gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi bilan birga Gazeta muxbiri Chorvoq suv ombori va Chimyon atrofidagi mashhur dam olish hududida nimalar bo‘layotganini tekshirish uchun borib ko‘rdi. U yerda ko‘plab qurilishlar, axlat uyumlari va beton to‘kilgan joylar aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/charvak/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston aholisi bu hafta ham hafsalani pir qiluvchi jazirama bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi — ish kunlari anomal issiqlik to‘lqiniga juda yaqin harorat kutiladi. Faqat dam olish kunlariga boribgina biroz pastroq harorat muhiti kuzatilishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ozarbayjon AZAL samolyotining 38 kishi o‘lishiga sabab bo‘lgan halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda, dedi Ilhom Aliyev. U Rossiyadan 7 oy davomida birorta ham aniq javob olmaganini va adolat qaror topishi kerakligini bildirdi. Bu hodisadan so‘ng ikki mamlakat aloqalari taranglashgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/azal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Soliq qo‘mitasi raisining ma’lum qilishia, O‘zbekistondagi klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi mavjud. “Uning oqibatida fermer soliq to‘lamayapti, oylik berolmayapti, kreditini yopolmayapti”, — dedi Kudbiyev.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/klasterlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Toshkent viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlarini aniqladi. Zangiota va Toshkent tumanlarida ikki fuqaro jami 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan. Majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan jazo tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/illegal-religious-education/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Kinotavsiya”ning navbatdagi sonida Sarvar Karimov iyul issig‘ida uydan chiqib, kinoteatrga borishingiz uchun bir nechta muhim sabablarni keltiradi. Bred Pittning reytingi yuqori bo‘lgan yangi kartinasi, DC`ning qayta uyg‘onishi, Marvel`da 6-fazaning boshlanishi — bularning bari “Kinotavsiya”ning iyul dayjestida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/20/kinotavsiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning eng yirik va asosiy aviatashuvchisi Air China kompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam reyslar haftada uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/20/air-china/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways’ning Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan havo kemasida chaqaloq tug‘ildi. Jarayonda ekipajga yo‘lovchilar orasidagi 2 ta shifokor yordam bergan. Samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ndi va ona va bola mahalliy klinikaga yetkazildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/19/baby/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 6 oylikkacha faqat ona suti bilan boqilayotgan bolalar ulushi 50 foiz. Bu ko‘rsatkichni 2030-yilgacha 70 foizga yetkazishmoqchi. Ammo bu borada oilaviy muhit va noto‘g‘ri tushunchalar bilan bog‘liq muammolar bor. “Bolani ona sutidan mahrum qilib, emizmaslik — jinoyat”, deb hisoblaydi mutaxassislar.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/breastfeeding/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“F1”, “Supermen”, “Fantastik to‘rtlik” — bu oy qaysi kinolarni ko‘ramiz?

“Kinotavsiya”ning navbatdagi sonida Sarvar Karimov iyul issig‘ida uydan chiqib, kinoteatrga borishingiz uchun bir nechta muhim sabablarni keltiradi. Bred Pittning reytingi yuqori bo‘lgan yangi kartinasi, DC qayta uyg‘onishi, Marvel’da 6-fazaning boshlanishi — bularning bari “Kinotavsiya”ning iyul uchun dayjestida.

Video: https://youtu.be/3uSvEoeWcUw?feature=shared

Videoni keyinroq ko‘rishni istasangiz, ushbu postni Saqlangan xabarlar (Избранное / Saved Messages)ga jo‘natib qo‘ying.

Sarvar Karimov, Ma’murjon Obrahmatov, Shahzod Habibullayev, Bahodir Abdullayev

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov kasallangan daraxtni ham kesish qiyinlashganini ta’kidlab, post qoldirdi. “Daraxt kesilmasin degani mutlaqo kesilmasin emas, zarur bo‘lsa, kesilishi mumkin degani bo‘lishi kerak!” — deydi deputat.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/19/qodirov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan shahrida “Islom davlati Xuroson viloyati” xalqaro terroristik tashkilotining yashirin guruhi aniqlandi. Guruh a’zolaridan biri Namanganda joylashgan xususiy universitet ta’sischisi ekani ma’lum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/19/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tadbirkor Bekzod Mamatqulov fermerlar oyoqqa turishi uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun QQS stavkasini 12 foizdan 1 foizga tushirishni taklif qildi. Qimmat o‘g‘it va yoqilg‘i tufayli mahsulot yetishtirishning yuqori narxlari haqida gapirib, eksportning minimal narxlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/export/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi va eksport qiluvchilar assotsiatsiyasi raisi Sardor Abbosxonov YI chegarasiga temiryo‘l yo‘nalishi va foydalanilmayotgan uskunalar uchun onlayn platforma yaratishni taklif qildi. Shuningdek, u ayrim bozorlarga qaramlik xavfi borligini aytib, mahsulot navlarini yangilashga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/fruits-vegetables/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (19-20-iyul)

“Смурфики в кино” va 5 ta kinopremyera, Toshkent koʻchalari boʻylab immersiv spektakl, Compass savdo markazida Art Weekend yarmarkasi, Central Park`da festival va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida:

https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/07/18/19-20-iyul

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziya “avtoritar yo‘nalishi”ni o‘zgartirmaguncha va “adolatli saylovlar o‘tkazilgunga qadar” Yevropa Ittifoqining a’zosi bo‘la olmaydi, deb ta’kidladi Yevroparlament. Tashkilot amaldagi hukumatni tan olmaydi. Tbilisi bilan munosabatlar xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun ma’qullanishi fonida yomonlashgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy aholisi shahar va uning atrofida tutun paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Ekologiya boshqarmasi “Navoiyazot” zavodi va sanoat zonasi hududida vodorod sulfidning me’yordan 16,8 karra oshganini qayd etdi. Zavod tutun aeroport tomondan kelganini ma’lum qildi va buni tasdiqlovchi videoni e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/navoi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magi bilan Pokiston va Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan ikki fuqaro vatanga qaytarildi. Ulardan biri rus tilini bilish sertifikatni rasmiylashtira olmagani sababli noqonuniy huquqiy maqomda qolgan. Boshqasi esa yashashga puli yo‘qligini bildirgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/uzbek/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan 3,7 magnitudali zilzila kuchi Andijon viloyatining ikki tumanida 2−3 ballgacha sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tunda Olmazor tumanidagi omborlardan birida vodorod peroksid gazi havoga sizib chiqdi. FVV holat bartaraf etilgani va surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/perekis-vodorod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchtepa tumanida 64-raqamli avtobus yonib ketdi. Toshkent FVBga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/20/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining fiziologik ko‘rsatkichlari asosida ularni muayyan sport turlariga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Maktablarda har yili tibbiy ko‘riklar orqali ma’lumotlar yig‘ilib, o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qobiliyati va qiziqishi aniqlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/sport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning “daraxtlar banki” taklifini mavjud moratoriyga alternativ bo‘la olmasligini ta’kidladi. Shuningdek, vazirlik tadbirkorning daraxt kesishda qo‘llayotgan yondashuvlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘liq taftish o‘tkazilishi kerakligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/19/ekologiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nepal Telegram messenjerini “onlayn firibgarlik va pul yuvish”ga sabab bo‘lgani uchun bloklashni buyurdi. O‘tgan yili Nepal politsiyasi tranzaksiya dasturiy ta’minotiga buzib kirilishda aloqa uchun Telegram`dan foydalanilganini aniqlagan va shundan so‘ng nazorat kuchaytirilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/19/nepal-telegram/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/19/grant/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Okroshka, kuksi, gaspacho, go‘ja va boshqa sovuq taomlar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/19/zira/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga mayda shoxli mollarni import qiluvchi tadbirkorlarga havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/import-from-mongolia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YUNESKO bir qator shartlar bilan O‘zbekistonning Shahrisabzdagi yodgorlik chegaralarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ma’qulladi. Temuriylar davriga oid faqat 4 ta obyekt yodgorlik sifatida tan olinishi, qolgan hudud esa bufer zona bo‘lishi mumkin. Ungacha obyekt Xavf ostidagi jahon merosi ro‘yxatida qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/shakhrisabz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi Uzum Nasiya platformasini boshqaruvchi Makesense kompaniyasi Arhat Gravure (Tezcoin asoschisi) ulushini sotib olishini ma’qulladi. Arhat Gravure ham, Tezcoin ham Uzum raqamli ekotizimiga integratsiyalashgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/makesense/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini ma’qulladi. U bank, energetika va harbiy-sanoat tarmoqlariga yo‘naltirilgan hamda neft narxining yangi dinamik chegarasini o‘z ichiga oladi. Paketga yana 14 nafar jismoniy va 41 nafar yuridik shaxs kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/18/eu-sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel