Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 2 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 24,57 soʻmga qimmatlab, 12 739,99 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl esa tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi. Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/fan-olimpiadasi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda 2 mingdan ortiq inson ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Bolalar ombudsmani ota-onalik huquqidan mahrum qilishga nimalar sabab bo‘lgani va bundan aziyat chekkan bolalarning keyingi taqdiri haqida so‘zladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/bolalar-ombudsmani/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda yaqin uch oy ichida issiqxonalarga gaz uchun joriy 100 foiz emas, 50 foizlik oldindan to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Shuningdek, ularga elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabar beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/greenhouses/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha JCH-2024 da 29-sentabr kuni ilk yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Braziliya Buxoroda Marokashni 3:1 hisobida yengdi, Ukraina esa Toshkentda Venesuelani 9:4 hisobida tor-mor keltirdi. 30-sentabr kuni Qozog‘iston yarim final uchun Argentinaga qarshi bahs olib boradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/brazil-ukraine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Marg‘ilonda noqonuniy faoliyat yurituvchi ohak ishlab chiqarish sexi gazdan yashirincha foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 5,6 mlrd so‘mlik zarar yetdi. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/gas/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Termiz tumanida temiryo‘l kesishmasidan qoidalarni buzgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan “Gazel” ag‘darildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan, yo‘lovchi poyezd yo‘nalishini kechikib davom ettirgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdagi 188-maktab o‘quvchisini kaltaklagan Ozoda Ravshanova (7 sutka qamoq jazosini o‘tamoqda) ustidan navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. U qasddan badanga yengil shikast yetkazish va haqorat qilishda aybdor deb topilib, jarimaga tortildi. Maktab direktori voqea bo‘lgan kunning ertasiga ishdan bo‘shatildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/case/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oʻzbekistonda 2030-yilgacha elektr energiyasiga boʻlgan talab har yili 7,5 foizga oshadi, dedi energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, qayta tiklanadigan energetika loyihalarini amalga oshirish bilan birga, GES qurish, IESlarni modernizatsiya qilish va qurish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/jurabek-mirzamakhmudov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ekopartiya "Barqaror ekologik rivojlanish strategiyasi"ni qabul qilish tashabbusini ilgari surmoqda
Joriy yil bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydigan "Barqaror ekologik rivojlanish strategiyasi"ni qabul qilish tashabbusini ilgari surmoqda. Dolzarb ahamiyatga ega ushbu g‘oya sohadagi kompleks muammolarning oldini olishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli.
Partiya tashabbusi O‘zbekistonning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga, ularni kelajak avlod uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlab qolishga xizmat qiladigan huquqiy hujjat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Ekologik partiya oʻzi va nomzodlariga ovoz berishni tavsiya etadi.
Batafsil.
Facebook | Instagram | Sayt
Reklama huquqlari asosida.
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 63,4 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi (yopiq hujjatlar bilan taqdim etilgan imtiyozlarni hisobga olinmagan). Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eng ko‘p imtiyoz olgan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/incentives/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda, dedi kompaniya rahbari. Energetika vazirligi ushbu kompaniyani O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari qurilishiga jalb qilish rejalari haqida xabar berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/gazprom-neft/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi o‘rtasida “C5+1” formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/meeting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘zining yangi saylovoldi dasturida ijtimoiy obyektlarni sotish, xususiylashtirish va begonalashtirishni taqiqlash orqali ularning himoyasini kuchaytirishni taklif qilmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/adolat/
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan xodimlardan bir guruhini faxriy unvon, medal va ordenlar bilan mukofotladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/teachers/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning yangi chora-tadbirlarini ma’lum qildi. Kelasi o‘quv yilidan boshlab xalqaro malaka sertifikatini berish boshlanadi. Uni olgan o‘qituvchilar boshqa ustamalarni hisobga olgan holda oylik maoshini 4,5 mln so‘mdan 12 mln so‘mgacha oshirishi mumkin bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/teachers-wage/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
12-oktabrda “Anhor” parki karting markazida xalqaro reklama konferensiyasi, Kann festivali g‘oliblarining loyihalari namoyishi, TAF!24 tanlovi va “2024-yil reklamasi” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi, shuningdek, hamkorlardan sovrinlar qo‘yilgan tanlovlar o‘tkaziladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/taf/
Hafta davomida respublika bo‘yicha o‘rtacha iliq va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechalari +7…+17, kunduz kunlari +22…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/ob-havo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 2-oktabrdan 5-noyabrgacha davom etadi. Bu yil AQSh hukumati dastur uchun 55 ming viza ajratganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/green-card/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi, parranda go‘shti importiga berilgan imtiyoz bekor qilinadi, ovchilik guvohnomasini olish uchun yangi qoidalar joriy etiladi, modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi — 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/oktyabr/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda bloger Nigina Meliqo‘ziyeva yo‘lda mashinasida “shashka o‘yini” qilgani uchun javobgarlikka tortildi. U bilan profilaktik suhbat ham o‘tkazildi. Bloger bunday haydashini “azartda bo‘lgani” bilan izohladi, shuningdek, yurtdoshlari va obunachilaridan “uzr so‘radi”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/shashka/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazi tashrif buyuruvchilarga xaridlar, ko‘ngilochar va o‘zbek madaniyati elementlarini bir makonda birlashtirgan holda noyob taassurotlarni taqdim etadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/tashkent-city-mall/
Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga oshib, 882 mln dollarni tashkil qildi. Daromadi esa 3,35 mlrd dollarga yetdi. Oltinning o‘rtacha sotish narxi 14 foizga oshib, 2206 dollarni tashkil qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/nkmk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda parlament saylovlari oldidan dastlabki debatlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ilk bor partiya rahbarlari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, deputatlar esa o‘z raqiblarining tashabbuslarida kamchiliklarni topishga harakat qildi. Debatlar qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/debates/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Livandagi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil kuchlari hujumi oqibatida vafot etdi. Xabarni harakatning o‘zi ham tasdiqladi. “Hizbulloh” o‘z bayonotida Isroilga qarshi kurashni davom ettirishi ma’lum qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/hizbulloh/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
21-sentabr kuni Bo‘stonliq tumanida Chery Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 yangi krossover modellarining test-drayvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Chery kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etildi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/cherry/
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma ilonini mamlakatga olib kirishga urinish fosh etildi. Uzunligi 3 metr bo‘lgan ilon Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/ilon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sergeli tumanida erkak 10 yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan. Shu vaqtda u IIO xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ota 10 sutkaga qamaldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/tilanchilik/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
27-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇷🇺 O‘zbekiston TIV rahbari Rossiya bilan munosabatlarda bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik muhimligini ta’kidladi.
📄 Senatning navbatdagi majlisi 30-sentabr kuni chaqiriladi.
🇦🇪 O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
⛽️ O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028-yilga qoldirildi.
🇰🇬 Qirg‘izistonda O‘zbekiston sementi importiga taqiq bo‘yicha bahs yuz berdi.
📈 Elektr energiyasi, ko‘mir va dizel ishlab chiqarish o‘smoqda, gaz va neft qazib olish qisqarishda davom etmoqda.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 4 nafari shifoxonaga yotqizildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube