoqda — “Gazprom” rahbari.

✍️ Mustaqillik bayrami arafasida 522 nafar mahbus, jumladan, 19 nafar xorijlik afv etildi.

🗣 Diyora Keldiyorova — stereotiplar, ko‘ylak kiymagani uchun tanqid va qaynonasining qo‘llovi haqida.

🎵 “Sharq taronalari” festivali g‘oliblari aniqlandi. Fotoreportaj.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda shaharni yangilash bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyihalar amalga oshirilmoqda, bu uchun esa ba’zan butun mavzelar buzib tashlanmoqda. Ko‘pincha bu yetarli qonuniy asossiz sodir bo‘lyapti. BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha shunday xulosaga keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/un-housing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 522 nafar shaxs afv etildi. Ularning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari shartli ozod qilindi. Afv etilganlar orasida 19 nafar chet el fuqarosi, 27 nafar taqiqlangan tashkilotlardagi shaxslar mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/pardon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beshta kinopremyera, bog‘lardagi bayramona-ko‘ngilochar dasturlar, Anhor Sup Fest 2024, yarmarkalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi O‘zbekistonga gazni “texnik jihatdan mumkin qadar maksimal darajada” yetkazib bermoqda. “Qishdagi darajada. O‘tgan qishda, O‘zbekistonda anomal kuchli sovuq bo‘lganida, biz u yerni gaz bilan ta’minlagan darajada”, — dedi kompaniya rahbari Aleksey Miller.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/gazprom/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda yakunlangan “Sharq taronalari” festivalining Gran-prisini Ozarbayjonning “Semurg” jamoasi qo‘lga kiritdi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi. Oltita davlat ijodkorlari esa turli o‘rinlarga loyiq ko‘rildi. Tadbir yakuni — “Gazeta.uz” fotoreportajida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/sharq-taronalari/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil va HAMAS gumanitar tashkilotlar bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashlari uchun G‘azodagi jangovar harakatlarda uch kunlik tanaffusga kelishdi. Avvalroq JSST anklavda 25 yil ichida birinchi kasallanish holatini tasdiqlagan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/gaza-polio/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida yengil atletikachi Asila Mirzayorova Oʻzbekiston hisobiga ilk oltin medalni taqdim etdi. U oʻz chiqishi davomida 28 yillik turnir rekordini yangiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/oltin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahrida Spark haydovchisi keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urildi. Oqibatda 4 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 2 nafari vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

🇺🇿Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida Paralimpiya rekordini oʻrnatdi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida 5,22 metrga sakrab, musobaqa rekordini yangiladi. Bundan avvalgi rekord natija 5,07 metr edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/asila-mirzayorova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida avtobuslar bayram kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. Metro esa 31-avgust va 1-sentabr kunlari odatiy ish kunlari uchun belgilangan, 2 va 3-sentabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/metro-bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. U Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyati va brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda mamlakat salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalarni chop etishga ko‘maklashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/minami/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avgust oxiri va bayram kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. 1-sentabrdan harorat foni pasayib, kunduzi +28…+31, kechasi +13…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Bu kunlarda havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/30/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel