❗2 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 2 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
🇺🇸#АҚШ
Ҳайдовчиликдан катта компания раҳбарлигигача – IT тадбиркор Жон Тошматов билан суҳбат
Uzbek.life порталининг бу галги суҳбатдоши АҚШда қарийб 24 йилдан буён истиқомат қилаётган ўзбекистонлик тадбиркор, “Мy IT education” компанияси раҳбари Жон Тошматов бўлди.
👉 https://uzbek.life/news/956
Amerikaliklar va o'zbekistonlar o'rtasidagi farqlar
Yaqinda bir oy O'zbekistonda bo'ldim. 10 yildan beri Amerikada yashayman. Odamlarni, urf-odatlarni kuzatishni yaxshi ko'raman. Amerikaliklar va o'zbekistonliklar o'rtasida ko'zimga tashlangan farqlar, safarim davomida o'zim guvoh bo'lgan ba'zi holatlar haqida yozmoqchiman.
- Amerikaliklarda "odamgarchilik" yo'q. Qoidani buzdingmi, jazolashadi. Barcha narsani qonun-qoida bo'yicha qilishadi.
O'zbekistonda tanish-bilish orqali yoki odamgarchilik yuzasidan istalgan ishingizni bitirib berishlari mumkin. Agar mavjud qoida yoki tartib bo'yicha oyoq tirab turib olsangiz, sizni noinsoflikda, "kommunist"likda ayblashadi (Shukur Xolmirzayevning "O'zbek xarakteri" hikoyasiga qarang).
- O'rtacha amerikalik kiyim-kechakka uncha e'tibor bermaydi. Ish yoki ko'chaga chiqish shartlariga minimum darajada javob beradigan kiyim bo'lsa bo'ldi.
O'zbekistonliklar kiyimga, ayniqsa, qimmatbaho brendlarga o'ch. To'yib ovqatlanmasa ham, yaxshi kiyinishi kerak.
- Taksi kelsa, amerikaliklar orqa o'rindiqqa o'tiradi; o'zbekistonliklar, odatda, shofyor oldiga.
- Amerikada birovdan oylik maoshini so'rash odobsizlik hisoblanadi. O'zbekistonliklar esa ilk uchrashuvdayoq oyliging qancha, deb so'rashdan tortinmaydi.
- O'zbekistonda shofyor oldiga o'tirib xavfsizlik kamarini taqsangiz, shofyor, "sizga shart emas", deydi yoki "yaxshi niyat qiling, aka" deb to'ng'illaydi. Amerikada kamar taqish mashinani o't oldirishdek unutilmas odatga aylangan.
- Amerikada GAI mashinalarni orqadan kelib to'xtatadi. Ya'ni, qoidani buzsangiz, orqangizda politsiya mashinasi paydo bo'lib, chirog'ini yoqadi. Siz chetga chiqib to'xtashga majbur bo'lasiz.
O'zbekistonda GAI kaltagini ko'tarib to'xtatadi.
- Amerikada politsiyachi hujjatlarni mashina oldiga kelib rasmiylashtiradi. Haydovchi mashinadan tushmaydi va politsiyachi bilan bahslashishi mumkin emas. Bahslashsa, o'sha zahoti qamoqqa olinishi mumkin. Shikoyatini sudga bildirishi kerak, uni aybdor deb topgan politsiyachiga emas.
O'zbekistonda shofyor mashinadan tushib GAI xodimi oldiga boradi va kamida 15-20 minut GAIga qoida buzmaganini tushuntirishga urinadi. GAI xodimi ham u bilan tortishib o'tiraveradi. Aslida 100 foiz aybdor bo'lsa ham, jarima olgan haydovchi GAI xodimini bo'ralatib so'kib, keyin ketadi.
- Amerikada mashinalar uchun yo'laklar (polosa) soni nechta bo'lsa, mashinalar qatori ham shuncha bo'ladi.
O'zbekistonda ikki polosali yo'lda uchta yoki to'rtta mashinalar qatorini ko'rishingiz mumkin.
- Amerikada chorrahada svetofor ishlamay qolsa, GAI xodimi kelguncha yoki svetofor ishi tiklanguncha haydovchilar harakatni o'zlari boshqaradi. Bir-biriga navbat bergan holda to'rtta ko'chada ham harakat tabiiy holda davom etadi, hech qanday tiqilinch bo'lmaydi.
O'zbekistonda hamma tezroq o'tib ketishni xohlab chorraha markaziga intiladi, natijada hech kim o'ta olmaydi. Soatlab tiqilinch paydo bo'ladi.
- Amerikada hamma bir-biriga jilmayib qaraydi. Begonalar ham ko'cha-ko'yda bir-biriga ko'zi tushib qolsa, jilmayib o'tadi. Turtinib ketsa yoki qarshi tomondan kelayotgan odamning yo'lini to'sib qo'ysa, ikkala tomon bir-biridan uzr so'raydi.
O'zbekistonda notanish odamga jilmayish mumkin emas. Yo'lda kimgadir turtinib ketsa, kechirish so'rashdan ko'ra so'kinish, xo'mrayish ko'proq.
- Amerikada jamoatchilik va shaxsiy hayot o'rtasida katta farq bor. Jamoat joyida hamma bir xil qoida va etikaga rioya qiladi. Shaxsiy hayotda qonunni buzmasa bas, hamma xohlaganini qiladi, birovning birov bilan ishi yo'q.
O'zbekistonda odamlardan shaxsiy hayotda ham, jamoat joyida ham ko'pchilik qabul qilgan qonun-qoida va etika normalariga rioya qilish talab qilinadi. Shaxsiy hayotida xato yoki kimlarningdir nazaridagi buzuqlikka yo'l qo'ygan odam malomatlarga qolib ketadi. Uni "o'ldirish", "yo'q qilib yuborish"ga chaqiruvchilar ham kam emas.
P.S.: Bu shaxsiy kuzatuvlarning mutlaq haqiqat ekaniga da'voim yo'q. :)
#Behzod #Mamadiev
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
Shuni o'rnatib start tugmasini bosizlar kegin telegram yaxshi ishlidi☝️
Do'stlaringizga ham ulashing.
@Green_Card_news
❗6 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 6 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
"Grin karta hangomalari" turkumidan
Bir tanishimning aytishicha, tanishiga bu yil grin karta chiqibdi. Qizig'i, o'tgan yili ham yutgan ekan. Ketma-ket ikki marta! Shunaqasi ham bo'larkan.
Yana bir qiziq tomoni, bu talaba yigit "Work and Travel" dasturi asosida allaqachon AQShga borib kelishga ham ulgurgan. Omad bir kelsa, qo'sh qo'llab yoki uch qo'llab kelarkan-da.
Dunyoning ishlari qiziq. Shu adolatdanmi endi? 😀
@Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
❗8 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 8 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
❗9 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 9 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
Pensilvaniya shtati qishloqlari
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
"Facebook"ning meta olami: hayratomuz kelajak yoxud qo'rqinchli dunyo
"Meta"ning kelajakdagi rejalari haqida kecha (sobiq) "Facebook" taqdim etgan bir soatlik prezentatsiyani ko'rib chiqdim.
Kompaniya rahbari Mark Zukerberg kelasi 10 yilda amalga oshirishni rejalayotgan ishlari, internet va virtual/real voqelikda yuz berishi kutilayotgan o'zgarishlar haqida gapirdi va ko'rsatib berdi. Ekranda ko'rganlarim odamning og'zini lang ochadigan darajada hayratlanarli va zavqli. Boshqa tomondan esa qo'rqinchli. Nimasi zavqli va nimasi qo'rqinchli ekani haqida quyida to'xtalaman.
Virtual dunyoning cheksiz imkoniyatlari
Kelajakda real va virtual dunyo o'rtasidagi farq qisqarib boradi. Siz VR (Virtual Reality) va AR (Augmented Reality) moslamalari orqali virtual dunyoda yaratilgan shaharlarda, fantastik olamda yashashingiz mumkin. O'zingizning hashamatli uyingiz ham bo'ladi. Siz bu olamda ko'radigan va his qiladigan borliq real dunyodan deyarli farq qilmaydi.
Teleportatsiya reallikka aylanmoqda. Amerikadan turib O'zbekistondagi ota hovlimga borib, ota-onamning oldida, supachada choy ichib, ular bilan suhbatlashib o'tirishim mumkin.
Bilim olish osonlashadi va bu jarayon zerikarli emas, zavqli ishga aylanadi. Tarixga, uzoq o'tmishga sayohat qilib, qadimgi Rimda yuz bergan voqealarni o'sha voqealar ichida ishtirok etgan holda o'rganishingiz mumkin. Imperator Yuliy Sezar majlislarida ishtirok etishingiz, Ikkinchi Jahon urushining qaqshatqich janglarida siz ham oddiy askar kabi qurol ko'tarib yugurib yurishingiz mumkin. Astronomiya fanida yulduzlarga, olis galaktikalarga sayohat qilasiz. Biologiya fanida okean tubiga tushib, mikroskopik mitti dengiz jonzotlarini yonidan turib tomosha qilasiz.
Yangiliklar, konsertlar, shoular ham endi uch o'lchamli bo'ladi. Qayerdadir nimadir yuz bersa, konsert bo'lsa, konferensiyalar o'tkazilsa, bir soniyada o'sha yerga borib, hoziru-nozir bo'lishingiz mumkin.
Ofislarga borib ishlash endi o'tmishga aylanadi. Chunki virtual ofisga kirib, hamma hamkasblaringiz bilan yonma-yon o'tirgan holda bemalol ishlashingiz mumkin.
Televizor, monitor, ekran kabi jihozlar butunlay yo'qolib ketadi. Chunki VR moslamasi orqali har qanday joyda istalgan hajmdagi sun'iy ekranni yarata olasiz va u orqali xohlagan ishingizni bajarishingiz, xohlagan filmingizni tomosha qilishingiz mumkin.
O'yinlarni, cheksiz darajada imkoniyatlar va fantaziyalarni taqdim etuvchi ko'ngilochar dasturlarni gapirmasa ham bo'ladi. VR o'yinlar allaqachon ommalashib, milliardlab dollar pul aylanadigan biznesga aylanib ulgurgan.
Xavotir nimada?
Endi qo'rqinchli tomoniga to'xtalaman. "Facebook", "Instagram" kabi dasturlar shundoq ham allaqachon vaqtimizni eng ko'p o'g'irlaydigan matohlarga aylangan. Endi ular qatoriga virtual voqelik xizmatlari qo'shilsa, holimiz nima bo'ladi? VR moslamalari smartfonlardek ommalashgan, Zukerbergning "metaverse" dunyosi reallikka aylangan kun qanday bo'lishini tasavvur qila olasizmi?
Virtual voqelik real voqelik bilan deyarli farqlab bo'lmas darajaga yetsa, odam nafsiga yoqadigan hamma fantaziyalar bilan to'la bu sun'iy dunyodan chiqib, o'zimizning sovuq, lekin haqiqiy olamimizga qayta olamizmi? Qaysi dunyoda ko'proq vaqt o'tkazamiz?
Bu narsa jamiyatlarga, oilalarga, an'anaviy hayot tarziga qanchalik ta'sir qiladi? Insonlarning bir-biri bilan haqiqiy, jismoniy va ruhiy munosabatlari qanchalik o'zgaradi?
Xullas, bular jiddiy xavotir uyg'otadigan, lekin hali javobi aniq bo'lmagan savollar.
Kelajak qiziq va ayni paytda yetarli darajada xavotirli. Siz bu haqda nima deb o'ylaysiz?
Yuqoridagi prezentatsiyaning qisqacha tahlili (10 daqiqa) bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
AQSh noqonuniy muhojirlarga tovon puli to'lamoqchi.
Sobiq prezident Donald Tramp davrida noqonuniy immigratsiyaga qarshi ayovsiz kurash boshlanib, Meksika chegarasidan AQShga noqoununiy kirgan ko'plab odamlar maxsus markazlarda saqlangan edi. Agar yosh bolalar bo'lsa, ular ota-onasidan ajratib olinib, boshqa markazlarga ko'chirilgan.
AQSh bunday noinsoniy munosabatdan jabr ko'rgan oilalarga moddiy tovon puli to'lashni rejalayapti. "Wall Street Journal"ning yozishicha, bolasi majburan olib qo'yilgan oilalarga kishi boshiga 450 ming dollargacha pul berilishi mumkin. Masalan, ona-bola chegarada bir-biridan ajratib olingan bo'lsa, ham ona, ham bola uchun bu oilaga jami 900 ming dollar beriladi.
Aslida inson qadri va sha'nini pul bilan o'lchab bo'lmaydi. Lekin mana buni AQShda inson qadri qanchalik hurmat qilinishiga yaqqol misol desa bo'ladi.
Mamlakatga noqonuniy kirgan odamlarni haydab solish o'rniga, ko'rsatilgan noinsoniy munosabat uchun ulardan uzr so'rab, yana katta miqdorda pul ham to'lashmoqchi.
Chegarada ota-onasining bag'ridan yulib olingan bolalar soni 5500 atrofida ekani aytiladi. Jo Bayden Oq uyga kelishi bilan bu bolalar ota-onalariga qaytarilgan.
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
Amerikada o'zbek tadbirkorlari - Timur Nosirov.
Manba: Amerika Ovozi.
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
“O‘zbekistonliklar Amerikada asosan nima ish qilishadi?”
Amerikadagi o‘zbeklar haqida gap ketganda ko‘pchilik huquqshunos, blogger Nodir Zakirovni, “Amerika Ovozi”ning eng faol jurnalistlaridan biri — Navbahor Imomovani, yaqinda “Forbes” jurnalida 30 yoshdan kichik bo‘lgan osiyolik eng badavlat tadbirkorlarning o‘ttiztalik ro‘yxatida qayd etilgan Dilmurod Asqarovni, millioner Bobur Akilxonovni biladi.
Yaqinda Nargiza Ilhomovna issh-sharifli qiz Facebook’da ish boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ko‘pchilik tanimasa-da, Amerikaning katta kompaniyalarida ishlaydigan, universitetlarda dars berayotgan, ilmiy ishlar qilayotgan o‘zbekistonliklar bor. Lekin baribir ular Amerikadagi o‘zbeklarning 3-5 foizini tashkil qilsa kerak. Balki ko‘proqdir.
Juda ham turli sohalarda o‘zbekistonliklarni uchratish mumkin bo‘lsa-da, baribir, AQSHdagi vatandoshlar orasida eng mashhur sohalarni aniqlashga urinib ko‘rsa bo‘ladi.
Men o‘zim bilgan, taniganlarimdan va Facebook’dagi Uzbeks in USA guruhini kuzatishim natijasida Amerikadagi o‘zbeklar orasida eng ommabop kasb — truck driver ya’ni yuk mashinasi haydovchilari, bo‘lsa kerak, deb taxmin qilaman. Nega shunaqa?
Logistika-transportatsiya sohasi Amerika Qo‘shma Shtatlardagi eng katta bizneslardan biri. Yuk mashinasi haydovchilari kezi kelsa nufuzli universitetlarni tamomlagan, katta korxonalarda, yaxshi lavozimda ishlaydiganlardan ham ko‘proq daromad qilishadi, bu — bir.
Yuk mashinasi haydash uchun kerak bo‘ladigan CDL guvohnomasini olish uchun nari borsa ikki oy vaqt va ikki ming dollar pul ketadi, bu — ikki.
Truckchilarning ko‘pchiligi o‘zbekistonliklar yuritadigan kompaniyalarda ishlashadi. Ingliz tilini zo‘r bilish ham shart emas shuning uchun, bu — uch.
Lekin ish mashaqqatli. Vaqti kelsa oylab oiladan uzoqda yurishga, tunlari bilan bahaybat ulovni boshqarishga, katta xavf-xatarlarni bo‘yinga olishga, bir kunda minglab kilometr yo‘l bosishga to‘g‘ri keladi. O‘zimas.
O‘zbekistonliklar orasida yana bir mashhur ish — Uber/Lift taksi haydovchiligi. Katta, gavjum shaharlarda bir kunda $300-400 ishlash mumkin deyishadi. Orlandoda bir kunda o‘rtacha 10 soatcha haydasang $120 atrofida topasan, deydi men gaplashgan Uberchilar. Mashina va uning hujjatlari, haydovchilik guvohnomasi va smartfon bo‘lishining o‘zi yetarli. Faqat Uber talabiga ko‘ra AQSHda bir yillik haydovchilik tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Liftda talablar ancha oson deyishadi.
Shuningdek, juda ham ko‘p shtatlarda o‘zbekistonliklar ochgan kafe-restoranlar, novvoyxonalar, pisseriyalar faoliyat olib boradi. Ishchilarining ko‘pchiligi o‘zbekistonliklar. Umuman, tadbirkorlarimiz ko‘p. Tadbirlari bilan odamlar koriga yarab yurishibdi. Turli savdo markazlari, do‘konlar, zavod va fabrikalar, mehmonxonalarda ishlash ham o‘zbekistonliklar orasida keng tarqalgan.
Abror Qodirov. Florida, AQSH."
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
Amerikada uyni ijarasini to'lamasa nima bo'ladi?
Amerikada ijara pulini to'lamasangiz, uyni egasi nima qiladi? "Osongina narsalaringizni ko'chaga chiqarib tashlaydi va orqangizga tepadi", - deyishingiz mumkin. Mantiqga to'g'ri keladi, ammo Amerikada bunday emas.
Gap bu yerda shtatlardagi qonunlarda. Ijara beruvchi ijara pulini vaqtida olmagan taqdirda ham sizning shaxsiy narsalaringizni ko'chaga uloqtirishi, eshik qulfini almashtirishi va kuch ishlatib, sizni ko'chaga chiqarishi noqonuniy hisoblanadi. Chunki bunday holatda siz bemalol politsiyaga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin va ular sizning tomoningizga turib olishadi.
Bunday masala faqatgina sud orqali hal bo'ladi. Sudyaning qarori chiqgunicha uy egasi kutishdan boshqa hech narsa qila olmaydi. Barcha jarayon esa bir necha oylargacha ham cho'zilishi mumkin.
@Anvar_khaldorov
@Green_Card_news
❗15 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 15 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
❗3 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 3 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
❗4 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 4 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
❗5 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 5 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
Check out "Psiphon Pro - The Internet Freedom VPN"
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.psiphon3.subscription
https://www.youtube.com/watch?v=uazxsBmqXMk
Nyu-Yorkdagi o'zbek tadbirkorlar: Brayton-Bich mahallasi.
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
❗7 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 7 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
AQShning progressiv va eng boy shtati Kaliforniya 2030-yilgacha benzin va dizelga yuradigan avtomobillar savdosini butunlay tugatishni rejalamoqda. Buni amalga oshirish uchun so'nggi muhlat 2035-yilga belgilangan edi. Shtat demokratlari bu muddatni besh yil avvalga surish haqida rezolyutsiya qabul qildi.
Xullas, bu reja amalga oshsa, 2030-yildan boshlab Kaliforniyada faqat elektromobillarni xarid qilish mumkin bo'ladi. Hozircha bu faqat rezolyutsiya, u amalga oshishi uchun qonun qabul qilinishi kerak. Qonun chiqaruvchi organning har ikki palatasida demokratlar hukmronligini hisobga olsak, uning reallikka aylanishi ehtimoli uzoq emas.
Kaliforniya allaqachon AQShda elektromobillar eng ko'p ommalashgan shtat hisoblanadi. Tesla kompaniyasi ham shu yerda joylashgan.
Ichki yonuv dvigatellaridan voz kechish bo'yicha dunyodagi eng ilg'or davlat bu Norvegiya. Ular 2025-yilgacha to'liq elektromobillarga o'tishni rejalagan.
Kaliforniya haqidagi ba'zi ma'lumotlarni yodga olamiz: u hududi va aholisi soni jihatidan O‘zbekiston bilan deyarli teng. Lekin yillik yalpi ichki mahsuloti O‘zbekistonnikidan 50 barobar katta: 3 trillion dollardan ortiq. Agar mustaqil davlat bo‘lganda, Kaliforniya dunyoda AQSh, Xitoy, Yaponiya va Germaniyadan so‘ng dunyoning beshinchi eng boy mamlakati bo‘lardi.
@Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
3,5 trillion dollarlik infratuzilma rejasi ham qabul qilindi.
AQSh Senati 3,5 trillion dollarlik "gumanitar infratuzilma" loyihasining umumiy rejasini ham qabul qildi. Unda uch va to'rt yoshli bolalar uchun bepul bog'cha, jamoat kollejlarida bepul o'qish, nafaqadagilar uchun beriladigan bepul tibbiy sug'urta qamrovini kengaytirish hamda global iqlim isishiga qarshi kurash (masalan, 2030-yilgacha barcha energiyaning 80 foizini o'zini qayta tiklovchi manbalardan olish) kabi choralar qamrab olingan.
Pul ajratilayotgan ba'zi sohalar:
- Sog'liqni saqlash, bepul bolalar bog'chasi, ishlayotgan oilalar uchun bola puli, ikki yillik bepul kollej ta'limi hamda oliy ta'lim uchun davlat grantlarini oshirish uchun 726 milliard dollar;
- Arzon uy-joylar va davlat tomonidan qashshoqlarga beriladigan uylar qurish uchun 332 milliard dollar;
- O'zini qayta tiklovchi energiya manbalarini yaratish uchun 198 milliard dollar.
- Qishloq xo'jaligi, qurg'oqchilikka qarshi kurash va ekologiya ishlari uchun 135 milliard dollar;
- Immigratsiya, noqonuniy muhojirlarga fuqarolik sari yo'l ochish masalalari uchun 107 milliard dollar;
Agar Vakillar palatasi ham bu qonunni o'tkazsa, keyin Senat oddiy ko'pchilik ovozi bilan loyihaning batafsil ko'rinishini qabul qilishi mumkin.
Senat kecha bir trillion dollarlik infratuzilma loyihasini ham qabul qilgan edi.
Vakillar palatasida demokratlarning yaqqol ustunligini hisobga olsak, har ikki qonun loyihasi ham muammosiz o'tishi va ijroga kirishi kutilyapti.
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
❗10 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 10 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
AQShda ish bozori, inflyatsiya va pandemiya.
AQSh ajoyib davrlarni boshdan kechiryapti. Bizneslar yetarli darajada ishchi topa olmayapti. Ishdan bo'shab ketayotganlar ham ko'p, chunki boshqa ish topish oson.
Restoranlar, haydovchilar, sotuvchilar - xullas, deyarli hamma sektorda ishchi yetishmayapti.
Ikkinchi tomondan, tovar va xizmatlarga talab oshgan. Yuk tashish bizneslari gurkirab o'syapti. AQSh portlarida kemalar yuklari tushirilishini haftalab kutib qolyapti; chunki portga kema sig'mayapti.
Osiyodan yuk tashuvchi kemalarning xizmat narxi ham rekord darajada oshgan. Masalan, ilgari Shanxaydan keladigan 12 metrli konteynerga 2,5 ming dollar to'langan bo'lsa, hozir kompaniyalar 18 ming dollargacha to'lashyapti.
Nega bunday bo'lyapti?
Pandemiya odatdagi hayot tarzini butunlay izdan chiqarib yubordi. Uzoq muddat uyida o'tirgan aholi endi faollashishni boshlagan. Hamma xohlagan narsasini sotib olyapti: avtomobillar, elektronika, kiyim-kechak va hokazo... Talab va ehtiyoj taklifdan ancha oshib ketdi. Avtomobil zavodlari talab pastligidan emas, ehtiyot qismlari yetishmaganidan haftalab ishlamay turdi yoki ishlab chiqarishni kamaytirishga majbur bo'ldi. Shunga yarasha narxlar ham oshyapti.
Qizig'i, puldan hech kimda muammo yo'q. Chunki hukumat inqirozning oldini olish uchun o'tgan 1-2 yil ichida iqtisodiyotga trillionlab dollar pul chiqardi. Buning katta qismi naqd pul ko'rinishida aholining qo'liga kelib tushdi. Fond bozorlari ham gurkirab o'sdi. Ba'zi so'rovlarga ko'ra, ko'plab amerikaliklar hozir pandemiyadan oldingiga qaraganda boyroq.
Bularning barchasi inflyatsiyaga sabab bo'lyapti. Uzoq yillardan beri ilk bor AQSh dollari jiddiy tarzda qadrsizlanish bilan yuzlashyapti va bu iqtisodchilarni xavotirga solyapti.
Xullas, bozor va iqtisodiyot ancha beqaror. Keyingi yili nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Chunki talab va ehtiyojda shuncha katta o'sish borligiga qaramay, Xitoyda yalpi ichki mahsulot o'sishi oxirgi chorakda sekinlashgan. Bu esa nimadir xatoligidan dalolat beradi.
Admin: @Anvar_Khaldorov
@Green_Card_news
❗11 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 11 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
❗12 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 12 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
❗13 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 13 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news
Diniy ta'lim muassasalariga o'qish istagida bo'lgan Abituriyentlar diqqatiga!!!
Diniy muassasalar hisoblanadigan O'rta va Oliy ta'lim muassasalariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlarimizni quyidagi ta'lim muassasalariga ijodiy va test imtihonlariga online tayyorliman:
-Xalqaro Islom akademiyasi;
-Hadichai Kubro;
-Mir Arab madrasasi;
-Ko'kaldosh madrasasi;
-Hidoya madrasasi;
-Jo'ybori Kalon madrasasi;
-Imom Termiziy madrasasi;
Va boshqa O'rta mahsus bilim yurtlariga Ma'naviyat va ma'rifat (og‘zaki, ijodiy imtihon) O'zbekiston tarixi (Jahon tarixi). Ma'naviyat 100 foiz aniq tushadigan materialladan tayyorliman, ijodiy ingliz tilidan aniq tushadigan topiclarni ham o'quvchilarimizga taqdim qilamiz.
Abituriyentlarimizga toki akademiyaga kirgunicha hujjatlarini topshirishda har tomonlama yordam ham qilamiz.
Ma'lumot uchun @Anvar_Khaldorov ga murojaat qiling
/channel/Islom_akademiyasi_abituriyent
❗17 kun qoldi!
Green Cardning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga ham 17 kundan kamroq vaqt qoldi.
Agar siz hali ham lotereyada ishtirok etmagan bo'lsangiz shoshiling.
🗓 ➡️ 9.11.2021
Biz orqaliy ishonchliy registiratsiyadan o'ting🌐
Registiratsiya o'tganingiz haqida orginal skren beriladi📸
Confirmation Number kod ham beriladi ⚒
Registiratsiyadan o'tish uchun. @Anvar_Khaldorov 👈ga murojat qiling
#SHOSHILING
@Green_Card_news