gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Chilonzor, Yakkasaroy, Mirobod va Yashnobod tumanlarida elektr ta’minotiga majburiy cheklovlar joriy etildi. Bu holatni “Hududiy elektr tarmoqlari” transformatorlarning ortiqcha yuklanishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgani bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/light/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 25-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 109,05 soʻmga arzonlab, 12 653,48 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shimoliy Makedoniyaning Kouzon kompaniyasi O‘zbekistonda kruiz kemalarida ishlash uchun nomzodlar tanlovini ochdi. Oylik maosh ish sohasiga qarab 950 yevrodan 2100 yevrogacha. Ish soatlari ham sohaga qarab grafik asosida belgilanadi. Shartnomalar 6 oyga tuziladi. 31-iyul 20:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/cruise/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Istanbulda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi yakunlandi. Ularning asosiy natijasi yangi asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuv bo‘ldi. Shuningdek, Kiyev prezidentlar Zelenskiy va Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi, Moskva bunga rozi bo‘lmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/peace-talks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yildan boshlab Toshkent Afrikadagi 13 ta mamlakat bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Gazeta ekspertlar bilan mintaqaga bo‘lgan qiziqish sabablari, hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlari, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afrika o‘rtasida mintaqalararo aloqalarni o‘rnatish istiqbollari haqida suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/africa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev mamlakatning Shri-Lankadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirish marosimida ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmi qoniqarsiz ekani qayd etilib, uni 50 mln dollarga yetkazish choralarini ko‘rishga kelishib olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/sri-lanka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Rossiya haftasiga o‘zaro reyslar sonini 3 barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu hozirgi 310 dan ortiq parvoz 1000 dan ortadi degani. Bundan tashqari, uch yo‘nalishni bog‘lovchi “uchburchak” shaklidagi qatnovlar tashkil etilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/russia-aviation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘zining bakalavriat dasturlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik kurslariga qabul boshlanganini e’lon qildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/wiut/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanidagi bank xizmatlari markazidan pul o‘marmoqchi bo‘lgan erkak 5 yilga qamaldi. U bank xodimlarini nabirasining o‘yinchoq to‘pponchasi bilan qo‘rqitib pul talab qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/robbery/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanishga, xususan, noruda foydali qazilmalarni qazib olishga doir huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Bu uchun huquqbuzarlik, uni sodir etgan shaxs, manzil va sana kabi ma’lumotlarlarni yuborish kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/subsoil/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏖 “Antaliyadan qolishmaydigan Aydarko‘l”. Jizzax viloyatida yirik plyaj klasteri yaratilmoqda.

💸 Qarz yuki hisobga olinadi, kreditning garovga nisbati hisoblanadi. Ipoteka kreditlarini ajratish tartibi takomillashtirildi.

➡️ Qozog‘istonning Halyk Bank'i Click'ning 49 foizini sotib oladi va unga Tenge Bank'dagi ulushini sotadi.

🇮🇳 Hindiston hukumati talabalarga TDTUning Chirchiq filialiga kirmaslikni tavsiya qildi.

👨‍⚕️ Ekspert O‘zbekistonda shifokorlarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ishlashga ruxsat berishni taklif qildi.

🇦🇿 G‘arbning maslahatlariga quloq tutganimizda, kamida ikki qo‘shnimiz bilan urishayotgan bo‘lardik — Ilhom Aliyev.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi sobiq harbiy gospital hududidagi yashil hudud yo‘q qilingan. Ayni paytda u yerda qurilish ishlari olib borilmoqda. Ekopartiya bosh prokuror va ekologiya vaziriga so‘rov yubordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/felling-of-trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sea Breeze Uzbekistan loyihasi bo‘yicha Ekologiya vazirligiga hali rasmiy hujjatlar kelib tushmadi, dedi idora boshlig‘i Aziz Abduhakimov. Uning qayd etishicha, loyihaga “yo‘q” deyishdan oldin u bilan tanishib chiqish zarur. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/sea-breeze-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda tibbiyot xodimlariga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik va shafqatsizlik uchun jazo kuchaytirilmoqda. Tashabbusni mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasi talabalarga Toshkent davlat tibbiyot universitetining Chirchiq filialiga o‘qishga kirmaslikni tavsiya qildi. Sababi u yerda o‘qish “hind tibbiy ta’lim standartlariga javob bermaydi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/education/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqish uchun yuborildi. U diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi materiallarni OAV orqali tarqatishda ayblanmoqda. Shu bilan birga, Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga oid fikrlari uchun qo‘shimcha ayb qo‘yilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/mubashshir-ahmad/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport vazirligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temiryo‘li kelgusida xalqaro transport yo‘laklari tizimiga, jumladan, O‘rta yo‘lakka integratsiyalashuvini inobatga olib, gruzin tomoniga ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/offer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Halyk Bank banki va O‘zbekistonning Click to‘lov xizmati o‘rtasidagi kelishuvni yakunlash uchun tartibga soluvchi organlarning ruxsati zarur. Bitim shartlariga ko‘ra, Halyk Bank Click’ning 49% ulushini 176,4 mln, Click esa Tenge Bank’ning xuddi shunday ulushini 60,76 mln dollarga qo‘lga kiritadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/halyk-bank-click/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi, SOCAR va “O‘zbekneftgaz” Ustyurt platosida mahsulotni taqsimlash to‘g‘risida bitim imzoladi. 3D seysmorazvedka ishlari olib boriladi va natijalarga ko‘ra bitta quduqda geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi. Uglevodorod konlari topilsa, ularni o‘zlashtirish va qazib olish bosqichiga kirishiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/socar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2026-yildan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta qoplamasi 80 mln so‘mgacha (amalda 40 mln so‘m) oshiriladi. 2026-yil 1-apreldan esa Yagona sug‘urta billing tizimi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/insurance/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-iyul kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida yong‘in yuzaga keldi. Yong‘in soat 22:25 da qurshab olingan va 24-iyul soat 00:35 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in maydoni FVV xabarida 5 gektar, viloyat hokimligi bayonotida esa 3 gektar deb ko‘rsatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IHMA direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartishlar kiritish tashabbusi bilan chiqilayotganini ma’lum qildi. Maqsad — yengillashtiruvchi holatlarsiz, mumkin bo‘lgan eng og‘ir jazo choralari qo‘llanilishiga erishish.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/shahnoza-mirziyoyeva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tadbirkor Murod Nazarovning daraxtlar kesilishini qonuniylashtirish va kompensatsiya tizimini yaratish taklifi yashil hududlarni saqlab qolish va shaharni rivojlantirish muhimligi haqidagi munozaralarni yana faollashtirdi. Gazeta dunyoda daraxtlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga oid misollarni to‘pladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/tree-protection/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning TSC-HK-Investment qurilish kompaniyasi Toshkentning Chilonzor tumanida qiymati 340 mln dollarlik turar joy majmuasi va biznes markazi qurmoqchi. Shu tumanda 250 mln dollarga Ritz Carlton mehmonxonasi ham quriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/buildings/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasining filial taʼlim sifatini tanqid qiluvchi bayonotini asossiz deb atadi va qoraladi. Unga koʻra, oliygohdagi taʼlim xalqaro standartlarga javob beradi, «talabalar huquqlarini himoya qilish ustuvor». 

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/24/tdtu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ilk olti oyda $37 mlrd ga (+16,1%) oshdi. Eksport hajmi 29% o‘sdi, savdo defitsiti esa $2,5 mlrd ga kamaydi. To‘qimachilik mahsulotlari sotuvi pasaymoqda, Xitoyga eksport esa uch oydirki qisqarmoqda. Go‘sht, sut mahsulotlari va yog‘ xaridi hisobiga import hajmi ortmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/trade/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olti oyda O‘zbekiston elektr energiyasini $100,6 mln ga eksport, $65,3 mln ga import qildi. Hukumat davlat elektr importyoridan eksportyoriga aylanganini aytdi. Mamlakatda esa tez-tez elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Energetika vaziri 2023-yildan beri “Hukumat soati”da so‘zga chiqmayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/electricity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yuqori harorat va elektr tarmoqlariga yuklama fonida 22-iyul kuni Toshkent shahrining turli tumanlarida bir necha soat davom etgan avariyaviy uzilishlar sodir bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/light/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Batumidagi shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchi qizlar so‘nggi yillardagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Uchala shaxmatchi ham birinchi bosqichni muvaffaqiyatli yengib o‘tdi, Umida Omonova esa to‘rtinchi bosqichgacha yetib bordi. Gazeta sharhlovchisi Georgiy Shvanov — shaxmatchilarning ishtiroki haqida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/chess-uzb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Germaniyaga ishga yuborish haqidagi e’lonlar orqali fuqarolarning 18 ming dollar miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/23/germaniya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel