#Foydali
VPN aslida nima….?
Hozirda ko’pchilik internet foydalanuvchilari turli xil VPN client dasturlardan foydalanadilar. Bunga sabab aslida internetda qaysidir manzillariga ISPlar tomonidan qo’yilgan taqiqlar bo’lishi mumkin. Lekin foydalanuvchilarning aksariyati VPN ni nima ekanini bilmaydi.
VPN (Virtual Private Network) yoki virtual xususiy tarmoq - bu qurilmangiz va Internet o'rtasida xavfsiz tunneldir. VPN lar sizni onlayn kuzatuv, aralashuv va har xil taqiqlardan himoya qiladi.
Lekin VPN ni bir tomonlama tushunmaslik kerak. Siz bir biridan uzoq masofa (boshqa shaxar yoki mamlakat) da joylashgan hususiy kompaniya yoki firmalaringiz o’rtasida internet orqali xavfsiz tarmoq xosil qilishda foydalanishingiz mumkin.
VPN kanal orqali o’tayotgan barcha ma’lumotlar shifrlangan holatda bo'ladi. Bu degani kimdir ushbu tarmoqga ulanib olsa ham oqib o’tayotgan ma’lumotlardan foydalana olmaydi.
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Intel CORE i7 Protsessorlari
Kompyuter sotib olishda o'zingizga mos protsessorini to'g'ri tanlash bu eng asosiy ishdir. Sizning protsessor tanlashdagi xatoyingiz deyarli siz o'zingizga mos kompyuter tanlay olmaganingizni bildiradi.
Albatta qolgan qismlarini to'g'ri tanlasangiz ham.
Bugun sizlarga Intel CORE i7 Protsessorlari haqida qisqacha ma'lumot beramiz.
Protsessorning ushbu segmenti yuqori darajadagi protsessorlarning boshlanishi hisoblanadi. Core i7 protsessorlari og'ir dasturlardan foydalanish uchun juda qulay.
Bu sizga juda ko'p vazifalarni bajarish, loyihalashtirish, video montaj yoki og'ir o'yinlar kabi katta ishlarni qilish uchun zarur bo'lgan barcha kuchga ega.
Intel Core i7 bazi avlodlari hatto 10 ta gacha haqiqiy yadroga ega.
Yadrolari soni 2, 4, 6, 8, 10 tagacha,
Kesh xotirasi 4, 6, 8, 16, va 25MB gacha,
Chastota (Turbo) 3.0, 3.4 3.7, …, 5.1 GHz gacha.
Shuningdek, protsessorda intel turbo boost 3.0 texnologiyasi mavjud.
————————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Laptop sotib olish vaqtida bilishingiz kerak bo'lgan 6 ta xususiyat.
1. Operativ xotira (RAM)
2. Protsessor (CPU)
3. Qattiq saqlovchi disk (SSD, HDD)
4. Video karta (GPU)
5. Displey
6. Kuler (sovutish tizimi)
Laptop sotib olishda ushbu yuqorida keltirilgan qurilmalar xususiyatlarini va qanday tanlashni bilishingiz kerak. Bu siz o'zingiz uchun maqul Laptopni tanlashingizda ancha qo'l keladi.
Bu qurilmalar haqida avvalgi postlarimizda ma'lumotlar berilgan va albatta keyingi postlarimizda ham kompyuter tanlash haqida maslahatlar berib boramiz...
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
RAM-Operativ xotira(Tezkor xotira)
Tezkor xotira yoki operativ xotira kompyuterlardan tortib, smartfonlarga va boshqa barcha shu turdagi qurilmalarda muhim tarkibiy qism hisoblanadi.
Operativ xotirasiz xar qanday tizimda deyarli barcha amallarni hozirgiday tezkorlik bilan amalga oshirishni iloji yo’q.
Qisqacha aytganda, bu yuqori tezlikda ishlaydigan komponentdir. Uzoq muddatli saqlashni ta'minlaydigan qattiq disklardan farqli o'laroq, u ma’lumotlarni o’zida vaqtincha saqlaydi.
Operativ xotira bu kompyuterda faol ishlab turgan dasturlar, qattiq diskdan ishga tushurilib o’zgartirish kiritilgan ammo hali saqlanmagan hujjat yoki boshqa turdagi ma’lumotlarni o’zida saqlab turadi.
Operativ xotiradagi barcha ma’lumot elektr quvvati uzilishi bilan darhol o’chib ketadi.
U qattiq diskka nisbatan 20-100 marta tezroq ishlaydi
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
NVMe M.2 SSD haqida bilasizmi? 🤓
Kompyuter xarid qilishdagi eng asosiy tanlovlardan biri bu doimiy xotira qurilmasi. Qattiq holatdagi disk (SSD,HDD) nima ekanligini allaqachon bilasiz ular noutbuk yoki shaxsiy kompyuteringizga o'rnatilgan albatta.
An'anaviy aylanadigan qattiq disk (HDD) bilan solishtirganda, SSD tezroq ishlaydi, shuning uchun avvallari kompyuter yoki noutbukning ish faoliyatini yaxshilashning eng yaxshi usuli sifatida SSD ni o'rnatishni tavsiya qilar edik.
Endi esa SSD standarti - NVMe M.2 SSD bilan sizni tanishtiramiz.
NVMe M.2 SSD nima? (Volatile Memory Express)
Kompyuteringiz ishlash tezligini oshirishning yangi usuli NVMe M.2 SSD-ni o'rnatishdir.
NVMe M.2 SSD ma'lumotlarni yuqori tezlikda saqlash va o'qish imkonini beruvchi xotira qurilmasidir.
Ajablanarlisi shundaki, ushbu xotira qurilmasining o'lchami RAM (Operativ Xotira) o'lchamiga teng.
Keyingi postlarimizda ushbu NVMe M.2 SSD tezliklari haqida ma'lumot beramiz.
———————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
M.2 SSD SATA
M.2 SSD SATA - bu kichik shakldagi qattiq holatdagi disk (SSD). Bu 2,5 dyuymli SATA disklarni muqobili M.2 SATA modelidir.
Ushbu M.2 SATA SSD disklari ancha kichikroq qilib ishlangan. Ushbu yechimning afzalliklari shundaki, hech qanday chigal simlarsiz plataga ulanadi. Bu ixcham qulay kompyuterlar uchun ayni muddaodir. Deyarli hech qancha joy egallamaydi.
M.2 SATA SSD hali ham SATA 6Gb/s interfeysidan foydalanadi. 2,5 dyuymli SATA SSD dan ko'p farq qilmaydi, maksimal tezligi
600 MB/s ga yetadi.
Sotib olishdan avval kompyuteringiz platasida M.2 SATA SSD joylash sloti mavjudligini tekshirib oling.
Yana bir ajoyib tomoni shundaki, bu ixcham M.2 SATA SSD lardan xabari yo'q odam kompyuterni ichini ko'rib ushbu kompyuterga HDD yoki SSD disk o'rnatilmagan deb o'ylaydi.😊
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Intel Core i5 VS AMD Ryzen 5
Kopmyuter xarid qilishdagi eng ko'p o'ylantiradigan holatlardan biri qanday protsessor tanlash jarayoni albatta. Intel va Ryzen qaysi biri yaxshi?
Biz AMD Ryzen 5 va Intel Core i5 mashxur modellarini solishtiramiz.
Ryzen 5 bu AMD tomonidan 2017-yil mart oyida taqdim etilgan toʻrt va olti yadroli mikroprotsessordir. Ryzen 5 Intelning Core i5 protsessorlariga raqobatchi qilib ishlab chiqarilgan.
Yuqorida Intel Core i5 1135G7 modeli va Ryzen 5 5600H modeli parametrlari solishtirilgan.
Intel Core i5 1135G7 ni nega tanlaymiz?
Chunki u 64 Gb gacha bo'lgan DDR4-3200 xotirasini qo'llab-quvvatlaydi.
Yangi PCI Express standarti - 4.0
Turbo Boost-da 5% yuqori chastota (4,2 GGs va 4 GGs)
AMD Ryzen 5 5600H ni nega tanlaymiz?
8 MB ko'proq L3 keshiga ega
Intel Core i5 dan 2 ta ko'p jismoniy yadroga ega.
Core i5 1135G7 maksimal quvvat sarfidan 11% past - 25 va 28 vatt
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
HD, Full HD, 2K, 4K, 8K va 10K - monitorlar va televizorlar.
Ekran va monitorlar piksellar soniga ko'ra farqlanadi, ya'ni tasvirni qancha nuqta hosil qiladi.
Piksellar birlashib to'liq tasvir, video, matn yoki kompyuter ekranidagi ko'rinadigan narsalarni hosil qiladi.
Piksel qancha ko'p bo'lsa, displey sifati shunchalik yaxshi bo'ladi.
HD: 1280 x 720 piksel;
Full HD: 1920 x 1080 piksel
2K: 2048 x 1080 piksel
4K yoki Ultra HD: 3840 x 2160 piksel
8K: 7680 x 4320 piksel
10K: 10240 x 4320 piksel
—————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
LCD va LED MONITORLARI
LCD va LED ko'pincha bir-biriga adashtiriladi. LED (Light-Emitting Diode) yorug'lik chiqaradigan diyot va LCD (Liquid Crystal Display) suyuq kristalli displey degan ma'noni anglatadi.
LCD uchun haqiqiy nom (LED-lit LCD display) "LED yoritilgan LCD displey" bo'lishi kerak, lekin u shunchaki LCD ga qisqartirilgan.
LCD monitorlarda ekranga tasvirni hosil qiladigan bu sovuq katodli lyuminestsent lampalardir. Ushbu lampalar sizning LCD monitoringizga taxminan 30,000 soat xizmat qiladi. Ularning hammasi ham FullHD (1920 × 1080) ni qo’llab quvvatlamaydi va rang kontrasti diapazoni ham ba'zan cheklangan bo'lishi mumkin.
LED displeylari texnik jihatdan LCD displeydir. LED ekranlari shunchaki qo'shimcha funksiyaga ega, LED displeylari ekranga o'rnatilgan yorug'lik chiqaradigan diodli chiroqlar tufayli shunday nomlangan. LED monitorlari LCD ekranlariga qaraganda yorqinroq va kam quvvat sarflaydi. Ular taxminan 50,000 soat xizmat qiladi.
—————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Jokes
Sysadminlarga ham osonmas ...😁
Tizim administratori (Sysadmin) yoki admin kompyuter tizimlarini, ayniqsa serverlar kabi ko'p foydalanuvchili kompyuterlarni saqlash, sozlash va ishonchli ishlashi uchun mas'ul bo'lgan shaxsdir.
Sysadminlar o'zlari boshqaradigan kompyuterlarning unumdorligi, resurslari va xavfsizligini ta'minlaydi.
Sysadminlar o'z ishidan ortib foydalanuvchilarning turli erkaliklariga ham chidaydi. 😅
Masalan:
Sysadmin: Puskni bosing.
Foydalanuvchi: Pusk qayerda?
Sysadmin: 🤯
Shu kabi foydalanuvchilarga sabr bilan to'g'ri yo'l ko'rsatadi (qo'yib-qo'yvorsangda).
Sysadmin ishlamay o'tiribdimi demak u yaxshi ishlayabdi 😁.
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Protsessor(CPU) kesh xotirasi.
CPU kesh xotirasi - bu protsessor tomonidan ishlatilishini kutayotgan Operativ xotira(RAM)dan olingan ma'lumotlar va ko'rsatmalarning nusxalari joylashgan xotira.
Kompyuter kesh xotirasiz ishlashi mumkin lekin, kesh xotirasiz juda sekin ishlaydi. Operativ xotira juda tez ishlaydi ammo CPU kutganchalik tez ma’lumot uzata olmaydi.
CPU esa ko’p vaqtini ma’lumot kutish bilan o’tkazishi mumkin. Shuning uchun Kesh ishlab chiqilgan.
CPU (protsessor) kesh xotirasi 3 ta daraja(Level- L1, L2, L3) ga bo’linadi.
L1 boshlang’ich(primary) kesh. Protsessorda joylashgan bo’ladi va juda tez protsessor bilan bir xil tezlikda ishlaydi.
L2 tashqi(external) kesh. L1 ga qaraganda ancha sig'imi katta va tezligi pastroq. CPU (protsessor) ma’lumotni L1 keshdan topa olmasa L2 keshga murojat qiladi.
L3 kesh L2 ga qaraganda sig'imi katta va undan tezligi past. CPU (protsessor) ma’lumotni L2 keshdan topa olmasa L3 keshga murojat qiladi.
—————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash
Intel® Hyper-Threading
Intel® Hyper-Threading Technologiyasi - bu har bir protsessor yadrosida bir nechta virtual yadroga ega innovatsion apparat texnologiyasidir.
Qancha virtual yadro bo'lsa, shuncha ko'p vazifalar parallel ravishda bajarilishi mumkin.
Intel® Hyper-Threading Technologiyasi faol bo'lganda, protsessor har bir fizik yadroni ikkita yadro sifatida namoyish etadi.
Shunday qilib, har bir fizik yadro turli xil dasturni qayta ishlashga qodir bo'lgan ikkita virtual yadroga ega bo’ladi.
Masalan, Hyper-Threading Technology yoqilgan 10 yadroli Intel® Core ™ i9-10900K protsessori parallel ravishda ishlaydigan 20 ta virtual yadroga ega.
Hyper-Threading Technology yordamida protsessor qisqa vaqt ichida ko'proq ma'lumotni qayta ishlashi va to'xtovsiz ko'proq fon vazifalarini bajarishi mumkin.
Optimal sharoitlarda ushbu texnologiya protsessor yadrolariga bir vaqtning o'zida ikkita vazifani bajarishga samarali imkon beradi.
————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash
Turbo Boost texnologiyasi
Kompyuter xarid qilyotganingizda protsessorlarni xususiyatlari qatorida Turbo boost texnologiyasi mavjud ekanini ko’rishingiz mumkin va sizda “turbo boost nima o’zi?” degan savol tug’iladi.
Turbo boost texnologiyasi – bu kompyuter protsesori chastotasini avtomatik tarzda ko’tarish imkonini beruvchi texnologiya. Turbo Boost operatsion tizim protsessorni eng yuqori ishlash holatini talab qilganda faollashadi.
Misol uchun protsessor chastotasi 2.1 GHz bo’lsa Toorbo boost texnologiyasi bilan u 3.9 GHz gacha ko’tarilishi mumkin. Bu kompyuter ishini tezlashtiradi.
Yana bir tomoni Turbo Boost aktivlashganda protsessor ko’p quvvat sarf qilishni boshlaydi va qizish darajasi ham yuqorilashadi. Buning uchun sovutish tizimi ham yaxshi ishlashi kerak bo'ladi.
Turbo Boost texnologiyasi Intel oilasini Core i5 va undan yuqori protsessorlarida foydalaniladi.
————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Foydali
USB Type-B
USB Type-B - bu eski ulagich bo'lib, bugungi kunda undan kam foydalanilmoqda.
USB standart B ulagichi sifatida ham tanilgan, B uslubidagi ulagich, masalan, printer yoki boshqa katta atrof-muhit qurilmalari kabi USB tashqi qurilmalari uchun mo'ljallangan.
USB B ulagichlarini ishlab chiqishning asosiy sababi ikkita asosiy kompyuterni bir-biriga ulash xavfini tug'dirmasdan atrof-muhit qurilmalarini ulashga imkon berish edi.
USB B tipidagi ulagich bugungi kunda ham qo'llanilmoqda, garchi u asta-sekin boshqa usb ulagich turlari bilan almashtirilayotgan bo’lsa ham.
—————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Software
Patch My PC Free dasturi
Patch My PC Free - bu kompyuteringizda o'rnatilgan barcha dasturlarni avtomatik ravishda yangilash (Update) uchun yordamchi dastur.
Qo'llab-quvvatlanadigan dasturlar orasida Adobe Reader, Mozilla Firefox, Oracle Java, Apple Quicktime, iTunes, Microsoft Silverlight va boshqa ko'plab boshqa dasturlar mavjud.
—————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Yadro soni bo'yicha protsessor turlari.
Agar biz smartfon, shaxsiy kompyuter yoki noutbuk sotib olmoqchi bo'lsak, avvalo uning texnik xususiyatlarini tekshiramiz. Tekshirish paytida biz protsessor haqida barcha ma'lumotlarni olamiz. Masalan, "ikki yadroli protsessor" yoki "to'rt yadroli protsessor" yoki boshqa protsessor bo'lishi mumkin.
Siz ularni nomlanishiga ko'ra nechta yadroga ega ekanini ajrata olasizmi ?
Yuqoridagi rasmda yadrolar soniga ko'ra nomlanishi keltirilgan👆
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Kompyuterning ma'lumot saqlovchi qurilmasi.
Qattiq disk (HDD va SSD) - bu kompyuterning o'rnatilgan markaziy saqlash tizimi.
Ular gigabayt (GB) va terabayt (TB) bilan o'lchanadi
HDD va SSD disklar bir xil ishni bajarishi mumkin. Ular tizimni yuklashlari va foydalanuvchi fayllarini odatdagidek saqlashlari mumkin.
Ammo bu ikkalasining o'ziga xos xususiyatlar to'plamlari mavjud. Ularning orasidagi afzalliklari va kamchiliklari qanday va siz qanday tanlaysiz?
Yuqoridagi jadval ba'zi farqlarni aks ettiradi. Albatta bu yerda ko'rinib turibdiki katta farq bilan SSD ustunlikka ega va buni ikkalasidan HDD va SSD dan foydalanganlar yaxshi tushunadi.
————————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Intel Core i7 VS AMD Ryzen 7
Qaysi biri yaxshiroq: 1,9 - 2,3 gigagertsli Intel Core i7 11800H (4,6 gacha Turbo Boost bilan)mi yoki 2,0 gigagertsli chastotada AMD Ryzen 7 5825U ( Turbo Core bilan 4,5 gacha) ? Buni bilish uchun ushbu 8 yadroli noutbuk protsessorlarini mashhur modellarini solishtiramiz.
Yuqorida rasmda barchasi keltirilgan.👆
Intel Core i7 11800H ni nega tanlaymiz?
128 Gb gacha bo'lgan DDR4-3200 (RAM) operativ xotirasini qo'llab-quvvatlaydi.
8 MB ko'proq L3 keshiga ega
Turbo Boost-da 2% yuqori chastota (4,6 GHs va 4,5 GHs)
AMD Ryzen 7 5825U ni nega tanlaymiz?
Core i7 11800H maksimal quvvat sarfidan 67% past - 15 va 45 vatt
Core i7 dan 8 oy kechroq chiqarilgan. Agar bu sabab bo'la olsa albatta.
Ko’rinib turibdiki Intel Core i7 11800H yaqqol ustiunlikka ega.
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Intel CORE i5 protsessorlari
Kompyuter tanlash va xarid qilishda protsessorni o'zizga mos keladiganini tanlay olish juda muhimdir. Bugun biz sizga Intel CORE i5 protsessorlari haqida ma'lumot beramiz.
Core i5 protsessorlari narxi unchalik qimmat emas. Core i3 ga nisbatan kuchli va o’rtacha og’rilikdagi o’yinlarni ko’tara oladi. Agar yaxshi grafik karta bilan birlashtirilsa katta o’yinlarni ham ko’tara oladi.
Core i3 bilan taqqoslaganda Core i5 bir vaqtning o’zida ko’proq vazifani bajara oladi. Turbo Boost texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi , yadrolar soni 2, 4 va 6 ta gacha, kesh xotirasi 4, 6, 8, 12 va 20-18 MB, Chastota(Turbo) 2,7, 3,10,..., 4,80 GHz gacha.
Oxirigi 12 avlod Core i5 Protsessorlari 2021 yil noyabr oyida ommaga namoish qilindi.
—————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Foydali
USB standartlari va ma'lumot almashish tezliklari 👆
Ikkita turli xil USB versiyalarga ega qurilmalar bir biriga ulansa ma'lumot uzatish tezligi ulangan pastroq versiya tezligi bilan cheklanadi.
Bu shuni anglatadiki, USB 2.0 qurilmasi USB 1.1 qurilmasiga ulanganda, ma'lumotlar uzatish tezligi USB 1.1 tezligi 12 Mbit/s bilan ishlaydi. Chunki USB 1.1 bu tezlikdan yuqorisida ishlay olmaydi.
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Windows x32 va x64 nima farqi bor
Siz operatsion tizimni o'rnatganingizda yoki eng so'nggi mikro protsessorli kompyuter sotib olganingizda, 32 va 64 bitli variantlarni ko'rgansiz.
Bu protsessor CPU registridan qancha xotiraga ega bo'lishi mumkinligini anglatadi.
Deyarli so’nggi 10 yildan buyon barcha protsessorlar 64 bitni qo’llab quvvatlaydigan holda ishlab chiqarilmoqda.
32 bitli va 64 bitli operatsion tizimlarning eng katta farqi shundaki, 32 bitli versiya faqat 4 GB dan kam RAM(operativ xotira) bilan ishlaydi. Bu shuni anglatadiki 4 Gb dan katta RAM(operativ xotirani) qolgan qismi ishlamay bekor turadi.
64 bitli operatsion sistemada esa deyarali har qanday hajmga ega RAM (operativ xotira) bilan ham bemalol ishlay oladi.
64 bit bu 32 bitdan ikki barobar katta degan ma'noni anglatmaydi.
Bu shuni anglatadiki
32 bit bu 2 darajasi 32 = 4 Gigabayt ,
64 bit bu 2 darajasi 64 = 16 Exabayt ga teng.
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Foydali
Brauzerlar uchun tezkor tugmalar.
Internetdan foydalanish vaqtida brauserlarda amallarni tez bajarish uchun Tezkor Tugmalar ro'yxati.
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Monitoringiz o’lchamini bilasizmi?
Juda ko’pchilik o’z kompyuter monitori yoki televizor ekrani o’lchovi qanday ekanini bilsa ham lekin bu o’lchov qanday o’lchov ekanini tushunmaydi.
Ekran o'lchami dyuym bilan o'lchanadi, har bir dyuym 2,54 santimetrga teng. Ya'ni, 24 dyuymli ekran 61 santimetrga
teng.
Ekranlar odatda to'rtburchak shaklida bo'lgani uchun o'lchov diagonal o'lchamini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Intel 🤜 VS 🤛 AMD Ryzen
Qaysi protsessor kuchli ?
Kompyuter xarid qilayotganingizda uning protsessorini tanlashda nimalarga e'tibor berasiz?
Biz noutbuk, shaxsiy kompyuter, yoki har qanday turdagi kompyuter bo'lsin, uni sotib olishdan oldin biz ko'rib chiqadigan birinchi narsa bu uning protsessoridir.
Kompyuterning protsessori uni tekis va tez ishlashini boshqaradigan asosiy omil hisoblanadi. Qaysi protsessorni tanlash bo'yicha juda ko'p chalkashliklar mavjud bo'lganligi sababli, biz ikkita eng mashhur AMD va Intel protsessorni solishtiramiz.
Shu bilan birga, biz Ryzen yaxshi yoki Intel degan savollarga javob berishga harakat qilamiz. Shuningdek, AMD va Intel protsessorlari o'rtasidagi farqni ham ko'rib chiqamiz.
Keyingi postlarimizda bu protsessorlar haqida ma'lumotlar berib boramiz.
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Hacker
Milliardlab pullarimizni shilayotgan kiber-jinoiy imperiya
Hozirda keng tarqalgan va ko'plab odamlarning kartasidan pullarini aldov yo'li bilan yechib olayotgan guruhlar kimlar. Ularning soni qancha va ular qanday ishlaydi. Ushbu savollarga to'liq javob olish uchun videoni ko'rib chiqishni tavsiya qilamiz.
Videoni ko'rish uchun 👉 Link
——————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash, #Foydali
Intel Core i9
Intel Core i9 2017 yil may oyida yuqori samarali kompyuterlar uchun yechim sifatida taqdim etilgan. Ushbu yo'nalish Skylake mikro arxitekturasi asosida ishlab chiqilgan.
Bu eng yuqori darajadagi juda kuchli protsessor. Core i9 protsessorlari 3D grafika va hatto VR(virtual reality) ga asoslangan yuqori darajadagi o'yinlarda ham qiynalmay ishlaydi.
Core i9 protsessorlari 20 MB kesh xotirasiga ega, bu takrorlanadigan vazifalar tezligini ancha oshirishi mumkin. Buning ustiga Core i9 protsessorlari 8, 10, 12, 14, 16 va 18 ta yadroga ega. Maksimal chastota(Turbo Boost) 5,0 gigagerts.
Agar siz ushbu protsessordan foydalansangiz, qo'shimcha qurilmalarning ham yuqori darajada ekanligini unutmasligingiz kerak, aks holda Core i9 ning asosiy kuchi behuda ketadi.
—————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Software
NMAP dasturini bilasizmi?
Nmap - bu Gordon Lion tomonidan yozilgan kuchli tarmoq xavfsizligi vositasi.
U deyarli 20 yil oldin (1997 yilda) chiqarilgan va shu vaqtdan boshlab tarmoq xaritasi va portlarni skanerlash bo'yicha amaldagi standartga aylanib, tarmoq adminlariga kompyuter tarmog'idagi xostlar va xizmatlarni kashf etish va tarmoq xaritasini yaratish imkoniyatini berdi.
Nmap tarmoq administratorlari va xakerlar tomonidan keng qo'llaniladi . Nmap bepul foydalaniladi va GPL litsenziyasi asosida chiqariladi. Ushbu litsenziya sizga dasturiy ta'minotni boshqarish, o'rganish, almashish va o'zgartirish huquqini beradi.
Nmap dasturidan Hollywoodning ko'plab mashhur kinolarida ham foydalanilgan. Filmni tomosha qilish jarayonida ushbu dasturdan foydalanayotgan holatlarini ko'rishingiz mumkin.
Matrix
Snowden
Who Am I
Dredd
Elysium
Fantastic Four
———
👉 @geek_boy_uz 👈
#Kompyuter_tanlash
Operativ xotira DDR3 (RAM Double Data Rate 3)
Operativ xotira DDR3 - DDR2 RAM ga o'xshaydi, lekin taxminan 30% kam quvvat sarflaydi va ma'lumotlarni ikki baravar tezroq uzatishi mumkin.
DDR2 operativ xotirasi ma'lumotlarni 3200 Mbit/s gacha uzatishi mumkin bo'lsa, DDR3 operativ xotirasi maksimal 6400 Mb/s tezlikda ma'lumotlarni uzatish tezligini qo'llab-quvvatlaydi.
Bu degani, DDR3 operativ xotirasi bo'lgan kompyuterlar DDR2 RAM ga ega bo'lgan tizimlarga qaraganda tezroq ma'lumotni protsessorga uzatishi mumkin.
RAM ning yuqori tezligi, ayniqsa katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashda to'siqlarning oldini oladi.
DDR3 operativ xotira modullari DDR va DDR2 chiplariga o'xshaydi, ammo har bir modulning pastki qismidagi ikkita pin to'plamini ajratib turadigan bo'shliq boshqa joyda joylashgan.
Bu boshqa DDR RAM chiplarini DDR3 RAM ni qo'llab-quvvatlamaydigan slotga o'rnatilishiga yo'l qo'ymaydi.
————
👉 @geek_boy_uz 👈
#Foydali
Micro SD Karta
Har doim kichikroq ko'chma elektronikaga bo'lgan talab tufayli, 2000-yillarning boshlaridai chiqgan SD-karta ko'plab turdagi qurilmalar uchun , masalan, smartfonlar uchun juda kattalik qildi.
2005 yilda microSD karta SD kartaning oltidan bir kattaligida ishlab chiqarildi. SD-karta 32 dan 24 x 2,1 mm gacha, microSD karta esa 15 dan 11 x 1 mm gacha.
Micro SD karta - bu kichik ko'chma elektronikalarda ishlatiladigan SD-kartaning kichik nusxasi. Adapter yordamida microSD kartani har qanday SD-karta portga kiritish va odatdagidek ishlatish mumkin.
MicroSD kartalari hajmi tufayli 1 TB bilan cheklangan, SD kartalari esa ancha yuqori raqamlarga ega bo'lishi mumkin.
————
👉 @geek_boy_uz 👈