gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 9-sentabr kuni kechki 18:00 da Toshkent aeroportida (terminal-3) kutib olinadi. Sport vazirligi terma jamoani munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/sport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijda o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini (jami 26 ta) qo‘lga kiritib, medallar jadvalida 13-o‘rindan joy oldi, Osiyoda esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi bo‘ldi. Bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/paralympic-games-results/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolaridan vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘radi. Agentlik katta trassalarda harakatlanayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/migratsiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi olti oy ichida 2,1 mlrd dollarga ko‘payib, 37 mlrd dollardan oshdi. Kreditlar asosan davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/gov-debt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni tongda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi poytaxtning qator tumanlarida ham sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi kurash, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/ostona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand tumanida “Jiguli” mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olayotganida Spark yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisining 14 yoshli qizi vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyurib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Ular birgalikda shaharning diqqatga sazovor joylarini kezdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/bukhara/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Firibgarlikda ayblanib, 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/turkiye/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Para pauerlifting bo‘yicha bahslarda Ro‘za Kuziyeva 147 kg natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uning natijasi birinchi o‘rinni egallagan braziliyalik sportchinikidan 1 kg kamroq bo‘ldi. O‘zbekiston uchun bu 9-kumush medaldir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/07/ruza-kuzieva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 sudlanuvchiga oid sudda OAV vakillariga foto, video olish hamda audio yozib olish taqiqlandi. Ayrim advokatlar jurnalistlarni yolg‘on tarqatishda ayblamoqda. Antikorrupsiya agentligi bunday qaror prezident farmoniga zidligini aytib, majlisni jonli efirga uzatishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/07/sud-oav/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sliva.app orqali mijozlar tadbirkor va kompaniyalarning xizmatlari va ish vaqti haqida ma’lumot olish, shuninglek, ushbu xizmatlarni onlayn band qilishni Telegram boti yordamida amalga oshirishi mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/07/sliva-app/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro shahridagi 4-tergov hibsxonasida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari yo‘qligi aniqlandi va ular ombudsman tavsiyasiga ko‘ra tashkil etildi. Qonunchilikda mahkumlar yaqin qarindoshlari bilan yiliga 6 marta qisqa va 6 marta uzoq muddatli uchrashuvlardan foydalanishi mumkinligi belgilangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/07/meeting-rooms/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston delegatsiyasining eng yosh vakili, 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi. U nayza uloqtirish bahslarida 43,12 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/shahina-yigitalieva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston vakili Uchqun Quronboyev paradzyudo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U uchinchi o‘rin uchun bahsda janubiya koreyalik raqibini mag‘lub etdi. Bu — Quronboyev uchun Paralimpiadalardagi ikkinchi medal.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/uchkun-kuranbaev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” joy va chiptalar yetishmovchiligi muammosini poyezdlar sonini ko‘paytirish orqali hal qilmoqchi. Tashkilot yil oxirigacha 28 ta, 2025−2026-yillarda esa 80 ta yo‘lovchi vagoni xarid qiladi. Eski vagonlar birin-ketin ro‘yxatdan chiqarilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanida Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. 41 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi. U “Yana sog‘indim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yo‘q” kabi qo‘shiqlar muallifi edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/musaxon-nurmatov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi. Poytaxtda hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/09/russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9−13-sentabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida qon topshirish aksiyasi o‘tkaziladi. Uni “Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan hamkorlikda tashkil etadi. Harakatning qayd etishicha, mamlakatda xayriya darajasi yetarli emas.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/donors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Prezident u yerda V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari musobaqalarining ochilish marosimida qatnashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/mirziyoyev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/paralympic-11/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida oltin va bronza medal olgan sportchilar Nurxon Qurbonova hamda Tolibboy Yo‘ldoshev bilan telefon orqali muloqot qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/congrats/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Paradzyudochi Dovurxon Karomatov -90 kg vazn toifasida gruziyalik raqibini yengib, bronza medalini oldi. U Tokio-2021 Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/08/dovurxon-karomatov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nayza uloqtirish dasturida qatnashgan o‘zbekistonlik paraatlet Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etib, oltin medal oldi. Sportchi bu bilan o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi. Bir necha kun oldin Qurbonova yadro uloqtirish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/07/nurkhon-kurbanova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 15 nafar a’zosi sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/07/paralympic-10/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida o‘tayotgan musiqa festivali davomida ommaviy janjal yuz berdi. IIBB 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/07/music-fest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇺🇿 Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🇩🇪 Germaniya kansleri O‘zbekistonga keladi.

🏘 O‘zbekistonda ipoteka bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar, ularning shartlari va tuzilishi qanday o‘zgargani — MB sharhida.

📃 Raqobat qo‘mitasi: “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi.

🥇 Paralimpiada: Tolibboy Yo‘ldashev oltin, Temur Giyazov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

🌞 Dunyo ketma-ket ikkinchi yil rekord darajadagi eng issiq yozni boshdan kechirdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil iyulida Ekovazirlik rad javobidan keyin Surxondaryo va Buxorodagi avtomobil yo‘li qurilishida o‘n minglab daraxt kesilishi to‘xtatib qolingandi. Vazirlik “inson hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan” loyihani amalga oshirish masalasi hukumat komissiyasida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/save-trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan uch oy — iyun, iyul va avgust — tarixdagi eng issiq davrga aylandi. Sayyorada ketma-ket ikkinchi yil anomal issiq yoz qayd etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/06/heat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel