O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston 5,2 mlrd kub metr — o‘tgan yil olti oyiga nisbatan qariyb 2,3 barobar ko‘p gaz import qildi. Gaz 1000 kub metri uchun 160 dollardan olib kelinmoqda. Soliq qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilvosita soliqlar (aksiz, QQS) ulushining kamayishini gaz bilan bog‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/gas/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parlament saylovlaridan ikki oy o‘tib, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sobiq yevrokomissar va Fransiya Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Mishel Barneni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi. 73 yoshli siyosatchi Fransiya tarixidagi eng keksa bosh vazirga aylandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/france/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol bo‘yicha JCH saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston va KXDR uchrashuvi sabab soat 23:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/streets/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov 74 yoshida vafot edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/ilhom-rashidov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Parlament saylovi byulletenlarining shakli tasdiqlandi
Markaziy saylov komissiyasi Parlament saylovi byulletenlarining shakli va tavsifini tasdiqladi. Bunday byulletenlar ixchamligi sabab chop etish xarajatlarini 3 mlrd so‘mgacha kamaytiradi, natijalarni aniqlash uchun sarflanadigan vaqt sarfi ham qisqaradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/saylov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2023-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarning 70 foizi ichki bozorda sotildi. Prezident qo‘shni bozorlarda butlovchi qismlarni ortiqcha to‘lovsiz yetkazib berish uchun yirik uzelli yig‘uv korxonasini yo‘lga qo‘yish, elektrotexnika mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/electrical-engineering/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi. Xususan, ular mahsulotni birjaga chiqarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan. Raqobat qo‘mitasi holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atib, mablag‘larni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/klaster/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda. Boshqa hududlarda esa 2026-yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/insurance/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Farg‘ona viloyatida UzAuto Motors avtotreyleri haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketdi. Kompaniya 8 ta Cobalt zarar ko‘rgani, jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/uzauto-motors/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
4-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🗣 “Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim” — Alisher Qodirov.
🇷🇺 Rossiyada markaziy osiyolik migrantlarga fuqarolik berishga vaqtinchalik moratoriy joriy etish taklif qilinmoqda.
✍️ Tadbirkorlarning elektr energiyasi va tabiiy gaz ortiqcha iste’moli uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi.
⚡️ Hududlardagi elektr va gaz tarmoqlarini xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu nima uchun qilinyapti?
🔷 Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi.
🎒 Foto: O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish uchun maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish, “Bolaning rivojlanish xaritasi”ni yuritish, shuningdek, olimpiada g‘oliblari mukofotlarini daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/kindergarten/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishi bilan tanishdi. U terminallarning tashqi ko‘rinishi va intereri, infratuzilmasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Manbalarga ko‘ra, aeroport kelgusi yilda ochilishi mumkin. Foto.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/toshkent-sharqiy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida 6−8-sentabr kunlari yirik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi, shu sababli Milliy kutubxona va Hyatt mehmonxonasi atrofidagi 3 ta ko‘chaning ayrim qismlari mashinalar harakati uchun yopiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/closed/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev qurilish va kambag‘allik bo‘yicha o‘rinbosarlarini turli haqoratli so‘zlar bilan so‘kdi. Samarqand viloyati hokimi farmoyishi bilan unga hayfsan jazosi berildi. Bu — uning ikkinchi hayfsani.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/hokim/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh hukumati HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va guruhning qator rahbarlariga 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujum munosabati bilan rasman jinoiy ayblovlarni e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/criminal-charges/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi 7 nafar sobiq talabaning pullari qaytarilmagani yuzasidan Central Asian University’ga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi. CAU talabalar universitetga murojaat qilmagani, hozirda mablag‘ni qaytarib berish boshlanganini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/cau/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda samarasiz foydalanilayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari xususiy sektorga DXSH asosida berilishi mumkin. Qolaversa, “sotib olish yoki to‘lab berish” shartnomalarida davlat majburiyatlarining yuqori chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/ppp/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ishtixon tumanida yuqori tezlikdagi Lacetti qarama-qarshi yo‘ldagi mototsikl bilan to‘qnashdi. Oqibatda mototsikl haydovchisi va 13 yoshli farzandi voqea joyida halok bo‘ldi, mashina haydovchisi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi sezilarli koʻtarildi
Markaziy bank 6-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 57,69 soʻmga qimmatlab, 12 707,95 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl esa pasaydi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tugʻilganidan beri davolanayotgan 7 oylik qiz Oʻzbekiston bolalar ombudsmani koʻmagida Sankt-Peterburgdan shifokor hamrohligida olib kelindi. Uning ota-onasi aprel oyida yashash muddati tugagani sababli uyga qaytishgan. Xarajatlarni qoplashga oʻzbek diasporasi va tadbirkorlardan biri yordam berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/girl/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘nlab bolalarni bir mashinaga o‘tqazib harakatlanish bo‘yicha navbatdagi holat Andijon tumanida qayd etildi: Damas haydovchisi 32 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotganda to‘xtatildi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 187,5 ming so‘m jarima qo‘llandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/damas/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Paralimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 9 nafar a’zosi sportning 4 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/paralympic-8/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Jetour avtomobili ko‘prikdan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/car-accident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Braziliya Oliy sudi X’ga (Twitter) kirishni cheklashga qaror qildi va blokni chetlab o‘tganlik uchun jarimalar joriy qildi. Bunga ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask mamlakatda qonuniy vakil tayinlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Milliarderga tegishli Starlink tortishuvlardan so‘ng tarmoqni bloklashga rozi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/brasil/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Loyihalar orasida maktablar, shifoxonalar qurish, aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqaruvga o‘tkazish, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimini yaxshilash va boshqalar bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/ppp/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqandning Paxtachi tumanida mahallasidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan fuqaro 8,5 mln so‘m jarima va 680 ming zararni to‘laydigan bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/tree/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov “Markaziy Osiyo davlatlari” aholisiga RF fuqaroligini berishga 2026-yilgacha moratoriy joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, “gasterbayterlarni ommaviy pasportlashtirish korrupsionerlar mafiyasi uchungina foydali”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/citizenship/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov SSSRni tiklashni targ‘ib qilgan samarqandlik pensionerni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. Deputatning fikricha, O‘zbekiston qonunchiligida sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/alisher-qodirov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Markaziy banki ketma-ket ikkinchi oy dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatoridan joy oldi. Iyun oyida mamlakat 9 tonna qimmatbaho metall sotib olgan bo‘lsa, iyul oyida ko‘rsatkich 9,6 tonna bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/gold/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentning qator hududlarida sentabr-oktabr oylarida vaqtincha issiq suv bo‘lmaydi. Veolia Energy Tashkent`ning bildirishicha, bu paytda eskirgan kommunikatsiyalar almashtiriladi va issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlar bajariladi. Ro‘yxat.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/issiq-suv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube