Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi yarim asrda sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning soni 73 foizga kamaydi. Yovvoyi tabiat uchun asosiy tahdidlar inson faoliyati natijasida yashash muhitining degradatsiyasi va yo‘qolishidir.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/living-planet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sentabrda Toshkentda uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgustga nisbatan 2,8 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlarniki esa 1,4 foizga oshdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/rent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda PM2,5-mayda zarrali changlar ta’siri oqibatida yiliga 3042 kishi bevaqt vafot etmoqda. Jahon banki hisobotida qayd etilishicha, aholi salomatligiga yetkazilayotgan zarar 488,4 mln dollarga baholanmoqda. Poytaxt aholisining 83 foizi havosi yuqori darajada ifloslangan hududlarda istiqomat qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/air-pollution-tashkent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta’sirli she’riy nasri uchun berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/nobel-literature/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari foydasiga jami 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish haqida sud qarori chiqqandi. Hozirgacha 2,5 mlrd so‘m to‘langan, ammo qolgan summa taqdiri mavhum. Jabrlanuvchilarning ota-onalari bundan norozi; ular to‘liq summa tezroq undirilishini so‘ramoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/murojaat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/streets/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Gazeta.uz"ning O‘zbekiston futbol terma jamoasining Parij yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan “Ko‘rinmas medal” nomli ilk hujjatli filmi premerasi noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. So‘ngra uni nashr sahifalarida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/unseen-medal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahar IIBB futbol muxlislarini O‘zbekiston-Eron terma jamoalarining “Bunyodkor” stadionida bo‘ladigan uchrashuviga ertaroq kelish va jamoat tartibini saqlashga chaqirdi. O‘FA muxlislarga maydonga tushish qat’iyan man etilganini eslatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/uzb-iran/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar MBda departament direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Avvalgi o‘rinbosar Shayxontohur tumani hokimi bo‘lgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/markaziy-bank/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh o‘zining USAID dasturi orqali 435 ming dollarlik 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazdi. Mazkur insonparvarlik yordami 145 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga hamda aholining ehtiyojmand qatlamiga tarqatiladi. Bu orqali 33 mingdan ortiq insonni qamrab olish rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/usaid-nutrition/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand shahrida yuqori tezlikda harakatlangan Range Rover avtomobili Lacetti va Damas`ni urib yubordi. Oqibatda haydovchilardan biri vafot etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/yth-samarqand/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Mercedes-Benz mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Labo ichidagi ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, foydalanilmayotgan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/afghanistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida prokuratura katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi. U fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish evaziga 40 ming dollar olib, qochib ketgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/corruption/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
KXDR “milliy xavfsizlik himoyasi uchun” Janubiy Koreya bilan qolgan barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopishini e’lon qildi. Janubiy Koreya buni “Kim Chen In muvaffaqiyatsiz rejimining umidsiz chorasi” deb atadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/north-korea/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga olib kirilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid taqdimotga ko‘ra, xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, 10 ta yangisini tashkil qilish, sohadagi qonunchilikni JST talablariga moslash rejalashtirilmoqda. Davlat rahbari kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni buyurdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/tech-regulation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shahrisabz tumanidagi “Paxtakor” MFY raisi Telegram`dagi guruhda ishsiz fuqarolarni paxta terishga chaqirib, kelmaganlarga bola puli berilmasligini aytdi. Holat bo‘yicha mahalla raisiga chora ko‘rildi, u fuqarolarni majburiy mehnatga undagani uchun 18,7 mln so‘m jarimaga tortildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/qashqadaryo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent metropolitenining ventilyatsiya tizimi ikki yildan buyon ta’mirlanmoqda. Ta’mirlash va sozlash ishlari yo‘lovchilar oqimi oshgani va ventilyatsiya qurilmalari uzoq yillardan beri uzluksiz ishlab kelayotgani bois boshlangan. 2025-yilda 10 ta yangi ventilyator xarid qilish rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/metro/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
11 va 13−14-oktabr kunlari respublikaning to‘rtta viloyatidagi tog‘li hududlarda kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/hydromet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 11-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,70 soʻmga arzonlab, 12 768,30 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Namanganda Gentra avtomashinasini ijaraga olgan 5 nafar o‘quvchi katta tezlikda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. Ulardan 3 nafari vafot etdi. Bu yil boshidan buyon shaharda mashina ijaraga olgan o‘quvchilar ishtirokida sodir bo‘lgan to‘rtinchi YTH bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/namangan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tarmoqlarda Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilgan blogerning xotini qiz tug‘sa, farzandini chiqindiga tashlab yuborishini aytgan videosi tarqaldi. Bloger tanqidga uchraganidan so‘ng uzr so‘radi. Unga xotin-qizlar qadr-qimmatini beodoblik bilan tahqirlagani uchun jinoiy ish ochildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/sardor-gangster/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yangi Buxoro xalqaro aeroportini qurish uchun 307 (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 380) gektar yer maydoni ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Majmua shahar markazidan 26 km uzoqlikda joylashadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/bukhara-airport/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov prezident shahardagi har bir tumanning bosh rejalarini ishlab chiqish taklifini berganini ma’lum qildi. Shuningdek, Toshkentda arxitektorlar tayyorlash uchun shaharsozlik instituti, tirbandliklarni bartaraf etish bo‘yicha Yo‘llarni boshqarish departamenti tashkil etish rejasi aytildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/shavkat-umurzakov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston elchixonasi AQShning Florida shtatidagi o‘zbekistonliklarni “Milton” to‘foni sabab ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Tez yordam kerak bo‘lganida vakolatxona va shtatdagi yordam xizmatlariga murojaat qilishlari so‘raldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/florida/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi rejasi bilan tanishdi. U yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/aeroport/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi qoʻlda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun 2500 soʻmdan haq toʻlanishini maʼlum qildi. Bu uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan fermerga imtiyozli kredit beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/paxta/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar Mahallalar uyushmasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/ferghana/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
9-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🗾 Toshkentning bosh rejasi loyihasi: kamida 7,5 mln aholiga moʻljallangan megapolis.
💼 Oʻzbekistonda Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi.
🇺🇿 “Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlganda 2−3 yillik oʻtish davri boʻladi” — Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.
💵 OTB Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi uchun 15 mln dollar grant ajratadi.
🦠 Marburg virusini oldini olish maqsadida chegaradagi sanitariya nazorat punktlari hushyorligi oshirildi — SES.
🎤 “Vazir sifatida ijodkorlarni mutlaq erkin qoʻyish tarafdori emasman” — Ozodbek Nazarbekov.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bosh rejasi loyihasiga ko‘ra, hudud 3 ta zonaga bo‘linadi: konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya. Ekologik muammolar, “15 daqiqalik shahar” tamoyili hamda Toshkent viloyati tumanlarini poytaxt bilan yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish hisobga olingan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/genplan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube