gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Zomin texnoparki maxsus sanoat zonasinida tashkil etilgan beton mahsulotlari tayyorlash va maishiy elektr texnikalari ishlab chiqarish korxonalarini borib ko‘rdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/zomin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yonilg‘i-moylash materiallarini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tish uchun qazilgan 450 metr uzunlikdagi yer osti tunneli aniqlandi. O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ham o‘z hududida tegishli choralarni ko‘rgan. Jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilari aniqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/tunnel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunning shaxsiy ma’lumotlarni mamlakat ichida saqlash majburiyatini yuklovchi moddasi yuzaga keltirayotgan huquqiy xatarlar muhokama qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari ma’lumotlarni lokalizatsiya qilishga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/personal-data/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘ijduvon tumanida tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan 95 ming donadan ortiq ozdiruvchi vositalarning noqonuniy savdosi oldi olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev qishda barqaror energiya ta’minotini ta’minlash chora-tadbirlarini muhokama qildi. U, shuningdek, “O‘zbekneftgaz”ga gaz qazib olish prognozini bajarish va yangi konlarni o‘zlashtirish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasida Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Shveysariya O‘zbekiston bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash protokolini imzolagan 25-davlat bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/jst/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining har bir tumanida qalamcha va urug‘lardan gullaydigan buta ko‘chatlarini ko‘paytirish uchun maxsus ko‘chatxonalar tashkil etiladi. Taqsimot reja dasturiga ko‘ra, Toshkent shahrida jami 574 450 dona buta ko‘chatlari yetishtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/kochatxona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ko‘pchilik kasallik belgilari paydo bo‘lmagunicha shifokorga murojaat qilmaydi, vaholanki, ko‘p kasalliklar odatda yashirin kechadi. Gazeta umumiy amaliyot shifokori Javohir Xolmuhamedov bilan muntazam tibbiy ko‘riklar zarurati, ularga qanday tayyorgarlik ko‘rish va qayerda o‘tkazish haqida suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/medical-examination/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Milliy kinologiya markazida narkotiklarni qidirishga ixtisoslashgan navbatdagi 6 ta xizmat iti Koreya Respublikasi bojxona xizmatiga taqdim etildi. Shu tariqa Janubiy Koreyaga eksport qilingan xizmat itlari soni 12 taga yetdi. Ular xalqaro aeroport va dengiz portlarida xizmat qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/dogs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston 2025-yil uchun barqaror rivojlanish maqsadlari indeksidagi ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Mamlakat 2024-yilga nisbatan 19 pog‘onaga ko‘tarildi va 2015-yildan buyon MO va Sharqiy Yevropa davlatlari orasida jadal rivojlanayotgan davlat sifatida e’tirof etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/sustainable-development/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyalik chegarachilar telefonlarida terroristik, ekstremistik va radikal kanallarga obunani aniqlagan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Rossiya hududiga kiritilmayapti, deb yozdi TASS.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar sudi bloger Mirsaid Haydarovning ikki postida jurnalist Anora Sodiqovani kamsituvchi ma’lumotlar bor, deb topdi. Sud blogerga jurnalistdan uzr so‘rash va unga 25 mln so‘m ma’naviy zararni to‘lab berish majburiyatini yukladi. Haydarov Gazeta bilan suhbatda sud qaroridan noroziligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/decision/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2020-yildan beri Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlab kelgan Nikolay Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda. “Chuqur motivatsiya va bor kuchim bilan Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shdim”, — deb yozdi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/doroshenko/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 22-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 25,31 soʻmga qimmatlab, 12 603,52 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlari 21-iyulga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan raketa va dronlar bilan ommaviy hujumga uchradi. Ikki kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi. Ukraina dronlari Moskvaga hujum qildi, shahar aeroportlarida o‘nlab reyslar bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/ukraine-war/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Air China aviakompaniyasi Urumchi — Toshkent — Urumchi yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftada uch marta — seshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/urumchi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar bir nechta masala yuzasidan Markaziy bank raisiga parlament so‘rovi yubordi. Xususan, ular bank sektorida davlat ulushi yuqori darajada qolayotgani, “O'zsanoatqurilishbank”, “Asakabank”, “Aloqabank”dagi davlat ulushini xususiylashtirish ancha sust ketayotgani yuzasidan tushuntirish berishni so‘ramoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/parlament-markaziy-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-iyul kuni qabul qilingan prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/grades/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi chorrahada Lacetti bilan to‘qnashib ketgan Tracker haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa obyektlar bilan tanishadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/jizzakh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 230 ta perinatal markaz Ishonch jamg‘armasi doirasida onalar va chaqaloqlar salomatligini muhofaza qilish dasturi bo‘yicha zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Ushbu jamg‘arma 2022-yilda O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida Gulnora Karimovaning noqonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘larini O‘zbekiston xalqi manfaati uchun qaytarish to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan so‘ng tashkil etilgan.

Loyiha tufayli o‘n minglab tibbiyot xodimlari hayot saqlovchi uskunalardan foydalanishni o‘rgandilar. Loyihadan 600 ming homilador ayol va 600 ming chaqaloq bevosita foyda ko‘radi. Sog‘liqni saqlash vazirligining bu loyihadagi asosiy hamkori BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNIСEF) hisoblanadi. UNIСEF tomonidan e’lon qilingan videoda loyiha haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Gazeta avvalroq Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan mablag‘lari qanday sarflanayotgani haqida maqola e’lon qilgandi.

Manba: UNIСEF

Telegram | Instagram | GazetaUzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda YPX xodimlari 123 marotaba qidiruvga berilgan Captiva’ni to‘xtatdi. Avtomobilning jami 54 mln so‘mlik to‘lanmagan 129 ta jarimasi bo‘lgan. Mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/traffic-rules/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi Ustyurtdagi konlarda qidiruv o‘tkazib, neft qazib olish bilan shug‘ullanadi. Prezident yig‘ilishida kompaniya bilan birgalikda istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/socar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bo‘ylab hafta davomida juda issiq havo saqlanib qoladi. Yaqin kunlarda havo kunduzi +40…+43 darajagacha, janubda esa +45 darajagacha isishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/heat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qorabog‘ni tiklashda birinchi sovg‘ani O‘zbekiston bergandi, dedi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Shushada o‘tgan media forumda. Gap O‘zbekiston tomoni 2023-yilda Fuzuliy shahrida qurib bergan, 960 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab haqida bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/ilhom-aliev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transafg‘on temiryo‘li Termizdan Afg‘onistonning Naybobod, Maydanshahr va Logar shaharlari orqali Pokiston bilan chegaradagi Xarlachigacha o‘tkaziladi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Qurilishga 5 yil vaqt ketishi mumkin, TIAni yarim yil ichida ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Tafsilotlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/trans-afghan-railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyatida Norin daryosi hamda 5 ta yirik kanalga yondosh hududni turistik markazga aylantirish ishlari boshlandi. Loyiha 30 gektar maydonda amalga oshiriladi. Unda akvapark, kapsula dam olish xonalari, interaktiv attraksionlar, salomatlik yo‘laklari, restoranlar va ko‘prikli saylgohlar quriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/norin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Imtihonlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada olib boriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/litsey/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi sentabr oyidan Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan voz kechib, yil oxirigacha ushbu yoqilg‘i qoldiqlarini sotishni rejalashtirmoqda. 2026-yildan boshlab korxona faqat yuqori oktanli yoqilg‘i sotishga o‘tmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/ai-80-benzin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-iyuldan boshlab Samarqand — Dushanbe — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yildi. Reyslar O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishdagi birinchi aviareys 2018-yil iyuli oxirida amalga oshirilgan, ammo avgust oxirida to‘xtatilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/21/samarqand-dushanbe/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel