grantlar | Unsorted

Telegram-канал grantlar - Grantlar.uz

80889

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

Subscribe to a channel

Grantlar.uz

Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
– Universitetda oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 4-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Tadqiqotchi-olimlar uchun akademik ilmiy izlanishlarni takomillashtirish bo‘yicha bepul o‘quv dasturiga start berildi!

Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magida tadqiqotchi-olimlar uchun bepul “AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” o‘quv dasturining saralash bosqichlari boshlandi.

Loyiha maqsadi:

Tadqiqotchi-olimlarning sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik yozuv, adabiyotlar va ma’lumotlar tahlilini tizimlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirgan holda tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

O‘quv dasturida qatnashish uchun qo‘yiladigan talablar:

1. Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish;
2. Ingliz tili B1 darajada bo‘lishi;
3. Ilmiy tadqiqot natijalari va ishlanmalariga ega bo‘lishi;

O‘quv shakli:

Ishtirokchilar 4 oy mobaynida haftada 2 marta onlayn va oflayn shaklda mustaqil ta’lim hamda mentorlar bilan workshop va master-klass shaklida mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – ariza topshirish;
2-bosqich – ingliz tilida onlayn suhbatdan o‘tish
.

Arizalarni topshirish joriy yil 20-iyun sanasiga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza qoldirish:
👉 https://shorturl.at/r0WbL

Batafsil ma’lumot uchun:
+998933225689
+998951705995
📧:englishforscience@gmail.com

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar orasida 🇲🇾Malayziya nega trendda? Chunki Malayziya BEPUL ta'limda, IELTS talab qilinmaydi!

💯 Imkoniyatlar:
• Viza chiqishi 100%
• Ota-ona uchun VIZASIZ sayohat
• Hech qanday Sponsor/Bank hisob raqam talab etilmaydi
2 +1 dasturlariga topshirish: Malayziya + USA, Canada, UK or Europe
• Yilida 365 kun iliq harorat
• Bakalavr 3 yil, Masters 1 yil, PhD 3 yil

✍️ Mavjud dasturlar:

Sog‘liqni saqlash
Mehnat xavfsizligi va salomatligi
Hamshiralik ishi
Biotibbiyot fanlari
Arxitektura va qurilish muhiti
Ichki makon dizayni
Biznes boshqaruvi
Islomiy bank ishi
Muhandislik boshqaruvi
Buxgalteriya hisobi
Inson resurslarini boshqarish
Ijodiy sanoatlar
Ommaviy kommunikatsiya
Multimedia texnologiyalari
Moda dizayni
Ta’lim va erkin fanlar
Maktabgacha ta’lim
Amaliy psixologiya
Sportshunoslik
Muhandislik
Qurilish muhandisligi
Mexanika muhandisligi
Turizm
Axborot texnologiyalari
Kompyuter fanlari


🔖 O'qish Kuz 2025 dan boshlanadi. Arizalar 2025-yil 20-iyungacha qabul qilinadi!
Mutlaqo bepul maslahat olish uchun Telegram orqali "Malay" deb yozing.

✉️ Murojaat uchun👇
Telegram | +998712006445 | Manzil

Batafsil kanalimizda, obuna bo‘ling👇
/channel/finoconsulting/3373

Читать полностью…

Grantlar.uz

🎓Sizni ta’lim sohasida xalqaro darajadagi imkoniyatlar kutmoqda!

Teach For Uzbekistan — bu dunyoning 65ta davlatida faoliyat yurituvchi Teach For All tarmog‘ining rasmiy a’zosi bo‘lib, O‘zbekiston yoshlari uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.

📌 Talablar:
— Bakalavr darajasiga ega bo‘lish (pedagogik ma’lumotga ega bo’lish shart emas);
— O‘zbek tilida ravon so‘zlasha olish (ingliz yoki rus tillarini bilish — afzallik beradi);
— Belgilangan maktabda 2 yil ishlay olish;
— 1-iyuldan boshlab 5 haftalik yozgi institutda qatnasha olish.

🎁 Dasturda ishtirok etishning afzalliklari:

✅ Ta’lim va Maktab Boshqaruvi sohasida Britaniya Professional Malakaviy Diplomi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi tomonidan rasman tan olingan, Britaniya akkreditatsiyasiga ega 7-darajali professional diplom;
✅ Amerika Texnologiya Universitetining 30% stipendiyali magistratura imkoniyati;
✅ Barqaror moliyaviy yordam: oylik maosh + $500 stipendiya;
✅ Mutaxassislar va metodistlar yordamida shaxsiy ta’lim loyihalarini yaratish imkoniyati;
✅ 2 yil davomida professional pedagogik qo’llab-quvvatlash
✅ Rasmiy ishga joylashish kafolati;
✅ Teach For All xalqaro tarmog’iga qo’shilish hamda bepul stipendiya dasturlari, xalqaro seminarlar va o‘zgarish yaratishga intiluvchi global hamjamiyatga kirish imkoniyati!

🗓 Arizalar qabul qilish muddati — 25-iyungacha!


📥 Ariza topshiring uchun:
👉 teachforuzbekistan.org/uz/join

🔗 Batafsil ma’lumot uchun:
🌐 teachforuzbekistan.org

Читать полностью…

Grantlar.uz

🎓 Toshkent shahridagi Amity universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Ushbu yo'nalishlarga qabul ochildi:
🔹Sun’iy intellekt
🔹Kiberxavfsizlik va blokcheyn
🔹Axborot texnologiyalari
🔹Kompyuter muhandisligi
🔹Iqtisodiyot
🔹Ingliz tili
🔹Turizm boshqaruvi
🔹Biznes boshqaruvi


📌Ingliz tilidan kirish imtihonini topshiring
* IELTS 5.5 va undan yuqori boʻlgan talabalar uchun yozma imtihon yoʻq
Imtihon sanalari: 12-iyun | 26-iyun

🔗 RO'YXATDAN O'TING
☎️ +998712079006
📞 @amity_admission

❗️Ro'yxatdan o'ting va grant asosida xalqaro diplomga ega bo'ling

🔸Telegram🔹Facebook🔸 Instagram🔹AmityUniversityTashkent">YouTube

Читать полностью…

Grantlar.uz

"Behbudiya izdoshlari" xalqaro ilmiy tanloviga qatnashishning ajoyib imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermang!

🔗 Ilmiy maqola yozing, bilimingizni dunyoga taqdim eting va xalqaro miqyosda taniling! Bizning tanlovimiz Google Scholar, Zenodo, ResearchBib kabi yirik akademik platformalarda maqolalaringizni indekslaydi va ISBN bilan chop etadi. Bu nafaqat ilmiy faoliyatingizni ko‘rsatish, balki professional brending va global aloqalarni o‘rnatish uchun mukammal imkoniyatdir!

🎓 🔸10 nafar eng yaxshi maqola mualliflariga 5 oy davomida BHM ning 2 barobari miqdorida maxsus stipendiya
🔸maxsus sovg‘alar
🔸Led-lampa,
🔸blaknot ruchka, 
🔸bejik,
🔸akademik shopper - barcha ishtirokchilar uchun! Har bir qatnashchimizga
🔘ko‘krak nishoni,
🔘guvohnoma va
🔘qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.
🌟Eng yaxshi 10 maqola egalariga bepul nashr imkoniyatlari beriladi.

🚀Maxsus seminar-treninglarda sizning ilmiy va shaxsiy brendingizni qanday rivojlantirishni o‘rganasiz. Mamlakatimizning yetakchi liderlari va mutaxassislari ishtirokida motivatsion uchrashuv doirasida 30-iyunda tantanali Taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

🌎 "Behbudiya izdoshlari" tanloviga hoziroq qo‘shiling va ilmiy faoliyatingizni yuqori bosqichga olib chiqing! Yana maxsus stipendiyalar va taqdirlash marosimi kutyapti!

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️❤️❤️💜💜💜

Bundan tashqari guruhda maxsus 50%lik chegrmalar ketmoqda, maqolalar uchun hisobot yaqin!

Ishtirok etish uchun murojaat qiling:

@Qaqnus9497
@ilmiyguruh

Читать полностью…

Grantlar.uz

Ilmiy sohadagi eng foydali Telegram kanal!

🎯 Ilmiy maqolalar yozishni o‘rgatishga qaratilgan ilmiy loyihalar

📚
O‘zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari

🎉
Scopus ma’lumotlar bazasida bepul maqola chop qiladigan jurnallar

🌐
Barcha tillarda bepul kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda chop qilish imkoniyatlari

🔝
Scopus ma’lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar ro‘yxati

Ilmiy tadqiqotchilar uchun maxsus online kurslar

💯
Bepul master-class va vebinarlar haqida ma’lumotlar

🎯
Scopus jurnallarida bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar


📨 Ushbu postni tanishlaringizga ham ulashing.

Ko‘proq ma’lumot:
/channel/publish_uz

Читать полностью…

Grantlar.uz

UDEA Universitetida qabul boshlanmoqda!

🌍 Orzularingizga yaqinlashmoqchimisiz?
UDEA’dan super imkoniyatlar:

• Koventri universiteti diplomi;
• 200 ta to‘liq moliyalashtirilgan grant (4 o‘quv yili uchun);
• Turli stipendiyalar;
• Bepul turar-joy;
• Haq to‘lanadigan amaliyot;
• Buyuk Britaniyada yozgi maktabda ishtirok etish imkoniyati.

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

UDEA – Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!

Ma’lumot uchun:
📞 +998788880800
📧 admissions@udea.uz
📱@udeauz

📍 Boshliq ko‘chasi 3, Toshkent

Читать полностью…

Grantlar.uz

Farmagentligi ta'lim granti e'lon qiladi!

O'zbekiston Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi quyidagi sohalarda ta'lim granti e'lon qiladi:

🎓40 ta grant Farmatsiya, Biokimyo va Biotibbiyot dasturlari uchun

🎓20 ta grant Biznes menejment va data analitika dasturlari uchun

🧑‍🎓 Grant Pharmaceutical Technical Universityda ta'lim kontraktini to'liq qoplaydi.

Talablar:
- Hayot fanlari uchun IELTS 5.5;
- Biznes va IT uchun IELTS 5.0
- Grant imtihonida yuqori ball to'plash

Batafsil👇
+998559000500
@ptuuz_bot

Читать полностью…

Grantlar.uz

🎓Sizni ta’lim sohasida xalqaro darajadagi imkoniyatlar kutmoqda!

Teach For Uzbekistan — bu dunyoning 65ta davlatida faoliyat yurituvchi Teach For All tarmog‘ining rasmiy a’zosi bo‘lib, O‘zbekiston yoshlari uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.

📌 Talablar:
— Bakalavr darajasiga ega bo‘lish (pedagogik ma’lumotga ega bo’lish shart emas);
— O‘zbek tilida ravon so‘zlasha olish (ingliz yoki rus tillarini bilish — afzallik beradi);
— Belgilangan maktabda 2 yil ishlay olish;
— 1-iyuldan boshlab 5 haftalik yozgi institutda qatnasha olish.

🎁 Dasturda ishtirok etishning afzalliklari:

✅ Ta’lim va Maktab Boshqaruvi sohasida Britaniya Professional Malakaviy Diplomi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi tomonidan rasman tan olingan, Britaniya akkreditatsiyasiga ega 7-darajali professional diplom;
✅ Amerika Texnologiya Universitetining 30% stipendiyali magistratura imkoniyati;
✅ Barqaror moliyaviy yordam: oylik maosh + $500 stipendiya;
✅ Mutaxassislar va metodistlar yordamida shaxsiy ta’lim loyihalarini yaratish imkoniyati;
✅ 2 yil davomida professional pedagogik qo’llab-quvvatlash
✅ Rasmiy ishga joylashish kafolati;
✅ Teach For All xalqaro tarmog’iga qo’shilish hamda bepul stipendiya dasturlari, xalqaro seminarlar va o‘zgarish yaratishga intiluvchi global hamjamiyatga kirish imkoniyati!

🗓 Arizalar qabul qilish muddati — 25-iyungacha!


📥 Ariza topshiring uchun:
👉 teachforuzbekistan.org/uz/join

🔗 Batafsil ma’lumot uchun:
🌐 teachforuzbekistan.org

Читать полностью…

Grantlar.uz

Berggruen Prize insholar tanlovi: mukofot 50 ming AQSH dollari

Har yili oʻtkaziladigan ushbu tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Bu yili tanlovga ong (consciousness) mavzusiga oid ishlar qabul qilinadi. Ishlarni ingliz yoki xitoy tilida topshirish mumkin.

Mukofot: Gʻolib 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/berggruen-prize-essay-competition/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Malayziyada magistraturani oʻqish uchun MTCP toʻliq granti!

Malayziya hukumati tomonidan taklif etiladigan ushbu grant deyarli barcha soha boʻyicha magistraturada oʻqish uchun (ingliz tilida) ajratiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga RM 3500 (taxminan 825 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi
– Malayziyaga borish va o’qish yakunida qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplab beriladi

Arizalar 2025-yil 18-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/malayziyada-oqish-uchun-mtcp-granti/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇮🇹 Italiyada 100% grant!

5-iyun — hujjat topshirishning so‘nggi muddati!

🎓 Yevropaning top 1000 talik universitetlari
💶 Har yili 7500 yevro stipendiya olish imkoniyati
📚 Bakalavr va magistratura yo‘nalishlari
🗣 Ingliz tilida o‘qish, sertifikat shart emas

11 yil o'qiganlar uchun ham foundation dasturisiz bevosita bakalavrga topshirish imkoniyati!

📲 Batafsil: maʼlumot uchun murojaat qiling:
@mercuryuzBot | +998712000340

⏳ Joylar soni cheklangan, shoshiling!

Читать полностью…

Grantlar.uz

Xiamen universiteti (Malayziya) yozgi semestrga 10 ta grant ajratdi

Xiamen Universitetida 100% grant asosida talaba bo'lish imkoniyatingiz bor!

☝️Grant faqat bakalavriat va Foundation uchun

Universitet vakillari bilan bog'laning va qabul talablari bilan tanishing.

👉 RO'YXATDAN O'TISH

Savollar yuzasidan murojaat:


📞 +998944426612

@xmum_uni

Rasmiy kanal: /channel/xmum_uz

Читать полностью…

Grantlar.uz

❗️🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 bilan yuzma-yuz suhbat

🏛 Janubiy Koreya universiteti rasmiy vakillari suhbatidan o'tib TALABA BO'LING!

✔️ Koreyaga vizangizni 100% aniq olgandan keyin firma to'lovini to'laysiz.

⚠️ Shoshiling

✔️ Arzon kontraktli universitet
✔️ Bank shot talab qilmaydigan
✔️ Top universitetlar qabuli tugashiga oz qoldi.

👨‍🎓 Bakalavr & Magistratura

🇰🇷 Koreya: IELTS 5.5 yoki TOPIK 3

💰 Bu aksiyada firma to'lovini vizadan so'ng to'laysiz.

📞 Murojaat uchun:
(95)020-97-99 | 📩 Yozish  
      (95)020-98-99 | 📩 Yozish

💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube

Читать полностью…

Grantlar.uz

Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant

Ushbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi
– Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyati

Arizalar qabuli 2025-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi va 2025-yil 4-noyabr yoki 2026-yil 2-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1432 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 781 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

International Computer Science Competition – barcha yoshdagi o’quvchi va talabalar uchun xalqaro tanlov

Bu tanlovda maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn tarzda va ingliz tilida oʻtkaziladi.

Ishtirokchilardan tegishli masalalarni yechib talab etiladi.

Mukofotlar: Sovrindorlar turli miqdordagi pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-computer-science-competition/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant

Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida).

Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/expatrio-scholarship/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Qozon shahrida 4 kunlik sammit: turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi!

Kazan Global Youth Summit 2025-yil 27-30-avgust kunlari Qozon shahrida (Rossiya), ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Sammitga 18-35 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Sammit vazirlar yalpi majlislari, panel muhokamalari, interfaol seminarlar va madaniy dasturlarni oʻz ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Sammitda bepul ishtirok
– Turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kazan-global-youth-summit/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 oylik stipendiya olish imkoniyati!

Dasturga:
ijtimoiy fanlar, huquq, matematika, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va qishloq xoʻjaligi sohalarida oʻqiyotgan;
– hozirda 2-kurs boʻlgan;
– 2025-yil, oktabrda 19 yoshdan kichik boʻlmagan va 23 yoshdan katta boʻlmagan;
– Oʻzbekistondagi OTMlarda tahsil oluvchi talabalar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yilgacha 110 AQSH dollar oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni

Arizalar 2025-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekistonlik-talabalar-uchun-2-yil-davomida-100-yevro-oylik-stipendiya-olish-imkoniyati/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2025-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

JACAFA stipendiyasi boʻyicha mentorlik kursi!

@Grantlar_namuna loyihasi JACAFA stipendiyasi boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Bu dastur Oʻzbekiston OTMlarida oʻqiyotgan bakalavrlariga 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya olish va quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat

Kursning asosiy jihatlari:
– Stipendiyani yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Hujjatlarni tayyorlashda bevosita yordam koʻrsatiladi. Motivatsiya xati, CV va boshqalarni tayyorlashda koʻmak beriladi.
– Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
– Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs JACAFA stipendiyasi gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish pulli.

Kursga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 2025-yil 30-may, 23:59.

Murojaat:
Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

👉 JACAFA stipendiyasi haqida batafsil

@grantlar_namuna

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇱🇻 Latviyada o‘qish bo‘yicha seminar!

SAMI sizni Latviyaning yetakchi texnik universiteti — TSI (Transport and Telecommunication Institute) bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan seminariga taklif qiladi!

📅 Sana: 27-may, 2025
🕓 Vaqt: 16:00
📍 Manzil: SAMI ofisi, Toshkent
🎟 Kirish BEPUL!


Taqdimotda nimalar haqida bilib olasiz?
✅ IT, aviatsiya, logistika, menejment va boshqa sohalar bo‘yicha ta’lim imkoniyatlari
✅ UK + Latviyaning dual degree (ikki diplomli) dasturlari
✅ Qabul talablari: IELTS 5.5 yoki Duolingo 100
✅ Vizaga tayyorgarlik, yashash va ishlash imkoniyatlari
✅ TSI vakili Inese tomonidan jonli taqdimot va savol-javob

💥 ENG MUHIMI: Seminarda ishtirok etib, TSI ga hujjat topshirgan talabalar uchun SAMI xizmatlari 100% BEPUL bo‘ladi!

📲 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://zcform.com/RSwLK

Qo‘shimcha ma’lumot: +998712083222

Читать полностью…

Grantlar.uz

Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ayollar - Ipak yoʻli merosi saqlovchilari.

Mukofotlar

Har bir toifa boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2025-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Marketing in the AI Era: Insights, Engagement, Innovation. Yozgi maktab 2025-yil 10-24-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar

Читать полностью…
Subscribe to a channel