Energetika vaziri elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayotganini aytdi. “200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlil qilib, barchasini o‘rganib, iste’mol va me’yorlardan kelib chiqib kiritilgan”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/200-kvt/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Energetika vaziri apreldan sentabrgacha propanning birja narxi 2 baravarga oshgani haqidagi savolga javob berdi. Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bunga jumladan propan-butan ishlab chiqarish yetarli darajada oshmagani, propanda harakatlanuvchi avtotransportlar soni esa 1,57 baravar oshgani sabab bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/propan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Braziliya futzalchilari 6-oktabr oqshomida “Humo Arena”da qit’adoshlari Argentina 2:1 hisobida yengib, 2024-yilgi mundial g‘olibiga va olti karra jahon chempioniga aylandi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqaning eng so‘nggi bahsidan “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportaj tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/brazil/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat’ga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi. Korxona 20 ming tonnadan ortiq sementni birjaga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan, bu harakat esa manipulyatsiya deb baholanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/shaffof/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Energetika vaziri O‘zbekiston umumiy energoquvvatining juda kichik qismini tashkil qilishiga qaramay mamlakatda kichik AES qurilishi rejalashtirilayotgani haqidagi savol berdi. “Bizning maqsadimiz keyinroq kattasini qurish”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/nuclear-station-uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti 7−8-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi. 8-oktabr kuni u yerda MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/06/cis/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qish mavsumi uchun “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilgi hajmga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq hisoblanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/06/gas-storage/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Boysundagi kon avariyasining bugungi holati haqida gapirarkan, u yerda mutaxassislar ishlayotgani va holat hali bartaraf qilinmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozirgi ssenariy ish bermasa, yana boshqalariga o‘tiladi va bu 2−3 oy vaqt olishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/06/boysun/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mehnat inspeksiyasi 2025-yil 1-martdan boshlab mehnat huquqlari buzilishi va boshqa masalalar yuzasidan kameral nazoratini o‘tkazishni boshlaydi. Shuningdek, uning xodimlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlarda ishchilar sonining muvofiqligini tekshirishga ruxsat beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/06/labor-inspection/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonning mustamlaka tarixi turli qatag‘onlarga to‘la: 1920-yillarda ocharchilik, keyin “Katta qirg‘in”, Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng ziyolilarga, 1980-yillarda esa butun o‘zbek xalqiga hujum. So‘nggi yillarda bu jarayonlar haqida ko‘plab kitoblar chiqdi. “Gazeta.uz” ularning ayrimlaridan parchalar ulashadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/04/qatagon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 55 ta to‘plam qurilmada elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan mayning fermani aniqladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/05/mining-farm/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
E-auksion platformasida poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori noturar binosi sotuvga qo‘yildi. Xaridor obyekt negizida “ekobozor” qurishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/05/ibn-sino-bozori/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda. Bunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun tiflotexnik vositalar, taktil piktogrammalar, tovush va taktil mimik diagrammalar, axborot vositalari, yordam chaqirish tugmalari joylashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/05/tashkent-airport/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi onlayn mikroqarz xizmati reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumotlar bergan Hamkorbank’ka jarima qo‘lladi. Qo‘mita avval ham shu kabi ayblovlar bilan beshta bankni javobgarlikka tortgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/04/hamkorbank/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Madaniyat vazirligi konsert tashkilotchilariga milliy qadriyat va an’analarga rioya etilishini tekshirish uchun “O‘zbekkonsert"ga batafsil ssenariy taqdim etish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda. Maqsad — sahnadagi “nojoiz xatti-harakatlar"ning oldini olish. Ariza yig‘imi ham joriy etilishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/04/mass-events/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Respublika tez tibbiy yordam markazi yanvar-sentabr oylarida 9,9 millionta chaqiriq qabul qildi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona vodiysi va Toshkentda, eng kami esa Jizzax, Buxoro hamda Xorazm viloyatida qayd etildi. Chaqiruvlarning 2,5 milliontasida bemorlar surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/ambulance/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozog‘iston Markaziy komissiyasi AES qurish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, referendumda ishtirok etgan 5,56 million yoki 71,12 foiz fuqaro AES qurishni yoqlab ovoz berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/referendum/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, shuningdek, bu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etganlik uchun jazolar kuchaytirildi. Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga qoʻshimcha moddalar qoʻshildi. Yangi moddalar va ularda belgilangan jazolar bilan ushbu materialda tanishish mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/changes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
"O‘zagrosug‘urta" yangi xalqaro hamkori Swiss Rye bilan birgalikda fermerlarning sug‘urta xatarlarini qayta sug‘urta qilish masalasini muhokama qildi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/uzagrosugurta/
Telegram: t.me/uzagrosugurta_aj
Pastdarg‘om tumanida mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan “GAZ53” yuk mashinasi “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Haydovchilar uchun qaysi gaz “zapravka”lar ishlayotganini ko‘rsatuvchi mobil ilova 1-dekabrgacha tayyor bo‘ladi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U ilova bepul bo‘lishi va uni ishlatish AGTKSHlar uchun ihtiyoriy bo‘lishini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/06/mobile-app/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Nukus-Shumanay-Taxtakoʻpir yoʻlida belgilanmagan joydan oʻtayotgan velosiped haydovchisini Lacetti urib yubordi. Oqibatda 32 yoshli fuqaro voqea joyida halok boʻldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/06/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand shahrida 1800 o‘rinli maktab binosi qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Xususan, obyektda g‘isht terish va plita o‘rnatishda me’yorlarga amal qilinmagan. Qurilish inspeksiyasi tomonidan sifatsiz ishlar joyida demontaj qildirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/06/samarqand/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/06/pokiston/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oktabr oyidan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi iste’molchilarga chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha qarzdorlik ortidan elektr uchun to‘lovlarni cheklash to‘g‘risida ogohlantiruvchi SMS xabarlarni jo‘natishni boshladi. HET xabariga ko‘ra, bildirishnomalar yuborilayotgan bo‘lsa ham to‘lov imkoniyati cheklanmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/05/electricity-waste/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Endilikda giyohvand va psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va internetda reklama qilish, namoyish etganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi. Narkotik moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay noqonuniy saqlagan yoki tashigan shaxslar ham javobgarlikka tortiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/05/qonun/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Adolat” SDP “Kafolatlangan birinchi ish joyi” loyihasini taklif etmoqda. Bu loyiha bitiruvchilarga birinchi ish joyini topishda yordam berish va ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilishga qaratilgan (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/05/adolat/
Onix turar-joy majmuasida tayyor kadastrli kottejlarni boshlang‘ich to‘lovsiz va qiymatining 50 foizini 12 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/05/onix/
Yevropa Ittifoqi davlatlari so‘nggi yillarda Yevropa bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirgan Xitoy elektromobillariga tariflarni ko‘tarishga ovoz berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/04/chinese-evs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yangi “Joker” va yana beshta kinopremyera, somsa festivali, konsertlar, teatr tomoshalari, koinot haqidagi ko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shoular hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/04/afisha/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube