gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha oylik ipoteka to‘lovlari 16 foizga oshib, 2,99 mln so‘mni tashkil etdi. Qarzning o‘rtacha miqdori oshdi, ammo kreditlar qisqaroq muddatga berila boshladi. Ipoteka kreditlarining 22 foizi norasmiy daromadga ega shaxslar tomonidan olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/ipoteka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ofitser 55” va yana sakkizta kino premyerasi, Teplo festivali, ko‘rgazmalar, konsertlar, bolalar va kattalar uchun ijodiy mahorat darslari, spektakllar hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Click Up qulay shartlar asosida va minimal vaqt sarflagan holda avtosug‘urtani qulay tarzda onlayn rasmiylashtirish imkoniyatini taklif etadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/click-up/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi me’yordan 1−2 darajaga iliqroq bo‘lib, barcha kuzatuv yillaridagi eng iliq uchlikka kirdi. Qolaversa, oy quruq o‘tdi, yomg‘ir juda kam yog‘di. O‘zgidrometga ko‘ra, 2024-yilning yozini harorat tartibiga nisbatan qulay deb baholash mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/avgust/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshi Uzum Tezkor xizmati yo‘lga qo‘yilgan to‘qqizinchi shaharga aylandi. Endi shahar aholisi tez va qulay yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/uzum-tezkor/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 9-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,85 soʻmga arzonlab, 12 700,10 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Juma kunidan O‘zbekistonga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +22…+27 darajagacha pasayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda fuqaro shifokor tavsiyasisiz “Seftriakson” va “Lidokain” aralashmasidan ukol olgach, ahvoli yomonlashib, shifoxonaga yotqizildi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga ko‘ra, bu dori sifati bilan bog‘liq emas. Preparatlar qayta tekshirilmoqda. Ulardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish mumkin emasligi eslatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/ceftriaxone/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng birinchi marta bayonot berdi. Uning fikricha, agar mamlakat internet xizmatidan norozi bo‘lsa, uning rahbarini ta’qib qilmasdan, kompaniyani sudga berishi kerak. Shu bilan birga, Durov suiiste’molliklarga qarshi kurashishga va’da berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/pavel-durov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qanot Sharq aviakompaniyasi sayyohlarga Vengriyaning muhim sport tadbirlariga — Formula-1 Gran-prisidan tortib, suv sporti turlari bo‘yicha xalqaro turnirlargacha tashrif buyurish imkoniyatini taklif qiladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/qanot-sharq/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk debat 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Zalda tomoshabinlar bo‘lmaydi, raqiblarning mikrofonlari esa navbat bilan yoqiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/debate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi mahalliy hokimiyat organlarining boshqa tadbirlar o‘tkazish, tanlangan vaqt va joyda ta’mirlash ishlarini olib borish kabi sabablar bilan tinch yig‘ilishlarni o‘tkazishdan bosh tortishi qanchalik qonuniy ekanini ko‘rib chiqadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗳 Parlament saylovi byulletenlarining shakli tasdiqlandi.

✍️ Toshkent viloyatining Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda.

⚖️ Sobiq vazir Aziz Voitov sudida advokatlar “xorijliklar agenti” bo‘lishi mumkinligidan xavfsirab OAV ishtirokiga qarshilik qildi.

⛽️ “O‘zbekiston gazni 160 dollarga sotib olmoqda va 5,2 mlrd kub metr gaz import qildi” — Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari.

📄 Central Asian University Raqobat qo‘mitasi bayonotiga javob berdi.

⚽️ Futbol bo‘yicha JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston Shimoliy Koreyani mag‘lub etdi.

🇰🇿 Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi tinch yig‘ilishlarga qo‘yilgan cheklovlarning qonuniyligini tekshiradi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatining Sirdaryo, Namangan bilan chegara hududlarida o‘zgarishlar rejalashtirilgan. Bu viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/chegara/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi sobiq rahbari Husniddin Karimovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Advokatlar jurnalistlar “xorijliklar agenti” bo‘lishi mumkinligini aytib, ularning sud ishiga aralashuviga qarshi chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/court/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik paradzyudochi Kumush Xodjayeva Paralimpiya o‘yinlari finalida yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Delegatsiya hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/kumush-khodjaeva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metropolitenining barcha bekatlari metall detektorlari bilan jihozlanadi, deb xabar berdi metro ma’muriyati.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan dzyudochi Sherzod Namozov va uch karra “oltin” sohibi bo‘lgan Xusniddin Norbekovni telefon orqali tabrikladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/congrats/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi, u, xususan, “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/olaf-scholz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Tolibboy Yo‘ldashev disk uloqtirish bo‘yicha oltin, Temur Giyazov esa balandlikka sakrash bo‘yicha bronza medaliga ega bo‘ldi. Yo‘ldashev avvalroq yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medaliga ham ega chiqqandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/paralympic/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korzinka supermarketlar tarmogʻi Raqobat qoʻmitasi bilan muhokama yakunlangani va eng ommabop tovarlar savatini eng arzon narxlarda saqlashga qaratilgan strategiyasini yangi nom ostida rivojlantirishni davom ettirishini ma’lum qildi. Savdo tarmogʻining ta’kidlashicha, dasturning mohiyati oʻzgarmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/korzinka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik paraatlet Safiya Burxanova Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokiodagi oltin va Riodagi kumushdan keyin uchinchi Paralimpiya medali bo‘ldi. O‘zbekiston 18 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 12-o‘rinni egallab turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/safiya-burkhanova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ilk bor "Sharq-Aksilterror" qo‘shma antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar garovga olinganlarni ozod qilish va muhim infratuzilma obyektlarida shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini ishlab chiqdi, bunda aviatsiya va uchuvchisiz apparatlardan foydalanildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/aksilterror/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzganini ma’lum qildi. Qo‘mita korxona mansabdorlariga jarima qo‘llab, tegishli hujjatlarni sudga yubordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/namangan-suv-taminoti/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 22 nafar a’zosi sportning 5 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Xususan, avvalgi bahslarda oltin medal olgan Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev disk uloqtirish va Yorqinbek Odilov yadro uloqtirish bahslarida qatnashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/paralympic-9/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets Shimoliy Koreya bilan o‘yinda jamoa o‘z imkoniyatini to‘liq namoyish eta olmagani, muammo asosan jismoniy holatda bo‘lganini aytdi. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov “JCHga yaqinlashgan sari bosim va hayajon bo‘lishi tabiiy” ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Para yengil atletikachi Xusniddin Norbekov yadro uloqtirish bahslarida turnir rekordini o‘rnatib, Paralimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u uchta Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/xusniddin-norbekov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryoning Boysunidagi gaz konida vodorod sulfidi sizib chiqishda davom etmoqda. Aholining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yaqin atrofdagi hududlar gaz hidi bilan qoplangan, shu bois ko‘pchilik vaqtincha boshqa shaharlarga ketgan, evakuatsiya qilingan aholi esa maktab va boshqa muassasalarda bo‘lib turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/m-25/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik dzyudochi Sherzod Namozov -60 kg vazn toifasida Paralimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi. U 2016-yilgi o‘yinlarda ham g‘olib bo‘lgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/sherzod-namozov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston futbolchilari JCH-2026 saralashi uchinchi bosqichining birinchi o‘yinida KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi, darvozabon O‘tkir Yusupov esa penalti qaytardi (video, foto, statistika).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/uzb-dprk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel