grantlar | Unsorted

Telegram-канал grantlar - Grantlar.uz

80889

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

Subscribe to a channel

Grantlar.uz

Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 1250 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun yiliga 310 yevro mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2025-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

KAIST EE Camp 2025: Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi oromgoh!

Dasturga KAIST universitetida elektrotexnika boʻyicha magistraturani oʻqishga qiziquvchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil 25-26-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va qaytish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil 23-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-ee-camp-koreyada-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-yozgi-oromgoh/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 oylik stipendiya olish imkoniyati!

Dasturga:
ijtimoiy fanlar, huquq, matematika, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va qishloq xoʻjaligi sohalarida oʻqiyotgan;
– hozirda 2-kurs boʻlgan;
– 2025-yil, oktabrda 19 yoshdan kichik boʻlmagan va 23 yoshdan katta boʻlmagan;
– Oʻzbekistondagi OTMlarda tahsil oluvchi talabalar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yilgacha 110 AQSH dollar oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni

Arizalar 2025-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekistonlik-talabalar-uchun-2-yil-davomida-100-yevro-oylik-stipendiya-olish-imkoniyati/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2025-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2025-yil 12-iyungacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Japan Internship Program: Yaponiyada haq to'lanadigan amaliyot; oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin!

Amaliyotga ingliz yoki yapon tilida ariza topshirish mumkin. Amaliyot ham shu tillardan birida olib boriladi.

Dasturga jami taxminan 100 nafar ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Nomzodlar oflayn (Yaponiyaga borib) yoki onlayn tarzda amaliyot oʻtashni tanlashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ishlatish uchun noutbuk, LAN, mobil qurilma va boshqalarni olib turish mumkin.
– Yaponiyaga borish-kelish va turar joy tashkilotchilar tomonidan tashkillashtiriladi.
– Viza olishda yordam.
– Kuniga 20 dollargacha ish haqi.

Arizalar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-internship-program/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

👍👍👍👍👍👍

🇰🇷 BANK SHOT VA OTA-ONA daromadlarisiz Koreyada talaba bòling!🏦
2025-yil kuzgi qabul davom etmoqda! 🍁

🎓 Bakalavr + Magistratura
📌 Talaba vizasi uchun bank hisobi yoki ota-onaning daromadi talab qilinmaydi!

Shunchaki quyidagilardan biri bo‘lsa yetarli:
TOPIK 2
IELTS 5.5

Yo‘qmi hali? 😟
Hechqisi yo‘q! May-iyun oyilarida 📌Topik yoki IELTS olsangiz— Hozrdan hujjatlarni topshirishingiz mumkin!

GRANT imkoniyati:
⭐️ Til darajangizga qarab — 1 semestrdan 4 yilgacha!

😄Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi!
Izohda “+” belgisi qoldiring, biz siz bilan bog‘lanamiz! ✉️

✈️ Biz bilan bog‘laning!

📍Bizning manzil: Toshkent shahri, Naqqoshlik MFY, Bunyodkor ko'chasi, 41B-uy.

📞Murojaat uchun:
+998333043536
+998330902408


🌐Online murojaat:
@edukorea_admin1
@edukorea_admin2

📱Instagram | 📱Telegram

Читать полностью…

Grantlar.uz

Ilmiy sohadagi eng foydali Telegram kanal!

🎯 Ilmiy maqolalar yozishni o‘rgatishga qaratilgan ilmiy loyihalar

💯 Iqtidorli yoshlar uchun maxsus grantlar

📚 O‘zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari

🎉 Scopus ma’lumotlar bazasida bepul maqola chop qiladigan jurnallar

🌐 Barcha tillarda bepul kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda chop qilish imkoniyatlari

🔝 Scopus ma’lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar ro‘yxati

Ilmiy tadqiqotchilar uchun maxsus online kurslar

💯 Bepul master-class va vebinarlar haqida ma’lumotlar

🎯 Scopus jurnallarida bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar


📨 Ushbu postni tanishlaringizga ham ulashing.

Ko‘proq ma’lumot:
/channel/publish_uz

Читать полностью…

Grantlar.uz

Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Grantlar Sheffield universitetida huquq, iqtisod, sogʻliqni saqlash, jurnalistika, ekologiya, siyosat kabi sohalarga oid bir qancha magistrlik dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Yashash xarajatlari uchun 16 500 dollar stipendiya

Arizalar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/allan-and-nesta-ferguson-charitable-trust-scholarships-for-masters/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2025-yil 13-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Teach for Uzbekistan — turli sоha vakillari uchun taʼlim sohasida ikki yillik professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi dastur

Talablar
— Universitet bitiruvchilari bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish shart emas;
— O‘zbek/rus tilida ravon so‘zlasha olish. Ingliz tilini bilish afzallik beradi;
— Belgilangan maktabda 2 yil ishlay olish;
— 1-iyuldan boshlab 5 haftalik yozgi institutda qatnasha olish kerak.

Foydali tomonlari
— Loyiha davomida barqaror moliyaviy yordam (oylik+ $500 stipendiya);
— Mutaxassislar va metodistlar bilan birgalikda o‘z ta’lim loyihalaringizni yaratish imkoniyati;
— Rasmiy ishga joylashish imkoni;
— Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti tomonidan pedagogik malaka oshirish sertifikati

Arizalar 2025-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish
https://www.teachforuzbekistan.org/uz/join

Batafsil
👇
https://www.teachforuzbekistan.org/

Telegram | Veb-sayt

Читать полностью…

Grantlar.uz

Koreya uchun bunaqasi bo’lmagan!

Daeshin universiteti talabalari o‘qish davomida TOPIK 4 darajasiga erishsa, ota-onalarini qonuniy ravishda Koreyaga chaqirish huquqiga ega bo‘ladi!

Bu imkoniyat hozircha faqat Daeshin universitetida mavjud!

Nega aynan Daeshin Universiteti?

• O‘qish to‘liq ingliz tilida
Grant dasturi – barcha semestrlar uchun 50% chegirma

Bakalavr dasturlari:
Korean track – haftasiga 1 kun dars
English track – haftasiga 2 kun dars - O‘qishdan tashqari ishlash imkoniyati

Kontrakt narxi (bakalavr va magistratura): atigi $1140
Yotoqxona narxi – oyiga $90

Akademik talablar:
• IELTS – 5.5
• NEW TEPS – 327
• TOPIK – 3

2025-yil kuzgi semester uchun ariza topshirishga ulguring!

IELTS sertifikati hali tayyor emasmi? Asosiy hujjatlarni hozir topshirib, til sertifikatini keyinroq taqdim qiling!

Shu va boshqa ochiq qabullar haqida bugun (8-may) 20:30 dagi jonli chatda to'liq ma'lumot olishingiz mumkin.

Jonli chat manzili: @turanschoolnews

Murojaat uchun: @turanschoolinfo

Читать полностью…

Grantlar.uz

💪💪💪💪💪💪

"UBS FAN OLIMPIADASI - 2025" boshlandi

⚡️Maktab o'quvchilari orziqib kutgan "UBS fan olimpiadasi"ning 1-bosqichiga START BERILDI.

Olimpiada grafigi:
➡️ 6-may - biologiya,
➡️ 7-may - matematika,
➡️ 8-may - ingliz tili,
➡️ 9-may - ona tili,
➡️ 10-may - tarix (shuningdek, yuqoridagi fanlardan o‘sha kuni topshira olmay qolgan o‘quvchilar uchun)
➡️ 11-may - qo‘shimcha kun (barcha sinflar bo‘yicha olimpiada fanlaridan o'z vaqtida ishtirok eta olmay qolgan ishtirokchilar uchun)

❗️Olimpiadaning 1-bosqichi ushbu grafik asosida soat 00:00 da boshlanadi va 23:59 gacha, ya’ni to‘liq bir sutka davomida ishtirokchilarga kirib ishlash imkoniyati beriladi. Soat 23:59 dan keyin tizimga kirish va topshiriqlar ustida ishlashga ruxsat etilmaydi.


✅ G‘oliblarning maktab ma’muriyati va ustozlari turli nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

📺 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
📺Testlarni bajarish bo'yicha videoqo'llanma
📱 Bot orqali roʻyxatdan o'tish

Olimpiadada qatnashish mutlaqo bepul!

Hoziroq harakatni boshlang, vaqtni ortga surmang!

Batafsil maʼlumot uchun:
📞 +998781132626
🤖 @ubsuzbekistan_bot

👍 @ubsolimpiada

Читать полностью…

Grantlar.uz

SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2414 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (754 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1131 dollar).

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

⭕️⭕️⭕️KDB bankshotsiz va ota-ona yillik daromadlarisiz magistraturada talaba bo’ling!

😎 E-Viza Magistratura
🎓 Sun Moon University
👉 Sohalar : Global iqtisodiyot, IT, Turizm va boshqalar

💵Kontrakt: 1500$ dan 1800$ gacha
🤔 Firma to’lovi : 3 mln so’m

🎁Grantlar : TOPIK 3/IELTS 5.5- 30%
🎁Grantlar : TOPIK 4/IELTS 6.5- 40%
🎁Grantlar : TOPIK 5/IELTS 7.0- 50%


📌 Darajasi chiqishini endi kutayotganlarni ham qabul qilamiz!

🖥Onlayn ro’yxatdan o’ting

☎️+998-95-580-11-16 | unique_consultadmin1">Yozish
☎️+998-95-590-11-16 | unique_consultadmin1">Yozish

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 unique.consulting?si=p2S5et0dNZPfLmFz">Youtube 📱 uniqueconsulting.kr?_t=ZT-8v3Ic9VF8sV&_r=1">TikTok

Читать полностью…

Grantlar.uz

🛫 Aviasozlik bo’yicha mutlaqo BEPUL Ta’lim!
📍 Ufa (Rossiya)

🆓 4 yil BEPUL ta’lim!
💰 Har oylik stipendiya
🔖 O'zbekistonga diplomi o'tadi!
💶 Haftasiga 20 soat ishlash Imkoniyati

📚 Bundan tashqari yo’nalishlar:

— Neftegaz
— IT
— Temir yo'llar
— Mashinasozlik
— Pedagogika

❗️ Jami qolgan joylar soni: 11 ta

☎️ 940031001 | 999861001

Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram

Читать полностью…

Grantlar.uz

Uzcosmos va Uzum "Yosh muhandis" tanlovida sovg‘alar topshirdi

10-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida Uzcosmos va Uzum kompaniyalarining "Yosh muhandis" respublika tanlovi finali bo‘lib o‘tdi.

Tanlov 25-fevral kuni boshlangan bo‘lib, unda 12 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan 133 ta maktab o‘quvchilari va talabalar jamoasi maishiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan 150 dan ortiq muhandislik ishlanmalarini taqdim etdi. Finalga 28 ta jamoa chiqdi.

— Insoniyat tarixidagi barcha muhim yutuqlarni bizning tanlov ishtirokchilarimiz kabi yosh ixtirochilar amalga oshirgan. Bu ixtirolarning asosiy drayveri har doim qiziquvchanlikdir. Men sizga qiziquvchan bo‘lib qolishingizni va O‘zbekistonni oldinga siljitishingizni tilayman, — dedi tadbirda Ruslan Namazov, Uzum E-com CTO/CPO.

BATAFSIL

Читать полностью…

Grantlar.uz

Xiamen universiteti (Malayziya) yozgi semestrga 10 ta grant ajratdi

Xiamen universitetida 100% grant asosida talaba bo'lish imkoniyatingiz bor!

☝️Grant faqat bakalavriat va Foundation uchun

Universitet vakillari bilan bog'laning va qabul talablari bilan tanishing.

👉 RO'YXATDAN O'TISH

Savollar yuzasidan murojaat:
+998944426612
@xmum_uni

Rasmiy kanal: /channel/xmum_uz

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷 KOREYAGA HECH QANDAY FIRMA TO’LOVLARSIZ HUJJAT TOPSHIRING!

Ha to’gri eshitdingiz, bunday taklif faqat biz orqali bo’ladi. Hullas kalom “A” dan “Я” gacha bepul xizmat ko’rsatamiz!

👔 DASTUR: Bakalavr, magistratura va Kasbiy ta’lim uchun
🌆 SHAHARLAR: Jeongju, Hwaseong, Seoul
💸KONTRAKT: $2.100 dan $3.500 gacha (1 semester)
🎁SCHOLARSHIP: 30%-40% (1 semester dan 4 yilgacha)
DEADLINE: 15 Iyun
📑 TALAB: IELTS 5.5+ / TOPIK 3+

Universitetlar haqida ma’lumot va BEPUL hujjat topshirish uchun ariza qoldiring va biz siz bilan bog’lanamiz -> ARIZA QOLDIRISH

Manashunday foydali ma’lumotlarni o’tkazib yubormaslik uchun @impact_consulting kanalimizga obuna bo’ling 😎

Читать полностью…

Grantlar.uz

⚡️ Koreyada o‘qish uchun O‘zbekistonda hali hech kim taklif qilmagan dastur! 🔥

🇺🇿🇰🇷 O'zbek tilida suhbat orqali MAGISTRATURAGA E-VISAIELTS VA TOPIKSIZ!

🎓 Biz bilan eksklyuziv shartnoma qilgan universitetimizga qabul:

Viza chiqishi: 95-99%
Magistratura + Til kursi (ichida)
Arzon kontrakt narxi (yotoqxonasi ichida)
Haftasiga 3 kun o'qish

💰 Firma xizmati: chegirmada 2.5 mln so'm

‼️ Joylar soni — atigi 40 ta! O'rinlar to'lishi bilan qabul yopiladi!

😱 Shoshiling, bunaqasi hali bo'lmagan!

📲 Batafsil ma’lumot uchun biz bilan bog'laning:

📞 +998 99 638 7444 | Online

📍 Max Education – Koreyada ta’lim sari ishonchli qadam! 🚀

Читать полностью…

Grantlar.uz

Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 10 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 10 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2025-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2025-yil 24-may, 19:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇦🇪 B.A.A. universitetlari nima uchun tezda mashhurlashmoqda? Chunki IELTS 5.0 bilan BEPUL ta'lim taklif qilinmoqda

Imkoniyatlar:
To’liq oqish puli qoplanadi
• Markaziy shaharlarda o'qish: Dubay, Sharja

Bakalavr diplomini 2.5 yoki 3 yilda olishingiz mumkin
O'qishni bitirib 3-5 yillik ish vizasini olish imkoniyati
• Emirates ID bilan 36 soat ishlash imkoniyati
• VISA – 100%
• Oila a’zolari uchun VIZASIZ
Bank hisob raqami kerak emas
600$ gacha har oy stipendiya
• Soatiga 4-8$ maosh
BEPUL yotoqxona

2 +1 dasturlariga topshirish: B.A.A + USA, Canada, UK or Europe

O'qish Kuz 2025 dan boshlanadi. Arizalar 2025-yil 25-Maygacha qabul qilinadi!

Sizga mos grant dasturlarini aniqlash uchun — bizga “BAA GRANT” deb yozing

Murojaat uchun👇
Telegram | +998712006445 | Manzil

Batafsil kanalimizda, obuna bo‘ling👇
/channel/finoconsulting
/channel/finoconsulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇩🇪 Yevropadagi ta'lim sifati bo‘yicha eng mashhur davlat – Germaniyada o‘qish imkoniyati!

🎯 Everest Go Global Germaniyaning siz tanlagan *7 ta TOP universitetiga hujjat topshirishda yordam beradi. Bunaqa imkoniyatni faqat biz bera olamiz. 🤫

🎓 TOP universitetlar ro‘yxatidan ayrimlari:
• Technical University of Munich (26-o‘rin)
• LMU Munich (38-o‘rin)
• Heidelberg University (47-o‘rin)
• RWTH Aachen (92-o‘rin)
• University of Freiburg (128-o‘rin)
• University of Cologne (157-o‘rin)
• TU Dresden (160-o‘rin)
• KIT (166-o‘rin)
• Johannes Gutenberg University Mainz (251–300-o‘rin)
• University of Stuttgart (251–300-o‘rin)
…va yana 20+ nufuzli universitetlar! (to‘liq universitetlar ro‘yxati)

💸 Shuningdek, Germaniyaning ichki grantlari va milliy grant dasturlariga topshirishda ham to‘liq ko‘maklashamiz!

📩 Bizga murojaat qiling: 90-988-45-66

👉 @everestgoglobal

Читать полностью…

Grantlar.uz

Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Qabul muddati 15-maygacha uzaytirildi

Amerika elchixonasi tomonidan xarajatlari qoplanuvchi “English for IT 2025” yozgi oromgoh dasturi

Dasturda Nukus, Buxoro, Fargʻona, Samarqand va Toshkentda yashovchi 9-10-sinf maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Qabul qilinganlar tegishli shaharlarda 17 kun davomida ingliz tilini yaxshilash, IT koʻnikmalarini va ijtimoiy koʻnikmalarni yaxshilash mashgʻulotlarida qatnashadi (ingliz tilida).

Manfaatli jihatlari:
– Dastur bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi
– Mahalliy va amerikalik mutaxassislar tomonidan olib boriladigan mashgʻulotlarda qatnashish

Arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/english-for-it/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇬🇧 Angliya Universitetlariga kuzgi semestr uchun qabul!

🎯 Reyting: Dunyo TOP 30–500

🎓 Dasturlar: Bakalavr | Magistratura
📝 Talab: IELTS 5.5 – 6.5
✅ Viza chiqish ehtimoli: 90%
💷 Ariza to‘lovi: 0 (aslida $133)
🎁 Grantlar: £3000–£5000 gacha

💸 Kuzgi semestr uchun “katta”chegirmalar – faqat hozir!

🏡 Angliyada kutib olish, yotoqxona topishda yordam

⏰ Vaqt juda kam qoldi! Tezroq harakatni boshlang!

🖥 Onlayn ro’yxatdan o’tish uchun

👇Batafsil ma’lumot uchun:

☎️ +998-77-177-99-19 | Yozish
☎️ +998-95-590-11-16 | Yozish

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 unique.consulting?si=p2S5et0dNZPfLmFz">Youtube 📱 uniqueconsulting.kr?_t=ZT-8v3Ic9VF8sV&_r=1">TikTok

Читать полностью…

Grantlar.uz

🎓 Coventry University: Now in Uzbekistan!

😇 Dreaming of high-quality British education? Now, this opportunity is even closer with UDEA!

Coventry University is among the Top 13 universities in the UK and ranks in the Top 100 young universities worldwide.

⚡️The best part? You can now complete this programme at UDEA with special 50% and 100% scholarships
📢 Don’t miss your chance to experience British education right here in Uzbekistan!

🔥You still have the opportunity to become a UDEA student! Register now for both local and Coventry University programmes

Join us at UDEA on 15 May for Open Day — we look forward to welcoming you to our university campus.
Click here to register for UDEA's Open Day:❗️

🎓 UDEA - We guide you to a brighter future!

Contact us to learn more:
📞 +998 78 888 08 00
📧 info@udea.uz
📍Boshlik street 3, Tashkent

📱Instagram 📱Facebook 🌐Website 📱udea2931">YouTube 📱Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel