gulbashakkar | Unsorted

Telegram-канал gulbashakkar - Gulbashakkar

-

Koinotim edi-mag'rur daraxtlar, Men esa sayroqi,sho'x Choliqushi...

Subscribe to a channel

Gulbashakkar

Nomi yoqdi. Quyoshni so’ndirmaslik kerak. Qalbimizdagini.

Vaqtim bemalol bo’lganida ko’raman. Hozircha chegaralangan. Mening o’rnimga ham sizlar ko’rib turinglar)

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Allohni topganlar yolg’izlikni his qilmaydilar.

Читать полностью…

Gulbashakkar

#kayfiyat

Men O'zim Bahorman,
Senga zormasman!

(Olmoshlarni o’zimga moslashtirib olganim uchun shoir meni kechirsin)

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Bunaqa muhabbatni to'xtatamiz, bas...

Sizda ham bo'lganmi shunaqasi: Vijdoningiz ortiq qiynalmayapti, biroq qalbingiz haqida bunday deyolmaysiz?!

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Aql: Bu eng to'g'ri qaroring bo’ldi, ishonaver
Yurak: Meni o'ylamadingmi…

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Salat buyurtma qilgandim.
Tavba, hatto shular ham bilishadi hayotimga kelayotgan nimanidir keskin inkor qilayotganimni)))

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

***
Бир ожиз, бир енгил булутлар,
Қонталош уфқ дарак қақроқдан.
Бу кеча кўз ёшлар сел бўлар,
Дунёни сел олар дафъатан.

Бир ҳадик титрайди руҳида,
Аросат ичида у мудом.
Ишқ агар шу бўлса,
Ё Худо,
Озод қил уни ҳам, Ишқни ҳам...

©️ Дадахон

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Ayol/qizlar uchun baxt juda ham mayda detallarda namoyon bo’ladi:

Shirin taom yeyish, toooza, yumshooq, o’zini qulaay his qiladigan kiyim kiyish, qadrdon krovatiga yotish va ertalab ish yoki o’qish kuniga uyg’onish uchun budilnik qo’ymaslik)))

Yana gullarni inkor qila olmaslik ham🫠

✍️Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Ular esa mening Tabassumimni sevishadi)))

Читать полностью…

Gulbashakkar

#bugungi_ehtiyoj

Garchand Olloh menga doim o'ng beradi,
Azoblarda ado qilib, so'ng beradi.

O'g'il bersa ko'ksi baland o'g'il berar,
Qo'zi bersa peshonasi do'ng beradi.

Qancha erta kelib kutmay dargohiga,
Barcha kutib turganlardan so'ng beradi.

Kuya–kuya sahroda kul bo'lganimda,
Bir behisht gul, bir tog'larki cho'ng beradi.

Shukr, baxtim g'amda chayib olmoq uchun,
Bir quvonchim oldidan yuz mung beradi.

1995– yil, 22–noyabr

Halima Xudoyberdiyeva

Читать полностью…

Gulbashakkar

Men oʻzimni senda suyarman,
goho topib, goho topmayin.
Seni topganimdan kuyarman,
kuyadirman topmagan sayin.

Men oʻzimni sendan izladim...

✍️Faxriyor

Hayotimdagi eng qadrli va mehrga to’la sovg’ani bugun oldim)

Читать полностью…

Gulbashakkar

#iztirob

Uchrashamiz tushimda, hech yo’q
Ta’qiqlamas hatto… Xudo ham…

✍️Mehrnoz

Читать полностью…

Gulbashakkar

Bu shovqinli dunyodagi yagona jimligim u

Читать полностью…

Gulbashakkar

O’zim bilan kechayotgan janglardan xabaring bormi?

Читать полностью…

Gulbashakkar

Dunyoning eng g'amgin qo'shig'ini tinglaganmisiz?

Читать полностью…

Gulbashakkar

“Insoniyat hurlikni o‘ylaydi, u haqida ko‘p gapiradi. Lekin asosan qullik, mutelikda yashaydi.”

Ibrohim Haqqul

Читать полностью…

Gulbashakkar

Dunyo sog'inib kutgan go'zal Qo'shiqqa o'xshar uning ko'zlari...

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Gunohlarga botma.
Qarg'ama meni.
La'natlama "qanday vidodir bu?" deb.
Isyongulman. Isyonga toqati yo'q gul.
KETMOQ-isyon esa, ishqqa qo'zg'olish,
ISYONGULman. Isyonga toqati yo'q Gul!
Shunchalar yaxshisan,
Dilovar, O'ktam...
Osmon toqlariga yetgan burgutday.
MEHRlisan, to'lib turgan bulutday.
Haqni Haq deyishing o't qo'yar xuddi.
Shunchalar YAQINSAN qalbimning ichiday–
Yodim aro shunday qolmog'ing kerak.
Ko'zimda surating mana shunday o'yilib qolsin,
Shunday muhrlansin uchun
KETAMAN...!

✍Nodira Afoqovaning "Bizning era" kitobidan. Ba'zan, ayni damdagi kechinmalaringni qalbingning o'zi She'r shaklida topib oladi)

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Волнует...но не тревожит.
Запомни меня таким.

надежным, верным и честным,
запомни меня таким:
храбрым и молодым,
весёлым и бесшабашным
Запомни меня таким.

(Г. Аланский)

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

#aniq

To'g'ri qaror qabul qilgandan so'ng bundan iztirob chekish– normal holat.

Читать полностью…

Gulbashakkar

Bilaman, душевныйlar ko’p orangizda. Qo’shiqning to’liq varianti chiqishini kutyapman

Naqadar chiroyli
yana Tong otdi,
Bugun meni Senmas,
Shamol uyg'otdi...

Ketaman! Shodliklarni olib ketaman,
Muhabbatli ko'zlarimni...yumib ketaman!

Shohruhxon so'nggi paytlarda she'r tanlashni bilyapti. Nima dedinglar?

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Баҳор келаётир.
Ҳали ҳеч ким яшамаган баҳор.
Бултур сенинг изларинг қолган,
Сўқмоқлардан келаётир ул.
Очилади шубҳасиз энди,
Ҳали ҳеч ким ўпмаган,
Ҳали ҳеч ким ҳидламаган гул.

Баҳор келаётир,
Ҳали ҳеч ким ўлмаган баҳор…

Х. Вулқон

(Rasmdagi model-o’zim🫠
Ruhiyatimga yaqin surat chiqibdi)

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Filippindan kelgan ustoz borlar-Mr Ci, shu chaqirib yarim soat gapirdiyam biron so’zi kallamga kirmasa🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️ingliz tilida gapirdi, bayram bilan tabriklagan ekan boyaqish
Oxiiri bitta o’quvchimga “Tarjima qibergin gaplarimnii tushuntirolmayapman yo meni eshitmayapti” dedi

Meni xayolim boshqa joyda edi bugun, bittasi sahardan 2 soatlik ovozli xabar yuborgan ekan tabriklab, rasmiy tarzda qo’polgina javob berganimga bekor dilini og’ritdim-daa, deb vijdonim qiynalayotgandi)

Ahmoqgarchilik. Ieltsi bor opa bir kunda bir marta qovun tushurmasa hisobmas🤦‍♀️

Ertalabdan xayoli joyidamas go’zallar, kelayotgan bayram muborak💜

✍️Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Bo’lmaydi, dedim.

Bo’l-may-di!

Bunaqasi ketmaydi.

Bahona va hafsala-chora emas! Davom ettirish ham chora emas. Choraning o’zi ham aslida chora emas!

Yashash, bunga o’zingda kuch topish, zavqlanish, har soniyadan baxtni tuyish-mana bu-chora!

Va eng kerakli vaqtda voz kecha olish ham.

✍️Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

–Lekin baribir sizni sevaman. Bu tuyg'uni hech kim mendan tortib ololmaydi!

"Yulduzingni ber, osmon" filmidan

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Kechagi sentimentallik uchun ma'zur tutasizlar)

Vagon-vagon самооценка ko'tarib keldim sizlarga)))

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Namuncha o'zingga muhtoj qilmasang,
Sen Xudomassan–ku, Xudomassan–ku!

Nosirjon Jo'rayev

Читать полностью…

Gulbashakkar

-Seni ko’rishni istayman
-Men ham.
-Lekin biz ko’rishmaymiz-a?
-Lekin biz ko’rishmaymiz.

Читать полностью…

Gulbashakkar

Axir...mening dilimdagilar-ku:
* * *
Ўз ҳолимга қўйгил мени....
ҳолимга қўйгил.
Совуқ урган исёнларнинг манқа тилида
Ғўлдирасам ғўлдирабман... нима қилар ул?
Мен муҳаббат борлигига ишонган банда.
Қоратошдай қорайган тим қора тунларда
Жим тинглайман мен руҳимнинг қичқириғини.
Жим тинглайман пешонамдан аччиқ йиғини.
Мен яшашга қобилликни йўқотган банда.
Отаверма кўзларимга, беролмасман дош –
Отаверма бу дунёнинг жилваларини.
Отаверма, икки аро бўлмайин талош.
Икки аро бўлмай адо... Руҳнинг мафтуни.
Буюк эрк деб фалсафа ҳам сўқимасман, бас.
Ҳолимга қўй – эрким ўшал... қолган бари лош.
Ўз ҳолида пошшодурман мен савдойи кас.
Ою Қуёш – кўзимдаги икки ҳалқа ёш.

Нодира Афоқова

@Gulbashakkar

Читать полностью…

Gulbashakkar

Tan olaman, men uningdek ideal singil bo'lolmasdim. U kabi hammasiga ulgurolmasdim. Uningdek o’zimni tushunolmasdim. Nigohimdan nima demoqchiligimni so'zsiz anglaydigan qiz u.
Ota-onam hadya etgan chin dugonam, erkaliklarimni ko’taradigan yagonam u.
Borligi va mehri uchun qancha rahmat aytsam oz.

Qismat meni shunday singil bilan siylagani uchun O’zidan minnatdorman.

Rost, Aslida… singlisi yo’qlar bechora!

Читать полностью…
Subscribe to a channel