O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Prezident O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi va bu borada “juda katta” “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotganini aytdi. Jamshid Qo‘chqorovning tizimi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqishga mas’ul etib belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/reducing-poverty/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 12-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 28,36 soʻmga qimmatlab, 12 715,07 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham oshdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bosh prokuratura yanvar-iyul oylarida 764 723 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganini ma’lum qildi. Shuningdek, ish haqi va nafaqa pullari bo‘yicha 4,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/added/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sadir Japarov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi. Avvalroq u “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlangandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/akmal-hasanov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sentabr oyida “Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Raj Kapur yubileyiga bag‘ishlangan tadbir, Alen Delon filmlarining retrospektivi hamda xorijiy rejissyor va aktyorlarning mahorat darslari o‘rin olgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/cinema-festival/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp debatda Kamala Harrisni Baydenning iqtisodiy dasturini ko‘chirganlikda aybladi, shuningdek, uni “marksist” deya atadi. Harris esa Tramp haqida “sharmanda” so‘zini qo‘llab, dunyo yetakchilari uning ustidan kulayotganini aytdi. Nomzodlar Ukrainadagi urushga ham to‘xtaldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/harris-trump/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2 yil davomida fuqarolarning umumiy hisobda 60 ming dollar miqdoridagi pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/turkiye/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi qadoqlarida shakar yo‘qligi ko‘rsatilgan “Xottabich” muzqaymoqlarini sinovdan o‘tkazdi. Mahsulotning ba’zi turlarida ortiqcha saxaroza va ichak tayoqchasi bakteriyalari topildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/icecream/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avstraliya hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun tayyorlayotganini ma’lum qildi. Minimal yosh chegarasi hali aniqlanmagan, ammo bu 14−16 yosh bo‘lishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/australia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident 2025-yilda yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasi qurilishini yana borib ko‘rdi. O‘yinlardan so‘ng majmua milliy sport turlari va aholi salomatligini muhofaza qilish markazi sifatida xizmat qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/olympic-city/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2026 saralashi ikkinchi o‘yinida Qirg‘iziston mehmoni bo‘ldi. Og‘ir kechgan o‘yinda o‘zbekistonliklar ikki bor kambek amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi — 2:3 (video, foto, statistika).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/kyr-uzb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Madrid hukumati elektr samokatlarni ijaraga beruvchi kompaniyalarning litsenziyalarini bekor qildi, endi shaharda bu transport ijarasi mavjud emas. Hokimlik qarorni xizmatlar piyodalar xavfsizligini ta’minlash shartlarini bajarmagani bilan izohladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/madrid/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish loyihalarini borib ko‘rdi. Ko‘chada milliy ruhdagi zamonaviy uylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Favvoralar, yo‘lakchalar, sayilgoh bo‘ladi. Davlat rahbari ko‘chada ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/street/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/uzbekistan-sumo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda yuk mashinalari haydovchilariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. O‘tgan 7 oyda yuk avtotransport vositalari bilan bog‘liq 303 ta YTHda 108 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 227 nafar fuqaro jarohat olgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/left-lane/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Toyvo Klaar o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Uni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qutladi. So‘nggi yetti yilda u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/eu-ambassador/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
FVV vakili Samandar Hikmatullayev Boysundagi vodorod sulfid chiqqan “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konini jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshirilishini bildirdi. U gazdan ommaviy zaharlanish holatlari yo‘qligi, ammo odamlar orasida yengil zaharlanish holatlari uchrayotganini tan oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/fvv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Boysunda ommaviy zaharlanishlar yoʻq”. FVV — Surxondaryodagi gaz konidagi vaziyat haqida
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli quduqdan oltingugurt (vodorod sulfid) gazining chiqishi hali ham toʻxtagani yoʻq, zararli gaz chiqishi 1-sentabrda boshlangandi.
11-sentyabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida FVV matbuot xizmati rahbari oʻrinbosari Samandar Hikmatullayevning maʼlum qilishicha, hududda “ommaviy zaharlanishlar yoʻq”, lekin aholining ayrim vakillarida yengil zaharlanish holatlari kuzatilmoqda. Uning qoʻshimcha qilishicha, “yaqin kunlarda” konni jilovlash ishlari amalga oshiriladi.
Video: Uzreport
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Amerikalik 20 nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun keldi. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/us-teachers/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmadagi nosozlik sabab ekani ma’lum qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/termiz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida Spark haydovchisi 363 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va uning jarima summasi 240 mln so‘mdan oshib ketgan. MIB avtomobilni sotishga urinish chog‘ida xatlovga oldi. U qarz qoplanishi uchun auksion savdolariga chiqariladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/fines/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyevning davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Tizim 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish rejalashtirilayotgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/insurance/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari bo‘ldi. U bungacha Payze`ning Markaziy Osiyo mintaqasiga rahbarlik qilgan va Newmax Technologies kompaniyasi direktori bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/11/yandex-uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
10-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇷🇺 Toshkentda o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari nimalarni gaplashdi?
🇦🇫 Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi.
📄 Akmal Burxanov korrupsionerlar reyestrining ishga tushirilishi kechiktirilganiga izoh berdi.
⛽️ Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin.
🔑 O‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkentdagi ijara narxlari oshdi.
☢️ O‘zbekistonda kichik quvvatli AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
🏭 “Ahvol yaxshi emas”. Boysunliklar — gaz konidagi portlashdan keyingi vaziyat haqida.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Teach for Uzbekistan NNT bilan memorandum imzoladi. Bir necha oy davomida loyiha, jumladan, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin o‘qitishga qobiliyatli mutaxassislarni maktablarda ko‘ngilli sifatida ishlash uchun tanlab oldi va o‘qitdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/teach-for-uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli quduqda 1-sentabr kuni avariya bo‘lib, atrofga oltingugurt gazi tarqalishi boshlangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, gaz hidi anqishi hali to‘xtamagan va odamlar salomatligiga ta’sir qilyapti. Aholi vaziyat borasida rasmiy va aniq axborot berilishini so‘rayapti.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/boysun/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyaning “Tizim operatori” Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shiladi, dedi RF Energovazirligi rahbari. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar o‘rtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bog‘liq, deya tushuntirdi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/energy-system/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun 4 soatdan ortiq vaqt ketdi. Yong‘inda hech kim jarohat olmadi. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zatom” huzuridagi AES qurilishi direksiyasi, “Rosatom” hamda “Atomstroyeksport” o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Bu qurilish maydonchasida tayyorgarlik ishlarining faollashuvi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish demakdir.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/aes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda korrupsiya uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qayta qabul qilinib, yana shu jinoyatni sodir etgan. Antikorrupsiya agentligi rahbari 2021-yildan buyon muhokamada bo‘lgan korrupsionerlar reyestrini joriy etish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kiritish reja qilinganini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/10/corruption-list/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube