O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Prezident topshirig‘iga binoan Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov, energetika, favqulodda vaziyatlar vazirlari va boshqalar tashrif buyurdi. “Gazeta.uz” ikki xodim shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lumot oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/hydrogen-sulfide/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum “keng umummilliy muloqotning yana bir ko‘rinishi” va “eshituvchi davlat” konsepsiyasini amalga oshirishning yorqin namunasi bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/nuclear-power-station/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Paralimpiya o‘yinlarining uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Saliyev 7.16 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Nurxon Qurbonova esa yadro uloqtirishda o‘zining mavsumdagi eng yaxshi natijasi — 7.75 metr bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/saliev-kurbonova/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Samarqand va Qarshi shaharlarida ham xotira tadbirlari o‘tkazildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/islom-karimov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 12 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/paralympic-5/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning BAAdagi elchisi, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/elchi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yangi ko‘rinishda ochildi. Bino panjaralardan xalos bo‘ldi, endi u yerga mashinada borish mumkin. Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun katta zal va ichki hovli paydo bo‘ldi. Keyinroq uchib kelish va ketish zallari birlashtiriladi, bu esa aeroportning sig‘imini oshiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/tashkent-airport-reconstruction/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident mahkumlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ular o‘zlariga insonparvarlik bilan murojaat qilinishi va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan bog‘lanish huquqiga ega bo‘ldi. Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi taqiqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/rights-of-convicts/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/paralympic-4/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston vakili Yorqinbek Odilov para yengil atletika bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi. U nayza uloqtirish bahslarida 50,32 metr natijani qayd etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/yorkinbek-odilov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident O‘zbekiston fuqarolarini oktabr oyida o‘tadigan Qonunchilik palatasi va kengashlar deputatlari saylovida faol bo‘lishga chaqirdi. Ular kuchli raqobat muhitida, xalqaro saylov standartlariga mos ravishda o‘tishiga ishonch bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/elections/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Harbiy samolyotlar Toshkent osmonida Oʻzbekiston bayrogʻini chizdi
Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlarining beshta Su-25 samolyotida uchuvchilar guruhi Mustaqillik bayramini nishonlash marosimi davomida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi ustidan uchib oʻtib, osmonni mamlakat bayrogʻi ranglariga boʻyadi. Parvoz Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston madhiyasi ijro etilayotgan paytdagi nutqidan soʻng amalga oshirildi.
Video: Abror Satimov / Gazeta.uz
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Paralimpiyachi Mohigul Hamdamova disk uloqtirish bahslarida 32,75 metr natija bilan bronza medali sohibiga aylandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/mohigul-hamdamova/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali gaplashib, ularni tabrikladi. Prezident Ma’rufxo‘jayevga “yarim tunda olib kelgan oltin medali uchun” rahmat aytdi (video).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/call/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yadro uloqtirish bahslarida 16.45 metr natija qayd etgan Elbek Sultonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/elbek-sultonov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan yordam ko‘rsatib borish belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/children/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistondagi davlat OTMlarida super kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi. Tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt qiymatini 15-oktabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/super-kontrakt/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bobur Omonov yadro uloqtirish dasturida 14,32 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikki karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi. U bu natijasi bilan 2021-yilda Tokioda o‘zi o‘rnatgan rekordni ham yangiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/bobur-omonov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangani haqida eslatma berdi. Ro‘yxat.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/food/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
❗️Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida texnologik jarayon buzilishi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. “Kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilindi, vaziyat to‘liq nazoratda, vahimaga o‘rin yo‘q”, — dedi FVV. Havoning ifloslanish darajasi o‘rganilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/02/boysun/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan 1772 ta loyiha e’lon qilindi. Jarayonlarda O‘zbekiston bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/tashabbusli-byudjet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston qonunchiligiga sud qarorisiz va oldindan kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joylarni buzishni taqiqlovchi o‘zgartirishlar kiritildi. Uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, qayta qurish yoki buzish hokimliklarning ruxsati bo‘lgan holda emas, balki qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/act/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Adirni oʻrmonga aylantirayotgan Otabek
Andijonlik bloger Otabek Nuritdinov oila aʼzolari bilan birga Asaka tumanidagi 220 gektar dasht maydonda oʻrmon barpo etishga kirishdi.
U shu vaqtgacha 200 million soʻmdan ziyod shaxsiy mablagʻini sarflab, hozircha 3 gektar maydonga minglab daraxt koʻchatlari hamda oʻsimliklarni ekib, parvarish qilmoqda.
“Gazeta.uz” Andijonga safar qilib, Asakadagi Yangi oʻrmondan reportaj tayyorladi. Uni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/RhHAPt5bsxU
Guljanoy Naimova Paralimpiya o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. Buyuk Britaniya vakiliga qarshi kechgan finalda u yuzidan zarba qabul qilib oldi va jangni davom ettira olmadi. Uni zambilda olib chiqib ketishdi. Jangdan keyin u o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/guljanoy-naimova/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Taekvondochi Asadbek Toshtemirov Paralimpiya o‘yinlarida barcha raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning turnirdagi to‘rtinchi “oltin"i hisoblanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/01/taekwondo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. “Barcha islohotlarimizning ruhi va mazmuniga „Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!“ degan g‘oya chuqur kirib bormoqda”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/speech/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarining hududiy prinsip bo‘yicha tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining erkin harakatlanishini cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlashga qarshi qo‘shimcha kiritildi. Bu norma avvalroq Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/entrepreneurship/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Gazeta.uz” oʻtgan oyda “Iroda” loyihasining navbatdagi sonini Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Muhayyo Abdusattorovaga bagʻishlagandi.
Muhayyoda oyoq mushaklarida kechadigan genetik kasallik — nasliy spastik paraplegiya bor. Uning orzulari tomon intilishiga tayoqchalar emas, balki eshkaklar yordam bermoqda. U ayni kunlarda eshkak eshish boʻyicha Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilyapti. Biz uning hikoyasini qayta ulashishga qaror qildik.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/24/muhayyo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda 28-avgust sanasida xalqaro Maple Bear Canadian School ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar maktab shartlari, chet ellik o‘qituvchilar va o‘quv rejasi bilan tanishdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/mbcs/
Sentabrning birinchi o‘n kunligida qulay harorat hukm suradi. Kechasi va tongda +12…+17 darajali tetiklantiruvchi salqinlik seziladi. Havo kunduzi +28…+33, ba’zi joylarda 35 darajagacha isiydi. Keyin oyning oxirigacha harorat pasayib boradi. So‘nggi o‘nkunlikda qisqa muddatli yomg‘irlar kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/31/september/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube