Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 25-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,54 soʻmga qimmatlab, 12 754,83 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi va rubl kursi tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatining 20-sammitiga mezbonlik qilishi va harakatga 2027−2029-yillarda raislik qilishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/nam/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni kuchaytirish va gidroenergetika obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/uzbekgidroenergo/
O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi. Mablag‘ kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/debt/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida talabalar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan Global Exchange Support Center’ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/kimyo-universiteti/
2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlarini davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilish boshlanadi. Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan ularning davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi alohida kvotalar ajratadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/poverty/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
21-sentabr kuni UNIVERSAL HORSES STABLE’da “O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 31-yilligiga bag‘ishlangan kubok” musobaqasi o‘tkazildi
Musobaqa so‘ngida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil topganidan buyon o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan faxriy xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu musobaqaga Xalqaro ot sporti federatsiyasi vakili Legendre Eduard Pierre Henri ham tashrif buyurdi va 21-27-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Fei Jumping world Challenge Toshkent 2024 final musobaqasiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Reklama huquqlari asosida.
Samarqand shahrida Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Isroil armiyasi Livan janubida “Hizbulloh” bilan aloqasi borligi aytilayotgan yuzlab nishonlarga havo hujumlari uyushtirdi. Livan rasmiylariga ko‘ra, buning oqibatida 250 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/lebanon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Vengriyada o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan prezident ularga tabrik yo‘lladi. U o‘zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi va ushbu yutuq “ulkan islohotlarning amaliy natijasi” ekanini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/chess/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev aksariyat viloyatlarda tuman va shaharlarning master rejalarini tayyorlash ishlari ortda qolayotganini tanqid qildi va viloyat hokimlariga yil oxirigacha kamida 10 tadan hududi master rejasini ishlab chiqishni buyurdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/master-plans/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yil boshidan buyon qurilishi ro‘yxatdan o‘tkazilmay boshlangan obyektlar soni 2200 taga yetdi, shu bois pala-partish qurilish ko‘paydi, dedi prezident. Qurilish inspeksiyasining boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi paydo bo‘ladi, qurilayotgan obyektlar oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/inspection/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
APEX INSURANCE Andijon, Buxoro va Toshkentda o‘tayotgan FIFA Uzbekistan 2024 futzal bo‘yicha o‘ninchi jahon chempionati bilan rasmiy hamkorlikni e’lon qiladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/apex-insurance/
O‘zbekistonda 2025-yilgacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi. Prezident qurilishdagi o‘zgarishlardan orqada qolmaslik uchun Shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish kerakligi ta’kidlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/byuro/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi va HETK tomonidan asossiz ravishda, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilganini qayd etdi. Sirdaryo HETK holatga munosabat bildirib, mas’ullar prezident qarorini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/solar-panel/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Turkiyaning Onur Group kompaniyasi DXSH asosida Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning qariyb 70 km qismini rekonstruksiya qilib, pulli yo‘lga aylantirishni reja qilmoqda. Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “loyihani amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash” bo‘yicha kelishuvga erishildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/toll-road/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Seyshel orollari va Kabo-Verde mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/kommyunike/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning sud ishida qo‘yilgan ayblovlarning ayrimlari uning “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan davriga bog‘liq. Ayblov xulosasida u talon-toroj qilgan kredit va budjet mablag‘lari hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 200 mlrd so‘mdan ko‘pligi aytiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/aziz-voitov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, ishsiz aliment to‘lovchilarga esa 10 foizga oshadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/aliment/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistondagi eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi. Shuningdek, tuman va shaharlarda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/mahalla/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan Tahoe avtomobilida 110 km/soat tezlikda harakatlandi. U buni Instagram sahifasiga joylashtirdi. Shaharda tezlik cheklovi 60 km/soatni tashkil etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/asadxoja/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 1-dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi. Bu “mahalla yettiligi” tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/24/registry/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Ilhom” teatrida Toshkent xalqaro kinofestivaliga (1968−1988) bag‘ishlangan Destination: Tashkent ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma huquq himoyachisi Anjela Devis, aktyor Raj Kapur va boshqa taniqli shaxslarni uchratish mumkin bo‘lgan arxiv materiallari, kinoxronika va fotosuratlarni o‘z ichiga oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/destination-tashkent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
23-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
✍️ Aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi taqdim etildi.
💸 Prezident qurilishda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni buyurdi.
🚧 Yo‘l harakati qoidalarini qayta-qayta buzgan haydovchilar bilan “mahalla yettiligi” ishlamoqda — YHXX boshlig‘i.
💼 Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tasdiqlandi.
⚡️ “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi.
⚫️ “Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda yutqazsa, 2028-yilgisida qatnashmasligini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/trump-elections/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident uy-joy sotib olishning yangi mexanizmi — eskrou hisobi joriy etilishini ma’lum qildi. Banklar uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurish hamda uni egasiga yetkazib berishni kafolatlab, quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib xizmat qiladi. Yangi tizim bir yil ichida sinovdan o‘tkaziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/escrow/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. “Gazeta.uz” vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va kompensatsiya kutayotgan boysunliklar bilan suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/boysun/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda fevral oyida hibsga olingan “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi. Unda 21 kishi (jumladan, ikki avtobus saroyi va “Toshavtota’mirxizmat” rahbarlari) sudlanmoqda. Ularning aksariyati hali ayblov xulosasi olmagani sabab sud ishi bir haftaga kechiktirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/anvar-jurayev-sud/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zsuvta’minot” AJ Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda 12 nafar o‘quvchining zaharlanishiga suv iste’moli sabab bo‘lganini rad etdi. Suvdan olingan namunalarda uning belgilangan talablarga javob berishi aniqlangan. Qo‘shimcha tekshiruv olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/uzsuvtaminot/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Salkam 3 yil faoliyat yuritgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi. Uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga oʻtkaziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/mahallabay/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube