Agrar universiteti hududidagi binolarda dushanba kuni yong‘in yuz bergandi. Hodisa sabablari ma’lum qilinmadi. Universitetda tahsil davom etyapti — talabalar yaqin-atrofdagi boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov hodisa joyida bo‘lib, yong‘in oqibatlarini suratga tushirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/agrar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Namangan viloyatidagi Axsikent yodgorligida arxeologlar tomonidan ikkita noyob yerosti yo‘llari, qadimiy rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi. Hokimlik matbuot xizmati yodgorlik va undagi so‘nggi topilmalar haqida National Geographic hujjatli film suratga olishini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/axsikent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. U meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, issiqxona xo‘jaliklari hamda agentlik manfaatlarini ko‘zlab sudga kiritilgan da’volar va shikoyatlar yuzasidan boj to‘lamaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/agrosanoat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oliygohning qurilishi tugallanmagan faollar zalidan kelib chiqqani aytilmoqda. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Seshanba kuni kechqurun Eron Isroilga 181 ta ballistik raketa uchirdi. 3 kishi yaralangani xabar qilingan. O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni raketa otishmalari vaqtida bomba boshpanalariga kirish va har doim o‘zlari bilan hujjatlarini olib yurishga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/israel/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sentabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,23 foizni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,46 foiz bo‘ldi. Propan narxi yuqori sur’atlarda — 15,7 foizga (yil davomida — 52,1 foizga) o‘sishda davom etmoqda. Mol va qo‘y go‘shti yil boshidan buyon 11,3 — 11,9 foizga, dorilar esa qariyb 25 foizga qimmatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/01/inflation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent davlat agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar qildi. Tergov ishlari boshlangan.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent davlat agrar universiteti 30-sentabr kuni universitet hududida kelib chiqqan yong‘in O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Agentlik buni rad etib, yong‘in asli qayerdan boshlangani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/01/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbarligidan ketgan Komil Allamjonov xususiy sektorga qaytishini ma’lum qildi. 2022-yilda u administratsiya rahbari o‘rinbosari bo‘lgach, kompaniyalarini boshqa egalariga o‘tkazishini aytgandi: “Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/komil-allamjonov-private-sector/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonni erkin va farovon mamlakatga aylantirishda ta’lim sohasini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish har qiluvchi ahamiyat kasb etadi, dedi prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrigida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/greeting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent davlat agrar universiteti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. FVV “vaziyat to‘liq nazoratga olingan"ini ma’lum qildi. Ma’lumotlar yangilanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi. Uning binosi ta’mirlanib, ikkita yangi bino qurilgan. Institut yangi jihozlar bilan ta’minlangan, STEM laboratoriyasi, inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyasi va muzey tashkil etilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/avloni-institute/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shahrixon tumanida reklama banneri o‘rnatayotgan yollanma ishchini elektr toki urdi. Andijon viloyati FVBga ko‘ra, qutqaruvchilar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi. Hozirda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/tok/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi. Shuningdek, bu kredit foizining asosiy stavkaning 1,5 barobaridan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/private-school/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yuqori Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli o‘quvchini urib yubordi. Toshkent viloyati YHXBga ko‘ra, qizga birinchi yordam ko‘rsatilgan va ahvoli yaxshiligi sabab uyiga ruxsat berilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston senatorlari fermerlarning birlashishi va hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari haqidagi yangi qonunni ma’qulladi. Amaldagi qonun 1998-yildan buyon kuchda bo‘lib kelmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/cooperatives/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda so‘m dollarga nisbatan ketma-ket ikkinchi oy biroz qadrsizlandi. sentabr oxirida dollar milliy valyutaga nisbatan 90 so‘mga (+0,71%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta 3,1 foizga qadrsizlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/currency/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oliy Majlis deputatlari va senatorlari 1 kunning o‘zida “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi va ma’qulladi. Unda kreativ iqtisodiyot sohalari sifatida 15 ta yo‘nalish belgilangan, sohani rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi va kreativ industriya parklarini tashkil etish rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/creative-economy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga uchishi rejalashtirilgan reysi Eronning Isroil hududini o‘qqa tutgani sabab kechiktirildi. Taxminan ikki soatlik kechikishdan so‘ng samolyot O‘zbekistonga yetib keldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/02/flight/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ofisi Bishkekda tashkil etildi. Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov loyihani “asr qurilishi” deb atadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/01/railway/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/01/tarkib/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bir qator ommaviy axborot vositalari Isroil Livan janubida harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. Isroilning o‘zi esa bu “Hizbulloh” infratuzilmasiga qaratilgan cheklangan operatsiya ekanini ta’kidlamoqda. Reuters Livandagi qochqinlar lageriga zarba berilganini yozdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/01/isroil-livan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
30-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
💼 Komil Allamjonov Prezident administratsiyasidagi ishidan ketdi.
🔥 Agrar universitetidagi yong‘in o‘chirildi.
🏫 2025-yildan maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi.
👨👨👦 So‘nggi uch yilda 2 mingdan ortiq insonlar ota-onalik huquqidan mahrum qilingan — bolalar ombudsmani.
👩🏫 O‘qituvchilar uchun 1000 dollar maosh bugun real hodisaga aylanmoqda — prezident.
🇺🇸 Green Card anketasini to‘ldirish 2-oktabrdan boshlanadi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qibraydagi Toshkent davlat agrar universiteti binosida kelib chiqqan kuchli yong‘in 2 soatga yaqin muddatga to‘liq o‘chirildi. Uni o‘chirishga 15 dan ortiq ekipaj jalb qilindi. “Gazeta.uz” muxbiri hodisa joyidan kadrlar oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/agrar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
30-sentabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti binolarida yong‘in yuzaga keldi.
Soat 20:17 da FVV xodimlari yong‘inni o‘chirishga kirishdi. Vazirlik “vaziyat to‘liq nazoratga olingan”ini bildirdi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda yong‘in ko‘p qavatli uyni qamrab olgani, yaqin atrofdagi binolarga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.
Hodisa joyiga borgan “Gazeta.uz” muxbiri universitet joylashgan ko‘chada avtomobillar harakati cheklangani, aholidan iloji boricha binodan uzoqroq bo‘lish so‘ralayotganini xabar qildi.
Yong‘inni o‘chirishga 15 dan ortiq qutqaruv ekipaji, shuningdek, 5 ta tez yordam mashinasi jalb qilingan. Binoga kirishda tashkil qilingan maxsus shtab ularni yo‘naltirib turish bilan shug‘ullanmoqda.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Aprelda Xatirchi tumanidagi mahallalardan birida o‘qituvchi Cobalt mashinasini haydab ketayotib, ikki o‘quvchi qizni urib yuborgan. Ulardan biri YTH joyida, ikkinchisi ikki kundan keyin shifoxonada vafot etgan. Haydovchi sudda chalg‘igani va boshqaruvni yo‘qotganini aytdi. U 5 yil qamoq jazosini oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/road-accident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/komil-allamjonov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sardor Mirzayev va Atabek Allaberganov Hisob palatasi raisi oʻrinbosari lavozimida ish boshladi. Sardor Mirzayev avval palatadagi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu'basi mudiri, Atabek Allaberganov esa Kadastr agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/hisob-palatasi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Adolat” SDP o‘z saylovoldi dasturida sudyalar sonini aholi soniga mutanosib ravishda ko‘paytirish taklifini ilgari surmoqda. Bu odil sudlov sifatini yaxshilash, sudyalarning ish hajmi va ish yuklamasini kamaytirishga yordam beradi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/adolat/
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilishini, unda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga uch xonali uy sovg‘a qilinishini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/30/teacher/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube