O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Telegram o‘z vakolatxonasini Rossiyada ochishni rejalashtirmoqda. Bunga Rossiyadagi xorijiy IT kompaniyalarning mamlakatga “qo‘nishi” bilan bog‘liq qonun talabi sabab bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/telegram/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonning 19 shahrida bo‘lajak IT mutaxassislari uchun uchrashuvlar — IT Roadshow o‘tkazildi. 3500 dan ortiq maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar texnologiya sohasida qanday karera qurishni o‘rgandi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/uzum-tech/
Rossiyada odam o‘ldirib qamalgan, so‘ngra Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilgan O‘zbekiston fuqarosiga Qarshi tumani sudi tomonidan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U O‘zbekistonga qaytib kelib, ixtiyoriy ravishda pushaymonlik arizasi bilan murojaat qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/yollanish/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukrainaning yangi bosh vaziri etib Yuliya Sviridenko tayinlandi, u mamlakatning mustaqil tarixidagi ikkinchi ayol bosh vazir bo‘ldi. Hukumatning sobiq rahbari Denis Shmigal Rustem Umerov o‘rniga mudofaa vaziri bo‘lishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/ukraine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Donald Tramp Coca-Cola uning taklifiga ko‘ra ichimlik retseptini o‘zgartirishini ma’lum qildi. Endi kompaniya makkajo‘xori siropi o‘rniga shakarqamishdan foydalanadi. Trampning o‘zi Diet Coke`ni yoqtiradi. Uning ilk prezidentlik davrida Oval kabinetda bu ichimlikka buyurtma uchun maxsus tugma bo‘lgani aytiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/coca-cola/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tojikiston Rog‘un GESidan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston bilan tuziladigan bitim loyihasini ma’qulladi. Rog‘un GESi qurilish paytida elektr energiyasi vegetatsiya davrida (1-aprel — 30-sentabr) yetkaziladi, stansiya to‘liq loyiha quvvatiga chiqqach esa yil davomida har oy yetkazib beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/ges/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda bloger o‘g‘li va jiyanini urishtirayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda ayol bolalarni pichoq va vilkalardan foydalanib urishishga chaqirgan. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilgach, u javobgarlikka tortildi. Hozirda mazkur oila alohida nazoratga olingan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/chechenka/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev PA qayta tashkil etilganidan keyin yangilangan reglamentini tasdiqladi. Hujjatda administratsiya rahbarining ayrim vakolatlari, hukumat bilan o‘zaro munosabatlari belgilangan, qonun va farmonlar qanday qabul qilinishi, prezident ishtirokidagi yig‘ilishlar qanday tayyorlanishi bayon etilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/president-administration-uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Navoiy viloyatidagi «Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasida sariq sor fotoqopqonga muhrlandi
Sor qo‘riqxonaning Qo‘chqor qudug‘i hududiga yaqin joyiga suv ichishga kelgan.
Sariq sor qarchig‘ay oilasiga mansub, O‘rta Osiyoda eng ko‘p tarqalgan yirtqich qush turlaridan biri. Qanotlarini yozgandagi kengligi 1,2–1,4 metrga yetadi. Yumronqoziq, qumsichqon, dala sichqon va boshqa kemiruvchilar, tipratikan, mayda qushlar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar bilan oziqlanadi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Numbeo saytida e’lon qilingan 2025-yil yarim yilligi bo‘yicha xalqaro jinoyatchilik darajasi indeksida O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha ikki pog‘ona yuqorilab, 25-o‘rinni egalladi. U Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng xavfsiz mamlakat bo‘ldi. Qozog‘iston 73-o‘rinda, Qirg‘iziston esa 101-o‘rinda joylashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/safety-index/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
16-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
💼 Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qanday vakolatlarga ega bo‘ldi?
🔍 AOKAning nazorat va monitoring vazifalari “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi.
🇨🇳 ShHT sammiti 31-avgust — 1-sentabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi.
📈 O‘zbekistonda elektromobillar savdosi yarim yil ichida 60 foizdan ko‘proqqa oshdi.
🌅 Jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar Toshkentda 100 ming kishiga 19−21 taga to‘g‘ri kelmoqda — JB.
📱 Bojxona qo‘mitasi IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxlari oshgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Saksovul kesayotgan shaxslarni ta’qib qilgan ekologiya inspektorlariga bita va armatura bilan hujum qilindi. Ikki xodim ko‘plab jarohatlar oldi. Xorazm viloyati To‘prakqal’a tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/incident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida gaz quyish shoxobchasida portlash, uning ortidan yong‘in yuzaga keldi. 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib bordi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan kurorti loyihasi doirasida qurilish ishlari boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Agalarov Development amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini ta’kidladi hamda ekologik ekspertiza va boshqa tadbirlar yakunlanmasdan qurilish boshlanmasligini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/sea-breeze/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eron bilan yadroviy kelishuvga erishish uchun avgust oyining oxirini so‘nggi muddat sifatida belgilashga kelishib oldi. Agar bu amalga oshirilmasa, Yevropa davlatlari BMT Xavfsizlik Kengashining Tehronga qarshi barcha sanksiyalarini tiklaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/nuclear-deal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kir Starmer va Fridrix Mers Buyuk Britaniya hamda Germaniya hujumga uchragan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatishini nazarda tutuvchi mudofaa shartnomasini imzoladi. Hujjat Rossiya siyosatiga, AQShning NATOga “bog‘liqligi”dan yevropaliklarning xavotirlari ortib borayotganiga javob bo‘lishi aytilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/agreement/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Hukumat liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini tasdiqladi, bu ularni yiliga kamida bir marta majburiy ko‘rikdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Liftlarga yaroqlilik darajasini ko‘rsatadigan stikerlar yopishtiriladi. Hujjat, shuningdek, texniklarga qo‘yiladigan malaka talablarini ham belgilaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/lift/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Vazirlar Mahkamasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini tasdiqladi. Unga ko‘ra, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va nafaqa tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/nafaqa/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda hujra sharoitida diniy saboq berish holatlari aniqlandi. Xususan, Marg‘ilon shahrida 50 yoshli shaxs 10−16 yosh oralig‘idagi voyaga yetmagan qizlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/illegal-religious-education/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Markaziy bank 18-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 100,17 soʻmga arzonlab, 12 658,19 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iroqning Al-Qut shahridagi yangi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 61 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/irak/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda iyul oxirigacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Xizmat bepul bo‘ladi. Ruxsatnoma olishning an’anaviy usullari ham saqlanib qoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/service/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi AGTKSHning yoqilg‘i saqlash rezervuarida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tegishli soha mutaxassislari ishtirokida yong‘in ko‘lami va yetkazilgan zararlar miqdori aniqlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida Patrul-post xizmati inspektori fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, uning evaziga 1500 dollar talab qilgan. U pullarni olayotganda qo‘lga olindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/17/ppx/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shahrisabzda dam olish uchun dachaga borgan 61 yoshli ikki ayol Oqdaryo daryosida cho‘milish vaqtida cho‘kib ketdi. O‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/drown/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senator Malika Qodirxonova Nurafshon va Zangiotadagi maktablarda tashqi devor va sport zali yetishmasligi bo‘yicha Toshkent viloyati hokimligiga senator so‘rovi yubordi. U joylardagi infratuzilma muammolari o‘quv jarayoniga to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/school/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Trampning Putinga bo‘lgan munosabatidagi salbiy o‘zgarish va Ukrainaga Patriot raketalarini yuborish qarorida birinchi xonim Melaniya Tramp ma’lum rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin, deb yozdi The Times. Kuni kecha Tramp ayolining Ukrainadagi urushdan so‘z ochgani haqida gapirgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/melania-trump/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi sezilarli darajada oshganiga doir xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi; rasmiy to‘lov — hali ham 20% BHM (75 ming so‘m). Bojxona qo‘mitasi tushuntirdi: yuzlab dollar miqdoridagi summalar deklaratsiya qilinmagan telefonlar uchun 30% bojxona to‘loviga taalluqli.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/imei/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston mamlakatdagi to‘rtinchi yirik mobil aloqa operatori Mobiuz’ni sotishdan 300 mln dollar daromad olishni kutmoqda, deb yozmoqda Bloomberg. Rasmiylar Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va Yevropa investorlarining qiziqishiga umid bildirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/mobiuz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Janubi-g‘arbiy harbiy okrugga qarashli “Termiz” umumqo‘shin poligonida O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari ishtirokida “Hamkorlik-2025” o‘quv mashg‘uloti boshlandi. 10 kun davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlari ikki davlat o‘rtasida imzolangan harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/16/training/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube