gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda shifokorlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomida ishlashiga ruxsat berish taklif qilindi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu shifokorlarga bemorlarga shifoxonalardan tashqarida qonuniy maslahat berish imkonini beradi, aholini qamrab olish darajasini oshiradi va qo‘shimcha soliq tushumlarini yaratadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/self-employed/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 24-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 58,51 soʻmga qimmatlab, 12 762,53 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Angren bolalar shifoxonasida zo‘rlash qurboni bo‘lgan 15 yoshli qiz davolanmoqda, deb xabar berdi bloger Saodat Abduzakirova. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat ishi yakuniy bosqichda, ayblanuvchilar orasida 4 nafar yigit bor. Vaziyat Bolalar ombudsmani, “Inson” markazlari va SSV tomonidan nazoratga olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/angren/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan o‘smir qiz qutqarib qolindi. Voqea joyiga yetib borgan mahalla profilaktika inspektori boshqa xonadonlardan birining balkoni orqali qizga yaqinlashib, FVV xodimlari ko‘magida uni tomdagi xavfsiz joyga chiqarib olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/profilaktika-inspektori/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning eng yirik banki bo‘lgan Halyk Bank Click aksiyadorlari bilan o‘zaro ulushlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishdi: Click`ning 49 foizi Qozog‘iston bankiga, Tenge Bank’ning 49 foizi esa O‘zbekiston korxonasiga o‘tadi. Bitimlarning umumiy summasi 237 mln dollarni tashkil qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/halyk-bank-click/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati sudida bemor ayolning sog‘lom oyog‘ini amputatsiya qilib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan shifokorning apellyatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqildi. Unga avvalroq Quva tuman sudi tomonidan berilgan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/amputatsiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda BSKlar foydasiga kvartira to‘lovlari va jismoniy shaxslarning BHMning 5 baravarigacha bo‘lgan qarzlari uchun soddalashtirilgan undiruvni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Mablag‘lar banklardagi hisobvaraqlardan masofadan turib, mol-mulkni xatlamasdan yoki qarzdorning uyiga bormasdan yechib olinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/debt-collection/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Anomal issiq kunlarda yuqori darajadagi ultrabinafsha nurlari allergik reaksiyalarni, jumladan, fotodermatozni yuzaga keltirishi mumkin, deb ogohlantirdi SSV. Salqin joylarda bo‘lish, yopiqroq kiyinish, quyoshga qarshi kremlardan foydalanish tavsiya etildi. Ba’zi dorilar ham fotodermatozga sabab bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/sun-protection/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Andijondagi kiyim do‘koni egasi qo‘l ostida sotuvchi ayolga zo‘ravonlik qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIBga ko‘ra, holat qarz masalasi sabab kelib chiqqan. Ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi va u protsessual tartibda ushlandi. Undan jabrlanganlardan IIBga murojaat qilishlari so‘raldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston so‘nggi yillarda Afrika davlatlari bilan faol diplomatik aloqalar o‘rnatmoqda. Tashqi ishlar vazirligi Gazeta’ga Afrika qit’asiga qiziqish ortib borayotgani nima bilan bog‘liqligi va hamkorlik rejalari haqida ma’lumot berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/africa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Jizzax viloyatiga tashrifi yakunida yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Xususan, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi qirg‘og‘ida zamonaviy turizm markazi qurish rejalashtirilmoqda. “Agar imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanilsa, Zomin tumani ishsizlikdan xoli hudud bo‘la oladi”, — dedi davlat rahbari.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga uni chet davlatga olib chiqishga ruxsat beradigan bandni kiritish taklif etilmoqda. Bu qaror so‘nggi paytlarda O‘zbekistondan avtotransport vositalarining olib chiqilishi va ularning chet elda sotilishi holatlari ko‘paygani bilan izohlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/cars/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini borib ko‘rdi. Majmua 80 gektarda joylashgan, loyihaning umumiy qiymati 150 mln dollar. Bu yerda kir yuvish mashinasi, televizor, elektr suv isitkich kabi yiliga 1 mln dona maishiy texnika hamda butlovchi qismlar ishlab chiqariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/maishiy-texnika/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Octotelecom kompaniyasi tezkor SMS yuborish uchun texnologik platforma taklif qilmoqda va Mobile Ecosystem Forum’ga (MEF) qo‘shilish orqali xalqaro darajaga chiqmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/octotelecom/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 23-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 100,50 soʻmga qimmatlab, 12 704,02 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kiyev va Ukrainaning yana bir qancha shaharlarida korrupsiyaga qarshi organlarni mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu 2022-yilda Rossiya bosqinidan beri mamlakatda hukumatga qarshi birinchi mitingdir. Vladimir Zelenskiy shunga qaramay qonunni imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/ukraine-protests/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular kredit berishdan bosh tortilganda shaffoflikni ta’minlash, kredit berishda qarz yukini hisobga olish, kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichini hisoblash masalalariga qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/ipoteka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishini keyinga qoldirdi. Regulyator yig‘ilish sanasi alohida ma’lum qilinishini ta’kidlagan. Qarorga yilning 1-yarmi bo‘yicha global makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, savdo hamkorlari bo‘yicha ma’lumotlar iyul oxirida e’lon qilinishini sabab bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/kechiktirish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Aydarko‘l sohilini mamlakatning plyaj kurortlaridan biriga aylantirish reja qilinmoqda. Aziz Abduhakimovning aytishicha, qurilayotgan turizm klasteri xizmat ko‘rsatish va infratuzilma jihatidan Antaliya, Dubay plyajlaridan qolishmaydi. 29 gektar maydondagi loyiha 220 mlrd so‘mga baholanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/aydarkul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba avgust oxirigacha iste’foga chiqishni reja qilmoqda, deb xabar beryapti mahalliy OAV. Avvalroq u rahbarlik qilayotgan hukmron partiya maslahatchilar palatasiga saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan va ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/shigeru-ishiba/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ilhom Aliyev G‘arbdagi jamoatchilik fikri va OAVning ta’siri Ozarbayjonga nisbatan “o‘ta salbiy va adolatsiz” ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, aslida mamlakatning “haddan tashqari mustaqil siyosat olib borayotgani va ko‘rsatmalarga quloq solmayotgani G‘arbdagi ayrim doiralarning hafsalasini pir qilgan”.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/azerbaijan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda turli hududlardan 140 dan ortiq ishtirokchini birlashtirgan TMZ biznes anjumani bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar hamkorlik masalalarini muhokama qildi va zavod ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/tmz/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat chiqindilar xizmati uchun qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni amalga oshirishdagi muammolar yuzasidan vazirliklarga so‘rovlar yo‘lladi. Elektron tizimlar o‘rtasida integratsiya yo‘qligi va abonentlar bazasida noaniqliklar borligi ta’kidlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/waste/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

22-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏦 Deputatlar Markaziy bankdan banklarni xususiylashtirish jarayoni sust kechayotganiga tushuntirish so‘radi.

🚗 O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish ketma-ket uch oydan buyon kamaymoqda, ammo u eng ko‘p sotilayotgan avtomobil bo‘lib qolmoqda.

🇨🇭 O‘zbekiston Shveysariya bilan JSTga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.

⚡️ O‘zbekistonda sutkalik elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord yangilandi.

👮‍♂️ Toshkent va Farg‘onadagi kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarga ichki ishlar sohasida ishlagan pensionerlar jalb qilinishi mumkin.

📈 O‘zbekiston YIM birinchi yarim yillikda 7,2 foizga o‘sdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX raisi Bahodir Qurbonov Kobulda Afg‘oniston milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub Mujohid bilan uchrashdi. Tomonlar xavfsizlik, chegara sohasidagi hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/uzb-afg/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston energetika tizimida 18-iyul kuni kunlik elektr iste’moli miqdori 272,6 mln kVt/soatni tashkil etib, rekord o‘rnatdi.
Shuningdek, birinchi marta elektr energiyasi iste’molida yozgi ko‘rsatkichlar qishki maksimal ko‘rsatkichlardan oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/rekord/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Donald Tramp “Amerikaga va Isroilga qarshi” kun tartibi tufayli AQShning YUNESKOdan chiqishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. AQSh Trampning birinchi muddati paytida ham YUNESKOdan chiqqandi, ammo 2023-yilda Jo Bayden uni tashkilot a’zoligiga qaytargan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/us-unesco/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yil yanvar-iyun oylarida 7,2 foizga o‘sdi. Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarov yuqori darajadagi ichki faollik va iste’mol bilan ajralib turgan YIM o‘sish tuzilmasini tahlil qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/yim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt hokimi ko‘cha va yo‘llarda temir panjara o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror imzoladi. Panjaralar “harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq YTHlarni oldini olish” maqsadida o‘rnatilishi qayd etilgan. May oyida buning uchun 1,46 mlrd ajratish ko‘zda tutilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/panjaralar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Cobalt ishlab chiqarish hajmi ketma-ket uchinchi oy 2024-yilning mos davrlariga nisbatan kamayib bormoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aytiladi. “O‘zavtosanoat” ma’lumotlariga ko‘ra, Cobalt yarim yillikda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/22/cobalt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel